pertseptiv – ya`ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to`g`risidagi yaxlit obraz shakllanadi;
- mnemik kasbiy faoliyat, narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi xamda esda saqlab turilishi bilan bog`liq murakkab faoliyat turi;
- fikrlash kasbiy faoliyati – aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
- imativ - («image» - obraz so`zidan olingan) kasbiy faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko`ra xam farqlanadi. Masalan, shunday bo`lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida xar bir elementni jiddiy ravishda, aloxida-aloxida bajarishni va bunga bugun diqqat va ongning yo`nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o`tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko`pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o`girilganda, malaka hosil bo`ldi deyiladi. Masalan, xar birimiz shu tarzda xat yozishga urganganmiz.
Agar malakalarimiz qat`iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko`ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni taominlasa, biz buni ko`nikmalar deb aytaymiz. Ko`nikmalar – doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko`nikma va malakalar o`zaro bog`liq bo`ladi, shuning uchun xam o`quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko`nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o`qishini ta`minlaydi. Ikkalasi xam mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi.
Agar, faqat malakani oladigan bo`lsak, uning shakllanish yullari quyidagicha bo`lishi mumkin:
- oddiy namoyish etish yo`li bilan;
- tushuntirish yo`li bilan;
- ko`rsatish bilan tushuntirishni uyg`unlashtirish yo`li bilan.
Xayotda ko`nikma va malakalarning axamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o`qishda, mehnatda, sport soxasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni taominlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo`lishning yana bir keng tarqalgan usuli – bu barcha insonlarga xos bo`lgan asosiy faollik turlari bo`yicha tabakalashdir. Bu – muloqot, o`yin, o`qish va mehnat faoliyatlaridir.
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o`rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni uzgartirish muammosi axamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat soxalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo`lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar xisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta`minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi xamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi.
Odamlar xam u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishi qaysi motivga mo`ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo`lsa xam yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo`ladi. Ular xali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini maokullashlari biladilar. Bu yulda ular nafaqat o`z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar – tanish-bilishlar,mablag` omillardan xam foydalanadilar.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffaqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo`lsa xam muvaffaqiyatsizlikka duchor bo`lmaslikni o`ylaydilar. Shu tufayli ularda ko`proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik pessimizmga o`xshash xolat kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab «O`zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar.
Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvafakiyatli tugatgach, ko`tarinki rux bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, xar qanday ishni yakunlagandan so`ng, uning natijasidan qat`iy nazar, ruxan tushkunlikka tushadilar va o`granish xissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o`rinda talabchanlik degan sifatning roli katta.
Agar muvaffaqiyatga yo`nalgan shaxslarning o`zlariga nisbatan qo`yilgan talablari darajasi xam yuqori bo`lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo`ladi.
Bundan tashqari xar birimizdagi o`zimizdagi real qobiliyatlar to`g`risidagi tasavvurlarimiz xam ushbu motivlarning faoliyatidagi o`rniga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, o`zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs xattoki, mag`lubiyatga uchrasa xam, unchalik qayg`urmaydi, keyingi safar xammasi yaxshi bo`lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbex yoki tanqidni xam juda katta ruxiy azob bilan qayg`urib boshdan kechiradi. Uning uchun xam shaxsning u yoki bu vaziyatlardan qayg`urish sifati xam ma`lum ma`noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o`z-o`ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini xam belgilaydi.
Kishi birgalilikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruriyatga ko`ra boshqa odamlar bilan birlashishi ular bilan muomalaga kirishishi, yaxni aloka o`rnatishi, o`zaro xamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim va xokazolar. Bu o`rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning eng muxim informativ jihati, kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi.
Lekin odam kommunikatsiya sifatida munosabatni o`z tarkibiga olgan faoliyat jarayonida biron narsa yaratib (asbob yaratib, fikr bildirib, mashinani tuzatib va shu kabilarni amalga oshirib), shu bilangina cheklanib kolmaydi; u yaratilgan buyum orkali uzini, uzining xususiyatlarini, uzining individualligini boshqa odamlarga «uzatadi», o`zini boshqa odamlarda davom ettiradi.
Yaratilgan narsa-bu, bir tomondan, faoliyat mavzui bo`lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo`ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy xayotda o`zini qaror toptiradi. Negaki bu narsa boshqa odamlar uchun yaratilgandir. Shu narsa orqali odamlar o`rtasidagi munosabat bevosita o`z aksini topadi, ijod qilayotganlarga va bajarayotganlarga xam, iste`omol qilayotganlarga va o`zlashtirayotganlarga ham bab-baravar tegishli bo`lgan umumiy narsani ishlab chiqarish tariqasidagi munosabat hosil bo`ladi.
Munosabatning o`zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko`rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa, ishlab chiqarish tarzida tushunishi ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi.
Til munosabatga kirishuvchilar o`rtasida aloqa boglashishini ta`minlaydi. Negaki; uni bu maqsad uchun tanlangan suzlar moxiyatiga ko`ra kodlashtirgan xolda axborotni ma`lum qilayotgan kishi xam, bu moxiyatning kodini ochgan, ya`ni uning maonosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida xulk atvorini uzgartirgan xolda bu axborotni qabil qilayotgan kishi xam tushunadi.
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliq aloxida bir kishining miyasidagi inoikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki aks etgani bilan doimiy ravishda to`ldirilib turiladi uy fikrlarni ayriboshlash, axborot berish r`oy beradi.
Munosabat chogida kishi doimo muxim narsani nomuximidan, zarur narsani tasodifiysidan ajratishga, yakka yolg`iz narsalarning timsolidan ularning xammasi uchun umumiy bo`lgan xossalarni so`zlar yordamida barqaror aks ettirishga o`tishga o`rganadi.
Odamlar munosabatga kirisharkan, ya`ni biror kimsaga savol, iltimos, buyruq bilan murojaat qilarkan, biror narsani tushintirarkan, undan o`zi xoxlagandek javob olishini topshirigining ijro etilishini, shu paytga kadar tushunmagani tushunib yetishni zarurat tarzida o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Munosabatga kirisharkan, xar bir kishi o`zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning xulq-atvori, so`zlari va xatti-harakatlari ko`proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda bo`lishini kutadi. Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko`rishga tayyor bo`lgan narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq taxlil qilish qobiliyati va malakasi odob deyiladi.
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlovchi mezonlar sifatida shaxsning maxsadga erishuvini tafsiflovchi har xil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan o`quvchanlik, mutaxasis faoliyatining bevosita va bilvosita ko`rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga qo`shgan xissasi qo`llaniladi.
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezomlari qatorida quyidagilar kiritiladi:
Samaradorlikning to`g`ridan to`g`ri ko`rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish salmog`i;
Kasbiy tayorgarlikni aniqlovchi testlar;
Kasbiy layoqati ifodalovchi ma’muriy tadbir va choralar: intizomga taalluqli choralar, mukofotlash, xizmat lovozimidan ko`tarilish, safarga yuborish, namuna tariqasida stendga joylashtirish;
Kadrlar ko`nimsizligi;
Nohush xolatlar (kechimmalar) va shikastlar ( xalokatlar ) ;
Faoliyat samadorligini eksperimintol tekshirish va o`zini o`zi baxolash kabilar.
Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma’lum talablarga javob berishi shart. Mezonlarning to`g`riligi sifatida muhim ahamiyat kasb etish tushiniladi.
Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tamonlarini aks ettirish lozimligi, ya’ni mezonlar to`laqonligi. Ular mutaxassilarning kasbiy layoqatining yuksaqligi va quyidagi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz ( mezonlar diskriminativligi ) .
Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning omilkorligi, ya’ni amaliy jihatdan qulayligi muhim o`rin egallaydi va u o`zining soddaligining, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kasbiy layoqatni (yarog`lilikni ) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari qo`llaniladi ( masalan, duradgorning ish sifati, teskorligi, vaziyatni payqashligi va boshqalar) . Ko`pincha mutaxassisning layoqati ma’muriy xujjatlarda o`z ifodasini topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi ) . Ba’zan kasbiy layoqatni o`rganishda baxitsiz hodisalar ( haydovchi, uchuvchi, mashinist, aperator va boshqa kasb egalarida ) xisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari baholanadi.
Psixogigienaning asosiy masalasi har bir inson va butun jamiyat psixik salomatligini saqlab qolishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim vositalariga insonning yashash muhitini sog’lomlashtirishning ijtimoiy mezonlari, shuningdek psixik kasalliklar, jumladan, shaxs shakllanish anomaliyalarini oldindan aniqlash va oldini olish kiradi. Tarbiya, ta’lim, mehnat va kishilarning bo’sh vaqtlari uchun hayotning eng boshlang’ich bosqichlaridan boshlab, yaxshi sharoitlar yaratish davlatning muhim masalalaridan biri bo’lishi bilan birga psixogigiena muammolarini muvaffaqiyatli hal etishning asosi hamdir.
Psixogigienaning muhim masalalaridan biri psixik salomatlikning chidamliligini va psixikaning turli zararli omillar ta’siriga nisbatan qarshiligini barcha choralar yordamida oshirishdir. Shunday qilib, psixogigiena hozirgi bosqichda psixik kasalliklarning birlamchi profilaktik choralari muhim ahamiyat kasb etuvchi ham tibbiy, ham ijitimoiy masalalarni o’ziga maqsad qilib oladi.
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o’tkazgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ishlab chiqarish rivojlangan davlatlarda 10 % aholi jiddiy asab kasalliklariga chalinganlar. Ko’pchilik tadqiqotchilar yurak qon-tomirlari kasalliklari va asab kasalliklari orasida bog’lanishni ta’kidlaydilar. M.Pflandning ta’kidlashicha, gipertonik kasallar (qon bosimi ortishi) dastlab shifokorga o’zlarining asabiy bo’lib qolganlaridan shikoyat qiladilar, faqat tekshiruv natijasida ularda qon bosimi balandligi ma’lum bo’ladi. Rus olimi K.D.Sudakov o’tkazgan tadqiqotlari natijasida yurak-qon tomir kasalliklarining sababini yurak-qon tomir tizimidan emas, balki miyada kechadigan har xil jarayonlardan izlash kerak, degan xulosaga birinchi bo’lib keladi. Hozirda markaziy nerv sistemasidagi jarayonlarga bog’liq kasalliklar ko’paymoqda, nevrotik ko’rinishlar organizmning funktsional tizimidagi boshqa buzilishlarga olib keladi. Odatda tibbiyotda nevrozlar va psixosomatik kasalliklar bir--biridan ajratilgan holda alohida da’volanadi.
I.P.Pavlov hal bo’lmaydigan nizolar bo’yicha tajriba o’tkazib, nevrozni birinchi bo’lib aniqlagan. Uning tajribalarida nerv sistemasi kuchli hayvonlarga qaraganda, kuchsiz tipdagi hayvonlar bunday nizolarga chidamsiz bo’lgan, ularda bu og’irroq kechgan. I.P.Pavlov nevrozni organizm va muhit orasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida vujudga keladigan oliy nerv faoliyatining buzilishi sifatida tushungan. Keyinchalik I.P.Pavlov hayvonlarda olingan natijalarni tanqidiy ravishda insonga o’tkazgan.
Nevroz organizm va muhit orasidagi dinamikaning barqaror buzilishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik bo’lib, ma’lumotlarni qayta ishlash, hissiyot, boshqarish bilan bog’liq miyadagi jarayonlarning o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarishlar motor va sensor funktsiyalarni jalb qiladi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Organizm va muhit orasidagi dinamika yoki muhitning anormal sharoitlari yoki organizmning anormal holatidan buzilishi mumkin. Masalan, muhitdan keluvchi bir qo’zo’atuvchining o’zi bir odamga undovchi ta’sir ko’rsatsa, boshqa birida og’riq reaktsiyasini vujudga keltirishi mumkin. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, jismoniy va ruhiy mashq qilgan, kelajakka ishonch bilan qarovchi inson sog’lig’iga ziyon keltirmasdan ishlashi mumkin. Kelajakka ishonmaydigan inson esa normal mehnat sharoitlarida ham o’zini yomon his qiladi.
Tashqi muhit sharoitlariga bog’liq nerv psixik kasalliklarining vujudga kelishi va taraqqiyotida stresslarning ta’siriga katta ahamiyat beriladi, ayniqsa, bu yurak-qon tomir kasalliklariga tegishlidir. Shu bilan birga stressga ijobiy ta’sir, ya’ni ish qobiliyatini oshirish xislati xos. Shuning uchun ham stressni “hayot tuzi” deb atashadi. Tuzdan foydalanishda me’yor rol o’ynaganidek, stressning ham me’yori mehnat unumdorligini oshirishi mumkin yoki me’yordan ortishi sog’liq uchun zararli bo’lishi mumkin. Inson aqlli mavjudot sifatida, agarda u bilimlar, tartib, irodaviy xislatlar va faollikka ega bo’lsa stressning to’g’ri dozasini o’zi uchun aniqlashi mumkin.
Stress ta’sirlari uchun organizmning hissiy reaktivligi katta ahamiyatga ega. Masalan, yurak qon-tomir kasalliklari, ayniqsa, yuqori qon bosimi (gipertoniya)ni “hissiyot kasali“ deb atashadi.
Insonning har qanday faoliyati, avvalo, aqliy, ijodiy, va jismoniy ishlari zo’riqishni talab qiladi. Shunday yo’l bilan insonlar hayotiy vaziyatlarda oldilarida turgan vazifalarga uzoq vaqt diqqatlarini jamlab, ularni ishonch bilan to’liq yecha oladidar. Inson faoliyatining kritik nuqtalariga yaqinlashgan sayin ularda zo’riqish kuchayib boradi. Inson ishni muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng yengillashish va bo’shashish hissini boshidan kechiradi. Bu holat bo’shashish deb ataladi. Nerv va garmonal yo’llar orqali zo’riqib, funktsiyaning organiq kuchayishi (stress) muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi. U inson uchun zararli hisoblanmaydi, agar sarflangan energiya tezda bo’shashish orqali qayta tiklansa, tanaffuslar va bo’sh vaqtni unumli foydalanish yo’li bilan bo’shashishga erishish mumkin. Bo’shashishga boshqa faoliyat turiga ko’chish orqali ham erishish mumkin.
Lekin zo’riqish inson ijodiy faoliyatini tormozlashi, ish qobiliyatini pasaytirishi, sog’liqqa zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Agar bo’shashish yetarlicha bo’lmasa, yuqoridagi holatlarni kuzatish mumkin. Bunday uzoq vaqt zo’riqish holatlari har xil hayotiy vaziyatlarda vujudga kelishi mumkin. Ularga shaxsiy hayotda va ishdagi nizoli vaziyatlar, shaxslararo munosabatning buzilishi, kelajakka ishonmaslik, xavf-xatardan qo’rqish, ishni doimo qisqa muddatda topshirish tufayli o’z vaqtida ulgura olmaslikdan qo’rqish va boshqalarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga jamoadagi nosog’lom psixologik iqlim, shaxs xarakterining bo’shligi, qo’rqish, muvaffaqiyatsizliklar, o’z imkoniyatlarini yuqori boholash, boshqa kishilar bilan munosabat (aloqalar)ning yetishmasligi, ijtimoiy ajralib qolish ham uzoq zo’riqish holatiga olib kelishi mumkin. Barcha stress holatlarida salbiy hissiyotlar rol o’ynaydi. Ular inson faoliyatiga va uning organizmiga buzuvchi ta’sir ko’rsatadi.
Stress –(inglizcha –stress) –so’zidan olingan bo’lib, bosim, zo’riqish, tanglik degan ma’noni bildiradi. Stress inson organizmining holatlarida haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik jarayonidir. Stress ko’rinishiga qarab ikkiga bo’linadi:
Konstruktiv -biz turidagi( ko’pchilik orasida).
Destruktiv – men turidagi ( yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.
Stressning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Stressorlarning (stressga olib keluvchi omil) xarakteriga va xususiyatlariga qarab, fiziologik stress – bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq, qo’rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi.
Psixologik stress – odamning ruhiy holatiga voqealarning ta’siri tufayli sodir bo’ladigan stress. Psixologik stress bu ruhiy iztirobga tushishdir.
Psixologik stress :
a) informatsion stress;
b) emotsional stress turlariga ajratiladi.
Informatsion stress – insonda haddan tashqari axborotlarni ko’p qabul qilish, inson oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash, yuqori darajadani shiddat bilan qaror qabul qilishda ikkilanadi.
Emotsional stress- ta’qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar, kundalik tashvishlarda ko’rinadi. Psixologlar Maykl Shayer va Charlz Karver fikricha, optimist inson eng og’ir qiyin vaziyatda ham yaxshi deb oldinga intiladi. Birinchi bo’lib stress bo’yicha 1932 yilda fiziolog Uolter Kenon va 1936 yilda vrach Gans Selelar chuqurroq tushuncha berishga harakat qilganlar. Sele stress haqidagi tadqiqotlarini o’zining “Disstressiz stress” asarida umumlashtirgan. Stressda 3 bosqich farqlanadi:
1.Xavotirlik bosqichi.
2. Moslashish bosqichi.
3. O’ta charchash bosqichi.
Inflyatsiya , ishsizlik stresslarning ijtimoiy omili hisoblanadi.
Stress muammosini hal qilishda, 3 jihatga e’tibor berish zarur.
1. Hissiy stress omillarini yo’qotish.
2. Hissiyotni tarbiyalash. O’z hissiyotimizni boshqarish orqali ko’pgina stress holatining oldini olishimiz mumkin. Hissiyotni shunday boshqarish, mashq qildirish muhimki, salbiy hissiyotni paydo bo’lishi, ijobiy hissiyot uchun signal bo’lsin. Ana shunday javob berish usuli doimiy mashq qilinsa, inson salbiy hissiyotlarini boshqarishga o’rganadi va ijobiy hissiyotlarini oldinga chiqaradi.
3. Zo’riqish va bo’shashishni doimiy almashtirib turishga erishish uchun ishda tanaffuslarni tashkil etish va bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish zarur. Inson tuzilishidagi individual xususiyatlar ham stressning namoyon bo’lishida rol o’ynaydi. Bir insonda stress paydo qilgan omil boshqasiga faqat undovchi ta’sir etishi mumkin.
Surunkali charchash patologiya chegarasida turadi, ba’zan esa asl nerv buzilishlariga olib keladi. Bundan tashqari, elektroentsefalografik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, surunkali charchash ta’siri ostida bir yil EEG ko’rsatkichlari dinamikasi ularning yosh sur’atlarida o’zgarishga teskari, ya’ni ayrim miya funktsiyalarining tabiiy taraqqiyoti ma’lum darajada to’xtab turadi (Pratusevich Yu.M., Solov’ev A.V., Kvasov T.I.).
Charchash, odatda, sensor(analizatorlar sezgisining tushishi ) harakat (muskul kuchining kamayishi va harakatlar koordinatsiyalarining yomonlashuvi) va intellektual (aqliy faoliyat va diqqat to’planishining tushishi) sohasida namoyon bo’ladi. Bularning bari ishlash qobiliyatining, shu jumladan aqliy qobiliyatning tushishiga sabab bo’ladi.
Psixologlar fikricha, aynan ishlash qobiliyatining o’zgarishlari charchash darajasini aniqlashda eng namunali ko’rsatkichlar ekan (Zinchenko V.P., Leonova A.B., Strelkov Yu.K.). Ishlash qobiliyati darajasi maxsus topshiriqlarni bajarishda ishning samaradorligi (tezligi va aniqligi)da aks etadi. Ko’pincha korrektur sinov kabi topshiriqlar qo’llaniladi.
Fiziologlar guvohlik berishicha bu sinov ko’rsatkichlari bo’yicha umumiy aqliy ishlash qobiliyati to’g’risida fikr yuritsa bo’ladi. Shu bilan birga u shaxsning psixik holatini juda sezilarli darajada aks ettirdi. (Sokolov Ye.I., Podachin V.P., Belova Ye.V.).
Ishlab chiqarishda vaqt normaning ilmiy asoslanishi tarixi F.U. Teylor o`z ishlarida olib chiqadi. Uning ishlab chiqqan normalash tizimi qator asoslarga talablarni biriktiradi.
1)og`irlikni yengillatish
2)ish vaqti davomida dam olish uchun belgilangan tanaffuslar:
3)ishchi faoliyatini tarkibiy elementlarga ajratib chiqsh va ularning bajarilishini jadvalda boshqarish;
4)aniq bir xil tipdagi ishlarni bajarish uchun maxsus olingan instrument;
5)normaning oshirib bajarilgan foizlari uchun zaruriy rag`batlantirish
Teylor ishi ta`sirida bajarilgan mehnat faoliyatining har xil turlarini ko`plab o`rganishlar normalarni ishlab chiqishda va ularning bajarilishini takomillashtirishdagi har qanday kasb faoliyati analizi boshlanadigan quyidagi ishchi harakatlar tiplarini aniqladi:
1)Asosiylari- yoqimli sharoitlarda amalga oshiriladigan mehnat faoliayti maqsadlariga erishish uchun minimal darajada zarur harakatlar
2)Urinish harakatlari- yoqimli sharoitlardan mehnat sharoitini chetlashishi bilan asosiylarining mos kelishini aniqlovchi harakatlar
3)To`ldiruvchi- asosiy topshiriqqa kirmaydigan ,ammo asosiy mehnat jarayonlari omillari uchun kerakli kuch sifatida zaruriy bo`lgan harakatlar.
4)Avariya harakatlarini to`ldiruvchi , paydo bo`lgan avariya holatini yo`qotish uchun kerakli harakatlar
5)ortiqcha harakatlar- keraksiz va odatda asosiy ishchi harakatlariga halaqit beruvchi;
6)Xato harakatlar - birinchi to`rt guruhda to`g`ri harakatlar o`rniga bajariladigan va maqsadga erishib bo`lmaydigan harakatlar
Texnik normalashtirishda mehnat psixologiyasi uchun juda muhim bo`lgan tushuncha ishlatiladi.Bularga vaqtning texnik normasi, ishlab chiqarishning texnik normasi, operativ vaqt tushunchalari kiradi.
Vaqtning texnik normasi deganda esa aniq tashkiliy texnik sharoitlarda u yoki bu ishni ishlab chiqarishning barcha vositalarini ununmliroq qo`llashda va novatorlarning oldingi ishlab chiqarish tajribalarini hisobga olish bilan ratsional darajada mehnatni tashkil qilishda kerak bo`ladigan vaqt tushuniladi.
Ishlab chiqarishning texnik normasi deb vaqt birligida ishchi tomonidan tomonidan ishlab chiqairsh kerak bo`lgan mahsulot birligi soniga aytiladi.
Operativ vaqt bu texnologik operatsiyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan vaqtdir.U texnologik jarayon aniqlydigan asosiy vaqtdan va mehnatni tashkil qilish bilan ta`minlanadigan yordamchi vaqtdan tarkib topadi.
Asosiy vaqt operatsiya yoki uning qismlarini bajarishda ishchi kuzatuvidagi mashina tomonidan ketkaziladigan mashina vaqti va ishchining mexanizmlarni ishlatmasdan ketkazadigan qo`l vaqti hamda ishchining bevosita ishtirokida mashinaning ketkazadigan mashina qo`l vaqti bo`ladi.
Operativ vaqtdan tashqari ish vaqtida – tayyorlanuvchi – yakunlovchi vaqt va ish joyiga xizmat ko`rsatish vaqti ham kiradi.Ish vaqtida ish bo`lib turgan vaqti bilan birga ishdagi tanaffuslar ham qo`shiladi dam olish tabiiy zaruratlar va ishchilarga bog`liq bo`lmagan tanaffus vaqtlari bu esa ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklar hisoblanadi.
Mehnat psixologiyasida mehnat jarayoni psixologik sifatlari dinimikasi masalasi hali XX asr boshida chuqur o`rganish predmeti bo`lib qoldi.
1902 yilda E.Krepelin oshib boruvchi ish bilan eksperimentlar asosida ishning egri chizig`ini chizdi.U ko`rsatadiki,faktlarda oligan ish mahsuldorligining egri chizig`i teng ta`sir qiladigan mashqlar , charchashlar va ta`sirlardir.
Bular ish boshlanishda va uning tugashi oldida belgilangan ishga ishga ko’nikish va iroda kuchlaridir. Bunda mashq qilishning oshib borishi bilan nafaqat mashq qilishga qobiliyat pasayadi shuning bilan birga charchash xam pasayadi.
Krepelining egri chizig`i faqat chizma hisoblanadi va har xil konkret holatlarda uning komponenetlarining roli har xildir.
E.A.Drevyanko 1950 yillar oxirida mashq qilish omili ahamiyatli rol o`ynamaydigan , yaxshi o`zlashtirilgan mehnat faoliyatida to`liq javob beradigan Krepelin egri chizig`ining modifikatsiyasini taklif qildi.
U to`rtta sifatni farqlaydi: I- maksimal imkoniyatlar ; II- faoliyat mahsuldorligi, III- emotsional irodaviy kuchlanish, IV- toliqish
Bu sifatlar ishning oltita bosqichi o`tisihda har xil o`zaro ta`sir qiladi:
1.Ishlab chiqarish- ish qobiliyatining maksimal darajasining har qanday oshishida va mahsuldorlik o`sishning qator holatlarida
2-optimal ish qobiliyati maksimal imkoniyatlar darajasining nisbiy turg`unligi , mahsuldorligi va irodaviy zo`r berish:
3.To`liq to`ldirish – ish qobiliyatining pasayishini keltirib chiqaruvchi toliqish ko`rinishi , ammo irodaviy zo`r berish hisobiga faoliayat mahsuldorligini ko`rinmaydi.:
4.Turg`un bo`lmagan toliqish ning o`sishi maksimal ish qobiliyati pasayishining davomi, irodaviy zo`r berishning tebratish va irodaviy zo`r berish hisobiga ish mahsuldorligiga mos tebranish
5.Ishning davom qilish holatida mahsuldorlikning progressiv pasayishi maksimal imkoniyatlar pasayishi bilan faoliayt mahsuldorligi oldiniga oshadi va o`rtasida pasayadi.
6.Emotsional irodaviy zo`riqish vujudga keladi va toliqish oshib boradi.
Toliqish - mehnat faoliyatini bajarish jarayonida ish qobiliyatining pasayishi omilidir.U faoliyatga normal reaksiya hisoblanadi.Bunda mehnat yuqori va past toliqtiruvchibo`lishi mumkin.tez-tez toliqishni charchash bilan aralashtirib qo`yishadi, bu noto`gridir.
Charchash - toliqish natijasida vujudga keladigan kechinma psixik holatdir.
Charchash va toliqish darajasi faoliyatining ijobiy va salbiy emotsional foni hisobiga mos kelmasligi mumkin, ammo A.A.Uxtomskiy charchash - toliqish boshlanishi haqida aniq tabiiy ogohlantiruvchidir deb qaraydi.
Mehnat psixologiyasi uchun kasbiy toliqish muammosida o`ziga xos vazifa toliqish natijasida kirib keladigan, kasb faoliyati aniq elementlarini bajarish qobiliyati o`zgarishinin o`rganish hisoblanadi yoki boshqacha aytganda toliqish ta`sirida mehnat qobiliyati buzilishi o`zgarishini o`rganishdir.
“Qobiliyat buzilishi ’ tushunchasi – psixologik , u faoliyatning konkret turini xato harakatlarsiz bajarish imkoniyatini aniqlaydi:”ish qobiliyati ”tushunchasi insonlarda va hayvonlarda odatda ayrim ko`rsatkichlarda fiziologiya fani o`rganadigan biologik narsadir.
”Mehnat qobiliyati ”tushunchasi shu odam haqida barcha ma`lumotlar yig`indisi bo`yicha mehnat ekspertizasi bilan baholanadigan ijtimoiy narsadir.
Toliqish psixik holat sifatida har bir psixik funksiyalarda bo`lib o`tyadigan o`zgarishlarda ko`rinadi.
Master o`quvchilar mehnat rejimi va inu tashkil qilishga o`z vaqtida o`zgartirishlar kiritish uchun toliqishning asosiy belgilarini bilsihi zarur.
Toliqishning psixologik ko`rinishlariga quyidagilar kiradi:
1.Kuchlanishni his qilish .Inson mehnat ishlab chiqarishi tushib ketmayotgan vaqtida ham , uning ish qobiliyati pasayotganligini sezadi.O`ziga ishonchsizlik va a;lohida tortuvchi kuchlanish kechinmasini kechiradi. Ishini kerakli tarzda davom ettira olishga kuchi yetmasligini sezadi.
2.Diqqatning buzilishi bo`lib o`tadi.(Diqqat- toliqish alohida ko`rinadigan funksiyalardan biridir.)Insonga diqqatini biror bir narsaga to1`plash qiyin bo`lib qoladi, uning diqqati tez, xato yo`nalishda bir obektdan boshqasiga ko`chadi.
3.Sensor sohada buzilishi sezgirlikning pasayishi ko`rinishida kuzatiladi.Bular shu faoliyat yuqori darajada ishlatiladigan analizatorlarda paydo bo`ladi.(agarda odam to`xtovsiz o`qisa, unda , ko`zida qo`l bilan ishlash va taktil va kinestezik sezgilar pasayishiga olib keladi.)
4.Motor sferada toliqish harakatlar sekinlashishiga va tartibsiz shoshqaloqlik harakatlarida , ularning ritmi buzilishida , harakatlar aniqligi va boshqarilishi susayishida , ularning avtoatik bajarilishi buzilishida ko`rinadi.
5.Xotira va tafakkur buzilishi ham ish bilan aloqador sferaga kiradi. Shu vaqtda tushunarli ediki, kasb maslahatining ilmiy asosi . Birinchidan, kasbni o`rganish, kasb faoliyatini psixologik va tibbiy analiz qilish va bu kasblarni sinflarga ajratish edi. Ikkinchidan, yosh odamlar shxsni o`rgnish ,ularning istaqlari , intilishi , qobiliyatlarini o`rganish metodlari ishlab chiqish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |