Psixologik trening asoslari


Stress (ing. Stress- taranglik)



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/190
Sana06.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#642165
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

Stress
(ing. Stress- taranglik)
bu – psixik reaktsiya bo’lib, ya’ni boshqa 
sharoitga o’rganishni, o’tishni bildiradi. Hayotdagi o’zgarishlar, tez olib 
boriladigan ishlar odam organizmida reaktsiya keltirib chiqaradi. Stress 
organizmning total mobilizatsiyasi hisoblanadi, ya’ni o’ta og’ir, murakkab 
vaziyatdan 
chiqish 
yoki 
qiyin 
sharoitga 
moslashish. 
Stressorlar 
(qo’zg’atuvchilar) vegetativ o’zgarishlar – qon-tomirning urishi tezlashuvi, 
qonda qand miqdorining oshishi, qon bosimining ko’tarilishi va h.k. vujudga 
keltirib, organizmni intensiv harakatlarga tayyorlaydi. 
Stressni o’rganishga yondashuvlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi guruh mutaxassislari gomeostaz konseptsiyasiga nazariy tayanib, 
ko’proq klinik tajribadan kelib chiqadi. Olimlar stressni organizmning ichki 
holati deb ta’riflaydilar. Ushbu guruhga G. Sel’eni ishlarini kiritish lozim (bu – 
xos bo’lgan sindrom shaklida namoyon bo’luvchi holat bo’lib, u mazkur 
biologik tizim ichidagi barcha xos bo’lmagan o’zgarishlarning yig’indisini 
ifodalaydi, 1966).


166 
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog 
G. Sel’e (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati 
(adaptatsion sindrom- yunoncha syndrome belgi, alomat, ko’rinish moslashuvi 
demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga 
alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (latincha extremus 
favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi
murakkab jarayonlardagi stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil 
qilishgacha olib borishi, shunga o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat 
etish (prognoz yunoncha prognosis bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari 
G. Sel’e tomonidan o’rganilgan. 
Shuningdek, quyidagi olimlarni ham bu guruhga kiritamiz: U.Kennon (bu – 
qo’rquvni psixologik va fiziologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan 
nimadir, 1958), M.Bajovich, M. Korxin, M. Grinder (bu – shunday holatki, unda 
organizmning asosiy ehtiyojlari qondirilishiga va gomeostazning saqlanishiga 
xavf soladi, 1955), doktor Koffer, E. Eppli (bu – organizmning shunday holati 
bo’lib, u o’zining sog’lig’i yoki individualligiga xavf solinayotganini his qiladi 
va u butun energiyani himoya uchun sarf qilishi kerak bo’ladi, 1964), A. V. 
Suvorov (bu – organizmning funktsional holati bo’lib, uning psixik 
funktsiyalari, asab jarayonlari yoki periferiya a’zolari faoliyatiga tashqi salbiy 
ta’sir natijasida paydo bo’ladi, 1975). 
Ikkinchi guruhga mansub mutaxassislar stressni shart- sharoit, faoliyat 
jarayonidagi 
hodisa 
sifatida 
tushunadilar. 
Ularning ko’pchiligi o’z 
bixeviorizmiga tayanadilar. Masalan, bu guruhga quyidagi olimlarni kiritish 
mumkin: Y. Gil’gard (bu – shart-sharoitlar bo’lib, ular organizmni katta 
zo’riqish holatiga olib keladi hamda gomeostaz mexanizmlarining me’yorida 
ishlashini buzadi, 1971), A.V Suvorov (bu – xavotirlikni keltirib chiqaruvchi 
istalgan vaziyatdir, 1950), M. Arnol’d ( bu – normal funktsionallashuvni 
qiyinlashtiruvchi faoliyat, istalgan shart-sharoitdir, 1967), R. Grinker, G. 
Shpingel (bu – noodatiy shart-sharoit yoki hayot talabidir, 1945), O. Mikshik 
(bu – psixik yuk bo’lib, bunda qandaydir xalaqit beruvchi shart-sharoit 
organizmga maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni bajarish davrida ta’sir ko’rsatadi, 
1969). 
«Stress» terminini istaganlaricha qo’llaydilar, shu bois adabiyotlarda 
ko’pincha chalkash va bir-biriga zid izohlar, talqinlar uchraydi. Stress bu 
shunchaki asabiy zo’riqish emas (hatto asabiy zo’riqish – stress bo’lsa ham). 
Sel’e ushbu faktni alohida qayd etish lozim, deb hisoblaydi. Ko’pincha, 
mutaxassislar va ba’zi olimlar biologik stressni o’ta asabiy zo’riqish yoki kuchli 


167 
hissiy zo’riqish deb ta’riflashga moyil bo’ladilar. Biologik stressning psixologik 
va patopsixologik jihatlarini tadqiq qiluvchi mashhur tadqiqotchilardan biri, 
amerikalik olim M.Meysonning fikricha, hayotiy vaziyatda xavfli yoki yoqimsiz 
omillar paydo bo’lganida yuzaga keluvchi hissiy qo’zg’alish uchun mas’uliyatli 
bo’lgan fiziologik apparatning faollashuvi barcha stressorlar uchun umumiydir. 
Ammo stressli vaziyatlar umuman asab tizimiga ega bo’lmagan eng sodda 
hayvonlar va hattoki o’simliklarga ham xosdir (M. Tigranyan, 1988 ). 
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, stress bu atrof - muhitning uzoq vaqt 
ta`siri bo’lib, individ uchun hissiy organizmning boshqariluvchi tizimida va 
markaziy nerv sistemasida unga mos reaksiyalarni vujudga keltiradi. Atrof-
muhitning stress ta`sirlari har xil bo’lib, qo’zg’ovchining ko’pligi ta`sirida 
bo’lishi mumkin (shovqin, shoshilinch, ishni bajarish muddatining qisqaligi 
insonlar orasidagi munosabatlarning yaxshi emasligi, yuqori talabchanlik) yoki 
qo’zg’atuvchilarning yetishmasligi oqibatida (bir xillik, talabning yengilligi, 
aloqalarning yetishmasligi), nizolar ko’rinishida (qaror qabul qilish bilan bog’liq 
jarayonlarning buzilishi, aqliy va hissiy jarayonlarning o’zaro ta`sirida buzilish, 
irodaning kuchsizligi, ehtiyojlar va ularning qondirilishi orasida muvofiqlikning 
yo’qligi, shubxalanish) yoki vaqtinchalik boshqaruvning buzilishi sifatida 
(samolyotda sayr qilish natijasida vaqtni ajrata olmaslik, hayotda va ishda qat`iy 
kun tartibining yo’qligi, hayotning tartibsizligi, ishni muddatida topshira 
olmaslik). 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish