Treningda ruhiy jarayonlarning o‘ziga xosligi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, treningni qanchalik samarali chiqqanligi ishtirokchilarning ruhiy emotsional sohasida o’zgarishlarning hosil bo’lganligi bilan ham farqlanadi. Fan texnika rivojlangan davrda informatsiyalar, ehtiyojlarning qanchalik ko’payishi, ularni qondirilishiga nisbatan harakatlarning bir necha barobarga o’sganligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, shaxs o’zida kuchli zo’riqishlarni, charchoqni his qladi. Vaholanki, bu zo’riqishlarning bartaraf etilmasligi shaxsda asab zoriqishlari bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi.Oqibatda, shaxs o’zida ruhiy charchoqni his qilishi, hayotdan norizoligi, faoliyatida samarasizlik, nizolashuvchanlik, agressiya yoki bo’lmasa uning aksi bo’lgan, hayotga nisbatan befarqlik holatlarini namoyon qiladi. Hayotga pozitiv emas, balki negativ nazar bilan qaray boshlaydi. Bunday vaziyatlardan samarali chiqish usulidan biri bu – psixologik trening mashg’ulotlarida ishtirok etish, muammolarning echimini topish va o’zini katarsis holatiga tushurishdir.
Ko‘nikma va malakalar, ustanovkalarning o’zlashtirishini ta’minlovchi trening mashg’ulotlari hayotiy tajribani tashkil qiluvchi va faoliyat natijasi bo’lmish ichki chuqur ustanovkalar va qarshlarni o’rganish, shuningdek, o’zgartirishga yordam beruvchi mashg’ulot hisoblanadi. Bunday trening ishtirokchisi bo’lgan shaxsda kuchli, ilhomlashtiruvchi va shijoatli ustanovkalar paydo bo’aladiki, u bularning yordamida ekstraordinar (g'ayrioddiy) natijalarga erishadi. Inson bunday treninglar yordamida o’z hayoti va kasbi yuzasidan
ko’nikma va malakalarga ega boladi, yuzaga kelgan muammolarni turli xil mashg’ulotlar orqali aniqlab, echim yo’llarini izlaydi.
Har bir ishtirokchi guruhning boshqa a’zosi va trener ko’magida o’zining anglanmagan qo’rquvlarini aniqlaydi, ichki to’siqlarni engadi, boshqalar tomonidan qanday qabul qilinayotganligini bilib oladi.
Shaxsning munosabati, shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari (Men konsepsiya) doirasida . Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq-shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz — “Men” — obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
“Men” — obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridandir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilinsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi. O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarii baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, nomaqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi, xattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Men” — obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana unga shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, go’yoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati — aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |