Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/208
Sana28.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#513679
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Nazorat uchun savollar
1. A lkogolizm da ruhiy buziiishlam irig sababi nim adar. ib o rat9
2. Alkogolizm da ruhiy buzilishlarning klinik ko'rinishi qanday?
?. Alkogolizmda o 'tk ir va surunkali ensefalopatiyalar klinikasini so'zlab
bering.
4. A bstinent sindrom nima?
5. G iyohvand m oddalarga ruju qo'yishning sababi nima?
6. G iyohvandlikka ruhiy 
ve
/ism oniy qaram lik qanday rivojlanadi?
7. G iyohvandlikning kechish bosqichlari haqida so'zlab bering.
8 . G iyohvandlikni davolash tam oyillari va psixologik yordam usullari
n im alard an iborat?
306


X V I BOB.
 
JARROHLIK AMALIYOTIDA BEMORLAR
PSIXOLOGIYASI
Men ko ‘rish, eshitish va o'rganish mumkin
bo'lgan narsalarni afzal ko'raman.
Diogen
16.1. Jarroh va bemor orasidagi psixologik munosabatlar
Tibbiyotda jarrohlik amaliyoti alohida o ‘rin tutadi. Xalq orasida 
«Agar bemor dori-darmonlar bilan tuzalmasa, uni operatsiya qilib, 
jarrohlar tuzatishadi», degan fikr yuradi. Terapevtik amaliyotlarga 
qaraganda, jarrohlik amaliyoti aksariyat bemorlar va ularning yaqinlari 
uchun katta bir psixologik sinov hamdir. Demak, tibbiyotning boshqa 
yo'nalishlaridagi kabi jarrohlik amaliyotida ham psixologik yordamning 
ahamiyati juda yuqori. Buni jarrohlik kasbini tanlayotgan har bir talaba 
anglab yetishi zarur.
Tibbiy psixologiyadan ma’ruza tugashiga biroz qolganda «Savollar 
bormi?» deb talabalarga murojaat qildim. Yaxshi o'qiydigan bir talaba 
qo‘l ko'tarib, «Ustoz, men jarroh bormoqchiman, otam ham jarroh, 
operatsiyalarga qatnashib yuraman, yaxshi jarrohlar navbatchiligiga 
kelaman. Axir operatsiya buyurilgan bemor bilan jarroh suhbatlashib 
o'tirmaydi-ku. Albatta, yaxshi psixologik suhbat o'tkazish mumkin, biroq 
operatsiya yomon chiqsa, suhbatning nima keragi bor? Muvaffaqiyatli 
operatsiyaning o'zi har qanday psixologik suhbatdan ustun-ku. Shunga 
siz nima deysiz?» deb so'radi. Bu savol, albatta, o'rinli. Albatta, jarroh 
va bemor uchun muvaffaqiyatli o'tgan operatsiya har qanday psixologik 
suhbatdan yaxshi. Lekin afsuski, ko'pchilik vrachlar psixologning asosiy 
vazifasi bemorlar bilan suhbatlashib, ularni tinchlantirish, deb bilishadi. 
Suhbat - bu psixodiagnostika va psixoterapiyaning bir uslubi va albatta, 
psixologiyada uning ahamiyati beqiyos. Biroq psixologiya inson tasavvuri 
darajasiga ham sig'maydigan beqiyos imkoniyatlar va o'zining turli 
usullariga ega bo'lgan fan.
Psixologiyaning imkoniyatlari cheksiz! Talabaning savoliga quyidagi 
voqea tafsilo tlari javob bersa kerak. Meni jarro h lik bo'lim iga 
«Nevropatolog maslahati kerak», deb chaqirib qolishdi. Bemor yotgan 
palataga kirsam, professor bir qancha vrachlar, talabalar va o'qituvchilar 
bilan men ko'rishim zarur bo'lgan bemorni tekshirishayotgan ekan. Men 
professor ko'rigi tugashini kutib turdim. Bemorni operatsiya qilgan yosh 
vrach kasallik tarixnomasini o'qib beryapti. Jarroh o'z navbatchiligi 
paytida bemorni «o'tkir appenditsit» tashxisi asosida zudlik bilan
307


mahalliy og'riqsizlantirish orqali qilgan operatsiyasi muvaffaqiyatli 
o‘tgan. Operatsiyadan so'ng bemor ertalabgacha uxlagan. Ertalab soat 
o‘nlarda «Operatsiya bo'lgan joyim qattiq og'riyapti», deb palata vrachini 
chaqirgan. Vrach kirib oyoqlarini bukib, yonboshlab yotib olgan 
bemorning operatsiya qilingan joyini tekshirib, hech qanday asoratlarni 
ko'rmagan va hamshiraga tinchlantiruvehi ukol qilishni buyurgan. Bemor 
ukoldan so'ng uxlab qolgan, biroq uyg'ongach,«Yana og'riyapti, 
operatsiya qilingan joyda tampon yoki boshqa narsa qolgan bo'lsa 
kerak», deb yig'Iayvergan. Kechga yaqin og'riq kuchaygan, bemor 
g'ujanak bo'lib yotib olgan, tana harorati ham 38 darajaga ko'tarilgan. 
Bemor tinchlantiruvehi ukoldan voz kechgan. «Operatsiya qilingan joyda 
vrach nimadir unutib qoldirilgan», deb sira tinchlanmagan. O'sha kuni 
kechqurun bemorni boshqa bir yoshi katta jarroh, fan nomzodi operatsiya 
qiladi. Bu jarroh ham bemorni ko'rishda ishtirok etayotgan edi. U 
operatsiya haqida m a ’lum ot berdi. Operatsiya joyi ikkinchi bor 
ochilganda, u yerda hech narsa unutilib qoldirilmagani va birinchi 
operatsiya haqiqatan ham muvaffaqiyatli o'tganini aytadi. Biroq, 
shunday bo‘lsa-da, mana bugun, ya’ni dastlabki operatsiyaning 4-kuni 
ham og'riq to'xtamayotganini, aksincha, kuchayganini va shuning uchun 
nevropatolog chaqirishganini professorga aytishdi. Professor ikkala 
jarrohni ham tinglab bemorga yuzlandi. U g'ujanak bo'lib yotib olgan 
va ko'zlarida qo'rquv bor edi. Shu yerda turgan bemorning qizi ham 
suhbatga qo'shildi va onasining kechasi bir necha bor og'riqdan 
uyg'onganini va og'riq qoldiruvchi ukollardan voz kechganini aytdi. 
Professor bemordan «Nima uchun og'riq qoldiruvchi dorilardan voz 
kechayapsiz, axir og'riq qolsa, o'zingizga yaxshi-ku?!» deb so'raganda, 
bemor «Axir appenditsitda og'riq qoldiruvchi dori nilsa bo'lmaydi; u 
yorilib, yiringlar qoringa o'tib ketadi deyishadi-ku», dedi. Talabalardan 
biri suhbatga qo'shilib, «Operatsiyadan oldin og'riqsizlantiruvchi ukollar 
qilinmaydi, operatsiyadan so'ng esa mumkin», dedi. Professor bemor bilan 
bahslashib o'tirmasdan, uni tekshira boshladi. Bemor g'ujanak bo'lib 
olgan, qornini ochib, tekshirishga va hattoki, tanasiga qo'l tekkizishga 
qo'ymasdi. Bemor gap bilan chalg'iganda, og'riqqa e’tibor qilmas, 
operatsiya haqida so'z ketganda, og'riqdan ingrardi. Professor «Siz 
oyoqlaringizni sekin-asta yozib yuboring, shunday qilsangiz, og'riq 
kamayadi», dedi. Bemor sekin qo'rqib, oyoqlarini uzatdi. «Endi 
operatsiya qilingan joyni ko'rsating», dedi professor. Bemor «Lekin 
qornimga tegmaysiz», deb ko'ylagini sekin ko'tardi va qo'rquv bilan 
doktorga qaradi. Operatsiya qilingan joy bint bilan yopib qo'yilgan va 
leykoplastir bilan yopishtirilgan edi. Professor «Endi bu bintni olamiz, 
men operatsiyalar qanday o'tkazilganini ko'rishim kerak», dedi. Biroz
308


uiinishlardan so'ng bemor ko‘ndirildi. Professor operatsiya bo‘Iganjoyni 
ko‘rib, ikkala operatsiya ham muvaffaqiyatli .;‘tganiga yana bir bor 
ishonch hosil qildi. Biroq bemor hamon og'riqdan shikoyat qilar va 
«Operatsiya boMgan joyda bir narsa xuddi tugundek tiqilib turibdi», deb 
yig'lardi. Vaziyatdan chiqish kerak edi. Professor bemorni ko'ndirib, 
opera";iya boMgan joyni tekshira boshladi va kesilgan joyning atroflni 
ataylab birdan bosib yubordi. Bemor dod-voy solib, baqirib yubordi va 
yana oyoqlarini g'ujanak qilib oldi. Professor «Ana, xolos!» deb operatsiya 
qilgan jarrohlarga yuzlandi. U «Operatsiyalar yaxshi o'tgan, biroq bemor 
g'ujanak bo'lib yotaverganidan, operatsiya o'rnidagi nervlar tugilib 
qolgan. Nega operatsiyadan so'ng oyoqlarni cho'zib yotish kerakligini 
bemorga aytmadinglar? Ana endi kesilgan nervlar bitish o'miga tugilib 
qolgan», deb doktorlarni koyigandek bo'ldi. Ba’zi doktorlar professor 
nima demoqchi ekanligini anglab yetgan bo'lsa, boshqa birlari nima uchun 
u «nervlar tugilib qolgan», deb aytayotganidan hayron bo'lib qarab 
turishardi. Bemor esa birdan ziyrak tortib, «Endi nima bo'ladi?» deb 
xavotir bilan professorga qaradi. Professor birinchi operatsiya qilgan 
doktorga yuzlanib, 
«5
grammli shpritsga novokain tortib keling», dedi. 
«Endi o'sha «nervlar tugilib» qo’gan joyga novokain yuboramiz va 
tugunni yozib yuboramiz», dedi v i bemorga qarab, «Endi chidaysiz, 
novokain yuborayotganim da o g 'riq yana kuchayadi, so'ng siz 
oyoqlaringizni og'risayam, bukib-ocha boshlaysiz va ana shundan so'ng 
tugilgan nerv ochilib ketadi va og'riq 10 daqiqaga yetmasdan to'xtaydi», 
dedi. Bemor qo'rqa-pisa, yuzida xavotir bilan oyoqlarini yozdi va o'zi 
qornini ochdi. Professor operatsiya qilingan joyni spirt bilan tozalab, 
chandiqning ikki chetiga shpritsni tiqib, zudlik bilan novokain yubordi. 
Bemor dodlab yubordi. Professor «Aytdim-ku sizga, og'riydi dob, qani 
endi aytganimni qiling, tez-tez oyoqlaringizni bukib-yozing, ana shunda 
nervlar yozilib, og'riq kamaya boshlaydi, aks holda, yana 3-operatsiyani 
qilib, o'sha uzilgan nervlarni bir-biriga ulashga to'g'ri keladi», dedi. 
Bemor shoshib-pishib professorning keskin tarzda berilgan buyruqlarini 
bajara boshladi. «Endi o'tirib oling», dedi u. «Qani, tez-tez bo'ling!» 
deb bemorni shoshirdi. Bemor biroz qiynalib bo'lsa-da, o'tirib oldi. «Endi 
o'rningizdan turib yuring», deb topshiriq berdi. Deyarli 5 kundan buyon 
turib yurmayotgan va faqat og'riqdan shikoyat qilib yotgan bemor biroz 
ishonchsizlik bilan bo'lsa-da o'rnidan turib yurdi. Endi bemor og'riq 
sezmayotgan va o'zida yo'q xursand edi. Bemor krigida ishtirok 
etayotganlar ikkiga bo'linib, unga yo'l berishdi. Professorning ko'zi 
menga tushdi. «Ie, nevropatologimiz ham shu yerda ekanlar-ku, bu 
bemorga endi nevropatologning keragi yo'q. Mana, o'zimiz davolab 
qo'ydik», dedi hazillashib. Professor operatsiya qilgan vrachga boqib,
309


«Bu bemomi bugunoq uyga yuborsangizlar bo'ladi, endi u sog‘», dedi. 
Deyarli yarim soat oldin og'riqdan hatto oyog'ini ham ochib-yoza 
olm ayotgan bemor professor tom onidan juda ustom onlik bilan 
o'tkazilgan psixoterapiya va platseboterapiyadan so'ng darddan xalos 
bo'ldi. U endi uyga ketish mumkinligi haqidagi yangilikdan xursand 
bo'lib, o'zi yotgan o'rnini taxlab, qiziga topshiriqlar berib, ketish 
taraddudiga tushib qoldi.
Professor yonidagi shogirdlari va talabalar bilan boshqa palatalardagi 
bemorlarni ko'rgani chiqib ketdi. Men bemor bilan suhbatlasha bosh- 
ladim. Suhbat orasida ma’lum bo'ldiki, bemoming yonida parvarish qilib 
o'tirgan 24 yashar qizi «o'tkir appenditsit» tashxisi bilan uch marta 
operatsiya bo'lgan va ikkala holatda ham operatsiya muvaffaqiyatsiz 
chiqqan: birinchi gal jarroh tamponni unutib qoldirgan va boshqa jarroh 
ikkinchi bor operatsiya qilib uni olib tashlagan. Operatsiya qilingan joy 
yiringlab ketib, «appendoektomiya asorati, chegaralangan peritonit» 
tashxisi bilan uchinchi bor operatsiya qilingan. Barcha voqealar onasining 
ko'z oldida bo'lib o'tgan. Bemor 20 kundan ortiqroq jarrohlik bo'limida 
qolib ketgan va shu vaqt mobaynida uning yonida doimo onasi bo'lgan. 
Dastlabki operatsiyani qilgan jarroh bemorni 3 kunda uyga chiqarib 
yuborishni va’da qilgan. Biroq vaziyat og'ir tus olgan. Bu holat butun 
bir oilada katta ruhiy jarohat qoldirgan. Onasi «Qizim endi tuzalmaydi, 
nogiron bo'lib qoladi», deb qo'rqib yurgan. Chunki 20 kun ichida qizi 
juda ozib ham ketgan. Lekin bemor qiynalib bo'lsa-da, tuzalgan. Oradan
2 yil o'tmay, Toshkentda o'qib yurgan talaba o'g'lini qizi bilan birga 
ko'rgani kelgan onaning o'zi appenditsit bo'lib qoladi va vaziyat yuqorida 
ko'rsatilganidek keskin tus oladi.
Yuqoridagi usuldan bemorni operatsiya qilgan ikkaia jarroh ham 
foydalanishi mumkin edi. Biroq ular bunday qilishmadi yoki buni 
bilishmadi. Bu oddiy bir appenditsit bilan bog'liq voqea, biroq jarrohlik 
amaliyotida bir qancha murakkab holatlar mavjudki, ularning aksariyati 
psixologik yondashuvni talab qiladi. Demak, operatsiyalar muvaffaqiyatli 
o'tishi uchun har bir jarroh nafaqat o'z kasbining yetuk mutaxassisi, 
balki yetuk psixolog ham bo xishi kerak.
Jarrohlik kasbida shoshilinch operatsiyalarning ko'pligi, vaqtning 
tig'izligi jarrohlik bo'limi shifokorlari bilan bemorlar orasida o'zgacha 
psixologik muhitning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Yana shuni ham 
ta ’kidlash lozimki, tibbiyotning boshqa yo'nalishlariga qaraganda, 
jarrohlikda bemorlardan faollik emas, aksincha, ehtiyotkorlik va kam 
harakat talab qilinadi. Jarrohlik kasbining o'ziga xosligi tez qaror qabul 
qilib, zudlik bilan uni amalga oshirishdir. Rejali operatsiyalar, albatta. 
bundan mustasno. Bunday paytlarda bemor bilan jarroh orasida
310


qandaydir bir psixologik vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni bemor 
belgilangan operatsiyadan voz kechishi yoki bo'lmasa, operatsiya 
tafsilotlarini yoritib beruvchi boshqa bir jarrohni tanlashi mumkin. Biroq, 
shuni tan olish lozimki, operatsiyani muvaffaqiyatli bajaradigan va katta 
obro‘-e’tiborga ega bo'lgan jarrohdan bemor har qanday vaziyatda ham 
voz kechmaydi, hatto u qo'pol bo'lsa ham.
Jarrohlik operatsiyalari ham bemor psixologiyasi va his-tuyg'ulariga 
turlicha ta’sir qiladi. Chunki tirik organizmda ruh va tana yagona bir 
sistemadir. Operatsiyadan so'ng ruhiy muvozanatning salbiy yoki ijobiy 
tomonga qarab o'zgarishi, albatta, operatsiyaning natijasiga bog'liq. 
Operatsiya muvaffaqiyatli bajarilsa, operatsiyadan oldingi qo'rquvlar, 
xavotir va o'zaro tushunmovchiliklar darrov barham topadi, agar 
muvaffaqiyatsiz bajarilsa, operatsiyadan oldingi gumon, xavotir va shu 
kabi tushunmovchiliklar jarroh uchun yomon tus olib, b a’zan katta 
janjalga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun ham aksariyat g'arb 
davlatlarida operatsiyaning barcha tafsilotlari, ustunliklari va asoratlari 
albatta, deontologiya va etika prinsiplarini saqlagan holda, bemorga va 
yaqin qarindoshlariga tushuntirib beriladi. Y a’ni bemor va uning 
qarindoshlari sir saqlanishi shart bo'lmagan vaziyatlardan voqif bo'lishadi. 
Bu, albatta, yaxshi. Chunki saqlanishi shart bo'lmagan sir-sinoatlar bemor 
va uning qarindoshlarida jarroh va u o'tkazayotgan operatsiya haqida 
katta gumon paydo qilishi, operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqqan taqdirda 
jarroh yomon vaziyatda qolishi va ikki o'rtada sudlashuvlar boshlanib 
ketishi mumkin.
Agar operatsiyalar biror-bir a ’zoni yoki uning bir qismini olib tashlash 
bilan yakunlansa, operatsiya muvaffaqiyatli chiqqan taqdirda ham bemor 
ruhiyati buzilishi ehtimoli bor. Chunki bemor ushbu operatsiya sababli 
awalgi kasbida ishlay olmasligi yoki to'laqonli hayotga qayta olmasligi 
mumkin. Albatta, bunday paytlarda jarroh ushbu operatsiyani qilmasa, 
boshqa a so ratla r yuzaga kelishi m um kinligini, endi jarro h lik
muammolaridan xalos bo'lgani va bundan so'ng sog'lig'iga e’tibor qilib 
yurishini bemorga tushuntirib, uni tinchlantirishi lozim.
Mutaxassislar fikricha, operasiya qilinishi lozim bo'lgan bemorlarning 
30 foizida, ba’zi m a’lumotlarga ko'ra 70 foizida u yoki bu ko'rinishda 
ruhiy buzilishlar kuzatiladi, ayniqsa, ipoxondriya ko'rinishida. Ular 
jarrohdan kasalligini sinchkovlik bilan tekshirilishi va vrachlar ishtirokida 
konsilium o'tkazilishini talab qilishadi. B a’zilari esa boshqa o'zi 
taniydigan ja rro h la r bilan «O peratsiya shartm i-yo'qm i», deb 
maslahatlashib yuradi. Boshqa bir bemorlar esa o'zini qiynab yurgan 
kasalidan operatsiya orqali bira-to'la qutulish istagida jarrohlarga 
murojaat qilishadi. Ko'pincha, bunday holatlar isteriyaga duchor bo'lgan
311


bemorlarda kuzatiladi. Ular o'zlarini qiynab yurgan buqoqni yoki 
bo'lmasa, qorin sohasidagi doimiy og'riqni bira to'la operatsiya qilib 
davolalishni o'ylashadi. H aqiqatan ham tonzilloektom iya, 
strumektomiya, xoletsistoektomiya, appendoektomiya kabi operatsiyalar 
bemor xohishiga qarab (albatta, tibbiy ko'rsatmalarni e’tiborga olgan 
holda), o'tkazilib turadi. Masalan, sog'lom odamlar «Og'ir appenditsit 
bo'lib qolsam nima bo'ladi, yaxshisi sog' paytimda ko'richakdan qutulib 
qo'ya qolay», deb o'zlari ongli ravishda operatsiya qildirishadi. Bunday 
holatlar, ayniqsa, yaqinlari to'satdan appenditsit bo'lib, operatsiya stoliga 
tushib qolgan odamlarda kuzatiladi. Appendoektomiya opera tsiyasi uncha 
murakkab bo'lmaganligi sababli ba’zan jarrohlarning o'zi uni bemorning 
qarindoshlariga tavsiya qilishadi. Bu bir tomondan to'g'ridir ham. Chunki 
o'tkir appenditsit ba’zi hollarda peritonit asoratini beradi yoki tashxis 
o'z vaqtida aniqlanmay, ko'richak yorilib ketadi. Bu esa hayot uchun 
havflidir. Yaqin bir tanishim «flegmonoz appenditsit» tashxisi qo'yilib, 
zudlik bilan tunda operatsiya qilingandi. Operatsiyadan so'ng jarroh 
bemorning yaqinlariga kasallik peritonitga o'tishiga oz qolganligini 
aytadi. Uning ahvolidan qo'rqqan akasi o'z xohishi va jarroh tavsiyasiga 
ko'ra ko'richagini oldirib tashlatadi.
Giyohvand moddani bir marta bo'lsa-da qabul qilish va tanasidagi 
kuchli o g 'riq lard an qutulish uchun b a ’zi narkom anlar jarro h lik
operatsiyasiga ham tayyor turishadi. Giyohvand moddalar va spirtli 
ichimliklarni ko'p iste'mol qiluvchilarda hamda ruhiy bemorlarda o'tkir 
jarrohlik kasalliklari kuzatilsa, bu jarroh uchun katta tashvish tug'diradi. 
Ayniqsa, bolalarda oligofreniya, imbetsil holatlar va boshqa tug'ma 
nuqsoniar, qariyalarda esa invoiyulsion psixozlar, demcnsiyalar. Ularning 
xulq-atvoridagi patologik o'zgarishlar tashxisni to 'g 'ri aniqlashga 
to'sqinlik qiladi, ular operatsiyadan so'ng vrach tavsiyalariga to'la amal 
qila olishmaydi va buning natijasida, operatsiya qilingan joylar ochilib, 
qon ketishi kabi bemor hayoti uchun xavfli vaziyatlar paydo bo'lishi 
mumkin. Bunday bemorlar operatsiyadan oldin ham, so'ng ham 
psixonevrolog yoki psixiatr nazoratiga olinishi zarur.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish