Psixologiy asi


bet131/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

X II BOB.
 
T E R ID A K U Z A T IL A D IG A N P A T O L O G IK
0 ‘ ZG A R IS H L A R
Bitta doktor davolasa yaxshi, ikkitasiga ham
chidasa bo'ladi, lekin uchta doktor bu dahshat.
X.F. Gufeland
12.1. Umumiy ma’lumotlar
Asab buzilishlarida terida uchraydigan turli xil belgilar odam ichki 
dunyosi kechinmalarining unda aks etishidir. Teri kasalliklarining kelib 
chiqishi sabablarini aniqlashda ruhiy omillarga qadimdan katta e’tibor 
qaratishgan. Masalan, ekzemani ruhiy kasallikning terida aks etgan klinik 
k o ‘rinishi deb atashgan. Statistik m a ’lum otlarga k o 'ra, o g ‘ir hissiy 
kechinmalar 70 foiz bemorda eshakemi kasalligi, 85 foizida alopetsiya 
(soch to'kilishi), 66 foizida neyrodermatitlar rivojlanishiga sabab boMadi. 
Ekzema aniqlangan bemorlarning psixologik anamnezi o ‘rganilganda, 
ularning yarmidan ko‘pi ilgari depressiyaga tushgan va deyarli barcha 
holatlarda kasallik qaytalashiga aynan o ‘tkir stress sabab boMgan.
Tez-tez kuzatiladigan affektiv holatlarda vegetativ reaksiyalarning 
terida aks etishini har bir vrach am aliyotda ko‘p kuzatgan. Bunday 
paytlarda yuz oqaradi, g ‘oz terisi paydo boMadi, odamni sovuq ter 
bosadi, so ‘ng teri qizara boshlaydi, b a ’zan esa qizil toshmalar toshib, 
qichishish paydo boMadi. Terida kuzatiladigan trofik o'zg arishlar, 
ayniqsa, e ’tiborga loyiqdir. D oim iy depressiv ho latd a y urad ig an
bemorlarning terisi doimo quruq boMadi, elastikligini yo'qotadi. ko'z 
va og'iz burmalari qalinlashib, yuziga ajinlar tushadi. Bu holat odamni 
yoshidan k atta qilib ko 'rsatadi va ayniqsa, ayollar bu ahvolni og'ir 
kechirishadi, yuz terisiga surtiladigan turli kremlardan foydalanishadi. 
Bu ajinlar asab buzilishlaridan paydo bo'lganligi sababli, kremlar foyda 
bermaydi yoki vaqtincha o'zgarish kuzatiladi. Ba’zi bemorlarning qo'l 
terisi va tovonlari yorilib ketadi. Sochning doimo to'kilishi (ayniqsa, 
30 dan oshgan bemorlarda) ularni juda bezovta qilib qo'yadi. Bunday 
bemorlarning ham aw a lo asabini davolash lozim. Boshqa davolash 
usullarini qoMlash esa kam samaralidir.
O 'tkir stressdan so'ng terida 1 -2 kun ichida to'satdan chuqur patologik 
o'zgarishlar paydo boMishi mumkin. Xuddi shunday holatni biz Sh. ismli 
bemorda kuzatganmiz. Uning katta oilaviy fojiadan so'ng bir kunda 
sochlari to'kilib, qosh va kipriklari oqarib, terisining deyarli hamma joyini 
oq dog'lar (pigmentsizlanish hisobiga) bosib ketadi. O 'rgatilgan ayiq 
tishlagandan so'ng qo'rqqanidan sochi butunlay to'kilib ketgan sirk


artisti haqida ham yozilgan. Bu holat bolalarda ham uchraydi. 8 yashar 
bolaning tushiga yaqinda vafot etgan buvasi kiradi va u tobutdan chiqib 
kelib bolaning sochidan qattiq tortadi. Bu dahshatli tushni bola bir necha 
kun uzluksiz ko'rgan va har gal sochi to'kilavergan. Bola gipnoz usuli 
bilan davolanib, yomon tush ko‘rmaydigan qilingan. Bir necha kundan 
so‘ng bolaning sochi yana o‘sa boshlagan (A.S. Golibin, 1999).
U z o q davom e ta d ig a n affek tiv b u z ilish la rn in g so m a tik
ko'rinishlaridan yana biri tirnoqlardagi trofik o'zgarishlardir. Bunda 
tirnoqlarning rangi o ‘chib, qalinlashadi, uzun chiziqlar paydo bo'ladi 
va (ayniqsa, oyoqdagi) sinadigan bo'lib qoladi. Hamma tirnoqlarning 
bir xil tarzda o'zgarishi, patologik jarayonning sekin-asta zo'ray ib
borishi, barm oqda yallig'lanish belgilarining yo'qligi uning psixogen 
xususiyatga aloqador ekanidan dalolat beradi. Umumiy yoki mahalliy 
gipergidroz (qo'l panjasi, qo'ltiq osti va oyoqlarda) ham hissiy-ruhiy 
buzilishlarda k o 'p kuzatiladi. Bu patologik o'zgarishlar, ayniqsa, 
yoshlarda ko'p uchraydi va aksariyat hollarda kuchli hissiy zo'riqishdan 
so 'ng to 'sa td a n paydo bo'ladi. Bunday bem orlar sal hayajonlansa, 
issiqroq narsa ichsa, jismoniy mehnat qilsa va havoning harorati sal 
k o'tarilsa ham tezda terlab ketishi,di. Buni fanda «ho'l depressiya» deb 
ham atashadi. Ularni eng ko'p qiynaydigan va jig'iga tegadigan narsa 
bu yomon hid kelishidir. Ter va yog' bezlari faoliyatining patologik 
kuchayishi psixovegetativ sindrom larning doimiy hamrohidir. Shuni 
alohida t a ’kidlash lozimki, qo'ltiq osti va chov sohasida joylashgan ter 
bezlari tan a haroratining boshqarilishida ishtirok etmaydi va jinsiy 
balog'atga yetgandan so'nggina faoliyat ko'rsata boshlaydi. Bunda ular 
o 'z g a c h a hid ta ra tu v c h i m o d d a la r (fe ro m o n la r) ishlab c h iq a ra
boshlashadi. Bu fiziologik mexanizm jinsning seksual xulq-atvoriga 
moslashib turadi. Aynan mana shu o 'rin d a ayoldan taralayotgan hid 
erkak kishidan kelayotgan hiddan keskin farq qiladi. Psixovegetativ 
sindromlarda kuzatiladigan kuchli seksual buzilishlar apokrin bezlarning 
sekretor holatiga katta ta ’sir ko'rsatadi va yoqimsiz hid paydo bo'lishiga 
sab ab b o 'la d i. Bu b em o rlard ag i o 'z ig a xos hidga q arab , u la rd a 
psixovegetativ sindrom borligini aniqlash mumkin.
Teridagi doimo terlab yuradigan joylar, ko'pincha, qizarib turadi, u 
yerlarda allergik o'zgarishlar paydo b o 'lad i, q o 'ltiq ostidagi limfa 
tugunlari kattalashadi. Aynan mana shunday bemorlarda neyrodermit 
yoki ekzema kasalliklari oson rivojlanadi. Kuchli hissiy zo'riqishlar 
bunday bemorlarda teri kasalliklarining avj olib ketishiga sabab bo'ladi. 
Masalan, psoriaz 40 foiz bemorda yaqinlari bilan sodir bo'lgan baxtsiz 
hodisalardan, 52 foizida boshqa kuchli salbiy hissiy buzilishlardan so'ng 
rivojlanardi. Bu yerda sabab va oqibat orasidagi davr bor-yo'g'i 2-14
233


kunni tashkil qilgan, kamroq hollarda esa bir oyga cho‘ziladi ( Seville 
R.H., 2002). Shuning uchun teridagi o'zgarishlar har tomonlama puxta 
o'rganilishi zarur, chunki ular ruhiy buzilishlarning dastlabki klinik 
ko'rinishlari bo'lishi mumkin.
Aksariyat hollarda teridagi o'zgarishlar bemordagi ruhiy buzilishlar 
zo 'ray g and a kuchayib, kam aygan paytda esa susayib boradi. Teri 
k a s a llik la rin i d a v o la sh d a bu fen o m en n i e ’tib o rg a o lib , fao l 
psixoterapevtik muolajalarni o'tkazish kerak bo'ladi. M a’lumki, teridagi 
kamchiliklar odam ruhiga jaroh at yetkazadi, shuning uchun ham deyarli 
barcha bemorlarda turli darajada rivojlangan ipoxondriya shakllanadi. 
U lar b u tu n fik ri-z ik rin i (ay n iq sa, d a stla b k i p a y tla rd a ) terid ag i 
n u q s o n la rg a q a r a tis h a d i. D e rm a to lo g la r va p s ix o lo g la rn in g
ta ’kidlashicha, bemorlar ushbu buzilishlardan qanchalik k o 'p siqilishsa, 
kasallik belgilari shunchalik kuchayadi (to 'g 'ri davolanishdan q a t’i 
nazar). Agar bemorning fikri uzoq vaqt boshqa narsalarga chalg'itilsa, 
teridagi ijobiy o'zgarishlar tezlashadi. Ikkinchi jahon urushi davrida 
dermatologlar qiziq bir holatni kuzatishgan, ya’ni urush boshlangandan 
so'ng aksariyat bemorlar surunkali teri kasalliklaridan tuzalib ketishgan. 
Bu fenomenga quyidagicha izoh berish mumkin: urush boshlanishidan 
oldin bemorlar uchun asosiy muammo - teridagi patologik o'zgarishlar 
bo'lsa, urush boshlangandan so'ng esa undan ham keskin muammo 
paydo bo'ldi, y a’ni uning va yaqinlarining hayoti xavf ostida qoldi. 
Urush boshlandi! U endi o'zini, oilasi va Vatanni himoya qilishi kerak! 
D om inanta prinsipiga muvofiq, bosh miya p o 'stlog 'id ag i kuchsiz 
qo'zg'alishlar (urushgacha bo'lgan teridagi o'zgarishlar) o'rnini kuchli 
qo'zg'alishlar (urushning boshlanishi, o'lim xavfi) egalladi. Bosh miya 
po'stlog'ida p-.’.ydo bo'lgan kuchli dominant o'choq aw alg i o'choqning 
faoliyatini yo'qqa chiqardi va miyadagi kom pensator mexanizmlarni 
ishga soldi, funksional sistemalarni kuchaytirdi. Miyadagi keskin bu 
o 'zg arish lar terida o'z aksini topdi va undagi patologik ja ra y o n lar 
chekindi.
Teridagi patologik o'zgarisMarning inson ruhiga bog'liqligini quyidagi 
misol ham tasdiqlab beradi: uir ayolning otasi og'ir kasallikdan vafot 
etayotganda sochi ko'p to'kilgan. Bu judolikdan biroz vaqt o'tgach esa 
soch to'kilishi to'xtagan. Demak, affektiv buzilish davrida soch to'kilgan, 
adaptatsiya davrida esa soch to'kilishi to'xtagan.
Shuning uchun ham bunday bemorlarni davolashda psixodinamik 
terapiyadan keng foydalanish kerak. Shuningdek, antidepressantlar, 
psixoterapiya, fizioterapiya, sihatgohlarda davolanish yaxshi natijalar 
beradi.
234


12.2. Teri giperesteziyasi
Teri giperesteziyasi organizmning umumiy giperesteziyasining bir turi 
b o 'lib , bunda arzim ag an ta sh q i t a ’sir terid a ku chli p ato lo g ik
o'zgarishlarga olib keladi. M a’lumki, chuqur affektiv buzilishlar qonda 
katexolam inlar miqdori oshishi bilan kechadi. Bu fiziologik jarayon, 
albatta, teridagi moddalar almashinuviga ta ’sir etadi. Bu asab tizimining 
stressorga bo'lgan moslashish va himoya reaksiyasidir. Teri filogeneiik 
jihatdan keksa a ’zo hisoblanadi. H ar qanday affektiv buzilishlar terida 
o'z aksini topadi va teri giperesteziyasi ham ruhiy buzilishlarning klinik 
ko'rinishlaridan biridir. Teri giperesteziyasi kuchli darajada bo'lgan 
bemorlarning tanasida barmoq bilan tegilsa, o'sha joyning o'zida shb i 
va qichishish paydo bo'ladi. Agar ularning tanasiga sal o'tkirroq nan ! 
bilan tegilsa, bemorning butun tanasida eritemalar paydo bo'ladi. Albatta, 
bunday bemorlarni tekshirish o 'ta mushkuldir. Ular hatto qo'llarini ham 
tanalariga tegishidan qo'rqishadi, kechqurun kiyimlarini ham yechmay 
uxlashga yotishadi, chunki bir kiyimni ikkinchisi bilan o'zgartirish tanada 
og'riq paydo bo'lishi va boshqa belgilarning kuchayishiga olib keladi. 
O 'zgarishlar, ayniqsa, barm oqlarda kuchli rivojlangan bo'ladi. Ular 
botinka bog'ini bog'lay olmaydilar, ovqatni qoshiqsiz ichishga harakat 
qiladilar, biror ish qilishmoqchi bo'lishsa, iloji boricha rezina qo'lqop 
kiyib oladilar. Bunday bemorlarga b a’zan adashib «allergik dermatit» 
tashxisi qo'yiladi.
Teridagi o'zgarishlar aksariyat hollarda barmoqlardan boshlanib bo'yin 
sohasiga asta yetib boradi va bemorda bo'g'ilish belgilarini beradi. Bemor 
butun fikrini terida bo'layotgan azobli o'zgarishlarga qaratadi, unda 
ipoxondriya rivojlanadi va bu kasallikning yanada avj olishiga sabab 
bo'ladi. O'tkazilgan og'ir somatik kasalliklar, ayniqsa, operatsiyalardan 
so'ng ham terida ana shunday kuchli o'zgarishlar bo'ladi.
Bir necha somatik organlar operatsiyasidan so'ng rivojlangan teri 
giperesteziyasiga misol keltiramiz.
R. ismli ayol, 35 yoshda, kasbi sotuvchi (asosan shirinliklar sotadi), 
avval k asalx on ad a oshpaz b o 'lib ishlagan. Bir yilda ik k ita o g 'ir 
operatsiyani boshdan kechiradi: birinchisida katta mioma borligi sababli 
b ach a d o n , ikkinchi safar jig a rd a n exinokokkoz p u fak ch alari olib 
tashlanadi. Umumiy narkoz bilan o'tkazilgan bu operatsiyalardan so'ng 
bemorning terisi o 'ta sezgir bo'lib qoladi. Dastlab piyoz tozalaganda, 
ovqatga murch ishlatganda, issiq narsalarni ushlaganda, tanasiga o'tkirroq 
narsa tegib ketganda terida qichimalar, og'riq paydo bo'ladi. Agar shu 
narsalardan foydalanmasa, terida hech qanday o'zgarish bo'lm agan. 
Bemor bezovta bo'lib, ya’ni «Terimda allergik kasallik paydo bo'ldi»,
235


deb dermatolog va allergologga uchraydi, Ular achchiq, sho‘r, issiq 
narsalarga yaqinlashmaslik va o ‘tkir narsalarni ushlamaslikni tavsiya qilib, 
antigistamin vositalar qabul qilishni buyurishadi. Uy bekasi boMgan 
bemor iloji boricha doktorlarning tavsiyasiga amal qilishga harakat qiladi, 
lekin ovqat qilish, kir yuvish, uy tozalash kabi yumushlarni ham qilib 
turadi. Bemorda asta-sekin ipoxondrik va fobik belgilar shakllana 
boshlaydi. C hunki u d o k to rla r tavsiya qilgan rejim ga rioya qila 
olmayotgani uchun aziyat chekar, buning ustiga yangi-yangi simptomlar 
paydo boMayotgan edi. Endi bemor qoMini sovunlab yuvsa ham, shakar 
ushlasa ham terisida qizarish va qichima, qizil pufakchalar hamda chidab 
boMmas og'riq paydo boMa boshlaydi. U shakardan turli xil shirinliklar 
pishirib sotishni to'xtatadi. D oktorm a-doktor qatnab tuman, viloyat 
shifoxonalarida davolanadi, lekin biror natijaga erishmaydi. Kasallik 
zo‘raygandan-zo‘rayib, bemorning qoMiga nima tegsa ham (yumshoq- 
qattiqligidan q a t’i nazar) teriga qizil pufakchali toshm alar toshib 
ketaveradigan, tanada kuchli og'riq paydo bo'ladigan, so'ng esa nafasi 
siqib bo'g'iladigan bo'lib qoladi. Ahvol shu darajagacha borib yetadiki, 
u hatto beshta barmog'ini bir-biriga yaqinlashtirib, qo'lini musht qila 
olmaydigan bo'lib qoladi, chunki barmoqlar bir-biriga ishqalansa, butun 
tanasida umumiy giperesteziya belgilari paydo bo'lib, bo'g'ila boshlardi. 
Bemor har gal siqilganda, ayniqsa, kechalari kasali zo'rayadi.
Bemorning nevrostatusi tekshirilganda kuchli darajadagi organik 
nevrologik simptomlar topilmadi. Unda vegetativ, ipoxondrik va fobik 
belgilar aniqlandi. Bemorda hamma allergik sinamalar o'tkaziladi. Unga 
ham allergiyaga qarshi, ham tinchlantiruvehi dorilar, bir oy mobaynida 
psixoterapevtik muolajalar, trankvilizatorlar, antidepressantlar buyuriladi. 
Bira to 'la p la tse b o te ra p iy a qilin ad i. B em or kom pleks d av o lash
muolajalaridan so'ng butunlay tuzalib ketadi.
Biz bu misolda avval ruhan sog'lom bo'lgan bemorda o'tkazilgan 
ikkita og'ir operatsiyadan so'ng rivojlangan umumiy giperesteziya bilan 
kechuvchi somatopsixik sindromning guvohi bo'ldik.
M utaxassislarning fikricha, aksariyat hollarda terida boshlangan 
o'zgarish dastlab funksional xususiyatga ega boMadi va keyinchalik 
organizmning immuniteti pasayishi natijasida kasallik organik tus oladi, 
ya’ni terida surunkali yallig'lanish jarayonlari boshlanadi. Demak, teridagi 
patologik jarayonlarni faqat funksional buzilishlar bilan bog'lash kerak 
emas. Buning tasdig'ini yuqoridagi misollarda ko'rdik: barcha holatlarda 
teridagi organik simptomlar funksional belgilar bilan birgalikda namoyon 
boMdi va shu bilan birga affektiv buzilishlar barham topgach, nafaqat 
funksional belgilar, balki organik simptomlar ham o'tib ketdi yoki keskin 
pasaydi. Bemorlarni davolashda buni, albatta, e’tiborga olish kerak.
236


Agar laborator va paraklinik tekshiruvlarda patologik o'zgarishlar 
topilmasa, dermatologik va allergiyaga qarshi davo choralari yordam bermasa, 
teridagi o'zgarishlarni niqoblangan depressiyaning klinik ko'rinishi sifatida 
davolash mumkin. Chunki teridagi eritemalar, shish va kichik yarachalar 
vegetotrofik o'zgarishlaming klinik ko'rinishi bo'lib, ular psevdoallergik 
simptomlar deb ham ataladi. Patologik jarayon cho'zilgan sayin parasimpatik 
tonusning oshib borishi va atsetilxolin k o 'p miqdorda ajralib chiqishi 
natijasida terida joylashgan mayda qon tomirlarining uzoq vaqt va kuchli 
darajada kengayishi ro'y beradi. Teridagi vegetotrofik o'zgarishlar asosida 
mana shu jarayon ham o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy teri giperesteziyasining klinik ko'rinishlaridan yana biri terida 
gemorragik toshmalarning paydo bo'lishidir. Bemorni tekshirayotganda 
(palpatsiya, perkussiya) yoki biror joyini ushlaganda darrov o'sha joyi 
k o 'k a rib qoladi. Klinik va la b o rato r tekshirishlarda gem atologik, 
immunologik va boshqa organik belgilaming yo'qligi, bemorda gemorragik 
vaskulit tashxisini inkor qilishga yordam beradi. Faqat affektiv buzilishlar 
kuchayganda paydo bo 'lib yoki zo 'ray ib , uzoq vaqt dam olganda, 
psixoterapevtik muolajalar o'tkazganda, ruhan tinchlanganda o'tib ketadigan 
teridagi patologik o'zgarishlar doimo psixogen xususiyatga ega bo'ladi.
U shbu bobda biz terida kuzatiladigan patologik jarayonlarning 
psixogen xususiyatga ega ekanligini o'rgandik. Shuning uchun ham bu 
bemorlarni davolashda psixoterapevtik muolajalar, ayniqsa psixodinamik 
terapiya keng qo'llanishi kerak.
Nazorat uchun savollar
1. Hissiy-ruhiy buzilishlar bilan teridagi o 'z g a rish la r orasida q anday 
bog'liqlik bor?
2. Teri kasalliklarining necha foizi asab buzilishlari natijasida kelib chiqadi?
3. T erid a k u zatilad ig an va psixogen x u su siy atg a ega b o 'lg a n asosiy 
sim ptom larni sanab o 'ting.
4. Soch to'kilishining qanday sabablarini bilasiz?
5. U m um iy teri giperesteziyasi d e g a n d a n im an i tushunasiz? M isol 
keltiring.
6. Bolalar terisida ham psixogen giperesteziyalar uchraydimi?
7. A sab buzilishlarida umumiy va mahalliy gipergidroz qanday kechadi?
8. O 'tk ir affektiv buzilishlarda to 'sa td a n terida kuzatiladigan sim ptom lar 
haqida so'zlab bering.
9. A sab b u z ilish la rid a te rid a k e c h a d ig a n p a to lo g ik ja ra y o n la rn in g
m exanizm ini tushuntirib bering.
10. Bu patologik belgilami yo'qotish uchun qanday m uolaja usullarini 
q o 'lla g a n m a ’qul?
237



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish