Psixologiy asi


bet139/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Zoloft (sertralin) 
depressiya va obsessiv-kompulsiv buzilishlarni 
davolashda keng qo‘llaniladi. Zoloft organizmga xolinolitik, kardiotokci k 
va sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi va uni barcha yoshdagi bemorlarga tavsiya 
qilish mumkin, shu jumladan, o ‘smirlarga ham. Dori timoanaleptik va 
yengil stimullovchi ta ’sirga ega. Dori bir haftadan so‘ng ta ’sir qila 
boshlaydi, biroq aniq ta ’siri 3-4, b a ’zan 6-8 haftalarda seziladi. Zoloft 
depressiyaning barcha turlarini davolashda ishlatiladi. Zoloft kam 
miqdorda (kundalik dozasi 50-100 mg) profilaktik maqsadda rekurrent 
depressiyalarda, obsessiv-kompulsiv buzilishlarda esa kuniga 150-200 mg. 
dan 2-4 oy mobaynida buyuriladi. Zoloft 50 mg. dan tabletka ko'rinishida 
ishlab chiqariladi.
Zoloft alkogol, karbam azepin, galoperidolning ta ’sirini kuchay- 
tirmaydi. Yurak qon-tomir kasalliklari zoloftni tavsiya qilishga monelik 
qilmaydi, shuning uchun ham uni infarktdan so ‘ng kuzatiladigan 
xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda qo‘llash mumkin. Dorini uzoq 
vaqt qabul qilish unga bog‘lanib qolishni chaqirmaydi hamda sedativ 
ta ’sirining yqligi bemorning jismoniy va ruhiy faolligiga salbiy ta ’sir 
ko'rsatmaydi.
Fevarin (fluvoksamin) 50 mg, 100 mg. li tabletkalarda ishlab chiqariladi. 
Depressiya profilaktikasi va davolash uchun, ayniqsa, obsessiv-kompulsiv 
buzilishlarda ko‘p ishlatiladi.
Fevarinni dastlab 50 mg yoki 100 mg miqdorida kechqurunlari kuniga
1 m ahaldan ichish tavsiya qilinadi. 
Bem orning doriga b o 'lg a n
reaksiyasiga qarab dozasi sekin-asta oshiriladi. Aksariyat hollarda 100 
mg. dan kuniga 1 mahal ichish depressiya belgilarini yo'qotish uchun 
yetarlidir. Zaruratga qarab dorining kundalik miqdorini 300 mg. gacha 
yetkazish mumkin. Fevarinning kundalik dozasi 150 mg. dan ortiq ichilishi 
lozim boisa, uni 2 yoki 3 mahalga bo'lib berish tavsiya qilinadi. Masalan, 
ertalab 50 mg, kechqurun 100 mg yoki 50 mg. dan 3 mahal. Jahon sog'liqni 
saqlash tasnkilotining ko'rsatm asiga k o 'ra antidepressantlar bilan 
davolashni depressiya simptomlari to'la yo'qolgandan so'ng yana kamida 
4-6 oy davom ettirish zarur. Qaytalanishining oldini olish uchun fevarin 
kuniga 100 mg. dan kechqurun tavsiya etiladi.
Obsessiv-kompulsiv buzilishlarni davolash uchun dorining dastlabki 
dozasi kuniga 50 mg. dan 3-4 kun beriladi. H ar 3-5 kundan so'ng 
dorining dozasi oshirib boriladi va 100-300 mg. gacha yetkazilishi
255


mumkin. K attalar uchun esa uning kundalik yuqori dozasi 300 mg. 
dan oshmasligi kerak.
Fevarinni 8 yoshdan so'ng tavsiya etish mumkin va uning dastlabki 
kundalik dozasi 25 mg bo'lib, asta-sekin oshirib boriladi va zaruratga 
qarab o'smirlar uchun 50-150 mg. ga yetkaziladi. Agar 100 mg. dan oshsa, 
u 2-3 mahalga bo'lib beriladi.
D orining terapevtik dozasi vrach tom onidan individual tarzda 
aniqlanadi va uni asossiz yuqori miqdorda berish mumkin emas. Shuning 
uchun bemor doimo vrach nazoratida turishi zarur. Uning ta’siri 7 kundan 
so'ng sezila boshlaydi, agar 10 hafta m obaynida ko'zlangan ijobiy 
maqsadga erishilmasa, fevarin qabul qilishni to'xtatish zarur. Albatta, 
psixofarm akoterapiya psixoterapiya bilan birgalikda olib borilsa, 
ko'zlangan natijaga oldinroq erishish mumkin.
Fevarin tabletkasini chaynamasdan suv bilan ichish lozim.
Nojo‘ya ta ’sirlari: ko'ngil aynish, b a’zan qayd qilish (odatda, davo­
la sh n in g d a stla b k i h a fta sid a k u z a tila d i), q a b z iy a t, an o rek siy a , 
dispepsiya, diareya, epigastral sohada noxush sezgilar, og'iz qurishi, 
jig a r ferm en tla ri fao llash u v i. K am h o lla rd a u y q u ch an lik , bosh 
aylanishi, bosh og'rig'i, uxlay olmaslik, xavotirga tushish, psixomotor 
q o 'z g 'a lis h la r, vah im a, trem o r, ta x ik a rd iy a , terlash . B iroq, bu 
b elg ilarn in g ak sa riy a ti depressiya uchun xos b o 'lg a n lig i uchun 
fevarinni tavsiya qilishga m o n ’elik qilm aydi. Fevarinni to 's a td a n
to'xtatganda, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynish, vahimaga 
tushish paydo bo'lishi mumkin.
Fevarin qariyalarga tavsiya qilinganda, oz miqdordan boshlanib, 
dozasi sekin-asta oshirib boriladi.
Fevarinni tavsiya qilishga monelik qiluvchi h o latlar va alohida 
ko'rsatmalar:
- MAO ingibitorlarini qabul qilayotganda, tavsiya etilmaydi. Ulami 
to'xtatgach, 2 haftadan so'ng fevarinni boshlash mumkin;
- 8 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- epilepsiya va tutqanoq xurujlari (zaruratga qarab tavsiya etiladi, 
agar tutqanoq xurujlari kuzatilsa, dorini qabul qilish to'xtatiladi);
- jig a r va b u y rak yetishm ovchiligi (z a ru ra tg a q a ra b tav siy a 
etilad i, agar jig a r ferm entlari faolligi oshsa, d o rin i q abu l qilish 
to 'x ta tila d i);
- homilaga zararli ta ’siri aniqlanmagan bo'lsa-da, fevarin homilador 
ayollarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi. Fluvoksamin ko'krak suti 
orqali oz miqdorda ajralib chiqishi mumkin, shuning uchun laktatsiya 
davrida buyurilmaydi;
- fevarin qabul qilayotganda spirtli ichimliklar ichish man etiladi;
256


- yallig'lanishga qarshi nosteroid dorilar va aspirin qabul qilib yurgan 
hamda anamnezida qon ketishga moyilligi bor bemorlarga ham fevarin 
ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi.
Fevarinni kuniga 150 mg. gacha miqdorda qabul qilish bemorning 
avtomobil haydashi va zavodlarda turli mashinalar bilan ishlashida xavfli 
vaziyat keltirib chiqarmaydi.
Reksetin (paroksetin) 20 mg.li tabletkalarda ishlab chiqariladi.
Reksetin depressiyaning barcha turlarida tavsiya qilinadi, shu jumladan, 
xavotir-depressiv va obsessiv-kompulsiv buzilishlar, fobik sindromlar, turli 
jarohatlardan keyingi stress holatlari va h.k. Reksetinning dastlabki 
kundalik dozasi 20 mg. D orining ta ’siri sekin-asta nam oyon b o 'la
boshlaydi. Dorining dozasi har haftada 10 mg. ga oshirib boriladi, tavsiya 
qilish mumkin bo'lgan eng yuqori doza kuniga 60 mg.
Depressiya belgilari yo'qolgandan so'ng ham reksetinni kuniga 20 
mg. dan 4-6 oy m obaynida qabul qilish tavsiya etiladi. Dori qabul 
qilishni to'satdan to'xtatib qo'yish mumkin emas, buning uchun uning 
dozasini asta-sekin kamaytira borish lozim. Reksetin kuniga 1 mahal, 
odatda, ertalab ovqat paytida qabul qilinadi va chaynamay yutiladi. 
Ojiz bemorlar va qariyalar uchun dorining dastlabki dozasi kuniga 10 
mg bo'lishi kerak. Bemorning ahvoliga qarab, dorining dozasi har 
haftada 10 mg. ga oshirib boriladi. M asalan, dorining kundalik dozasini 
40 mg. ga yetkazish uchun 4 hafta zarur bo'ladi. Reksetinning kundalik 
dozasi asossiz oshirilmasligi kerak va kutilgan natijaga erishilsa, kam 
miqdorda berib boriladi.
Nojo‘ya t a ’sirlari: k o'n g il aynish, b a ’zan qayd qilish (o d atd a, 
davolashning dastlabki haftasida kuzatiladi), qabziyat, anoreksiya, 
dispepsiya, diareya, epigastral sohada noxush sezgilar, og'iz qurishi, jigar 
fermentlari faollashuvi. Ayrim hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh 
o g 'rig 'i, uxlay olmaslik, xavotir bo'lish, psixomotor qo'zg 'alish lar, 
tutqanoq xurujlari, tremor, taxikardiya, arterial qon bosimning o'zgarib 
turishi, sinkope, somnambuliya, libidoning o'zgarishi, siyishga qiynalish, 
terlash, k o'rish qobiliyatining buzilishi, o 'tk ir glaukoma xurujlari, 
bronxospazm, angionevrotik shish, qichima.
Monelik qiluvchi holatlar:
- MAO ingibitorlarini qabul qilayotganda tavsiya etilmaydi. Ularni 
to'xtatgach, 2 haftadan so'ng reksetinni qabul qilish tavsiya etiladi;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- 18 yoshgacha bo'lgan davr;
- epilepsiya, glaukoma, jigar va buyrak funksiyalari yetishmovchiligida 
ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi;
- yurak qon-tomir faoliyatining buzilishlari;
257


- peroral antikoagulyantlar va neyroleptiklar bilan birgalikda qabul 
qilinmaydi;
- davolanishning dastlabki haftasida suitsidal fikrlarni kuchaytirib 
yuborishi mumkin;
- spirtli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi;
- davolanishning dastlabki davrida avtom obil haydash tavsiya 
etilmaydi.
Fluoksetin (sinonimlari: prozak, portal, fluval, prodel) 20 mg. li 
tabletkalarda ishlab chiqariladi. Depressiyaning barcha turlarida tavsiya 
qilinadi, shu jum ladan, obsessiv-kompulsiv buzilishlar, bulimiyalar, 
fobiyalarda samarali antidepressantdir. Sedativ ta’sirga ega emas. O'rtacha 
terapevtik dozasi yurak qon-tomir sistemasi faoliyatiga nojo‘ya ta ’sir 
ko‘rsatmaydi. Dastlab 20 mg. dan kunning birinchi yarmida bir mahal 
ichish tavsiya qilinadi. Dorining keyingi dozasi 3-4 hafta o'tgach oshirib 
boriladi va kuniga 2-3 mahal qabul qilish buyuriladi. Fluoksetinning 
eng yuqori kundalik dozasi 80 mg. gacha.
Nojo‘ya ta’sirlari: yengil xavotir va uyquchanlik, tremor, bosh og'rig'i, 
uyqu buzilishi, ko'ngil aynishi, diareya, terlash, gipoglikemiya, libidoning 
pasayishi, toshmalar toshishi, qichima, artralgiyalar.
Monelik qiluvchi holatlar: glaukoma, siydik pufagi atoniyasi, buyrak 
funksiyasining buzilishi, prostata giperplaziyasi, MAO ingibitorlari bilan 
birga tavsiya qilmaslik, epilepsiya va tutqanoq sindromlari, homiladorlik, 
laktatsiya. Shuningdek, spirtli ichimliklar ichish mumkin emas.
Fluoksetin qabul qilishning dastlabki haftalarida avtomobil haydash 
va aniq mexanizmli mashinalarda ishlash tavsiya etilmaydi.
Mutaxassislar fikricha, depressiyani aniqlash qiyinchilik tug'dirmaydi, 
qiyinchilik uni davolash bilan bog'liqdir. Umumiy amaliyot shifokorlari 
somatik, vegetativ va nevrotik buzilishlar bilan kechuvchi depressiyalarni, 
ya’ni niqoblangan depressiyalarni to 'g 'ri aniqlay olishlari zarur. Biroq 
ham mavaqt ham buning uddasidan chiqilmaydi, chunki niqoblangan 
depressiyani umumiy tibbiyot yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan barcha 
mutaxassislar ham o'z vaqtida aniqlayvermaydi. Ba’zan tashxisni to'g'ri 
aniqlash uchun bir necha oylar ketadi. Turli m a’lumotlarga ko'ra 10-55 
foiz holatlard;igina to 'g 'ri tashxis aniqlanadi va ularning 13 foiziga 
antidepressantlar tavsiya etiladi (D. Mischoulon yet al., 2001). Aksariyat 
m utaxassislar buning asosiy sababi vrachlarning depressiya klinik 
ko'rinishlarini mukammal bilmasligi va to'g 'ri baholay olmasligi, deb 
hisoblashmoqda.
Xulosa qilib aytganda, depressiya bilan tibbiyot sohasida faoliyat 
ko'rsatuvchi barcha mutaxassislar ro'baro' kelishi mumkin. Tibbiyot oliy 
o'quv yurtlarining barcha fakultetlari, shu jum ladan, oliy m a’lumotli
258


hamshiralar tayyorlash fakultetida ham «Tibbiy psixologiya» fani chuqur 
o 'rg a tila d i. D em ak, h a m sh iralard an to rtib , um um iy am aliy o t 
shifokorlarining barchasi eng ko'p tarqalgan va yildan-yilga kpayib 
borayotgan depressiya kasalligi belgilaridan voqif bo'lishlari va tashxisni 
to'g'ri aniqlay olishlari lozim. Albatta, davolash jarayonida muammolar 
paydo bo'lishi mumkin. Agar suitsidal fikrlar yoki urinishlar paydo 
bo'lgan bem orlar m u ro jaat qilishsa, to r m utaxassislarga (psixiatr, 
psixolog) ko'rinishini tavsiya qilish zarur. Depressiyaning yengil, ayniqsa, 
somatik buzilishlari namoyon bo'lgan turlari bilan murojaat qilgan 
bemorlarni esa umumiy amaliyot shifokori ham psixolog maslahatidan 
keyin davolashi mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish