205
Xulqi og’ishgan o’quvchilar bilan psixologik korrektsion-rivojlantiruvchi
treninglar
“ Me o’zimni sevaman...” trening mashg’uloti
.
Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy
psixokorreksion faoliyatda
hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib
emotsional-hissiy
sohadagi
buzilishlar,
jumladan
aybdorlik
hissini
psixokorreksiya qilishda,
shuningdek, motivatsion sohani rivojlantirishda va
psixologik resurslarni shakllantirishda.
Ushbu mashg’ulotni bajara turib ishtirokchilar
har qanday vaziyatda ham
o’zlariga yaxshi munosabatda bo’lishlari kerakligini anglab yetishadi. U
ishtirokchilarga o’zlarining ijobiy tomonlarini aniqlashga yordam beradi.
Mashg’ulot orqali o’quvchida o’ziga (va atrofidagilarga agar trening guruhda
olib borilsa) ijobiy va adekvat munosabatda bo’lish ko’nikmasini
shakllantirishga erishish mumkin.
Mashg’ulot mazmuni:
Ishtirokchilarga (A4) formatdagi qog’oz markaziga o’zlarini chizishlarini
ayting.
So’ng quyidagi yo’riqnomani bering:
a) rasmingiz yoniga marker yoki qalam bilan o’zingizga
yoqadigan, siz
g’ururlanadigan bitta xislatingizni yozing. Gap istalgan narsa haqida borishi
mumkin: tashqi ko’rinish, shaxsiy xislatlar va h.k.;
b) endi qog’ozni teskari tarafini o’giring va u yerga o’zingizga
yoqmaydigan jihatlaringizni yozing;
v) qog’ozni yana o’giring. O’zingizga yoqadigan
yana bitta jihatingizni
yozing (yoqtirgan rangingizdan foydalangan holda). Varaqni yana o’girib,
o’zingizga yoqmaydigan yana bitta xislatingizni yozing (yoqtirmagan
rangingizdan foydalangan holda);
g) har bir taraflarga yoqtiradigan va yoqtirmaydigan jihatlaringizni
yozishni davom ettiring va kerakli ranglardan foydalaning;
d) har bitta yoqtirmagan jihatingizni yozib bo’lganingizdan so’ng, ularning
yuqori qismiga “Men o’zimni sevaman, hattoki...” deb yozing;
e) o’zingizga yoqmaydigan jihatlaringiz bo’lsa ham, chakki emasligingizni
tan oling. Kamchiliklar sizning harakatingiz tufayli paydo bo’lgan,
ular sizni
inson sifatida hech qanday ta’riflamaydi. Yodingizda bo’lsin, har qanday
sharoitda Siz suyukli bo’lishga arziysiz.
206
Shundan so’ng o’zi yozganlari asosida o’quvchi o’zini
taqdimot qilishi
kerak. Agar mashg’ulot guruhda olib borilsa ikki kishilik kichik guruhlarda
taqdimot qilish ham mumkin.
Taqdimot amalga oshirilgach trener so’zi:
har biringiz kuchli va zaif
tomonlaringizni aniqlab oldingiz. Umid qilamizki, har biringiz o’zingizga
kerakli
jihatlarni rivojlantirib, o’zgalar bilan munosabatda kerak bo’ladigan
ijobiy jihatlarni orttirasiz va eng muhimi o’zingizga ishonasiz!
Do'stlaringiz bilan baham: