Psixologik trening



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/192
Sana01.03.2022
Hajmi2,48 Mb.
#475833
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

: siyosiy, 
mafkyraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar.
Bu taassurotlar 
mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo’lmish shaxslar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlarning ayrim alohida yo’nalishlarini belgilab beradi. 
Shaxsga talluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, 
ijtimoiy ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib, so’ngra shu 
ta’sirlarlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson 
bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy 
muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, 
huquq, axloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, 
an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga 
ko’pchilik mitloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bunday qoidalar va 
normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, 
ta’qiqlanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan 
barcha tartib – qoidalarni qabul qiluvchi sub’ekt bo’lsa, jamiyat – ijtimoiy 
intizom ba tartibning, madaniyatning mufassal korinishidir.
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish 
ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni 
amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy 
dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish 
jarayonining sub'ektiga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni 
shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari 
mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish 
samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining 
mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy 
psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham 
mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, 
mutafakkirni ham, aqli zaifni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini 
ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ 
deb hisoblash lozim. 
Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" 
darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini 
anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta 
yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy 
malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.


157 
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol 
munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi 
muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar 
emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi 
muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina 
qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli 
qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy 
mayllar bilan bog’lasa, shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi 
to’g’ri hal qilib beradi. Ya’ni inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning 
ehtiyojlar, deb tushuntiradi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik 
mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) 
tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli 
bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan 
qat'iy nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. 
Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning 
mahsuli sifatida) turli-tuman mohiyatli har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning 
toifalarga aloqadorligi kelib chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va 
boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik 
faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, tirik mavjudotlarning o’z 
imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining 
tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasini keltirib o’tish 
zarur. 
Sog’lom munosabat, sog’lom ruhiyat, yangicha fikrlash, yangicha 
tafakkur, o’qish, o’qitish, eskicha steriotip, qaror qabul qilish, aqllilik, farosat, 
xushyorlik, tahlil qilish.
Ma’lumki, bugungi tub islohotlar sharoitida yoshlar tarbiyasida o’zini o’zi 
boshqarish muammosi katta ahamiyatga ega. Uning samaradorligi shaxslararo 
sog’lom, samimiy munosabatlar mavjud bo’lishini taqozo etadi 
Sharq mutafakkirlarining shaxs to’g’risidagi psixologik qarashlari mohiyat 
e’tiboriga ko’ra, g’arb psixologlarining ijtimoiy yondashuvlaridan farq qiladi. 
Qadimgi sharq kishisi uchun o’zlikni anglash, ma’naviy komillikka erishish, 
mustaqillik tushunchasi moddiy borliqdan voz kechish, tashqi dunyo 
tashvishlarini inkor etish, o’zlikda sokinlik topishga intilish harakatlaridan 
iboratdir.
Sharq kishisi uchun individualizm hamisha halokat, jamoada uyg’unlashuv 
esa sokinlik va bexavotirlik omili bo’lib kelgan. Jamoaviy xavfsizlikni 


158 
ta’minlash ehtiyoji Sharqda juda qadimgi davrlardayoq davlatchilik tizimlarini 
tarkib toptirdi. 
Buyuk mutafakkir olim Abu Nasr Forobiyning qarashlarini o’rganishda 
shaxs xislatlari to’g’risidagi ijtimoiy fikrlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Forobiy o’zining ijtimoiy qarashlarida shaxsning tuzilishi, ruhiyati, 
moddiy va ma’naviy olamini o’rganishga katta e’tibor bergan.
Forobiy ta’limotida shaxs barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va 
kuchga – ruhiy quvvatga – aql va so’zlash qobiliyatiga ega, bu kuch uni 
tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan hokim bo’lish 
imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan 
boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga 
alohida e’tibor beradi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida shaxsdagi 
insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil inson voqea va 
hodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish 
ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat 
bag’ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni 
mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish