: siyosiy,
mafkyraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar.
Bu taassurotlar
mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo’lmish shaxslar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarning ayrim alohida yo’nalishlarini belgilab beradi.
Shaxsga talluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi,
ijtimoiy ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib, so’ngra shu
ta’sirlarlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson
bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy
muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat,
huquq, axloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar,
an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga
ko’pchilik mitloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bunday qoidalar va
normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi,
ta’qiqlanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan
barcha tartib – qoidalarni qabul qiluvchi sub’ekt bo’lsa, jamiyat – ijtimoiy
intizom ba tartibning, madaniyatning mufassal korinishidir.
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish
ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni
amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy
dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish
jarayonining sub'ektiga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni
shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari
mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish
samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining
mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy
psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham
mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham,
mutafakkirni ham, aqli zaifni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini
ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ
deb hisoblash lozim.
Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya"
darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini
anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta
yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy
malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
157
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol
munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi
muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar
emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi
muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina
qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli
qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy
mayllar bilan bog’lasa, shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi
to’g’ri hal qilib beradi. Ya’ni inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning
ehtiyojlar, deb tushuntiradi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik
mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha)
tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli
bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan
qat'iy nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi.
Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning
mahsuli sifatida) turli-tuman mohiyatli har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning
toifalarga aloqadorligi kelib chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va
boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik
faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, tirik mavjudotlarning o’z
imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining
tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasini keltirib o’tish
zarur.
Sog’lom munosabat, sog’lom ruhiyat, yangicha fikrlash, yangicha
tafakkur, o’qish, o’qitish, eskicha steriotip, qaror qabul qilish, aqllilik, farosat,
xushyorlik, tahlil qilish.
Ma’lumki, bugungi tub islohotlar sharoitida yoshlar tarbiyasida o’zini o’zi
boshqarish muammosi katta ahamiyatga ega. Uning samaradorligi shaxslararo
sog’lom, samimiy munosabatlar mavjud bo’lishini taqozo etadi
Sharq mutafakkirlarining shaxs to’g’risidagi psixologik qarashlari mohiyat
e’tiboriga ko’ra, g’arb psixologlarining ijtimoiy yondashuvlaridan farq qiladi.
Qadimgi sharq kishisi uchun o’zlikni anglash, ma’naviy komillikka erishish,
mustaqillik tushunchasi moddiy borliqdan voz kechish, tashqi dunyo
tashvishlarini inkor etish, o’zlikda sokinlik topishga intilish harakatlaridan
iboratdir.
Sharq kishisi uchun individualizm hamisha halokat, jamoada uyg’unlashuv
esa sokinlik va bexavotirlik omili bo’lib kelgan. Jamoaviy xavfsizlikni
158
ta’minlash ehtiyoji Sharqda juda qadimgi davrlardayoq davlatchilik tizimlarini
tarkib toptirdi.
Buyuk mutafakkir olim Abu Nasr Forobiyning qarashlarini o’rganishda
shaxs xislatlari to’g’risidagi ijtimoiy fikrlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb
etadi. Forobiy o’zining ijtimoiy qarashlarida shaxsning tuzilishi, ruhiyati,
moddiy va ma’naviy olamini o’rganishga katta e’tibor bergan.
Forobiy ta’limotida shaxs barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va
kuchga – ruhiy quvvatga – aql va so’zlash qobiliyatiga ega, bu kuch uni
tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan hokim bo’lish
imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan
boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga
alohida e’tibor beradi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida shaxsdagi
insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil inson voqea va
hodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish
ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat
bag’ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni
mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |