Psixologik trening



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/192
Sana01.03.2022
Hajmi2,48 Mb.
#475833
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   192
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

Tayyorlov bosqichi
. Bu bosqich o

z ichiga kollaj texnikasi bilan tanishuv, 
uning yaratilishi uchun materiallarni tayyorlash (vatman, jurnallardan, kesib 
olingan materiallar, yelim, qaychi, flomaster)ni oladi. Maskur bosqichning 
asosiy maqsadi - ishni tashkil etish va ijodiy ustanovkani yaratishdir. 
Instruktiv bosqich
- kollaj yaratishning boshlang‘ich qismi bo‘lib bir 
tomondan vazifa mavzusining tushunarli va aniq tushuntirishni taqozo etsa, 
ikkinchi tomondan, xavfsizlik, ishonch hissini bag‘ishIovchi ijodiy muhitni 
yaratish bilan belgilanadi. Ijobiy munosabatlar ish jarayonidagi tanqidiy 
tanbehlarning bo‘lmasligi, ishning boshlang‘ich bosqichida ijobiy baholash, 
jurnal, rasm, tasvir va yozuvlami tanlashdagi ixtiyoriylik ushbu bosqichidagi 


75 
muhim qadamlardir. Psixologning asosiy ustanovkasi: Siz xohlagan ishingizni 
bajarishingiz “mumkin”, noqulayliklarni yuzaga kelmasligi uchun psixolog 
guruh a’zolaridan tartiblikni, tozalikka roiya qilish, tinchlikni saqlash kabi 
buyruqlardan o‘zini tiyishi, aksincha, ochiqlik va ijodiy tartibsizlikni qollab 
turishi lozim. Bu ishtirokchilarga o‘zlarini tinch va erkin his etishlariga hamda 
ishga bajonidil kirishish imkonini beradi. 
Vazifani bajarilish bosqichida psixolog guruh ishini kuzatib borishi 
mumkin. Shu o‘rinda u yo passiv kuzatuvchi sifatida namoyon bolib, o‘zining 
jarayonga bolgan ta’sirini kamaytirishga harakat qiladi. Kerak bolgandagina, 
ba’zi hisobot yoki bayonnomalarni amalga oshirishi mumkin yoki faol 
kuzatuvchi bolib, guruhlar bilan o‘zaro aloqaga kirishadi, o‘z fikriarini bildiradi, 
o‘z g‘oyalari bilan qollab quvvatlab turadi. Ba’zi hollarda, agar psixolog oldida 
faqatgina guruh a’zosi bolibgina hal etishi mumkin bolgan vazifa tursa, masalan, 
psixologik jamoani jipslashtirish, u qo‘yilgan vazifani ijodiy jarayonni bevosita 
ishtirokchisi sifatida hamma bilan birga bajarishi mumkin. 
Muzokara va tahlil bosqichi
o‘z ichiga quyidagilami kiritadi: birinchidan, 
ishchi guruh bilan birga ifoda etish, bunda ular kollajning asosiy g'oyalarini 
ta’riflab, o‘zlarini uning yaratilishdagi fikrlari va kechinmalarini guruh ishining 
hususiyatlari (guruhli qarorni qabul qilinishi, guruhdagi munosabatlar, 
munozarali masalalarni hal etilishini) so‘zlab beradilar. Ikkinchidan, boshqa 
guruh ishtirokchilarining qayta aloqasi, ularning kollajni yaxlit holda yoki 
alohida qismlarini tushunish. Pedagog-psixolog bu bosqichda ishtirokchilarni 
muzokaraga chorlaydi, ularni o‘z fikriarini bayon etishga yo‘naltiradi, guruhiy 
muzokarani tashkil etib, u o‘z oldiga qo‘ygan vazifalardan kelib chiqqan holda 
suhbatni kerakli maqsad tomon yo‘naltiradi, Masalan, agar asosiy vazifa 
jamoaning jipslashuvi bilan belgilansa, psixolog savollari ham- koplikdagi 
faoliyatga ko‘maklashuvchi mexanizmlar, strategiya va tantanalar masalasiga 
qaratiladi. 
Kollaj interpritaisiyasi, tahlilning muhim qismi bolib, u psixologik 
tomondan qayta aloqa sifatida beriladi hamda psixoterapevtik vazifani bajaradi, 
U bir kishi yoki guruh muammosini hal etishga yo‘naltiriladi. U yumshoq 
tarzda, ijobiy baho, qollab-quvvatlash ruhida bolishi kerak. 
Psixolog kollaj texnikasidan psixodiagnostik maqsadlarda ya’ni shaxs va 
guruh haqida axborot olish uchun foydalanishi mumkin.
Art therapy ning yana ko’pgina usullari ham mavjud bo’lib, bularga: 
izotopiya - bo'yash va chizish; 
rang terapiyasi - odamga turli xil rang farqlari orqali ruhiga ta'sir qiladi; 


76 
turli xil kompozitsiyalarni tinglashdan iborat musiqa terapiyasi; 
qum terapiyasi - qum bilan chizish; 
video terapiyasi - bu qahramon bir xil muammolarni aks ettirgan videoni 
ko'rishni anglatadi; 
o'yin terapiyasi - o'yin jarayonida zarur aqliy vazifalar shakllanadi; 
biblioterapiya - bu usul so'zli davolash uchun adabiyotlardan 
foydalanadi; 
ertakterapiya - ertaklarning tarkibi, mavjud bo'lgan ishlarning tahlili; 
maskoterapiya - bemorning yuzining miqyosi belgisi qo'llaniladi, bu o'z 
his-tuyg'ularini va tajribalarini zarur kanalga yo'naltirish imkonini beradi; 
fototerapiya - fotosuratlar, kollajlar yaratish; 
raqs terapiyasi–jismoniy harakatlar orqali vujudga kelgan muammolarni 
chiqarib yuborish. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish