Psixologiy asi


(psixoanalizda Freyd tomonidan taklif qilingan «siqib chiqarish» atam asi bor)


bet87/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

(psixoanalizda Freyd tomonidan taklif qilingan «siqib chiqarish» atam asi bor)
kuchli b o 'la d i, y a ’ni o'zig a yoqm agan voqea va hodisalar tafsilotini 
xotirasidan o'chirib tashlash qobiliyatiga ega bo'lishadi. Yolg'on gapirish 
uning uchun odatiy holdir, uning hayot tarzida yolg'on va haqiqatlar 
shu darajada chalkashib ketadiki, keyinchalik gapirgan gaplarining qaysi 
biri yolg 'o n u , qaysi biri haqiqatligini o 'zi ham anglay olmay qoladi. 
Shuning uchun ham ularga keyinchalik b o 'lib o 'tg a n voqealar aytib 
berilsa eslay olishmaydi, biroq haqiqatdan ham eslay olmayaptimi yoki 
eslashni xohlam ayaptimi, bilib olish o 'ta m ushkuldir. Bunday odamlarni 
psevdolog, y a ’ni yolg'onchi deb ham aiasn adi. Shu asnoaa ularning 
fikrlash doirasi kengligini alohida ta ’kidlab o 'tish lozim, b a ’zan inson 
hayratda qoladigan ishlarga tavakkal qilib q o 'l urishadi va ishchanlik 
qobiliyati yuqoriligi uchun ancha yutuqlarga erishishadi ham.
2. 
Qotma shaxs. M uloqotga hadeb kirishib ketm aydigan, kamgap, 
tak abbu r odam . Kam gapirsada, nasihat qilishni xush k o'rad i. Unga 
nisbatan aslida m avjud bo'lm agan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi. 
Shu sababli uning xatti-harakatida odam larga nisbatan ishonchsizlik va 
ehtiyotkorlik ustun turadi. G ina va x afagarchilikka beriluvchan. tez 
ranjiydigan, voqea va hodisalarga shubha bilan qaraydigan shaxs. U bilan 
yuz bergan voqealardan uzoq vaqt siqilib yuradi, xafagarchilikdan oson 
c h iq a o lm a y d i, q a s o s k o r b o 'la d i. B u n d a y o d a m la r ja n ja l va 
kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishda tashabbuskor bo'lib qolishlari 
m um k in . Iz z a tta la b , o 'z ig a q a ttiq ish o n a d ig a n va o 'z b ilg a n id a n
qolm aydigan sobitqadam bu shaxs b iro r bir ishni q a t’iyatlilik bilan
146


boshlab oxiriga yetkazadi ham. U lar o ‘ta ishchan bo‘lib, har qanday 
sharoitda ham yuqori k o ‘rsatgichlarga erishishga intilishadi, boshlagan 
ishini birov bilan baham ko'rm ay yolg‘iz o ‘zi bajarishni xush k o ‘rishadi. 
Qaysar, o ‘jar va tez-tez affekt holatlariga tushib turadigan bu shaxslarning 
xulq-atvorida h a q iq a tg o 'y lik , ranjish, tez hafa b o ‘lish, gum onsirash, 
rashk kabi turli xislatlar birgalikda nam oyon bo ‘ladi. Ular affekt holatiga 
tushishsa ham, buni darro v yuzaga chiqaraverishm aydi, ichida saqlab 
q o ‘yishadi va bu borada ularning fikrini tez bilib olish qiyin.
3. Rasmiyatchi shaxs. Sinchkov, m aydakash va o ‘ta rasmiyatchi shaxs. 
Janjal va kelishmovchiliklarga kam aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda 
paydo bo'lib qolsa, o'zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga aylanadi, 
xolos. S h u n d a y b o ‘lsa -d a , s h a k lla n ib q o lg an ta r tib - q o id a la r n in g
buzilishiga tezda diqqatini jalb etadi. Ishda u haqiqiy byurokrat bo'lib , 
har bir ishda rasm iyatchilikka boradi, q o 'l ostida ishlaydiganlarga ju d a
k o 'p talablar qo'yib tashlaydi. O 'z ishiga puxta, o'ziga va boshqalarga 
o 'ta talabchan, tartibni xush ko'radigan, g 'o y atda sinchkov bo'lib, har 
bir ishni reja asosida bajarishni yoqtiradi. Biror bir ishni boshlashdan 
oldin uni sinchkovlik bilan o'rgan adi, reja tuzadi, o'zi ham o'sha rejaga 
q a ttiq am al q ilish g a h a r a k a t q ila d i, o 'z o ld ig a q o 'y g a n is h la rn i 
shoshm asdan, biroq yuqori darajada sifatli bajarishga intiladi. X atoga 
y o 'l qo'yilm adim i deb, o 'zini va bosh qalarn i tez-tez tekshirib turad i. 
Rasmiyatchilik uning hayot tarziga aylangan bo'ladi, vaziyat shuni taqozo 
etsa m ansabdan osonlik bilan voz kechadi. Ruhiy jaro h atlam i uzoq vaqt 
esida saqlab yuradigan, o g 'ir tabiatli va o 'c h olishga moyil shaxs.
4. T a ’sirchan (qo‘zg‘aIuvchan) shaxs. Jizzaki, o 'z his-tu y g 'u larin i 
jilovlay olmaydigan, qo 'p o l, janjalkash va tez g'azablanadigan kishilardir. 
Ularning xulq-atvorida instinktiv intilishlar ustun turadi. U lar badqovoq 
va z a h a rx a n d a k is h ila r b o 'lib , b iro v b ila n o s o n lik c h a m u ro s a g a
borishm aydi, doim o jan jaln in g o 'rta s id a b o 'lish ad i, odam lar orasida 
kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchilaridir, aksariyat 
hollarda esa janjalning muallifi ularning o'zi bo'lib chiqishadi. Jam oada 
uzoq ishlay olishm aydi, tez-tez yuzaga keladigan kelishm ovchiliklar 
sababli bir joyda ishlay olishmaydi. U larda verbal va noverbal reaksiyalar 
ancha sust bo'ladi, shuning uchun ham odam lar bilan bemalol til topishib 
keta olishmaydi. U biror bir ishga ishtiyoq bilan kirishmaydi, ishga ham
zarurat uchun boradi, biror bir sohani yoki ilmni o'zlashtirishga ham
ishtiyoq bo 'lm ay d i. K elajak k a b efarq , bugungi k u n bilan yashaydi, 
k o 'n g li o 'y in -k u lg i va v a q tic h o g 'lik n i ista y d i. H a m m a b ila n til 
topishaverm agach o 'zid an , o'zid an kuchsizroq odam lar bilan m uloqot 
qilishga va ularni o 'z ig a bo 'y su n d irish g a intiladi. Y uq ori d arajad ag i 
q o 'z g 'a lu v c h a n bu shaxslarni boshqarish qiyin b o 'lib , ularning xatti-
147


harakatlari atrofdagilar va jam oa o b ro ‘si uchun xavfli vaziyatni yuzaga 
keltirishi mumkin.
5. G ipertim shaxs. Bu toifaga kiruvchi o d am lar yuqori d a ra jad a
h a ra k a tc h a n lig i, s o ‘zam onligi, m im ik alarg a boy x a tti-h a ra k a tla ri, 
dilkashligi bilan ajralib turishadi. U lar har qanday odam lar bilan tezda 
m uloqotga kirib keta oladi, ulfatchilikni xush ko'rishadi, shum va sho‘x 
b o'lishadi. Suhbat chog‘ida dastlabki m avzudan tezda chetga chiqib 
ketishi m um kin, buni o ‘zi ham sezmay qoladi. 0 ‘z tengdoshlari orasida 
e ’tiborda blishni, iloji bo'lsa ularga yo'lboshchi bo'lishni va shovqin- 
suronli hayotni xush ko'radi. Deyarli doimo yaxshi kayfiyatda bo'lishadi, 
o'zlarini yaxshi his qilishadi, yuqori hayotiy quvvatga va ishtahaga ega 
bo'lishadi, yuzi-ko'zi kulib turadi, hayotdan quvonib yashashadi. Ular 
o'ziga yuqori baho berishadi, chaqqon va yengiltak bo'lishadi, quvnoq 
hayotni yoqtirishadi, ishbilarmonchiligi bilan ajralib turishadi, yuzaki 
ishlarni zudlik bilan bajarib tashlashadi. U lar juda ajoyib suhbatdosh 
bo'lib, atrofdagilam ing ko'nglini chog' qilib o'tirishni xush ko'rishadi, 
k o 'n g il y o z a r ishlarga y o 'lb o sh c h ilik q ilish ad i, k e ra k b o 'ls a tu rli 
xursandc’niliklarni o'zlari o 'y lab topishadi va boshqalarni bunga jalb
qilishadi. Bu ishlarga keragidan ortiqcha berilish janjalli vaziyatlarning 
kelib chiqishiga turtki bo'ladi. A g ar ular qilayotgan ishlariga ochiq 
to 's q in lik n i sezishsa yoki bu is h la rn i a m alg a o s h ir a y o tg a n d a
muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, asabiylashib ketishadi, g'azabi qo'zg'aydi. 
Ba’zan o 'z m ajburiyatlariga yuzaki qarashadi, qattiq tartib intizomga 
u la rn in g to q a ti y o 'q . H a y o t ta r z id a b ir xiIlikni va y o lg 'iz lik n i 
yoqtirishm aydi, b a’zan axloqsiz ishlarga q o 'l urib qo'yishadi.
6. Distimik shaxs. Bu toifaga kiruvchi odam lar o'zining jiddiyligi bilan 
ajralib turishadi, ular o ’ta bosiq bo'lib, kayfiyati past odamni eslatadi. 
Ularning harakatlari sust bo'lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi, 
o 'z im koniyatlarini ham past baholashadi. U lar birovlar bilan kam
m uloqotga kirishadi, davralarda suhbatga aralashmay jim o'tirishni xush 
ko'rishadi. Bunday odam lar k o 'cha-kuylarga chiqmay uyda o 'tirishni 
afzal ko'rishadi, g'ala-g'ovur va shovqinli joylardan chetroq yurishadi, 
yolg'izlikni yoqtirishadi. Bundaylarni o 'tro q hayot kechiruvchilar deb 
atash m um kin, biroq ular bilan yaqinlashishga intilganlarni hurm at 
q ilis h a d i, u la rg a b o 'y s u n is h g a h a m ta y y o r tu ris h a d i, h a q q o n iy
d o 's tlik n in g q ad rig a y e tish ish a d i. T o 'g 'r ilik va h a q iq a tg o 'y lik k a
intilishadi, biroq o'z fikrini bayon qilishda ancha sust bo'lishadi.
7. Xavotirli shaxs. Bu toifaga kiruvchi odam lar birovlar bilan darrov 
m uloqotga kirishib keta olishmaydi, doimo xavotirda bo'lishadi, q rqoq 
va uquvsiz bshlishadi, o'ziga ishonm aydi. U lar q o ro ng'ulik dan , uyda 
yolg'iz q o lish d an va hay v o n lard an q o 'rq ish a d i. O 'z tengdoshlariga
148


q o ‘shilib keta olmaydi, ulardan o ‘zini chetga oladi, shovqinli, o'yin- 
kulguli joylarni yoqtirishmaydi, m abodo bunday joylarda paydo bo'lib 
qolishsa ham uyalib chetda tom oshabin b o 'lib turishadi. Agar ularning 
m ehnat yoki o'quv faoliyatini kim dir tekshirm oqchi b o'lsa yoki biror 
bir fandan imtihon topshirishga to 'g 'ri kelsa, bunday holatlam i u jud a 
o g 'ir qabul qiladi, o'ziga ishonchsizligi yana kuchayadi, juda bezovtalana 
boshlaydi. Agar biror bir m asala b o 'y icha nutq so'zlash kerak b o'lsa 
yoki auditoriyada m a’lumot berish zarurati tug'ilsa, u qattiq terga botadi, 
uyalib ketadi. Shuning uchun ham u lar o 'z xohishi bilan m inbarga 
chiqishmaydi. K attalar himoyasiga o'zini jo n deb otadi, biroq ularning 
uzundan-uzoq pand-nasihatlari unda vijdon azobini qo'zg'aydi, o'zining 
uquvsizligidan va uyatchanligidan aziyat chekadi, shunday bo'lsa-da 
o'zini yupatib yuradi, shundayligidan siqilib b a ’zan yig'lab ham oladi. 
U larda burchga sadoqat, m as’uliyat hissi, yuqori darajadagi axloq va 
o d o b tam o y illari ancha e rta sh a k lla n a d i. O 'z id a m av ju d b o 'lg a n
k am ch ilik larn i b a rta ra f etish uch un q u d ra ti y etad ig an ish lar bilan 
shug'ullanishga intiladi, o 'sha yerda o 'z imkoniyatlarini to 'la ochishga 
harakat qiladi.
B olalik p a y tid a n m avjud b o 'lg a n uyatchanligi va tortinchoqligi 
sa b a b li k a tta b o 'lg a n d a ham o 'z i x o h la g a n o d a m la r b ila n tezda 
m uloqotga kirishib keta olmaydi. K o 'p gap k o 'tara olmaydi, agar uni 
nohaq ayblashsa, o'zini him oya qila olm aydi, o 'sh a yerda kuchliroq 
o d am la rn in g him oyasini x o h lab q o lad i. A tro fd a g ila r bilan jan ja lli 
voqealarga kam aralashadi, agar kelishmovchiliklar orasiga tushib qolsa, 
passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. U lar bilan d o'stona m unosabatlarni 
boshlash oson, ular o 'z imkoniyatlarini tanqidiy baholay olishadi, xulq- 
atvoridagi kamchiliklarni his etishadi, har qanday topshiriqni bajarishga 
tayyor shaxslardir. Ularni «M ehribonlik izlovchilar» deb atash mumkin. 
U lar o'zlarin i-o 'zlari himoya qila olm aganliklari sababli ham kasblari 
to m o n id an kulguli voqealarning q a h ra m o n la rig a aylanib qolishadi, 
shuning uchun biron bir n o jo 'y a voqea yuz bersa osonlikcha uning 
bo'yniga ag'darishadi.
8. 
Xushchaqchaq shaxs. Bu to ifa g a kiruvchi o d am larn in g xulq- 
a tv o rid a y a q q o l k o 'z g a ta s h la n ib tu ra d ig a n x isla tla r - b u la r o 't a
b ax tiyo rlik , zavqlanish, x u sh ch aq ch aq lik , sh o d lan ish , huzurlanish 
hissidir. B o sh q alarg a sh o d lan ish , z a v q la n ish hissini yuzaga k eltira 
olmaydigan vaziyatlar ularda shunday his-tuyg'ularni yuzaga keltira oladi. 
Ozgina bo'lsada, quvonchli voqealar darro v ularning e’tiborini tortadi 
va kayfiyatini ko 'taradi, xuddi shunday g'am gin voqealar esa ularning 
kayfiyatini tushiradi. U lar m uloqotga tez kirishib ketishi, so'zam onligi 
va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turishadi, ular kulishsa yayrab
149


k u lis h a d i. S h u n in g u c h u n ham u la r k o 'p c h ilik k a y o q a d i. U la r 
bahslashishni xush ko'rishadi, biroq bahsni janjalgacha yetkazishmaydi. 
Turli xil kelishmovchiliklar orasiga tushib qolishsa, vaziyatga qarab yo 
faol yo passiv ishtirokchiga aylanishadi. U lar do'stlariga va yaqinlariga 
juda bog'lanib yashashadi, achinish va rahmdillik hissi yaxshi rivojlangan 
b o 'la d i, o 'z h is-tu y g 'u la rin i hech yashirm ay yaqqol nam oyon qila 
olishadi. Agar suhbat chog'ida ularni yaqinroq bilishga biroz harakat 
qilinsa, bemalol buning uddasidan chiqish mumkin, y a’ni ular o'z dardini 
yoyib tashlashlari m um kin. A ksariyat hollarda vahim achi bo'lishadi, 
arzimagan vaqt ichida kayfiyati tez o'zgarib qolishi va birdan «portlab 
ketishi» mumkin. Ular beqaror ruhiyat egasi hisoblanishadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish