Guruhda tranzakt tahlil. Bu nazariya E.Bern tomonidan ishlab chiqilgan. U asosan ijtimoiy muammolar va munosabatlarni ijobiylashtirishga qaratilgan. E.Bernning fikricha, odam hayotida uch xil pozitsiyadan iborat rolni o’ynaydi: “ota-ona”, “katta odam” va “yosh bola.” Odam hayotida shu
pozitsiyalardan biriga asoslanib faoliyat ko’rsatishga o’rgangan. Vaziyatga qarab bu pozitsiyaar o’zgarib boradi. Ya’ni bolada yoshligidan katta odam haqidagi tasavvuri asosida “katta odam” pozitsiyasi, ota-onaning ta’sirida esa “ota-ona” pozitsiyasi vujudga keladi.
Bolaligidan to’plangan tajriba bolaning shaxsiy pozitsiyasini vujudga keltiradi va bu narsa uning munosabatlarida namoyon bo’lishi mumkin. Masalan: bir odam boshqa odamga ota-ona pozitsiyasidan turib maslahat qilsa, boshqasi esa bola pozitsiyasidan turib javob qilishi yoki qarama-qarshilik mavjud bo’lsa, u holda boshqa pozitsiyalarning biridanjavob berishi ehtimol. Qarama-qarshilik, ya’ni tranzaktsiyalarning qarama-qarshi kelishi konflikt (nizo)larning oldini olish rollarni ijro etmasdan turib, yashash uchun o’zidagi “katta odam” pozitsiyasini anglab yetganidagina rivojlantirishi mumkin. Bu metod odamning munosabatlarini anglashga yordam beradi.
Psixodramatik yo‘nalish. Psixodrama - 20-yillarda Moreno tomonidan ishlab chiqilgan metod bo’lib, u guruhiy psixoterapiyaning shakllanishiga asosiy turtki bo’lib xizmat qilgan.
Bu metoda mijozning ruhiy olamini o’rganish uchun psixodramada guruhiy dramatik improvizatsiya qo’llaniladi. Psixodramada mijoz o’z dolzarb muammosini guruh bilan o’ynab ko’rishi mumkin.
Masalan, mijozning muammosi otasi bilan gaplashish bo’lishi mumkin. Terapevt rejissyor sifatida rollarni bo’lib beradi. Sharoitga qarab odamlar predmetlar rolida stol, stul, lampa va boshqalar ota rolida chiqishi mumkin. Ota rolini o’ynovchi mijozga otasining xususiyatlari aytiladi va u vaziyatni o’ynab ko’radi, keyin boshqa vaziyatni kuzatib turgan guruh a’zolari o’z variantlarini ko’rsatishadi. Yoki bo’lib o’tgan voqeaning mijozda kuchli his uyg’otgan tomonini o’ynab ko’rsatishadi. Shunisi qiziqarliki, bu hodisa o’ynalayotganda mijozda o’sha his boshdan kechirilishi, xatto u xushidan ketib kolishi mumkin.
Psixodramaning maqsadi ham, Moreno fikricha, mijozda kuchli tuyg’u va hislar kechishini uyg’otish orqali tajribani yanada takomillashtirishdir. Psixodramada roli o’yin uslubi qo’llaniladi. Bunda o’yin spontan va ijodiy kechadi. Bu narsalar oz ichiga adekvat javob berishni va yangilikni oladi. ‘Tele psixodrama’ proektsiya sifatida qollanuvchi tushunchadir, ya’ni rollar o’ynalishi davomida olamga boshaa odam ko’zi bilan qarash g’oyasi yotadi.
Katarsis - kuchli hisni boshdan kechshunishirish bo’lib, uning natijasida insayt yo’li bilan muammoni yangicha tushunish kelib chiqadi. Ko’pincha “Monolog” va ikkinchi “Men” metodlari ishlatiladi. Rollar almashtirib boriladi va oxirida fikr almashish orqali yangi bilim va yangi xulq- atvor egallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |