Psixologiy asi


bet44/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Nazorat uchun savollar
1. Sezgi va id ro k k a ta ’rif bering.
2. Sezgi va id ro k n in g fiziologik aso slari h a q id a s o ‘zlab boring.
3. R e tse p to r n im a v a uning q a n d a y tu rla rin i bilasiz?
4. Sezgi buzilish in in g q a n d a y tu rla rin i bilasiz?
5. A n a liz a to r n im a , u n in g q a n d a y tu rla rin i bilasiz?
6. I d ro k b u zilish lari h a q id a n im a la rn i bilasiz?
7. G ally u tsin a tsiy a n im a , uning q a n d a y tu rla ri m avjud?
8. Illy u z iy ala r h a q id a n im a la rn i bilasiz?
9. D e p e rso n a liz a tsiy a va d ere aliz atsiy a n im a ?
10. A n o zo g n o z iy ag a t a ’rif b ering va m isol keltiring.
81


IV BOB.
D IQ Q A T VA X O T IR A
Insonning yakkayu yagona boyligi - bu uning xotirasidir.
A d a m S m it
4.1. Diqqat haqida tushuncha
Diqqat ongning birorta obyekt yoki hodisalarga yo‘naltirilganligi va 
ularni tanlab qabul qilishga qaratilganligidir. Tabiiyki. diqqat ruhiy 
jarayonning m uvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. D iqqatning 
pasayishi ruhiy faoliyatga xaiaqit beradi. Diqqatni muayyan obyektga 
qaratsangiz, begona ta ’sirotlardan chalg'igan bo'lasiz. Siz birorta ishga 
qanchalik ko'p berilsangiz, unga tegishli bo'lmagan narsalarga shunchalik 
kam e’tibor berasiz.
Diqqatning asosiy xususiyati shuki, uning obyekti birmuncha aniq va 
ravshan, yarqiragan, birmuncha tiniq va bo'rtib turadigan bo'ladi. Buni 
har bir kishi osongina tekshirishi mumkin. Birorta narsaga bir nazar 
tashlang-da, birozdan so'ng diqqatingizni yana shu narsaga qarating. Siz 
shu zahotiyoq narsaning ilgari ko'z ilg'amagan yangi tomonlarini ko'rib 
qolasiz, buyumning o'zi go'yo yoritilgandek bo'lib qoladi. Diqqat narsa 
va hodisalarni idrok etish bo'sag'asini qisqartiradi. Chunonchi, gapga 
diqqat bilan quloq solsak, past ovozni ham bemalol eshitishimiz mumkin.
«Gapga diqqat bilan quloq solish», «hidlab ko'rish», «sinchiklab 
qarash» kabi iboralar diqqatning buyumga qaratilganini ifoda etsa, 
«ko'rish», «eshitish» singari tushunchalar sust idrok etishni bildiradi. 
D iq q at ixtiyorsiz b o 'lish i m um kin, bun d a bizning istash - 
istamasligimizdan q a t’i nazar, tevarak-aliofdagi narsa va hodisalar 
tasodifan jalb etiladi. Bundan farqli o'laroq, ixtiyoriy diqqat m a’lum 
narsa, u muayyan maqsadga qaratiladi.
Buyum yoki hodisa birmuncha batafsil va chuqurroq o'rganilganda, 
aynan ixtiyoriy diqqat asosiy o'rin tutadi. Darvoqe, ixtiyoriy diqqat 
ixtiyorsiz diqqatga aylanishi mumkin va aksincha.
4.2. Diqqatning fiziologik mexanizmlari
Barcha ruhiy jarayonlar singari diqqat ham bosh miya faoliyatining 
bir ko'rinishidir. Diqqat jarayonida bosh miyada nimalar sodir bo'ladi? 
M a’lumki, turli xil vazifalarni ado etuvchi ko'pgina asab hujayralarining 
bir qismigina diqqat paytida faol holatda bo'ladi.
Muayyan faoliyat bilan mashg'ul bo'lgan va unga moslashgan ana 
shunday hujayralarning yig'indisi asab qo‘zg‘alishining «markazi» deb
82


atalad i. Nerv induksiyasi to 'g 'ris id a g i qonunga m uvofiq, ushbu 
markazning atrofidagi hujayralari «mudroq» yoki tormozlanish holatida 
boMadi. Bordi-yu, kishi diqqat bilan tinglasa, bu paytda nutq tovushlarini 
idrok etadigan hujayralar qo‘zg‘algan, yaqin atrofdagi ko'rish, sezish, 
ovqat hazm qilish va shu kabi boshqa m arkazlarning h u jay ralari 
tormozlangan bo'ladi. Masalan, diqqat bilan tinglovchining qulog'iga 
faqat notiq nutqi yetib boradi. Bundan boshqa narsalarga tinglovchi 
e’tibor qilmaydi yoki sezmaydi.
T orm ozlangan m ark azlarg a tu sh u v ch i signallar o 's h a m arkaz 
hujayralari qo'zg'alishini kuchaytirishi mumkin. Ayni paytda begona, 
ortiqcha ta ’sirlar diqqatga xaiaqit berishi ham, uni yaxshilashi ham 
mumkin. Bunday mexanizm qo'zg'alishning asosiy o'chog'i yetarli kuchga 
ega bo'lgandagina amalga oshadi. Kuchli o'tkinchi og'riq bunga misol 
bo'la oladi. Bunda har qanday ta ’sir (qo'ng'iroq, tovush, yorug'lik) uni 
kuchaytirishi mumkin.
4.3. Diqqatning buzilishi
D iqqatning fiziologik va patologik toliqishlari farq qiladi. Diqqat 
uzoq vaqt zo'riqsa, u toliqadi. Faoliyat qanchalik murakkab va mushkul 
bo'lsa, toliqish shunchalik tez boshlanadi. Gap shundaki, diqqat qilish 
jarayonida m a’lum miqdorda energiya sarflanadi, miyaning tegishli 
bo'limlarida kimyoviy o'zgarishlar kuchayadi. Toliqqan nerv hujayralari 
tiklanishi uchun vaqt (dam) kerak b o 'lad i. Qandaydir ish, aytaylik, 
matematik hisoblashlardan charchab, jismoniy ish yoki boshqa aqliy 
mehnatga o'tilsa ham miya dam olishi va diqqat biroz yaxshilanishi 
mumkin. Demak, nerv hujayralarining muayyan ishga aloqador ayrim 
guruhlarigina toliqqan, boshqa funksional guruhlar esa charchamagan 
bo'ladi. Bir narsa yoki ish bilan uzoq vaqt shug'ullangandan k o 'ra 
n av b atm a-navb at bir necha ish b ilan m ash g'ul b o'lish m aqsadga 
m u vo fiqdir. Shu fik r-m u lo h a z a la rn i hisobga olgan h o ld a o 'q u v
mashg'ulotlarini tuzishda mazmunan bir-biriga o'xshash fanlar, masalan, 
m atem atikaga oid fanlarni birin-ketin qo'ym aslik kerak, o'z-o'zidan 
ravshanki, m ashg'ulotlar alm ashganda, diqqatni muayyan vaqtgacha 
saqlab qolishga imkon yaratiladi. Aks holda, umumiy toliqish yuz beradi 
va keyinchalik diqqat obyekti almashinuvi foyda bermaydi.
Katta alohida tafovutga ega bo'lgan diqqatning fiziologik toliqishidan 
tashqari, k o 'pg in a xastaliklar, m asalan , bosh miyaning qon-tom ir 
k asallik lari, miya ja ro h a tla ri, tu rli z a h a rlan ish lard an so 'n g ham 
diqqatning patologik toliqishi kuzatiladi. Bemor diqqatining ortiqcha 
toliqqanini, uning kasallikka qadar bo'lgan ish qobiliyati bilan solishtirib
83


ko‘rib aniqlash mumkin. Yetarli dam olib, umumiy quvvatga kirituvchi 
davolashdan so‘ng diqqat toliqqanligi o ‘tib ketishi mumkin.
D iqqatning boshqa tez-tez uchrab tu radigan buzilishi - uning 
chalg‘iganligidir. Diqqat chalg'ishining ikki - tashqi va ichki turi mavjud. 
Bordi-yu, k ito b o ‘qib, v ara q la rn i sanag an im izd a, bayon ipini 
yo'qotganim izni payqab qolamiz, xayolimiz esa kitob mazmunidan 
uzoqlashib, chalg'ib ketadi. Bu diqqatning ichki chalg'iganligidir. Bu 
yerda bizni ichki k ech inm alar c h a lg ‘itad i. D iq q atn in g tashqi 
chaig‘iganligiga esa kitob o'qish bilan bogMiq boMmagan tashqi ta ’sirlar: 
eshiklarning taraqlashi, uzuq-yuluq gaplar va hokazolar kiradi.
Toliqish, materialni tushunmaslik, obyektga qiziqish yo‘qligi diqqat 
chalg'iganligining sabablaridan sanaladi. Bundan tashqari, kuchli 
kechinmalar, ushalmagan orzu-niyatlar ichki chalgMganlikda alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ular miyada qo‘zg‘alish o ‘chogMni yaratadi. Bunda 
diqqatga aloqador birmuncha kuchsiz q o ‘zg‘alish o‘chogM, dominanta 
qonuniga m uvofiq, miyada paydo boMgan kuchli q o ‘zg‘alish bilan 
raqobat qila olmaydi. Kasai odam larda diqqat chalg'ishi uning o ‘z 
dardini o'ylab nechogMik hayajonlangani, tanasidagi og'riqlar, va 
xayoldan ketmaydigan fikrlar paydo boMishiga bogMiq boMadi. Agar 
qo'zg'aluvchanlikning tegishli o'choqlari yaqqol ifodalangan boMsa, 
diqqatni zarur boMgan obyektga jalb qilish ham yaxshi ifodalangan 
boMadi.
Vrach aholi og'ir bemorlar bilan suhbatlashar ekan, ularni o'sha suhbat 
yoki maslahat mavzuiga jalb etish ehtimoli juda kam bo'lishini yodda 
tutishi lozim. Shuning uchun doktorning so'zlari sodda, lo 'n da va 
tushunarli bo'lm og'i kerak. ana shundagina u bemor diqqatini o'ziga 
jalb qila oladi. Diqqat chalg'iganini ko'pincha parishonxotirlik deb ham 
atashadi. Bir holda u diqqatning tashqi va ichki chalg'iganligiga bog'liq 
bo'ladi, u bilan yuqorida tanishib chiqqan edik. Bunday parishonxotir 
odam tashqi ta ’sirlar va o'zga fikrlardan chalg'ib, o'z diqqatini uzoq 
saqlab tura olmaydi. Parishonxotirlikning boshqa turi, aksincha, diqqatni 
bitta narsaga uzoq qaratishga aloqador bo'ladi. Chunonchi, o'z kashfiyoti 
ustida fikr yuritayotgan olirn bunga shunchalik berilib ketadiki, unga 
qaratib aytilgan savollarni eshitmasligi yoki poyma-poy iavob qilishi, 
yonidagilarga e’tiborsiz bo'lishi mumkin.
Parishonxotirlikka qarshi kurashish uchun diqqatga xaiaqit beruvchi 
sabablarni imkoni boricha bartaraf etish lozim. Agar parishonxotirlik va 
diqqatning boshqa buzilishlari markaziy asab tizimining kasalliklari 
sababli rivojlansa, tegishli davo choralari o'tkaziladi. Buning uchun bosh 
miya po'stlog'ida qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarini idora etuvchi 
dori vositalari, masalan, trankvilizator, psixostimulyator va nootioplar
84


Livsiya qilinadi. Aqliy mehnat jismoniy mehnat va sport bilan birgalikda 
olib borilsa, diqqat buzilishining oldi olinadi.
Diqqatni chiniqtirish ham mumkin. Buning uchun turli m ashqlar 
mavjud. Shulardan biri 16-rasmda keltirilgan. Unga qarab, iloji boricha
1 dan 90 gacha boMgan raqamni adashmasdan topib chiqing. Bu mashqni 
o'rtoqlaringiz bilan bajaring. 90-raqamga tez yetib kelgan talabaning 
diqqati o 'tk ir bo'ladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish