Effektiv o‘zaro munosabatlar. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o’zlashtirish va o’z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. Shaxsning tafakkuri, olamni va o’zining obrazini tahlil qilish hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi.
O'z-o'zini tartibga solish - bu odamning o'ziga ta'sir qilishi so'zlar, aqliy tasvirlar, mushaklarning ohangini va nafas olishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladigan psixoemotsional holatni boshqarish.
O'z-o'zini tartibga solish natijasida uchta asosiy ta'sir paydo bo'lishi mumkin:
hissiy zo'riqishni bartaraf etish;
tiklanish samarasi (charchoq namoyon bo'lishining susayishi);
faollashtirish ta'siri (psixofiziologik reaktivlikning ortishi).
O'z vaqtida o'z-o'zini tartibga solish, haddan tashqari kuchlanish hodisalarining to'planishiga to'sqinlik qiladigan, kuchlarning tiklanishining to'liqligiga hissa qo'shadigan, faoliyatning hissiy holatini normallashtiradigan, shuningdek, tana resurslarini safarbar qilishni kuchaytiradigan psixogigienik vositaning bir turi bo'lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, muloqotning maqsadi va uning qay darajada amalga oshirilishiga karab samaradorligi haqida fikr bildirish mumkin. Ya’ni muloqot ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning qondirilishi, muammo yechimi bilan bog’liq vazifalarning bajarishiga asoslanib, muloqotning samarali yoki samarasizligi to’g’risida xulosa chiqarsa bo’ladi. Shaxslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o’zaro bir-birlarini tushunishga olib kelsa, bunday o’zaro munosabatlar samarali va foydali hisoblanadi.
Muomala jarayonining samaradorligini ta’minlovchi ijtimoiy psixologik omillar ichida shaxsning muloqot maromini egallash ko’rsatkichi muhim o’rin tutadi. Bu sifat muloqot savodsizligiga zid bo’lib, oxirgi xislat quyidagi omillarga bogliq:
o’zgalar mavqeida tura olmaslik, ularning hissiy kechinmalari, tuyg’ulari va munosabatlariga befarqlik;
o’z his tuyg’ulari va munosabatlarini boshqara olmasligi, o’z-o’ziga ma’suliyatning yo’qqligi, o’z-o’zini tahlil qilish imkonining zaifligi;
suhbatda har bir inson uchun bir qarashda tabiiy hisoblangan nutq qobiliyatining yo’qligi, ya’ni fikr-mulohazalardagi mantiq va uzviylikning mavjud emasligi;
eshitish qobiliyatining kuchsizligi, ya’ni birovga murojaat ma’nosida gapirish qanchalik buyuk fazilat va ma’shuliyatli faoliyat bo’lsa, o’zgalarni, suhbatdoshni tinglash ham shaxsdan qator sifatlarni talab qiladiki, tinglay olish uquvi ham suhbatni o’ziga og’dirishning muhim omilidir.
Yuqoridagi omillarning kuchiga e’tiborsizlik, o’zgalar mavqeyda tura olmaslik muomalada sub’ektiv hodisani keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham to’g’ri yo’lga qo’yilgan samarali muloqot va uni ta’minlovchi yo’l va vositalar ikkita asosiy kamchilikni bartaraf etishga xizmat qiladi.
har bir shaxs tafakkurining muqobil bo’lishi mumkinligini anglashi, ya’ni suhbatdosh avval boshdan o’zgalarda ham o’zining fikriga qarama-qarshi fikr bo’lishi mumkinligini tushunishi va bu narsa bilan hisoblashishi zarurligi;
o’z fikrlari va harakatlarining motivlari, ularning asl sabablarini anglash imkoniyati, ya’ni har bir shaxsda o’z shaxsiy tajribasi, hayotga sub’ektiv munosabatlari oqibatida ‘Ego’ - ehtiyojlar majmui shakllanib boradiki, u boshqalardagi ayni shunday ehtiyojlarga tubdan qarama-qarshi yoki qisman ziddiyatli bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi ikki holatning mavjudligini anglash ijgimoiy vaziyatlarda sodir bo’lishi ehtimoli mavjud hatoliklar va atributsiyalarning oldini oladi. Shunisi xarakterliki, aynan qarama-qarshi mavqelarning bo’lishi aslida hayotimizning mazmuni va uning serqirraligini anglatadi. Hayotiy, amaliy muomala qarashlarning aynan bir xilligini emas, balki ularning o’zaro solishtirish imkonini beradi. Ana shunday muloqotning samarasi tufayli odam turli ijtimoiy psixologik vaziyatlarda egiluvchan va moslashuvchan sifatlari bilan ongli ravishda shaxslararo ziddiyatlar va nizolarni bartaraf etadi.
Ijtimoiy psixolgiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu borada fanning o’z uslubi bo’lib uni asosini psixologik trening tashkil etishini yuqoridagi bo’limlarda keltirib o’tilgan. IPT – muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |