Psixologik trening asoslari


Effektiv o‘zaro munosabatlar



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

Effektiv o‘zaro munosabatlar.
Muloqot inson hayoti va faoliyatining 
muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o’zlashtirish va 
o’z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan 
obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. 
Shaxsning tafakkuri, olamni va o’zining obrazini tahlil qilish hamda baholash 
qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi.
 
O'z-o'zini tartibga solish - bu odamning o'ziga ta'sir qilishi so'zlar, aqliy 
tasvirlar, mushaklarning ohangini va nafas olishini nazorat qilish orqali amalga 
oshiriladigan psixoemotsional holatni boshqarish. 
O'z-o'zini tartibga solish natijasida uchta asosiy ta'sir paydo bo'lishi 
mumkin: 
- hissiy zo'riqishni bartaraf etish; 
- tiklanish samarasi (charchoq namoyon bo'lishining susayishi); 
- faollashtirish ta'siri (psixofiziologik reaktivlikning ortishi). 
O'z vaqtida o'z-o'zini tartibga solish, haddan tashqari kuchlanish 
hodisalarining to'planishiga to'sqinlik qiladigan, kuchlarning tiklanishining 
to'liqligiga hissa qo'shadigan, faoliyatning hissiy holatini normallashtiradigan, 
shuningdek, tana resurslarini safarbar qilishni kuchaytiradigan psixogigienik 
vositaning bir turi bo'lib xizmat qiladi. 
Ma’lumki, muloqotning maqsadi va uning qay darajada amalga 
oshirilishiga karab samaradorligi haqida fikr bildirish mumkin. Ya’ni muloqot 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning qondirilishi, muammo yechimi bilan bog’liq 
vazifalarning 
bajarishiga 
asoslanib, 
muloqotning 
samarali 
yoki 
samarasizligi to’g’risida xulosa chiqarsa bo’ladi. Shaxslararo munosabat 
muloqotga kirishuvchilarning o’zaro bir-birlarini tushunishga olib kelsa, 
bunday o’zaro munosabatlar samarali va foydali hisoblanadi. 
Muomala jarayonining samaradorligini ta’minlovchi ijtimoiy psixologik 
omillar ichida shaxsning muloqot maromini egallash ko’rsatkichi muhim 
o’rin tutadi. Bu sifat muloqot savodsizligiga zid bo’lib, oxirgi xislat quyidagi 
omillarga bogliq:
1) o’zgalar mavqeida tura olmaslik, ularning hissiy kechinmalari, 
tuyg’ulari va munosabatlariga befarqlik;


147 
2) o’z his tuyg’ulari va munosabatlarini boshqara olmasligi, o’z-o’ziga 
ma’suliyatning yo’qqligi, o’z-o’zini tahlil qilish imkonining zaifligi;
3) suhbatda har bir inson uchun bir qarashda tabiiy hisoblangan nutq 
qobiliyatining yo’qligi, ya’ni fikr-mulohazalardagi mantiq va uzviylikning 
mavjud emasligi;
4) eshitish qobiliyatining kuchsizligi, ya’ni birovga murojaat ma’nosida 
gapirish qanchalik buyuk fazilat va ma’shuliyatli faoliyat bo’lsa, o’zgalarni, 
suhbatdoshni tinglash ham shaxsdan qator sifatlarni talab qiladiki, tinglay 
olish uquvi ham suhbatni o’ziga og’dirishning muhim omilidir. 
Yuqoridagi omillarning kuchiga e’tiborsizlik, o’zgalar mavqeyda tura 
olmaslik muomalada sub’ektiv hodisani keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham 
to’g’ri yo’lga qo’yilgan samarali muloqot va uni ta’minlovchi yo’l va vositalar 
ikkita asosiy kamchilikni bartaraf etishga xizmat qiladi. 
- har bir shaxs tafakkurining muqobil bo’lishi mumkinligini anglashi, ya’ni 
suhbatdosh avval boshdan o’zgalarda ham o’zining fikriga qarama-qarshi fikr 
bo’lishi mumkinligini tushunishi va bu narsa bilan hisoblashishi zarurligi; 
- o’z fikrlari va harakatlarining motivlari, ularning asl sabablarini anglash 
imkoniyati, ya’ni har bir shaxsda o’z shaxsiy tajribasi, hayotga sub’ektiv 
munosabatlari oqibatida ‘Ego’ - ehtiyojlar majmui
 
shakllanib boradiki, u 
boshqalardagi ayni shunday ehtiyojlarga tubdan qarama-qarshi yoki qisman 
ziddiyatli bo’lishi mumkin. 
Yuqoridagi ikki holatning mavjudligini anglash ijgimoiy vaziyatlarda sodir 
bo’lishi ehtimoli mavjud hatoliklar va atributsiyalarning oldini oladi. Shunisi 
xarakterliki, aynan qarama-qarshi mavqelarning bo’lishi aslida hayotimizning 
mazmuni va uning serqirraligini anglatadi. Hayotiy, amaliy muomala qarashlarning 
aynan bir xilligini emas, balki ularning o’zaro solishtirish imkonini beradi. Ana 
shunday muloqotning samarasi tufayli odam turli ijtimoiy psixologik vaziyatlarda 
egiluvchan va moslashuvchan sifatlari bilan ongli ravishda shaxslararo ziddiyatlar va 
nizolarni bartaraf etadi. 
Ijtimoiy psixolgiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda 
katta e’tibor beriladi. Bu borada fanning o’z uslubi bo’lib uni asosini psixologik 
trening tashkil etishini yuqoridagi bo’limlarda keltirib o’tilgan. IPT – muloqot 
jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ 
malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi 
IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish