Psixologik trening



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/192
Sana01.03.2022
Hajmi2,48 Mb.
#475833
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   192
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

“psixologik ta’sir”
termini, 
ya’ni muloqotchanlikni oshiruvchi terminlar ilk marotaba AQSHda K.Levin 
shogirdlari tomonidan Betelg’da o’tkazilgan treninglarda qo’llanilgan va ular T-
guruppa deb nomlangan. Ular asosida quyidagi g’oya yotardi: ya’ni ko’pchilik 
insonlar guruhlarda yashaydi va ishlaydi, ammo ko’p hollarda ularda qanday 
ishtirok etayotganlarining hisobotini bermaydilar, atrofdagi odamlar ularni 
qanday ko’rayotganligi va ularning reaktsiyalari aynan qilayotgan xulq-
atvorlariga javoban. K.Levin samarali o’zgarishlarni amalga oshirish uchun 
individual holatda emas, balki guruhiy holatda trening o’tkazishni ma’qul deb 
topadi va inson o’zini o’z ko’zi bilan emas, balki atrofdagilarning ko’zi bilan 
ko’rishga harakat qilishi kerak deydi. 


23 
Har qanday sharoitda ham shaxsning o’z boshidan kechirganlarini 
o’zgalarga ayta olishi va boshqa fikrlarni qabul qila olishi katta ijtimoiy 
ahamiyatga ega. G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan ‘T-guruh’lar metodi ham 
aynan turli hayotiy kazuslarni (hodisa) tahlil qilish vositasida fikrlar uyg’unligiga 
erishish va shaxsni tarbiyalash imkoniyatini yaratadi. 
Munozara metodlarining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, ular har 
bir shaxsning o’z nuqtai nazarini tahlil qilishga imkon yaratib, undagi 
tashabbuskorlik, muloqotdagi bilimdonlik hamda o’z aqliy potensialidan to’liq 
foydalanish imkoniyatini beradi. Ya’ni ushbu turkum metodlarning vazifalari ham 
uning ahamiyatli maqsadlaridan kelib chiqadi:
a) munozara qatnashchilarini real vaziyatlarni tahlil qilishga, asosiy, muhim 
narsani nomuhim narsadan ajratishga va muammoni anglashga o’rgatadi;
b) o’zgalar fikri, gapirish mahoratini kuzatish va shu asosida ular bilan 
hamkorlikda ishlashga undaydi;
v) muammoga talluqli rang-barang qirralarni ajratish, ular mohiyatini 
anglash imkoniyatini yaratadi;
g) muammoning turli muqobil yechimlari bo’lishi mumkinligini namoyish 
qiladi. 
Ayniqsa, axloqiy-ma’naviy mavzulardagi muammolarni hal qilishda 
munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik 
darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir. 
Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shaxsga 
alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech 
qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo’l 
qo’ygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi, 
munozaradan kelib chiqadigan xulosani va qarorni guruhning o’ziga havola 
qilish lozimligini unutmasligi zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim 
maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish faoliyatida, turli maslahat shohobchalari, 
o’smirlar va o’spirinlar tarbiyasi borasida keng qo’llanishi mumkin.
 
‘Munozara’ yoki ‘bahs’ so’zlarining mohiyati shundaki, ular doimo 
kishilar guruhini anglatadi, ya’ni har qanday bahs yoki munozara guruhda 
mavjud bo’ladi. Lekin ijtimoiy psixologiyada (asosan) guruhlarning ikki turi 
bo’lib, ulardagi shaxslar soni va guruhning hajmiga ko’ra, katta va kichik 
guruh turlariga ajratiladi. Ijtimoiy psixologik treninglar o’tkaziladigan maxsus 
guruhlar ‘T-guruhlar’, deb yuritiladi. Lekin an’anaviy ‘T-guruhlar’ kishilar 
sonining ozligi va bevosita muloqot sharoitlarining yetarli ekanligi bilan 
tavsiflanadi. Shunday bo’lishiga qaramay, ko’pincha real amaliyotda psixolog 


24 
shunday guruhlar bilan ishlashiga to’g’ri keladiki, undagi odamlar soni 
belgilangandan ko’proq bo’ladi. Shunday qilib, T-guruxlarda munozalarni 
tashkil etishning ayrim o’ziga xos tomonlari va turlari mavjuddir. 
Kichik,
 
tor doiralardagi kompakt (ixcham) guruhlarda uyushtirilgan 
munozaralarning erkin mavzuli, yo’naltirilgan va aniq ssenariyli disput 
turlari mavjud bo’lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining 
muloqot 
tajribasiga bog’liqdir (‘disput’ so’zining lug’aviy ma’nosi 
“fikrlayapman”, ‘tortishyapman’, degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi 
munozarada asosiy narsa guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, 
har birining o’z fikr-mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining 
borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o’tirib, mavzuning yechimi 
batamom hal bo’lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo’lishi mumkin. 
Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib 
chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo’lishi mumkinligini unutmasligi 
zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda, ko’pincha bahs ishtirokchilari uchun 
tabiiy sharoitlarda o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Agar T-guruh odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 kishigacha) 
bo’lsa, unda munozarani uyushtirishning o’ziga xos tomoni bor. Bu holda 
bahs guruhi shartli ravishda a’zolarga aniq mavqelari bayon qilingan holda 3 ga 
bo’linadi. Birinchi guruh – “fikrlarni jamlovchilar” - generatorlar guruhi 
deyiladi; ikkinchisi “tanqidchilar” va uchinchi guruh “fikrlarni tezlatuvchilar 
katalizatorlar” deb ataladi. Har bir ajratilgan guruhning o’ziga xos 
funksiyalari bor: “‘generatorlar” o’rtaga tashlagan muammo yoki baxs mavzusi 
bo’yicha o’zlaridagi barcha fikrlarni o’rtaga xolis tashlaydilar. Guruh 
a’zolaridan biri ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo’lingan taqdirda ham, ularni 
umumlashtirib bayon etadi. So’ngra o’yinga “tanqidchilar” kirishadi. Ularning 
vazifasi - eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai 
nazardan ular ichidagi “mag’zni” va “puchak” fikrlarni saralash. Shundan keyin 
vaziyatga 
qarab, 
yana 
so’z 
“generatorlar”ga 
yoki 
“katalizatorlar”ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo 
hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo’rin fikr bo’lsa, yoki mohiyatan shu 
mavzuga 
aloqador bo’lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, 
tomonlar diqqatini qaratish kerak bo’lsa, bahsni davom ettirishga ruxsat berish 
va uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhning oyiniga baho bergan holda 
munozarani to’xtatish – “katalizatorlar”ning vazifasidir. Ular ko’pincha ikkala 
guruh uchun xolis “hakamlar” r'olini ham o’ynashlari mumkin. 


25 
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy-ma’naviy 
mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash, imkoniyati bo’lsa, 
suhbatdoshlarni uchburchak - berk stol atrofiga to’plash mumkin
.
Demak, 
bahslashuvchilarning fazoviy joylashishlari ham bu o’rinda ma’lum ahamiyat 
kasb etadi. 
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli 
ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr 
almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga 
muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o’laroq, 
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni 
o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining 
faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning 
yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda 
uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga 
boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart. 
Psixologik treninglarni qo'llash tajribasi rus psixologlarining asarlarida o'z 
aksini topgan. Jumladan, G. A. Kovalev (1980; 1989; 1996), L. A. Petrovskiy 
(1982; 1989; 1996), Yu. A. Emel’yanova (1983; 1985; 1991) , X. Mikkina 
(1981; 1986), T. S. Yatsenko (1987), V. P. Zaxarova va N. Yu. Xryashcheva 
(1989); A.P. Sitnikova (1992; 1996), G.I. Marasanova (1995), V. Yu. 
Bol’shakova (1996), S.I.Makshanov (1997), I.V.Vachkova,V. G. Romek (2002), 
E. V. Sidorenko (2001; 2002) va boshqalar tomonidan psixologik treninglar va 
ularning imkoniyatlari haqida fikrlar bildirgan.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish