Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Depressiya etiologiyasi
Depressiya, asosan, o'tkir va surunkali ruhiy jarohatlardan so'ng paydo 
bo'ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz rivojlanadi, bunday paytlarda 
depressiyaga nasliy moyillik haqida so'z ketadi. Depressiya og'ir va uzoq 
davom etuvchi somatik kasalliklar bilan og'riydigan bemorlarda ham 
rivojlanib, uning ahvolini og'irlashtiradi. Depressiya ba’zan uzoq vaqtli 
remissiyalardan so'ng takrorlanib turishi mumkin. Davolanishdan q at’i 
nazar, yillab davom etadigan depressiyalar ham bo'ladi, bunday paytlarda 
uning og'ir tun haqida so'z yuritiladi. Somatik simptomlar ustunlik 
qiluvchi yoki ruhiy-hissiy buzilishlarsiz faqat somatik simptomlar bilan 
kechuvchi depressiyalar ham mavjud. Bunday hollarda niqoblangan 
depressiya tashxisi qo'yiladi va uni to'g'ri aniqlash ancha vaqt talab qiladi, 
ba’zan u aniqlanmay qoladi.
Depressiyaning kelib chiqishida tibbiy-psixologik omillardan tashqari, 
ijtimoiy va biologik omillarga ham k atta e ’tibor beriladi. Biologik 
omillardan, avvalambor, miyada mediatorlar (serotonin, noradrenalin, 
atsetilxolin va h.k.) almashinuvi buzilishiga katta e’tibor qaratiladi.
Depressiyaning a n ’anaviy tasnifiga binoan uning kelib chiqishiga qarab 
psixogen, konstitutsional, endogen va somatogen (organik) turlari farq 
qilinadi. Ularning klinik ko'rinishlari ham bir-biridan biroz farq qiladi. 
Kasalliklarning X-halqaro tasnifiga binoan ruhiy va xulq-atvor buzilishlar 
sindromal prinsipga asoslanib tuzilgan. Bunda asosiy e’tibor kasallikning 
klinik ko'rinishiga qaratiladi.
248


D epressiya diagnostikasi
Depressiya aksariyat hollarda bemorlar tomonidan ham, yaqinlari 
tomonidan ham, b a’zan vrachlar tomonidan ham yomon xulq-atvoming 
bir ko'rinishi sifatida qabul qilinadi va shuning uchun vaqtida aniqlanmay 
qoladi. Psixosomatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladigan depressiya 
ham o 'z vaqtida aniqlanm ay «ichki kasalliklar» tashxisi q o 'y ilad i. 
Depressiya - faqat kayfiyatning tushishi bilan bog'liq bo'lgan holat emas, 
balki bir nechta simptomlardan iborat kasallikdir. Bu kasallikni erta 
aniqlash va davolash muolajalarini erta boshlash bemoming depressiyadan 
tezda chiqib ketishiga yordam beradi.
Ba’zan bemorlar «depressiya» tashxisi aniqlangandan so'ng ham vrach 
yoki psixologga m urojaat qilishmaydi. Buning sabablari turlichadir: 
q arindosh-urug'lardan, ham kasblar va qo'ni-qo'shnilardan uyalish; 
psixiatr yoki psixonevrolog nazoratida qolib ketishdan qo'rqish; ishdan 
haydalish yoki ishga qabul qilinmaslikdan qo'rqish, tuzalib ketishiga 
ishonm aslik, psixotrop dorilarni qabul qilishdan q o 'rq ish va h.k. 
Aksariyat holatlarda, depressiya oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklar yoki 
baxtsiz voqealardan so'ng rivojlanadi. Bunday paytlarda bemorlar «Shu 
ahvolga tushganimning sababi aniq-ku, psixolog nima ham qilib berardi, 
vaqt o 'tib tuzalarman», deb davolanishdan voz kechiishadi. Psixolog 
bemorni aynan shu kabi vaziyatlardan chiqaruvchi mutaxassis ekanini 
unutib qo'yishadi yoki anglab yetishmaydi. Odatda, bunday bemorlarni 
uning yaqinlari, tanish-bilishlari psixologga murojaat qilishga undashadi. 
Demak, ular psixolog qabuliga majburan kelishadi. Psixolog qabulida 
dastlabki suhbatdan o'tgan bemorning dunyoqarashi, aksariyat hollarda, 
keskin o'zgaradi va keyinchalik uning o'zi psixolog qabuliga qatnay 
b oshlaydi. A lb atta, d astlabk i su h b atn in g sam arasi p sixologning 
mahoratiga ham ko'p jihatdan bog'liq.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish