18
0 ‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasining rivojlanish
tarixi
0
‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi fani tibbiyot institutlarining
asab kasalliklari kafedrasi tarkibida, O'zbekiston Milliy universitetining
umumiy psixologiya, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika
universitetining amaliy psixologlar tayyorlash kafedralarida o'q itib
kdinmoqda. Uzoq yillar tibbiyot psixologiyasiga psixiatriyaning bir qismi
sifatida qaralgan va ushbu fanni faqat psixiatrlar o'qitib kelgan. Shuning
uchun b o ‘lsa kerak, tibbiyot psixologiyasi b o ‘yicha tuzilgan o ‘quv
dasturlari psixiatriya fani bo'yicha tuzilgan dasturlarga juda o'xshab
ketgan va ular boshqa rivojlangan davlatlarning o'quv dasturlaridan
keskin farq qilgan.
XX
asrning 90-yillarida M DH davlatlarida tibbiyot psixologiyasini
o 'q itis h g a oid b a h s -m u n o z a ra la r b o sh la n ib ketdi. T ib b iy o t
psixologiyasini «Klinik psixologiya» deb atash lozimligi haqida tavsiyalar
paydo bo'la boshladi. N afaqat tibbiyot universitetlarida, balki boshqa
universitetlarda ham «Klinik psixologiya» kafedralari tashkil qilindi.
Masalan, Moskva Davlat Universitetidagi «Neyro va patopsixologiya»
kafedrasining nomi «Klinik psixologiya» deb o'zgartirildi. Klinik
psixologiyani kim o'qitishi kerak degan savol ko'ndalang turdi. Tibbiyot
o liy g o h larin i tu g a tg an m u tax assism i yoki um um iy psixologiya
fakultetlarida klinik psixologiya yo'nalishida ta ’lirn olgan mutaxassismi?
R iv o jlan g an xorij d a v la tla rid a tib b iy o t va um um iy psixologiya
yo'nalishidagi oliygohlarni tugatgan mutaxassislar «Klinik psixologiya»
kafedralarida dars berish huquqlariga egadirlar. Biroq ular «Klinik
psixologiya» bo'yicha magistrlik diplomini himoya qilgan bo'lishlari
kerak.
0
‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasini o'qitish konsepsiyasini ishlab
chiqish va sog'liqni saqlash tizimi uchun malakali tibbiy psixologlar
tayyorlashni keng yo'lga qo'yish kerak. Bugungi zamon talabi ham
shu. Buning uchun T o sh k e n t tib b iy o t ak adem iyasida «Tibbiyot
psixologiyasi» bo'yicha m agistratura tashkil etish maqsadga muvofiq.
Unga nafaqat tibbiyot institutlarida bakalavriaturani tugatganlar, balki
O'zbekiston Milliy universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
pedagogika universitetlarining psixologiya fakultetlarini tugatganlarni
ham qabul qilish lozim. Keyinchalik esa boshqa universitetlardan ham
psixologiya fani bo'yicha bakalavriaturani tugatganlarni qabul qilish
mumkin.
«T ib biyo t psixologiyasi» b o 'y ic h a m a g is tra tu ra n i tu g atg an
mutaxassislar umumiy amaliyot shifokorlari, oliy malakali hamshiralar
19
va tor doiradagi mutaxassislar bilan bir qatorda sog'liqni saqlash tizimida
faoliyat k o ‘rsatishlari kerak. A lb atta, bem orlarga tibbiy yordam
ko‘rsatuvchi mutaxassislar tibbiy ilmga ega bo'lishlari zarur. Xuddi tibbiy
yordam ni m utaxassis k o 'rsa tg an i kabi, psixologik yordam ni ham
mutaxassis ko'rsatishi kerak. Buning uchun Oliy o'quv yurtlarida klinik
psixologiya bo'yicha tayyorlanayotgan mutaxassislarni sog‘liqni saqlash
tizimigajalbqiiishimizkerak. Vaholanki, barcha rivojlangan davlatlarning
klinikalarida klinik psixologlar vrachlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
0
‘zbekistonda bu ishni yo‘lga qo'yish uchun sog'liqni saqlash tizimida
faoliyat ko'rsatuvchi «Tibbiy yoki klinik psixolog» statusini ishlab chiqish
va ularga yuridik maqom berish maqsadga muvofiq.
X.A. Alimov - O'zbekistonda psixiatriya fanining asoschilaridan biri,
tibbiyot fanlari doktori, professor. Olim psixiatriyaning bir q ato r
yo'nalishlariga oid ishlari bilan mashhur va u bu yo'nalishda katta maktab
yaratdi. Yirik tashkilotchi olim nafaqat markazda, balki viloyatlardagi
tibbiyot institutlariga, sog'liqni saqlash tizimiga yuqori malakali kadrlarni
tayyorlashda bevosita rahbarlik qildi. X.A. Alimov Toshkent davlat
tibbiyot institutida psixiatriya, narkologiya va tibbiyot psixologiyasi
kafedrasining mudiri bo‘lib ishlagan va bir qancha monografiyalar, o'quv-
uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. Uning asarlaridan hanuzgacha tibbiyot
institutlarida o'quv jarayonida foydalanib kelinmoqda.
Sh.A. Murtalibov - Tibbiyot fanlari doktori, professor. Olimning hayot
faoliyati Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan bog'liq
bo'lib, bir necha yillar psixiatriya va psixoterapiya kafedrasini boshqargan
Sh.A. Murtalibov uzoq yillar bosh psixiatr lavozimida ishlab yurtimizda
psixiatriya xizmatining rivojlanishiga bevosita rahbarlik qilgan. Sh.A.
Murtalibov shizofreniya, alkogolizm, psixoz va serebral aterosklerozga
oid yirik ilmiy asarlar yaratgan. U ruhiy buzilishlarni davolashda
psixoterapiya usullaridan foydalanish tam oyillarini ishlab chiqqan.
Olimning psixoterapiya bobida yaratgan ilmiy asarlari hanuzgacha tibbiy
amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llab kelinmoqda.
M .G . D avletshin - O 'z b e k is to n d a p six o lo g iy a fa n in in g
rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan yirik olim, psixologiya fanlari
d o k to ri, p ro fesso r. U pedagogik p six o lo g iy ag a, ayn iq sa yosh
p six o lo g iy a sig a oid ish la ri b ila n m a sh h u r. M .G . D a v le tsh in
rahbarligida yaratilgan «Qobiliyatlar va ularning diagnostikasi» asari
amaliy psixologlar tayyorlashda keng qo'llab kelinmoqda. U o'zining
so'nggi paytlarda yaratgan asarlarida O'zbekistonda yangi asr avlodini
tarbiyalashda psixologiyaning o'rnini asoslab berdi. Olimning asarlari
R esp u b likam izn ing b archa oliy o ‘quv m ask an larid a yangi davr
psixologlarini tayyorlashda o'qitib kelinmoqda.
20
E.G‘. G'oziyev - O'zbekiston Milliy universiteti psixologiya kafedrasi
m u diri, psixologiya fa n la ri d o k to ri, professo r. E .G ‘. G 'o ziy ev
O'zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan
olim. Uning ilmiy faoliyati psixologiyaning deyarli barcha sohalarini
qam rab olgan, u ayniqsa, tafakkur psixologiyasiga oid ishlari bilan
mashhur. Olimning tashabbusi bilan Milliy universitetning psixologiya
kafedrasida tibbiyot psixologiyasi kursi o 'q itila boshlandi. Uning
rahbarligida salomatlik psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi, aqliy
zaif bolalar psixologiyasi, yurak ishemik kasalliklarida bemorlar shaxsi,
psix odiagnostika, em otsional h o la tlarn i b o sh q arish k ab i asarla r
yaratildi. Olim asarlaridan Respublikamizning turli oliygohlarida nafaqat
umumiy psixologiya, balki umumiy va tibbiyot psixologiyasini o'qitishda
ham foydalanib kelinmoqda.
U.X. Alimov - T oshkent vrach lar m alakasini oshirish in stituti
psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori,
professor. Bugungi kunda olim Sh.A. Murtalibov maktabini davom ettirib
O'zbekistonda psixiatriya va psixoterapiya fanlarining rivojlanishiga katta
hissa q o 'sh ib kelm oqda. U .X . Alimov “P six iatriy a klinikasining
m uqaddim asi” va “Ruhiy buzilishlarga tashxis qo'yish va davolash
modellari” nomli asarlar yaratgan. Olimning asosiy ilmiy yo'nalishlari
shizofreniya, alkogolizm, narkomaniya va shu kabi turli ruhiy kasalliklarga
oid bo'lib, bu yo'nalishda bir qancha ilmiy va o'quv-uslubiy qo'llanmalar
yaratgan. U.X. Alimov sog'liqni saqlash vazirligi bosh psixiatri lavozimida
Respublikamizni ushbu ixtisoslikka oid yetuk kadrlar bilan ta ’minlashga
boshchilik qilib kelmoqda.
V.M. Karimova - O 'zbekistonda oila psixologiyasi bo'yicha yirik
mutaxassis, psixologiya fanlari doktori, professor. Respublika «Oila»
ilmiy-amaliy markazi direktori. Olima o'zbek ayolining sog'lom turmush
tarzi modelini yaratdi. U psixologiyaning turli sohalariga oid bir qancha
darsliklar, o 'q u v q o 'lla n m ala ri va m etodik k o 'rsa tm a la r muallifi.
V.M.Karimova oila va salomatlik psixologiyasiga oid bir qancha yirik
asarlari bilan mashhur. Uning asarlari barcha universitetlar, tibbiyot
oliygohlari, kollej va litseylarda o'qitib kelinmoqda. Uning o'smirlar
tarbiyasiga oid bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari chop qilingan. V.M.
Karimova o'z asarlarida m a’naviy yetuk avlodni tarbiyalash va voyaga
yetkazishda salomatlik tamoyillariga amal qilishni targ'ib qilib keladi.
B.R. Qodirov - Psixologiya fanlari doktori, professor. Serqirra ijodi
bilan tanilgan olim psixologiyaning bir qancha yo'nalishlari bo'yicha
ilmiy izlanishlar olib borgan. Bular - psixofiziologiya, yoshga oid
psixologiya, shaxs psixologiyasi, psixogenetika, oliy nerv faoliyati,
qobiliyatlar psixologiyasidir. U ning keyingi yillarda bajargan ilmiy-
21
ta d q iq o t ishlari m aktabgacha b o 'lg an b olalarning psixofiziologik
yetukligini aniqlash va baholashga qaratilgan. Olim bugungi kunda
O'zbekiston Milliy universtitetining psixologiya kafedrasida tibbiyot
psixologiyasi yo'nalishini boshqaradi.
S.Z. Yeshimbetova - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori.
O lim an in g asosiy ilm iy ish la ri tu rli ru h iy k a s a llik la rd a shaxs
p a to lo g iy a si, seksual b u z ilis h la r p six o lo g iy asi, d ep ressiy a,
psixofarm akoterapiya, tibbiy-psixologik ekspertiza kabi bir qancha
yo'nalishlarni o'z ichiga qam rab olgan. U Respublikamizda birinchi
bor virgogamiyani ilmiy asoslab berdi va ushbu patologiyaga oid bir
qancha o 'q u v -u slu b iy va am aliy k o 'rs a tm a la r tayy orlad i. Olima
tom onidan tayyorlangan o 'q u v q o 'llan m alar am aliy shifokorlarni
ti yyorlashda dars berish jarayonlarida keng qo'llab kelinmoqda. S.Z.
Yeshimbetova Sog'liqni saqlash vazirligi bosh psixoterapevti sifatida
ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Z.R. Ibodullayev - Toshkent tibbiyot akademiyasi asab kasalliklari
kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. Asosiy ilmiy yo'nalishlari
bosh miya kasalliklarida oliy ruhiy funksiyalarni o'rganishga qaratilgan.
U ambidekstlarda insult modelini yaratdi va miyaning psixologik himoya
konsepsiyasini ishlab chiqdi. U ning ta sh ab b u si bilan «T ib biyo t
psixologiyasi» darsligi yetuk xorij davlatlari darsliklariga moslab tuzildi
va unga Freyd nazariyasi, neyropsixologiya asoslari, psixosomatik
sindrom lar va depressiyaga oid yangi m ateriallar kiritildi. Tibbiy-
psixologik statusni tekshirish bo'yicha kasallik tarixnomasini ishlab
chiqdi. Uning muallifligida Respublikamizda ilk bor yaratilgan «Tibbiyot
psixologiyasi» darsligi «Yilning eng yaxshi darsligi» sovriniga sazovor
bo'ldi.
Shunday qilib, tibbiyot psixologiyasi barcha tabiiy va aniq fanlar ta ’siri
ostida rivojlandi va alohida fan sifatida butun dunyoda tan olindi.
2 2
Do'stlaringiz bilan baham: |