Psixologiy asi


Sistemalararo geteroxronlik


bet28/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Sistemalararo geteroxronlik 
- bu turli funksional 
sistemalaming (emish va ko'ruv nazorati) turli davrlarda paydo bo'lishi va 
shakllanishidir. 
Sistemalar ichra geteroxronlik 
- bu shakllangan funksiyaning 
asta-sekin murakkablashib borishidir. Dastavval minimal funksiyani bajara 
oluvchi asab to'qim alari yetilib boradi, keyinchalik tashqi va ichki 
ta ’sirlarga javob beruvchi shu sistemaning boshqa bo'limlari ham safga 
turadi. Masalan, go'dakda 3 oygacha so'rish refleksi juda oson chaqiriladi, 
lunji yoki iyagiga qo'l tekkizilsa bas, u darrov labini cho'chchaytiradi. 
Shu bilan birga, go'dakda qalqib ketish yoki havo yutib yuborish holatlari 
ham tez-tez kuzatilib turadi. Uch oylikdan so'ng so‘rg‘ich harakatlari faqat 
labiga tekkanda paydo bo'ladi va qalqib ketishlar kam uchraydi. Xuddi 
shunday holatni ushlab olish refleksiga nisbatan ham kuzatishimiz mumkin. 
Go'daklik davrining birinchi oylarida uning kaftiga sal tegilsa, qo'lini musht 
qilib oladi, keyinchalik ushlab olish biroz pasayadi, ya’ni bosh barmoq 
qolganlariga qarshilik ko'rsata boshlaydi.
Sistemalar ichra geteroxronlik biror funksional sistemaning nafaqat 
yetilishi, balki sistemalararo aloqaning o'rnatilishi bilan ham kechadi. 
M asalan, avtom atik tarzda ushlab olishda harakat m urakkablashib 
boradi, shu bilan birga qo'lning h arak ati ustidan ko'zning nazorati 
kuchaya boshlaydi.
Sistemogenez haqidagi ta’limot bolaning asabiy-ruhiy rivojlanishining 
uzviyligi va ketma-ket rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Masalan
41


u boshini ushlagach o'tiradi, so‘ng tik turadi va asta-sekin yura boshlaydi. 
Boshini ushlab turish qobiliyati tana holatini nazorat qilishga zamin 
yaratib beradi. Bu muvozanat a ’zosi va ko‘ruv nazoratining takomillashuvi 
natijasida amalga oshiriladi.
Shuni ta ’kidlash lozimki, juda k o ‘p funksional sistemalarning o'zi 
bir qancha kichik sistemalardan tarkib topgan. Bular bir vaqtning o‘zida 
paydo bo‘lmaydi va o ‘zaro bog'lanishlami asta-sekin murakkablashtirib 
boradi. Masalan, harakatni boshqarish kompleksiga muskul tonusi, tana 
muvozanati va koordinatsiyasini boshqaruvchi sistemalar kiradi. Bundan 
tashqari, har qanday harakatni amalga oshirish uchun biron-bir harakatni 
boshqa harakat bilan almashtiruvchi, uning ustidan nazorat qiluvchi 
dastur zarur bo'ladi. Masalan, oldinga bir qadam tashlash uchun tananing 
og'irligini ikkinchi oyoqqa o'tkazish, shu vaqtda tananing muvozanatini 
saqlab qolish, bir guruh muskullarning qisqarishi va boshqalarining 
yozilishini amalga oshirish kerak bo'ladi.
Biz yurib borayotganimizda oyoqni qanday tashlash kerak, gavda, qo'llar 
qay holatda harakat qilishi zarurligi hisob-kitobini qilmasdan hammasini 
beixtiyor tarzda amalga oshiramiz. T o'g 'ri, biz ongli ravishda tezlikni 
oshirishimiz yoki pasaytirishimiz, qadamni katta yoki kichik tashlashimiz 
mumkin, ammo qaysi muskulni qisqartirib, qaysi birini bo'shashtirishimiz 
kerakligini o'ylam ay am alga oshiram iz. H arak atn i boshqaruvchi 
sistemalarning bunday kelishilgan holda ishlashi bolalik davridan rivojlana 
boshlaydi. Har xil yoshdagi bolalarning harakat faoliyatini kuzata borib, 
ularning harakat funksiyalari takomillashib borayotganligini va kichik 
sistemalardan yirik integrativ sistemalar paydo bo'lishini kuzatish mumkin.
Sistemogenez nuqtai nazaridan qaraganda, har bir yosh uchun xos 
bo'lgan normal funksiyalarning rivojlanish mexanizmlari va takomil- 
lashuvining kam -ko'stini tushunib olish mumkin. Ba’zi funksional 
sistem alar yoki ularning bo'lim lari rivojlanishi sust kechsa, boshqa 
funksional sistemalar esa normal rivojlanib va takomillashib boraveradi. 
Masalan, chaqqon, o'yinqaroq bolalar diqqat-e’tibor talab qiluvchi nozik 
harakatlam i bajara olmaydi. Buning sababi harakatni boshqaruvchi miya 
po'stlog'i markazlari takomillashmaganligidir. Ba’zan kundalik hayotda 
beso'naqay bolalarda surat chizish, musiqiy asboblarni chiroyli chalish 
kabi mahoratni kuzatish mumkin.
Bolalarda nutqning turli buzilishlari ko'pincha, sistem alararo va 
sistem alar ichra aloqalarning yetilmay qolishi oqibatida kuzatiladi. 
H arakat beso'naqayligining duduqlanib gapirish bilan birga kelishi yoki 
harakati to'liq rivojlangan bo'lsa-da, duduqlanadigan bolalarni ko 'p
uchratamiz. Ba’zan og'zaki nutq juda yaxshi rivojlansa-da, husnixati 
xunuk bolalarni kuzatish mumkin.
42


Sistemogenez prinsiplari asab tizimining evolyutsion rivojlanish 
jarayonida kuzatiladigan morfofunksional o'zgarishlarni takomillash- 
tirishga yordam beradi, sistem alarning n o to g ‘ri rivojlanishi olish 
yo‘llarini ko'rsatadi. Bu yetishmovchiliklarni tuzatishning prinsiplarini 
bir necha guruhlarga bo'lish mumkin:
1
) o ‘sish k o 'rsa tk ic h la rid a n o rq ada q o lay otgan funksiyalarni 
rag‘batlantirish;
2
) buzilib q a y ta riv o jla n a y o tg a n a lo q a la rn i to 'x ta tis h yoki 
pasaytirish;
3) sistemalararo va sistemalar ichra aloqalarning yangi komplekslari 
shakllanishiga yordam berish va hokazo.
Demak, nuqsonning konkret shaklini topib, davolash bir nechta 
yo'nalishda olib borilishi kerak, lekin bunda individual rivojlanish 
bosqichlaridagi uzviylikni ham e’tiborga olish zarurdir.
K o'ruv va eshituv bosh miyaning m urakkab funksional sistemalari 
guruhiga kiradi. H ar qaysi funksional sistem a yoki uning har bir 
bo'limi o'zining rivojlanish dasturiga ega bo'lishiga qaramasdan, bosh 
miya doimo yagona yaxlit a ’zo sifatida ishlaydi. Miyaning bu integrativ 
funksiyasi turli sistemalarning o'zaro m unosabatini mustahkamlaydi 
va rivojlantiradi. Bu holda rivojlanayotgan m iyada sistem alararo 
aloqalarni o'rnatish mexanizmi qanday kechadi, degan savolga duch 
kelamiz.
M iya o 'z fa o liy a tid a y ag o n a b o 'lib q olish ig a q a ram asd an , 
rivojlanish-ning har bir bosqichida u boshqacha miya va boshqacha 
sistem a d ir. S h u n in g uchu n h a tto b a ’zi fu n k sio n al sistem alar 
rivojlanishining xronologiyasini m ukam m al o 'rg an sak -d a, hayot 
yo'lining har bir konkret rivojlanish darajasini to 'g 'ri baholab borish 
o 'ta m u ra k k a b m u am m od ir. B o lad a fu n k sio n al sistem alarn in g
rivojlanish tezligini velosipedchilar poygasiga ham qiyoslash mumkin. 
M asalan , b itta velosipedchi poy ga d av o m id a doim o o ld in d a 
boravermaydi, bunga uning kuchi ham yetmagan bo'lu r edi. U goh 
oldinda, goh orqada qolib boradi va nihoyat, marrani birinchi bo'lib 
egallaydi. Rivojlanayotgan miyani o'rganganimizda bolaning dastlabki 
yoshlarida shunga o'xshash holatni ko'ram iz. Rivojlanishning yangi 
sh ak llari p ay d o b o 'lish i g o 'd a k d a g i b irlam ch i av to m atizm n in g
reduksiyasi (yo'qolishi) bilan kechadi.
Bunda ikkita, y a’ni yangilanish va yo'qolish jarayoni bir maromda 
kechishi katta ahamiyatga egadir. Birlamchi avtomatizmning erta so'nishi 
miya rivojlanishidagi uzviylikni buzib yuborishi mumkin. Shu bilan 
birga, eskirib qolgan funksiyalarning juda kech yo'qolishi ham yaxshi 
emas, chunki u yangi, yanada murakkab sistemalarning paydo bo'lishiga
43


xaiaqit beradi, Reduksiya va yangilanish jarayonlarining bir maromda 
kechishiga bir yoshgacha boMgan bolalarda harakatning rivojlanishini 
misol qilib ko‘rsatsa bo'ladi. G o 'd ak d a boshning fazodagi holatini 
nazorat qiluvchi birlamchi tonik avtomatizm mavjud. Bu avtomatizm
2-3 o y larg a bo rib s o 'n ib , o 'rn ig a bo shni an iq ushlab tu rish n i 
ta ’minlovchi, muskul tonusini boshqaruvchi sistema rivojlanadi. Agar 
bu so'nish muddatidan kechiksa, birlamchi tonik avtomatizmni anomal 
hodisa deb q ab u l qilish kerak, chunki u boshni ushlab turuvchi 
mexanizrnlarning rivojlanishiga xaiaqit beradi. Keyinchalik zanjirli 
patologik holatlar rivojlanib boraveradi: boshni ushlab tura olmaslik 
ko'ruv nazorati va vestibulyar apparatning ishini buzadi, vestibulyar 
apparatning rivojlanmay qolishi natijasida o'tirishni ta ’minlab beruvchi 
muskullar tonusi ishdan chiqadi va hokazo. N atijada yaxlit bir harakat 
mexanizmlari buzilib, aqliy zaiflik rivojlanishiga zamin yaratiladi. 
D em ak, ruhiy buzilishlarning bolalik davrida oldini olish uchun 
dastlabki shakllanayotgan patologik jarayonni o'z vaqtida davolash 
muhim ahamiyatga ega.
S huni a lo h id a t a ’k id lash lozim ki, red u k siy a va y an g ilan ish
jarayonlarining bir maromda kechishi deganda, faqat bir funksiyaning 
ikkinchi funksiyaga yo'l ochib berishini tushunmaslik kerak. Vaholanki, 
reduksiya faqat avtom atizm larning butunlay yo'qolishi degani ham 
emas, balki murakkab funksional sistemalarga qo'shilib ketishi degani 
ham dir. Shuning uchun birlam chi avtom atizm to 'la reduksiyaga 
uchramasa-da, rivojlanishning umumiy rejasiga xaiaqit bermasligi ham 
kerak . A g ar red u k siy an in g k ech ik ish i yangi m ex an izm lar 
s h a k lla n ish in in g su stlig i bilan u y g 'u n la s h ib k etsa, fu n k sio n a l 
sistemalarning rivojlanishiga katta salbiy ta ’sir ko'rsatib, asabiy-ruhiy 
qoloqlikka zamin yaratib beradi.
Shunday qilib, funksional sistema b a ’zi bo'lim larining geteroxron 
rivojlanishi bilan birga ularning o 'z a ro m unosab atid a sinxronlik 
bo 'lishi kerak, individual ontogenezning har qaysi d av rid a b a ’zi 
sistemalar barkam ollikning shu davrga mos bosqichida bo'lishi zarur. 
Boringki, bu farqlar har xil bo'lsin, lekin ular m a’lum b ir paytda 
bir-biri bilan u yg'unlashgan b o 'lish i shart, aks holda zid d iy atlar 
yuzaga kelib, funksional sistem alarning rivojlanishiga k a tta ziyon 
yetqizadi.
Ushbu bobda neyrofiziologik va psixofiziologik jaray o n lar bilan 
tanishib chiqdik, funksional sistem alarning rivojlanish d av rlarin i 
o 'rgandik. Keyingi bobda esa bosh miya k atta yarim sharlarining 
patologiyasini, ya’ni oliy ruhiy funksiyalarning buzilishini o'rganamiz. 
Bu muammo bilan neyropsixologiya fani shug'ullanadi.
44



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish