Psixologiy asi


bet36/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Dinamik afaziya. 
Nutq buzilishining bu turi 1934-yili K. Kleyst 
tom onidan yozilgan va o'rganilgan. Olim uni «nutq tashabbusining 
yetishmovchiligi» deb atagan. B a’zi tadqiqotchilar dinamik afaziyani 
«nutq akineziyasi» deb ham atashadi. Dinamik afaziyaning xususiyati 
shundan iboratki, ularda nutq xotirasi, artikulyatsiya va fonematik 
eshituv saqlan g an b o 'lad i. B em orlar tovush, s o 'z , ju m lalarn i va 
narsalam ing nomini juda yaxshi takrorlashadi. O'qish va yozish ham 
buzilmagan bo'ladi. Ular na to'satdan, na mustaqil ravishda gapira oladi, 
biron-bir tushunarli so'z yoki gapni ravon ayta olishmaydi.
M a’lumki, nutq faqat so'zdan emas, gaplardan tuzilgan. Odamlar 
bir-biri bilan faol tuzilgan gaplar orqali muloqotda bo'lishadi, fikrlarini
61


bayon qilishadi. H ar qanday fikrni bayon qilish ichki (impressiv) nutq 
yordamida yaratilgan dinamik jarayon bo‘lib, o ‘zining perdikativligi bilan 
t a ’riflanadi. P erdikativlik deganda, h arak a tn i ifodalovchi gaplar 
tushuniladi. M asalan, «men kinoga borm oqchim an», «men kitob 
o ‘qimoqchiman» va hokazo. Bu yerda «bormoqchiman», «o'qim oq- 
chiman» so‘zlaii perdikat hisoblanadi.
Demak, dinam ik afaziyaning markaziy mexanizmlari ichki nutq 
yetishmovchiligi, perdikativligi va nutq faolligining buzilishidir. Bu 
bemorlarda nafaqat nutq faolligining pasayishi, balki harakat sistemasida 
ham sustlik, organizmning umumiy faolligining pasayishi, gipomimiya 
ham kuzatiladi, lekin o ‘z holiga tanqidiy munosabat saqlangan bo‘ladi. 
Shuningdek, dinam ik prak sisn in g buzilishi, um um iy h a ra k a t va 
hissiyotning sustligi, atrofdagilarga qiziqishning pasayishi dinamik afaziya 
uchun xosdir.
Shunday qilib, dinamik afaziya - afaziyaning alohida bir turi bo‘lib, 
unda nutqning sensor va m otor mexanizmlari saqlanib qoladi, lekin 
gapirishga qobiliyat yo‘qoladi yoki keskin pasayadi.
Sensor afaziya. Sensor afaziyaning asosida fonematik eshituvning 
buzilishi, ya’ni so'zlarning tovush tarkibini farqlash qobiliyati buzilishi 
yotadi. Boshqacha qilib aytganda, tovushlarning akustik analizi va sintezi 
buziladi. Sensor afaziyaning asosiy nuqsoni nutqni tushunmaslikdir. 
S o ‘zlarn in g m a ’nosi, k o 'r s a tm a la r va b iro v n in g n u tq ig a bem or 
tushunmaydi.
Og'zaki nutqda literal parafaziyalar ko‘payib ketadi, ya’ni bemor 
so‘zlayotganda, bitta tovush o‘rniga boshqasini aytib yuboradi. Masalan, 
«salom» o ‘rniga «salon» yoki «dori» o'rniga «tori» va hokazo. Sensor 
afaziyada bemor o ‘z fikrini turli mimik harakatlar bilan ifodalashga 
intiladi.
Grammatik tarafdan buzilgan nutq bir-biriga bogManmagan literal 
va verbal parafaziyalardan iborat bo'ladi. T akroriy nutq ham o 'ta
buzilgan bo'ladi. Kuchli rivojlangan sensor afaziyada bemor bir so'zni, 
hatto bir harfni ham takror avta olmaydi. Fonematik tahlil buzilganligi 
sababli so'zlaming sifati ham juziladi, muxolif tovushlar o'm i almashib 
ketadi. Buning oqibatida narsalam ing nomi va ismi shariflar buzib 
aytiladi. Bemorlar narsalaming nomini bilsa-da, so'zning kerakli fonetik 
tuzilishini topa olmaydi, y a’ni so'zning tovush tarkibi parchalanadi. 
Bunday bemorlar so'zlarni takrorlash va narsalaming nomini aytish uchun 
k o 'p urinishadi. Bemor «gapcionligi» (logorreya) bilan ajralib turadi, 
uning gapiga tushunib bo 'lm asa-d a, gapiraveradi. U larning nutqi 
hayajonli, intonatsiyaga boy bo'ladi. Sensor afaziyada o'qish va yozish 
buziladi, lekin praksis va optik gnozis saqlanib qoladi.
62


Akustik-mnestik afaziya. Afaziyaning bu turi birinchi bor A.R. Luriya 
tom onidan tadqiq etilgan. B a’zi olim lar bu afaziyani «o'tkazuvchi 
afaziya», «transkortikal motor afaziya» deb ham atashadi.
Akustik-mnestik afaziya uchun quyidagi simptomlar xos:
1
) nutqni tushunishning buzilishi, bunda bemor og‘zaki nutqni ham, 
m atnlarni ham tushunmaydi;
2
) og'zaki ekspressiv nutqning buzilishi;
3) nutq nominativ funksiyasining buzilishi;
4) so'zlar m a’nosini buzib aytish;
5) verbal parafaziyalar, so‘zlayotganda so'zlarni tushirib qoidirish.
Bemorlarda og'zaki nutq va impressiv nutq buzilsa-da, yozish va o'qish
saqlanib qoladi. Bu afaziyaning sensor afaziyadan farqi shundaki, ularning 
nutqi suhbatdoshiga tushunarli bo'lishi mumkin, bemor so'zlayotganda, 
o'z xatosini anglaydi, gapdonlik va eyforiya kuzatilmaydi.
Akustik-mnestik afaziyada bemor narsaning qanday nomlanishini 
unutib qo'yadi. Uni tushuntirish uchun bemor o'sha narsani ta ’rif laydi. 
Masalan, «pomidor» deb aytish uchun u «Haligi qizil, yumaloq bor-u, 
nimaydi?» va hokazo. Shuning uchun ham afaziyaning bu turini optik 
agnoziya bilan farqlash ancha mushkuldir. Demak, akustik-mnestik 
afaziyada fonematik eshituv va tovushlarni farqlash saqlangan bo'ladi.
A.R. Luriyaning fikricha, bu afaziyada operativ xotira buziladi. 
So'zlarning m a’nosi «begonalashadi», narsalar tasvirini yaratish buziladi. 
Bu bemorlar narsalar tasvirini va hatto so'zning grafik tasvirini yaratib 
bera olm aydi. Bu esa k o 'ru v va eshituv analizatorlarining o 'zaro
munosabati buzilganligidan dalolat beradi.
Sensor va akustik-mnestik afaziyaning o'xshash tomonlari:
1
) ikkala afaziyada ham so'zlar m a’nosi begonalashuvi kuzatiladi;
2
) so'zlarni izlayotganda, suhbatdoshining aytib yuborishi yordam 
bermaydi.
Agar so'zlar m a’nosining begonalashuviga sabab sensor afaziyada 
fonematik eshituvning buzilishi bo 'lsa, akustik-mnestik afaziyada so'z 
bilan narsalar bog'liqligi buziladi.
Semantik afaziya. Semantik afaziyaning asosiy belgisi so'zlarning bir- 
biriga bog'lanishining, y a ’ni konstruksiyasining buzilishidir. Bunda 
a rtik u ly ato r va akustik b u zilish la r kuzatilm aydi. K . G oldshteyn 
afaziyaning bu turini tafakkur yetishmovchiligi deb atagan. O datda, 
ekspressiv nutq saqlanib qoladi, bem or so'zlashi va oddiy gaplarni 
tushunishi mum kin. Sem antik afaziyada bemor tarkibida «ustida», 
«tagida», «yuqorida», «pastda», «oldida», «yonida», «dan» kabi so'z va 
q o 'sh im ch a lari b o 'lg an ju m la la rn i o 'q ib tushunm aydi. M asalan, 
bemorlarga «aylana ustida xoch», «xoch aylana tagida». «tundan so'ng
63


kun keladi», «pashsha fildan kichik» kabi gaplarda farq sezishmaydi. 
Shuningdek, bemorlar «ruchka qalamdan uzunroq», «Lola Ergashdan 
oqroq» kabi gaplar orasidagi o'zaro bog'liqlikni tahlil qila olishmaydi.
Bemorlar «Qalam va ruchkani ko'rsating», degan ko'rsatmani to'g'ri 
bajarishadi, lekin «Qalam bilan ruchkani» yoki «Ruchka bilan kitobni 
ko'rsating», degan jumlalami tushunishmaydi va bajara olishmaydi.
Amnestik afaziya. Amnestik afaziyada nutqning nominativ funksiyasi 
buziladi. Masalan, bemorga olmani ko'rsatib: «Bu nima?» deb so'ralsa, 
u «Haligi, bu behi, ey, nok emas, bu, bilasizmi, yeganda juda mazali, ni- 
maydi, hamma joyda o'sadigan, haligi, hozir bilaman, ey, jin ursin, ayta 
olmayapman», degan noaniq jumlalami aytib yuboradi.
Amnestik afaziyaning mexanizmlarini tushuntirib berishga k o 'p
urinishlar bo'lgan. Klassik tadqiqotchilarning bu boradagi fikrlarini 
k eltirib o'tam iz: K. V ernike va A. Lixtgeym am nestik afaziyani 
«so'zlarning motor va sensor obrazlari» orasidagi bog'lanishlarning 
buzilishi deb bilsa, K. Kleyst va S. Xenshen so'zlar xotirasi markazining 
parchalanishi bilan bog'lashgan. K. Goldshteyn amnestik afaziyada 
narsalam ing nomini unutishni abstrakt fikrlashning buzilishi bilan 
bog'lagan. L.S. Vigotskiy esa 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish