Psixologik trening


Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish



Download 0,66 Mb.
bet68/168
Sana31.03.2022
Hajmi0,66 Mb.
#520401
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish. Bunga misol qilib aloqa bo'yicha trening guruhini keltirish mumkin. Ularning asosiy vazifalari:

  • muloqotda psixologik aloqani o'rnatish va qo'llab-quvvatlash qobiliyatini rivojlantirish;

  • boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlardagi o'zlarining imkoniyatlari va cheklovlarini bilish;

  • samarali aloqaga xalaqit beradigan ichki to'siqlar va qisqishlarni bilish va olib tashlash;

  • boshqa odamning xatti-harakatlarini oldindan bilish qobiliyatini rivojlantirish va boshqalar.
  1. Trening guruhlaridagi boshlovchilarni tayyorlash va attestatsiya qilish masalasi.


Treningni qanchalik samaradorligi trenerning tayyorgarligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy-psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog’lom munosabatlarning bo’lishiga erishishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs o’z ishini mukammal bilishi va faoliyat samarasini ta’minlovchi usullarni qo’llay olishi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shart va talablardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha qirralarini kasbiy va psixologik jihatdan mukammal darajada egallab, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo’llay bilishdir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, trening mashg’ulotlarini uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avvalo e’tibor berilishi zarur bo’lgan tomoni u yerda ijtimoiy psixologik trening olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan trening o’tkazuvchi mutaxassislarni shakllantirishdir. Shuningdek, trenerlarni tez – tez attestatsiyadan o’tkazib turish, ya’ni ularning nazariy va amaliy tayyorgarligini tekshirib turish maqsadga muvofiqdir. Chunki har bir shaxsning individualligi, ularga o’ziga xos ta’sir o’tkazish usullarini bilish, trening jarayonida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda udan samarali chish yo’llarini takomillashtirib borish treningni yanada natijaviyligini oshiradi.
Trening o’tish jarayonida qo’llaniladigan interfaol usullar, trening mashg’ulotlarida foydalaniladigan turli xil metodikalar, mashq va o’yinlarning tavsifi, ularni tahlil qilish usullaridan foydalanilishi, shuningdek, trening davomida yuzaga kelgan vaziyatlarni konstruktiv usullar orqali, operativ ravishda echimini to’ish qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Trener avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bundan inglizlar aytganidek: « O’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir» degan naqlni esdan chiqarmaslikdir, lekin bunda pedagogik alg’truizm ya’ni, o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati, o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Har qanday chigal yoki ziddiyatli vazi-
yatlardan chiqib ketishgina emas, balki uni oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslahat bera olishi, empatiya, ya’ni o’zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining mavjudligi, o’zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik, o’z xatti-harakatlarini doimo ma’lum maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish, o’zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va mohiyatlar harakatini to’g’ri talqin etish va tushunish, tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormasligi, rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, oldindan kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi, o’ziga ishonch, e’tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi ko’zda tutiladi.
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib chiqadi. Ya’ni u:

  1. avvalo ta’lim dasturiga ega bo’lishi kerak;

  2. dasturga mos ssenariylar tanlay bilish, kerak bo’lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e’tibor qaratish shart;

v) qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda dastur va ssenariylarga o’z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Trening ishtirokchilarini mashg’ulot boshlanishidan avval mavzu bo’yicha matnlar bilan ta’minlash va ma’ruzalarni iloji boricha trenerning o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma’qul, chunki bu yerda “nimaga o’rgatish” va “qanday o’rgatish” degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uyg’unlik bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb qilib bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovda ishtirok etgan bo’lishi va unda uning komunikativ mahorati, o’z-o’zini nazorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, hissiyotlarining muqobilligi, ularga ma’lum ma’noda turg’unlik xos bo’lishi shart. Tanlov umuman, xolis ekspertlar, trenerlarni tayyorlash kurslari ham nisbatan uzoq muddatga mo’ljallangan mashg’ulotlar ti- zimidan iborat bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik treningda samarali muloqotga erishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq:

  1. maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak, bu o’rinda guruhiy va individual maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudligiga e’tibor qaratilishi shart;

  2. ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya’ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo’ylik tamoyillariga e’tibor berish;

v) faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolar o’rtasidan teng taqsimlanishiga erishish, ya’ni guruhda yaqqol ko’zga tashlangan lider yoki doimo o’z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o’tkazishga harakat qilayotgan shaxsning bo’lmasligi;
g) ta’sir ko’rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik;

  1. qaror qabul qilish va munozaralarini yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining tashabbusini o’z qo’liga olish huquqidan foydalanishi;

  2. tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ulardan shakllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi;

j) guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha guruh a’zo lari tomonidan baholanishi o’yin munozarani yana davom ettirish yoki to’xtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda boshlovchi bu mas’uliyatni o’z bo’yniga olsa unda guruh o’z faoliyatidan qoniqmay qolishi mumkin;
z) birinchi guruh a’zolarining maksimal tarzda o’zini ko’rsatish, hattoki, o’zidagi yashirin emotsiyalarni va yangiliklarni namoyon etishga undash lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o’z individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin.
Shunday qilib, ijtimoiy-psixologik trening samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarni faol qatnashishlarini va o’zlarini erkin his qilishlariga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa boshlovchi, trener shaxsining psixologik xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham trenerda ijtimoiy- psixologik trening o’tkazish tajribasi yetishmasa, u o’ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, kattalar guruhi yoki noma’lum kishilar bilan ishlash uchun yetarlicha tayyorgarlik ko’rishi lozim. Chunki agar u o’z amaliy faoliyatini boshidayoq mag’lubiyatga uchratsa, hech qachon u trening mashg’ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu holat unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o’zi yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Boshlovchi ham o’z faoliyatini amalga oshirishda yuqorida ta’kidlanganidek, ijtimoiy-psixologik
treningning turli shakllaridan ma’qulroq turidan boshlashi mumkin. Masalan: o’zidan yosh bo’lgan bolalar guruhida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli hayotiy muammoli masalalarni muhokama qilishga o’rgatish mumkin. Psixodramatik o’yinlar, ayniqsa, sotsiadramalar shaxsdan yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ishlash tajribasini talab qiladi.
Boshlovchi trenerdan talab qilinadigan psixologik kasbiy faoliyatning asl mohiyati shundaki, odamlar ko’ziga, xatti-harakatiga qarab, ularning niyat va istaklarini, treningda ishtirok etish qobiliyatini taxminan oldindan chamalab olishi hamda o’yin davomida mohirlik bilan ular harakatini zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. Shuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya kurslarida tahsil olmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmagan shaxslar treningni boshqara olmaydilar. Bundan tashqari boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik, o’z manfaatini o’zgalardan yuqori qo’ymaslik, sabr, chidam, tezkorlik, fahm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar ma’lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida balki, ko’proq hayotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning barcha turlarida faol ishtirok etish natijasidangina qo’lga kiritiladi.


  1. Download 0,66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish