Psixologik trening



Download 0,66 Mb.
bet74/168
Sana31.03.2022
Hajmi0,66 Mb.
#520401
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Intrektsiya. Intrektsiya odamning tashqi olamdagi narsalarni birovlar obroyiga asoslanib qabul qilib olishi hisoblanadi. “intrekt - singmay qolgan, chaynalmagan ovqatga o’xshaydi”, deb yozadi Peres. Intrektni anglash ham muammoni yechishga yordam beradi. Masalan “Qiz bolaning sochi uzun bo’lishi kerak” degan interekt bo’lishi mumkin. Bu narsani anglamasdan qabul qilgan qiz chiroyli bo’lishi uchun sochini kestiradi va vijdon azobida qoladi. Buni tushunib yetishi uni vijdon azobidan qutqaradi.
Proeksiya. Proeksiya-interektsiyaga qarama-qarshi o’z fikrini boshqalarning fikrlari deb qabul qilishdan iborat. Masalan, hammaga qarama- qarshi turadigan odam “Boshqalar ham menga qarshi” degan fikrda bo’lishi mumkin. Boshqalar bunday fikrda bo’lmasada, u o’z fikrlaridan qaytmaydi. Peres proektsiyaning oldini olish uchun “Uz fikriga javobgar qilish” degan goyani ilgari suradi. Javobgarlikni qabul qilish orqali, ya’ni muammo o’ziniki ekanligini qabul qilish natijasida mijoz yetulikka erishishi mumkin. Geshtal’tterapiya - shaxsning o’zligini anglashga, anna shu orkali uz muammolarini “shu yerda va hozir” hal qilishga yordam beruvchi metod hisoblanadi.

  1. Guruhiy tahlil yo‘nalishi. Guruxiy psixoterapiya termini Yakob Moreno tomonidan psixologiya faniga olib kirilgan. Psixologiya fani insonning ruhiy olami, xulqi, insonlararo munosabatni o’rganadi. Uning amaliy yo’nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o’sishiga yordam beruvchi bir qancha jabxalarni o’ziga qamrab oladi va tekshiradi. Psixoterapiyadan farq qilgan holda, bu yo’nalishlar o’z oldiga maqsad qilib ruhan nosoglom odamni emas, balki soglom inson shaxsining kamol topishini, insonning o’zligini anglashga yordam berishni masad qilib qo’yadi. Mazkur amaliy psixologiya yo’nalishida klinik psixologlar va psixolog kontsul’tantlar fanning sunggi yutuqlariga tayanib ish olib boradilar. Jamiyat taraqqiyoti, Fan-texnika revolyutsiyasi , iqtisodiy uzgarishlar insonning ruhiy ekologiyasiga ba’zan salbiy ta’sir qiladi. Agarda bunday salbiy ta’sirlar yig’ilib qolsa, “Toma-toma ko’l bo’lur” deyilgandek, odamnmng ruhiyatida o’zgarishlar sodir bo’lib, ruhiy qusurlik darajasiga yetishi mumkin. Shuning uchun kasallik paydo bo’lishidan ilgari uning oldini olsa, u holda insonning barkamol shaxs bo’lib yetishuviga shart-sharoit yaratiladi. Bu esa amaliy psixologiyaning vazifasidir.

Mashhur yo’nalishlardan biri venalik psixolog Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan psixoanalizdir. Psixoanaliz ta’limoti bo’yicha insonning asosiy ehtiyoji - bu seksual (shaxvoniy) ehtiyojlardir. Jamiyat axloq normalarining bu ehtiyojlarga qarama-qarshiligi natijasida inson shaxsida turli xil ruhiy kamchiliklar paydo bo’ladi, deb hisoblaydi. Z.Freydning fikricha, bu jarayon ongsiz holda kechadi, ya’ni odam o’zida bu narsalar kechayotganligini anglab yetmaydi.
Insonning har bir xatti-harakati “ U”, “Men”, “Mening menligim” lar o’rtasidagi konfliktlar (ziddiyatlar) natijasi deb taxmin qilinadi.
“U” - biologik ehtiyojlar, “U”ning tabiati asosan ongsizdir.
“Men” - tashqi muhit bilan muloqotdan hosil bo’lgan rhxiy tuzilmadir. “Mening menligim” - ijtimoiy muhit va bu muhit ta’sirlarining to’siqlaridir. Z.Freydning fikricha shu narsalar orasidagi qarama-qarshiliklar, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Psixoanaliz nazariyasi psixodinamik yo’nalish qatoriga kiradi.Psixodinamik yunalish tarkibiga yana Adlerning individual psixologiyasini va Yungning analitik psixologiyasini kiritish mumkin.
T. Adler Z.Freydning shogirdi, keyinchalik esa undan ajralib o’z nazariyasini ishlab chiqqan olimdir. Uning fikricha, odamda asosan hukmdorlikka intilish hissi ustun turadi. Bolalikdagi bunday intilish unda o’zini toliq anglamaslik hissini paydo qiladi. Natijada u kattalarga nisbatan o’zini kamsitilgan deb hisoblaydi. Mazkur psixologik holat odamning bundan keyingi hayotida muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ayrim odamlarda bu his kamsitilganli majmuasini (kompleksini) keltirib chiqarsa, boshqalarda esa ustunlik majmuasini (kompleksini) keltirib chiqaradi. Adlerning fikricha, bu ikki majmua inson faoliyatining asosidir.
Psixolg Yung ham Freydning shogirdlaridan biri edi. U ham alohida bir yo’nalish, ya’ni analitik psixologiyani ishlab chiqqan. Yungninig fikricha, libido (jinsiy aloqaga intilish) inson yashashi, turmush kechirishi uchun zaruriy ehtiyojlar energiyasidir. Uningcha, libido faqat seksuallikdan iborat emas. Chunki Yung jamoviy ongsizlik mavjud bo’lishini ko’rsatib o’tadi. Yungning fikricha, shaxs individualizatsiya, ya’ni uzoq davom etuvchi psixologik rivojlanish jarayoni orqali o’zini anglaydi.
Psixoanalizning terapiya sifatida qo’llanilishi murakkab va uzoq kechadigan jarayon hisoblanadi.
Psixoanalitik terapiyada 5 ta asosiy holatni ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Mijoz bilan chuqur hissiy munosabatga kirishish. Mijoz bu holat kechishida o’zining ijobiy va salbiy hislarini terapevtga yunaltirishi uchun imkoniyat paydo bo’ladi. Buning natijasida mijoz terapevtga o’zining hayot tajribasini proektsiya qiladi. Masalan onasini rashk qilgan bo’lsa, terapevtni o’z otasi deb, ongsiz ravishda yomon ko’rib qolishi mumkin.

  2. Tushlarni talqin qilish. Tushlar, Freydning fikricha, ongsizlik zonasiga yo’ldir.

  3. Erkin assotsiyalar - mijoz bir-biri bilan boglanmagan fikrlarni bildiradi. Terapevt uni erkin holda eshitib turib xulosa chiqarishi lozim.

  4. Terapevt mijoz karshiliklarini aniqlab, uning sababini tushunib yetishi kerak.

  5. Terapevtning tushuntirishi natijasida mijoz bolaligida bo’lgan hodisani ob’ektiv ravishda boshidan kechirganday his etib, katarsis oqibatida kasallik yo’q bo’lib ketishiga olib kelish jarayonidir.

Guruhiy yo’nalishda, yuqorida ko’rilgan terapevtik yo’nalishlarning aksariyatidan foydalaniladi. Guruhiy yunalish faqat rhxiy kasallar bilan emas, balki sog’lom, o’zini shaxsan rivojlantirishga va anglashga, muammosini yechishga intiladigan odam bilan ishlashga ham qaratilgan. Guruhiy yo’nalishning ustun tomoni shuki, unda terapevt emas balki guruh a’zolari muammoni yechishga yordamlashadi, ya’ni boshqalar muammosini hal qilish orqali o’z ruhiy olamini boyitishadi. Bizda guruhiy yo’nalish ijtimoiy psixologik trening deb nomlanadi.
Hozirda Respublikamizning barcha viloytlarida ham trening guruhlari bilan ishlash asta-sekinlik bilan rivojlanmoqda, jumladan, ta’lim va tarbiya, tibbiyot, oilaviy munosabatlar sohalarida, turli tashkilotlarda tadbiq qilinmoqda, biroq bu xali yetarli darajada emas. Chet ellarda guruhiy trening ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan, shulardan ayrimlariga to’xtalib o’tamiz. Guruhiy trening odamning boshqalar xaqidagi tasavvurini o’zgartirib, yangi xarakat shakllarini, ya’ni jamiyatning kichik modelini guruhda o’rganish metodidir.
Guruhiy psixoterapiyada asosiy narsa guruhda labilizatsiya, ya’ni doimiy o’rganilgan harakatlardan kuchli hislar natijasida voz kechish va yangi xatti- harakat shakllarini qabul qilishi, boshqacha qilib aytganda, olamni tor kobiqdan chiqib idrok qilishdir.


  1. Download 0,66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish