Biriichidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib bormoqdamiz. Axborotlarning kunligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatiliish tezligi va tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tigiz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporatsiyalar asri bo’lmoqda, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporatsiya insonlarning o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p hollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda “odam-odam” dialogi faoliyatning samarasini belgilandi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o’rgatish, ya’ni ijtimoiy psixologik trening masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning hamjamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi.
Treninglar - shaxsiy, o'quv va kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lum ko'nikmalarni yaratish, rivojlantirish va tizimlashtirishga
qaratilgan intensiv, qisqa muddatli o'quv mashg'ulotlari hisoblanib, trening jarayonining asosiy manbasi shaxslararo muloqot, munosabat hisoblanadi.
Trening insonga eng ko'p yo'naltirilgan investitsiya hisoblanadi, chunki trening jarayonida inson muayyan maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shaxslararo munosabatlarda shakllantiradi. Trening mashg'ulotning turli shakllarini - ma'ruzalar, vaziyatlarni tahlil qilish, biznes o'yinlari, shaxsning muayyan muammolarini hal qilishga qaratilgan zarur ko'nikmalarni rivojlantirish uchun turli mashqlar to’plamidir. Muloqot treninglarining turli shakllarining mohiyati an'anaviy mashg’ulotlarga qaraganda ancha samarali chiqishini ta’minlaydi. Jumladan:
muloqot jarayonida axborot almashish;
o'zaro ta'sir va o'zaro tushunish;
samarali aloqa ko'nikmalarini rivojlantirish;
muloqotda to'siqlarni engib o'tish istagini uyg'otish;
inson hayotiy ehtiyojlaridan biri bo'lgan aloqaga qiziqish;
har xil aloqa vaziyatlarida aloqa o'rnatish imkoniyatlarini kengaytirish;
boshqa odamlarni, o'zlarini, shuningdek odamlar o'rtasidagi munosabatlarni tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish;
samarali tinglash ko'nikmalarini o'zlashtirish;
o'zini o'zi bilish va o'zini anglash jarayonini faollashtirish;
Muloqot bu murakkab, ko'p qirrali jarayon bo'lib, unda ma'lumot almashish, o'zaro ta'sir, o'zaro tushunish anglanilib, shaxslar o’zaro aloqa jarayonida o’zlarining ehtiyojlari uchun muhim bo’lgan imkoniyatlarni o’zlashtirib oladilar. Kishilar muloqot jarayonini qiziqarli, ko'ngilochar, zarur va jonli ehtiyoj ekanligini, suv va ovqatga bo'lgan ehtiyoj kabi muhimligini yaxshi biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |