11.4. Disgamiya
E r-xotin o rasid agi jinsiy m u n o sa b a tla r u y g'unligining buzilishiga
disgamiya deb ataladi. Disgamiya, y a’ni ikki tom ondan birining jinsiy
h irsla rin in g q o n iq m a slig i o ila n in g b u zilishi va x iy o n at y o k i tu rli
darajadagi nevrozlarga sabab bo'ladi. A ksariyat hollarda disgam iyaning
asosiy sababi jin siy aloq an in g tez tu g ashidir (sust ereksiya va vaqtli
eyakulyatsiya sababli). Chunki ayol kishi jinsiy aloqaning orgazm bilan
tugashini istaydi. Aytib o'tganim izdek, erkak kishiga qaraganda, ayollarda
orgazm kelishi ancha m ushkulroq. Jinsiy aloqaning vaqtli tugashi nafaqat
ayolning, balki erkak kishining ham ruhiga k a tta ziyon yetkazadi va u
rafiqasining oldida erkaklik burchini bajara olm aganidan o'zini gunohkor
his qiladi. Frigidlikdan farqli o 'la ro q , disgam iyani ayollar ruhan o g 'ir
kechiradi. Ayol kishi bir tom ondan, turm ush o 'rto g 'in i inson sifatida,
bolalarining otasi sifatida yaxshi k o 'rad i, lekin ikkinchi tom ondan, undan
229
jinsiy hirsini qondira olmaydi. K o 'p oilalar aynan m ana shunday
vaziyatga duch keladi va buning oqibatida tez-tez janjallar chiqadi.
Erkakda ham, ayolda ham jinsiy aloqa bir xil paytda orgazm bilan
tugasa, ikkala tomon ham jinsiy yaqinlikdan katta qoniqish his qiladi va
o'zaro ayblovlarga o'rin qolmaydi. Ayollarda orgazm uzoqroq davom
etadi. Erkak kishi jinsiy aloqa tugagach, tez turib ketishni istasa, ayol
uni yana erkalatib yotishlarini istaydi. Ayollarda orgazm bir soatgacha
davom etishi ham mumkin. Mutaxassislarning fikricha, orgazmning kelish
tezligi va davomiyligi ayolning mizojiga ham bog'liq. B a’zi ruhiy
kasalliklarda orgazm juda cho'zilib ketishi ham mumkin.
Ba’zi ayollar va erkaklar orgazmning kelishini olatning hajmiga ham
bog'lashadi. Bu muammo qadimdan ko'pchilikni qiziqtirib kelgan va
uni o'rganish uchun juda ko'p shaxsiy suhbatlar va so'rovlar o'tkazilgan.
Bu sohani chuqur o'rgangan mutaxassislarning fikricha, orgazmning
kelishi olatning hajmiga bog'liq emas va bu yerda ruhiy omil juda katta
ahamiyatga ega.
Chunki olatning kichik bo'lishi faqat og'ir endokrin kasalliklar
(nanizm, gipopituitrizm) da kuzatiladi va bor-yo'g'i 2 foizni tashkil qiladi.
Har xil statistik m a’lumotlarni to'plaganda, «erimning olati kichik», deb
shikoyat qiladigan ayollar soni (jinsiy aloqadan qoniqishsa-da) o'rtacha
30 foizni tashkil qilarkan. Psixolog va seksologlaming fikricha, jinsiy
yaqinlikda bo'ladigan ayollarning deyarli 90 foizdan ortig'i jinsiy aloqada
eng asosiysi, uning qoniqish bilan tugashi deb hisoblasharkan. Turli
holatda jinsiy aloqa qilish, erogen sohalami ko'proq ta’sirlantirish, aloqa
tugagach ham shirin so'zlar bilan ayolni erkalatib yotish uning qoniqishida
asosiy omil hisoblanadi.
«Kama Su‘ua»da seksual munosabatlarga bag'ishlab ko'p narsalar
bitilgan. Unda jinsiy aloqa qilishning 30 dan ortiq usuli, ayol va erkak
kishi jinsiy aloqa qilayotgan paytidagi o'y in lar, erogen sohalarni
ta ’sirlantirish bo'yicha maslahatlar, jinsiy qondirishning antiqa usullari
yoritilgan. Unda, shuningdek, «Turmush o'rtog'ining boshqa ayolga ketib
qolmasligi uchun rafiqasi hirsni qondiruvchi barcha usullardan foydalanib,
emi qondirish yo'lini izlashi кегак», deyilgan. Xuddi shu so'zlar erkak
kishiga ham taalluqlidir. Asosiy maqsad qoniqish ekan, unga yetishning
turli yo'llarini qo'llash lozim («Ars amatoria»). Seksologlaming fikricha,
uylangan erkaklaming (ayollarning ham) boshqa ayollar (erkaklar) bilan
yurib ketishining aksariyat sabablari «antiqa sevgi» izlashdir. Bunday
odamlar «U bilan har xil usulda shug'ullana olaman, o'zimniki bilan esa
mumkin emas», qabilida ish tutisharkan.
Shuni unutmaslik lozimki, jinsiy yaqinlik paytida erkaklar ham, ayollar
ham barcha sanitariya va gigiyena talablariga, albatta, amal qilishlari kerak.
230
Vaginizm. Jinsiy aloqa va ginekologik tekshiruvlar paytida qinning qattiq
qisqarishiga vaginizm (lot.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |