Psixologik trening


Vizualizatsiyani nima uchun qo‘llashadi?



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/192
Sana01.03.2022
Hajmi2,48 Mb.
#475833
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

Vizualizatsiyani nima uchun qo‘llashadi?
Opra Uinfri, Jim Kerri, Uill Smit kabi ko‘plab muvaffaqiyatli kishilar 
vizualizatsiyani muvaffaqiyatlarining bir qismi deb hisoblashadi. Sport 
ruhiyatshunoslari vizualizatsiya atletlar ko‘rsatkichlarini yaxshilash, qo‘rquvni 
yengish va jarohatlardan keyin tezroq tiklanishda yordam berishini qayd 
etishadi. U shifokorlarga xatolarning oldini olish, politsiyachilarga – zo‘riqishni 
kamroq his etish, musiqachilarga – tezroq va yaxshiroq chalishda yordam 
beradi. Ruhiyatshunoslar esa vizualizatsiyani quyidagi yo‘nalishlar uchun 
qo‘llashni tavsiya etadilar: 
yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
murakkab maqsadlarga erishish;
o‘zini nazorat qilish va ishonch hissini oshirish;
zo‘riqish vaqtida xotirjamlikka ega bo‘lish;
yangi reja va strategiyalarni ishlab chiqish.
Ratsional kishilar bu texnikaga ishonmasliklari mumkin. Chunki u ilmga 
asoslanmagandek ko‘rinadi. Aslida, vizualizatsiya yuqori ongga bog‘liq emas. U 
odam miyasiga ta'sir ko‘rsatadi, ilmiy ma'lumotlar ham buni tasdiqlamoqda. 
Vizualizatsiya miyaga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Olimlar miya tasavvur va haqiqatda sodir bo‘layotgan narsalarning 
farqiga bormasligini aniqlashgan. Biror narsani yodga olganda yoki kelajakdagi 
harakatlarni tasavvur qilganda miyamizda haqiqiy vaziyatda bo‘lgandagi 
kimyoviy moddalar ajraladi. Miyangiz o‘zini bir xilda tutadi. Uning uchun 
hodisani haqiqiy hayotda boshdan kechirayotganingiz yoki tasavvur 
qilayotganingizning ahamiyati yo‘q. Neyromediatorlar – miya tanaga aynan shu 
kimyoviy moddalar yordamida buyruq beradi, motor nazorati, diqqat va 
rejalashtirishni amalga oshiradi, kishini harakatga undaydi. 
Nevrologiyada tan olingan nazariyaga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan neyronlar bir-
biri bilan bog‘lanadi. Kelajakni tasavvur eta turib, miyada yangi neyron 
aloqalarini yaratasiz. Ular sizga fikrlash va o‘zgacha harakat qilish imkonini 
beradi. Xususan, vizualizatsiya retikulyar aktivatsion tizim – miyadagi 
ma'lumotni filtrlash va siz uchun muhim narsalarga e'tibor qaratadigan sohani 


79 
ishga tushiradi. Ana shuning uchun ham yangi ish yoki yangi mijozlar haqida 
o‘ylaganingizda imkoniyatlar kutilmaganda paydo bo‘ladi. 
Samarali vizualizatsiyaning bir necha asosiy jihatlari mavjud: 
O‘lchamga ega aniq maqsad belgilang:
Vizualizatsiya uchun rasm 
to‘plaganda uni maksimal darajada aniq bo‘lishiga harakat qiling. Masalan, agar 
kitob ustida tongda xotirjam ish olib borishni istasangiz, bu qachon sodir 
bo‘lishi va qancha vaqt davomida ishlashingizni tasavvur qiling. 
Detallarigacha tasavvur qiling: 
Qanday ishlashingiz va qadam-baqadam 
maqsadlaringizga erishayotganingizni tasavvur qiling. Iloji boricha ko‘proq 
detallar qo‘shing: qayerdasiz, nima kiyib olgansiz. 
Hislaringizni ishga soling: 
Xonaning hidi, yugurganingizdan keyin 
oyoqdagi jimirlashlar, nutqingizdan keyin yangragan olqishlar – bularning barini 
tasavvurda jonlantirishga harakat qiling. 
Ssenariy kabi yozing: 
Maqsadlarini qog‘ozda qayd etgan kishilar katta 
ehtimol bilan ularga erishadilar. O‘z vizualizatsiyangiz ssenariysini qog‘ozga, 
elektron ko‘rinishda yoki audioshaklda yozing. Uni takror ravishda tinglash yoki 
qayta o‘qish yanada aniqroq obraz xosil qilishda yordam beradi. 
Hodisa rivojining turli shakllarini ko‘rib chiqing: 
Kelajak haqida 
o‘ylaganingizda qo‘rquv, xavotir va shunday fikrlar paydo bo‘ladi: «Agar… 
bo‘lsa-chi…» Ularni tasavvuringiz yanada moslashuvchan bo‘lishi uchun 
qo‘llang. 
Xayoliy tarzda barcha ichki – quvvat va o‘ziga bo‘lgan ishonchning 
yetishmasligi va tashqi to‘siqlardan o‘ting. Masalan, vaqt, pul, vaziyatlar. 
Ularning har birini qanday yengib o‘tayotganingizni tasavvur qiling. Natijani 
detallarda tasavvur eting. Uni iloji boricha batafsil tasvirlang. Sizga xalaqit 
qilishi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘ylab ko‘ring. Barcha taklif va 
qo‘rquvlaringizni yozib chiqing. O‘zingizga bog‘liq bo‘lganlarinigina qayd 
eting. Reja tuzing. Har bir holat uchun hodisalar rivojining turli variantlarini 
o‘ylab toping. Masalan: «Agar sahnada yiqilib tushsam, o‘rnimdan turib, bu 
haqida hazillashaman. Yozayotgan vaqtimda telefon jiringlab qolsa, uni 
o‘chirib, keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman». 
Agar sizga vizualizatsiya texnikasi ham shubhali ko‘rinayotgan bo‘lsa, 
dastlab kichikroq maqsadga erishish uchun qo‘llab ko‘ring: 50 marta tortilishni 
o‘rganish, qo‘shimcha ish topish, yangi do‘st orttirish. U ishlashiga ishonch 
hosil qilgach, uni hayotingizning qolgan sohalariga doimiy asosda integratsiya 
qilishingiz mumkin. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish