X I I I BO B.
N E V R O Z L A R VA D E P R E S S IY A
N e v r o z b u
-
k a sa llik emas,
b a ik i n o to 'g 'r i h a y o t tarzidir.
Alfred Adler
13.1. N evrozlar
«Nevroz»
atamasi 1776-yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan
taklif qilingan. 0 ‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta ’rif berilgan: bu
kasallikda tana harorati k o ‘tarilmaydi, biron-bir a ’zo zararlanmaydi,
tanada lat yegan joylar bo'lmaydi, biroq bemoming asabi buzilgan bo'ladi.
Keyinchalik nevrozga turlicha ta ’riflar berildi va uning bir qancha
tasniflari yaratildi.
Barcha asab kasalliklari
organik
va
funksional
kasalliklarga ajratildi.
Nerv to'qimalarida morfologik o'zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklarga
organik
, asab tizimining faq at funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi
kasalliklarga
funksional kasalliklar
deb nom berildi. Hozirgi kunda tibbiy
am aliyotda nevrozlarga asab tizimining funksional kasalligi sifatida
qaraladi. Ba’zi olimlar bu fikrga qo'shilmaydi va nevrozlarda aniqlangan
turli metabolik va yengil organik buzilishlarni misol qilib ko'rsatishadi,
ya’ni ularning fikricha, organik simptomlar nevrozlar uchun ham xos.
Biroq, bu organik va m etabolik buzilishlar nevroz sababli paydo
bo'Iganmi yoki avval o'tkazilgan kasallik asoratimi, bunga aniq javob
berish ancha mushkul.
Shunday qilib. nevrozga qanday ta ’rif berish mumkin? Nevroz asab
tizimining funksional kasalligi bo'lib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi
tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak, nevroz psixogen
kasallikdir. Nevrozda aniq ko'ringan morfologik buzilishlar bo'lmasa-
da, uning aksariyat turlarida vegetativ-trofik o'zgarishlar kuzatiladi.
Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan q a t’i nazar,
bemorlarni natijali davolash mumkin. Biroq, bu davolash jarayoni b a’zan
uzoq davom etadi.
Nevrozning uchta turi farqlanadi:
nevrasteniya (tom m a ’noda nevroz),
isteriya, miyadan ketmaydigan fikrlar.
N evrasteniya
Nevrasteniya (grekchadan
«neuron»-
nerv,
«astenia» - z
aiflik)
asabning
za iflig i
degan m a’noni anglatadi. N evrasteniya asabning ortiqcha
zo 'riq ish id an kelib chiqadi. Asabi tor odam lar nevrasteniyaga tez
238
chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy
hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo'lish, oiladagi va ishxonadagi
kelishmovchiliklar, doimiy qo'rquv va xavotir nevrasteniyaga sabab
bo'lishi mumkin. N evrasteniyaning oila a ’zolarida uchrashi uning
rivojlanishida nasliy omillar borligini ham ko'rsatib beradi. Yosh bolalarda
nevrasteniyaning rivojlanishiga uni o'rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona
orasidagi janjallar sabab bo'ladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari
ham bundan mustasno emas.
N evrasteniya n a fa q a t ja h ld o r o d am lard a, balki o 'ta an d ish ali
odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odamlar janjal
chiqqanda hissiyotga z o 'r bermaslikka va o'zini boshqarib turishga
harakat qilishadi, birovning ko'nglini og'ritib qo'yishsa, aziyat chekishadi.
Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sabab
bo'ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, surunkali va
og'ir kasalliklar ham nevrasteniyaga olib keladi.
N evrasteniyaning klinikasi turli-tum an bo'lib, ular ichida tez-tez
asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og'rishi, bosh aylanishi,
umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy
m ehnatga qobiliyatning pasayishi kabi simptomlar ko'p kuzatiladi.
Nevrozning asosiy simptomlariga psevdonevrologik sindromlar bobida
batafsil ta ’rif berganligimiz uchun bu yerda ular haqida to'xtahnadik.
Nevrasteniya, davolash muddati va natijasi ko'proq uning to 'g 'ri olib
borilishiga bog'liq. Davolashni boshlashdan oldin nevrasteniyaga olib
keluvchi sabablar aniqlanishi va ular iloji boricha bartaraf qilinishi kerak.
Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni
davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi
hollarda nevrasteniyaning sababini aniqlash va ularni yo'qotish ancha
mushkul bo'ladi.
Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam
olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish,
teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi.
Nevrasteniyani davolash uchun ju d a k o 'p dori-darmonlar mavjud.
Lekin ularga individual tarzda yondashish kerak. Bu maqsadda turli
trankvilizatorlar, sedativ dorilar va psixostimulyatorlardan foydalaniladi.
Lekin nevrasteniyani davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli
sedativ ta ’sirga ega bo'lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga
tavsiya qilib bo'lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, yaxshi natijaga
erishib bo'lmaydi. Shuning uchun kuchli tinchlantiruvehi ta ’sirga ega va
n ojo'ya ta ’siri kam bo'lgan dorilardan foydalaniladi. Psixosomatik
sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixodinamik terapiya nevrozlarni
davolashda ham keng qo'llaniladi. Shuningdek, bemorlarga umumiy
239
massaj, igna bilan davolash, ertalabki gimnastika va sportning o'ziga
m a’qul turlari bilan shug'ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir m arta
sihatgohlarda dam olib turish ham o 'ta foydalidir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |