Psixologik testlar Siz qanday odamsiz?



Download 366,8 Kb.
bet3/3
Sana02.12.2019
Hajmi366,8 Kb.
#28027
1   2   3
Bog'liq
псиологик тестлар

Birinchi mashq.

Qo’llaringizni oldinga cho’zib, barmoqlaringizni chalkashtiring. Endi qarang, bosh barmoqlaringiz qaysi biri ustida turibdi – o’ngmi, chapmi?




Ikkinchi mashq.

Ko’rsatkich barmoqlaringizni birlashtirib, nishonga olayotgandek oldinga cho’zing. Biror nuqtani nishonga olib bir ko’zingizni yuming. Endi qaysi bir barmog’ingiz nishonni aniq olganini belgilang.


 


Uchinchi mashq.

Bu « Napaleon turishi » deb ataladi. Qo’llaringizni ko’ksingizda chalkashtiring, Qaysi qo’lingiz ustida turgan bo’lsa, belgilab qo’ying.


 

 

To’rtinchi mashq.

Biroz qarsak chaling. Endi esa qaysi qo’lingiz eng ustida ekaniga e’tibor bering. Natijani qo’g’ozga yozing.
 

Birinchi mashq sizning tafakkuringiz mantiqqa yoki hissiyotga moyilligini bildiradi.


 

Ikkinchi mashq qattiqqo’llik va jahldorlikni

 Uchinchi mashq soddalika yokii takabburlikka moyillikni

 To’rtinchi harakterdagi qat'iylik va qat’iyatsizlikni anglatadi.




Test natijalari quyidagicha :
O’ O’ O’ O’

Umumqabul qilingan fikrga ergashish, eski qonun va aqidalarga moyillik, hulq – atvordagi barqarorlik.

 


O’ O’ O’ Ch

Ishonchsiz konvertavizm, kuchsiz temperament. Jur’atsizlik.




O’ O’ Ch O’

Hushomad, qat’iylik, yumor hissi, faollik, serharakatlik, temperamentlik, «artistlik ». Bu kuchli harakter kuchsiz turlarni qabul qilmaydi. U bilan muloqotda yumor va qat’iylik zarur.


 


O’ O’ Ch Ch

Kamyob va mustaqil harakter turi. Yumor hissi, hushomad , yumshoqlik va «artistlik ». Harakterida qat’iylik va jur’atsizlik o’rtasida biroz qarama – qarshilik bor . Aloqa o’rnatish darajasi yuqori, ammo moshlashish juda sekin.


 


O’ Ch O’ O’

Ishbilarmon harakter, tahliliy fikr va yumshoq harakter. Ko’proq bu tur ayollarda uchraydi. « Ishbilarmon ayol » ramzi. Moslashishi sekin, ehtiyotkor. Bunday odamlar yuzma – yuz jangga kirishishadi. Ularda sabr, hisob – kitob ustun turadi. Munosabatlar rivoji sust, biroz sovuq.


 


O’ Ch O’ Ch

Kuchsiz harakter, juda kam uchraydi. Himoyasiz va kuchsiz. Turli ta’sirlarga beruluvchan. Faqat ayollarda uchraydi.


 


O’ Ch Ch O’

Yangi taassurotlarga o’ch va ziddiyatlar yuzaga kelishidan qochuvhchi. Biroz beqarorlik, o’ziga hos yumshoqlik. Hissiyotlari sekin, jiddiy. Oddiy va muloqotda ko’pincha tortinchoq. Yangi hulq – atvorga o’tishga moyil. Ko’pincha ayollarda uchraydi.


 


O’ Ch Ch Ch

Beqaror va erkin harakter. Asosiy hususiyati - tahliliy fikr yuritish. Kam uchraydi.


 


Ch O’ O’ O’

Turli sharoitlarga juda yaxshi moslashuvchan ko’p uchraydigan harakter. Hissiyotli va qat’iyatsiz. Begona ta’sirga yuqori beriluvchanlik. Boshqacha harakterlar bilan oson aloqaga kiradi. Erkaklarda hissiyotlari past, flegmatiklikka moyillik kuzatiladi.


 


Ch O’ O’ Ch

Kuchsiz qat’iyat, yumshoqlik, asta – sekin ta’sirga beriluvchan, soddalik. O’ziga o’ta e’tibor talab qiladi - « kichik malika » tipi.




Ch O’ Ch O’

Eng kuchli harakter egasi. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Qat’iylik ko’rsatishga qodir. Ammo, bur narsa ba’zan ikkinchi darajali maqsadlar uchun jon kuydirishga olib keladi. Kuchli shahs, harakatchan, qiyinchilikni yengishga qobiliyatli. Birovlarning nuqtai nazariga yetarli e’tibor bermaydigan, biroz konservator. Bunday odamlar qaramlikni (ma’naviy va moddiy) yomon ko’radilar.


 


Ch O’ Ch Ch

Kuchli va erkin harakter. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Asosiy hususiyati – yuzaki yumshoqlik va hissiyot bilan o’ralgan ichki g’azab. O’zaro ta’sir tez, o’zaro tushunish sekin.


 


Ch Ch O’O’

Do’stlik va oddiylik. Qiziqishlari biroz tarqoq.


 

Ch Ch O’ Ch

Asosiy hususiyati: soddadillik, yumshoqlik, ishonuvchanlik. Bu juda kam uchraydigan harakter (ayollarda 1%, erkaklarda umuman uchramaydi ).
 


Ch Ch Ch O’

Hissiyotlilik va jur’atlilik (asosiy hususiyati), serharakat, biroz besaranjomlik. Bu narsa o’ylanmagan, tez qaror qilingan, hissiyotga asoslangan ishlarga olib keladi. Ular bilan muloqotda « tormozlovchi mehanizmlar » zarur.


 


Ch Ch Ch Ch
 

Narsalarga yangicha nazar tashlovchi qobiliyat sohibi (antikonsevatizm), kuchli hissiyot, o’ziga hoslik, hudbinlik, o’jarlik, himoyalanganlik, ba’zan o’ta indamas. «Ko’zni qamashtiruvchi » tabassum qilishga qodir.



Insonning qanday xarakterga ega bo‘lishi, uning shakllanishi o‘sha odamning soat nechida va qanday holatda tug‘ilganiga ham bog‘liq bo‘ladi. Siz ham o‘zingizni soat nechada tug‘ilganingizdan xabaringiz bormi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, quyidagi ta'rifdan o‘zingizga tegishlisini topib o‘qing .



Soat Nechada Tug‘ilgansiz?

 24.00 dan 2.00 gacha tug’ilganlar  sabrli, intiluvchan va har narsaga qiziquvchan bo’lishadi.




2.00 dan 4.00 gacha tug’ilganlar tabiatan pishiq, o’z foydasini ko’zlaydigan, ikki tomonlama ish ko’radiganlar.


4.00 dan 6.00 gacha tug’ilgan insonlarda vatanparvarlik ruhi juda baland, dangalchi, rostgo’y hamda xaqiqatgo’y odamlardir.


6.00 dan 8.00 gacha tug’ilganlar keng tasavvurga ega, orzumand hamda biroz hayol parastoq bo’ladi.


8.00 dan 10.00 gacha tug’ilganlar faktlar bilan ish qilishni yoqtiradigan, aniq maqsadli, jozibali insonlardir.


10.00 dan 12.00 gacha tug’ilganlar kareyeristlar va shuhratparast, izzattalab, mulozamatni yaxshi ko’radigan odamlar.


12.00 dan14.00 gacha tug’ilganlar tavakkal qilishni sevishadi, sarguzashtlarni yoqtirishadi.


14.00 dan 16.00 gacha tug’ilganlar mehnatni sevishadi, qiyin vaziyatlardan osongina chiqib ketishadi.


16.00 dan 18.00 gacha tug’ilganlar tinchliksevar va yaxshi odamlarni qadriga yetadigan insonlar.


18.00 dan 20.00 gacha tug’ilganlar kuchli ruhiyatga ega insonlar.


20.00 dan 22.00 gacha tug’ilganlar biroz shoshqaloq, tinib tinchimas odamlardir.

22.00 dan 24.00 gacha tug’ilganlar ichki dunyosi tarafdan biroz faylasufroq, lekin tashqi olamida esa o’ziga bo’lgan ishonchi biroz kam.

Bugun biz sizlarga anitiqa ma’lumotni taqdim etamiz. Quyida berilgan mevalardan o’zingizga yoqadiganini tanlang va tarifini oq’ing. Bu ma’lumotlar sizning xarakteringizni izohlaydi .



Yoqtirgan mevangiz qaysi?
 

Apelsin mevasini yaxshi ko’radiganlar kuchli sabr egalari va ular erkinlikni yoqtiradigan odamlardir. Shoshilmasdsn puxta ish qilish ularga xos narsa. Qiyinchilikdan also qo’rqishmaydi. Do’stlariga nisbatan, kirishuvchan, ishonchli va halol insonlardir. 
 

Banan mevasini xush ko’radiganlar tabiatan rahmdil va qalbi issiq odamlardir. Bu turdagi odamlarga o’ziga bo’lgan ishonch biroz yetishmay turadi. Adolatsizlikka chiday olishmaydi. Bunday odamlar insonlarning nafqat tashqi ko’rinishiga qarab xurmat qiladi, balki ularning ichki dunyosini ham qadrlashadi.
 

Ananas mevasini yoqtiradiganlar tez qaror qabul qilib, tezda amalga oshirishga kirishadi. O’zgarishlarga tezda ko’nikadi, ayniqsa bu o’zgarishlar ularning qiziqqan sohalari bo’yicha bo’lsa, juda tez ko’nikishadi. Tashkiliy ishlarda ham faol. To’gri so’z va ochiq ko’ngil.
 

Nok mevasining shinavandalari agar o’zlari chin dildan hohlashsa, har qanday muammoni xech bir qiyinchiliklarsiz hal qilishlari mumkin. Ba’zida boshlagan ishlarini oxiriga yetkaza olishmaydi. Hokimlikni xush ko’rishadi. Biroz notinch va hissiyotga beriluvchan insonlardir.
 

Olxo’rini yoqtiruvchilar boshlariga tushgan qiyinchiliklarda ko’pincha boshqalardan o’pkalashadi. Ularga nisbatan qilingan tanqidga umuman chiday olishmaydi. Ular ba’zan shunday orzularni qilishadiki, u hamma vaqt ham ushalavermaydigan orzular bo’lib, lekin ularda doim bu holat ijobiy kechadi. Ularni tabiatan biroz melanxolog bo’lib, ozgina ijodkorligi ham bor odamlardir.
 

Kivi mevasini yaxshi ko’radiganlar bir so’z bilan aytganda juda ham optimist odamlardir. Ular bilan har doim hamma anrsa qiziq, juda quvnoq odamlardir. Ular bilan xech ham zerikishni his qilmaysiz. O’zlariga bo’lgan ishonch yuqori, har qanday tavakkalchilikka tayyor turishadi. Ularni g’oyalar ombori desa ham bo’ladi, turfa xil g’oyalar aynan undan chiqadi.
 

Olmani xush ko’ruvchilar ekstravagant (aybni boshqalardan qidiradi), ochiq yuzli, sezgir va tas’irchan odamlardir. O’zini boshqarishda biroz qiynalishadi ammo jamoada yetakchi lider bo’la oladi. Tezda qaror qabul qilish xususiyatiga ega. Yoqimtoylik va jozibalilik bularga hos holat. Sayohatlarni yoqtirishadi. Boshqalarga nisbatan kelajakka ishonchi katta odamlardir.
 

Uzum mevasini yoqtiradiganlar tezda hayajonlanishadi, yolg’izlikda o’zlarini yaxshi his qilishadi. Juda kirishuvchan, mashxurlik va salobat ularga hos. Hayotning har bir kunidan lazzatlanib yashashadi. Yoshiga qaramasdan kutilmagan sovg’alarni yoqtirishadi, har bir kutilmagan maroqli voqealarga bolalarcha hursand bo’lishadi.
 

Tarvuzni xush ko’ruvchilar hayotdan xech ham nolishmaydi. Ular har doim hamma narsaning yaxshi tomonini o’ylashadi. Ular maslahat berishni yaxshi ko’rishadi, odamlarni to’gri yo’lga yurishga ko’maklashadi. Ular odatlarini o’zgartirishga qiynalishadi. Ishda ko’p narsalarga erishishida o’jarliklari halaqit berishadi.
 

Mandarin mevasini yaxshi ko’ruvchilar uzoqni o’ylamay fikrlaydigan va boshqalarga nisbatan ko’pincha ga’razli munosabatda bo’ladigan odamlardir. G’ururli, do’stlari bilan yaxshi munosabatga kirishadigan, dilkash insonlardir.
 

Qulupnay yoqtiradiganlar quvnoq, bag’rikeng, odamlar bilan til topishib ketishi juda oson odamlardir. Ular kiborlilikni va chiroyli narsalarni yaxshi ko’rishadi. Ular o’zlarini his tuyg’ulariga ishonishadi va shunga qarab ish qilishadi.
 

O’rik mevasining muhlislari esa erkinlikni xush ko’ruvchilar va mehribon odamlardir. Ular erkinlikka erishish uchun kuchli zarba berishga ham tayyordirlar. Atrofdagilarning ichonchini osongina qozonadilar. Ularga ijodkorlik hosdir, she’r va hikoyalar yozishga qiziqishadi. Muloqatga kirishuvchan va ochiq ko’ngildirlar. Tez tez sirli ko’rinadilar, yuragidagi gaplarni faqat yaqinlarigagina aytadi.
 

Gilosni yaxshi ko’radiganlar uchun hayot hamma vaqt ham shirin bo’lavermaydi. Hayot baland pastliklardan iboratdir. Ularning tasavvuri keng va kuchlidir. Ular ishonchli hamkorlardir. Ular uchun eng qiyin narsa – bu his tuyg’ulari bilan yolg’iz qolishdir. Shuning uchun ular doim yaqinlari davrasiga shoshiladilar.
 

Qovunni xush ko’ruvchilar botir insonlardir. Ular azaldan ichkilikni xush ko’rishmaydi, boshqalarning fikriga tezda qo’shilib ham ketmaydi. Shuning uchun ham ulardan ko’pincha boshliqlar chiqadi. Ular katta maqsadlar qo’yishadi va unga osongina erishishadi. Ular bag’ri keng va mard insonlardir. Sayohatlar joni dili.
 

Shaftoli  mevasining shinavandalari diqqat markazda bo’lishni yoqtirishadi. Ular ochiqko’ngil va bega’rz odamlardir. Ularning do’stlarining soni doimo juda ko’p. ularning hazillashayotganlarini va jiddiy gapirayotganlarini farqiga borish qiyin. Mustaqil va orzumand odamlardir. Ular ideal va ishonchli yor bo’lad oladilar. xush ko’ruvchilar ekstravagant (aybni boshqalardan qidiradi), ochiq yuzli, sezgir va tas’irchan odamlardir. O’zini boshqarishda biroz qiynalishadi ammo jamoada yetakchi lider bo’la oladi. Tezda qaror qabul qilish xususiyatiga ega. Yoqimtoylik va jozibalilik bularga hos holat. Sayohatlarni yoqtirishadi. Boshqalarga nisbatan kelajakka ishonchi katta odamlardir.

Ushbu test sizning ishbilarmonlikka qobiliyatingiz bor yoki yo’ligini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi savollarga "Ha” yoki "Yo’q” tarzida javob bering.

 

 1. Boshlagan ishingizni har qanday to’siqlarga qaramay oxiriga yetkaza olasizmi?



2. Qabul qilgan fikringizda qat’iy turasizmi yoki sizni fikringizdan qaytarish osonmi?

3. Mas’uliyatni, rahbarlikni zimmangizga olishni xush ko’rasizmi?

4. Hamkasblaringizning hurmati va ishonchiga sazovormisiz?

5. Hech qanday rag’batlaru mufokotlarsiz ham ertadan kechgacha ishlayverasizmi?

6. Odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko’rasizmi?

7. Qilayotgan ishingizning to’g’riligiga boshqalarni ishontira olasizmi?

8. Birovlarning fikri va g’oyalarini tez ilg’ab olasizmi?

9. Boshlayotgan ishingizni yaxshi bilasizmi? Tajribangiz bormi?

10. Amaldagi soliq tizimi, hisob – kitob ishlari bilan yaxshi tanishmisiz?

11. Shahringizda, viloyatingizda, mamlakatingizda siz taklif etayotgan mahsulotga yoki xizmatga talab bormi?

12. Marketing va moliya sohasida boshlang’ich ma’lumotlaringiz bormi?

13. Mamlakatda sizga hamkasb tadbirkorlarning ishi rivojlanyaptimi?

14. Ijaraga olish uchun biror binoni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz?

15. Ish boshlaganingizdan keyin bir yil davomida o’zingizni moddiy ta’minlab turish imkoniyatingiz bormi?

16. Qarindoshlaringiz, do’stlaringizni korxonangizga moddiy yordam berishga ko’ndira olasizmi?

17. Sizga zarur xomashyoni yetkazib beradigan ta’minotchi bormi?

18. Aqlingiz yoki tajribangiz yetmagan masalalarda sizga maslahat bera oladigan mutaxassislarni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz?
 

Natijalar: 


"Yo’q” javobi ko’p bo’lsa
Tadbirkorlik sizga yot. Siz orzular va g’oyalarga boysiz. Ularning ko’pi olamshumul ahamiyatga ega. Ammo ish bularni amalga oshirishga kelganda…Yo’q-yo’q, sizga tinchgina hayol surib yotish qulay.



"Ha” va "Yo’q” javoblari teng bo’lsa
Siz tadbrikor bo’lishingiz mumkin – faqat birov bunga judayam-judayam undasa. O’zingizcha bunga intilmaysiz.qulay vaziyat, yetarlicha mablag’ va yaqinlaringiz da’vatigina sizni yaxshi tadbirkorga aylantiradi. Ish boshlashdan avval o’sha sohani yaxshi o’rganib chiqib, atrofingizga mutaxassislarni yeg’a olsangiz bo’ldi.



"Ha” javobi ko’p bo’lsa

Siz tadbirkorlik uchun zarur barcha xislatlarga egasiz. Maqsad yo’lidan og’ishmasligingiz, muvavvaqqiyatga ishonchingiz va g’ayratingiz har qanday g’oyani ro’yobga chiqarishga imkon beradi.

 Savollarga o'ylab o'tirmasdan javob bering. Uchta javobni ishlatishingiz mumkin: "Ha”, "Yo'q” va "Bilmayman”.

  

1. Bolaligimdanoq boshqa insonlarga bo'ysunish men uchun katta muammo edi.

2. Menimcha, boshqalar ustidan hukmdorlik qilish hissi rivojlangan insonlarsiz fan va madaniyatda rivojlanish bo'lmagan bo'lardi.

3. Menimcha, haqiqiy erkak ayolni o'z irodasiga bo'ysundirishning uddasidan chiqa oladi.

4. Rostini tan oladigan bo'lsam, yaqinlarimning g'amxo'rligidan ensam qotadi.

5. Ayolning asl tabiati bo'ysunuvchanlik, degan tasdiqqa to'la-to'kis qo'shilaman.

6. Yakinlarimning farovon yashashlari uchun barcha mas'uliyatni o'z zimmamga olishga majbur ekanligimni menimcha xamma xam tushunavermasa kerak.

7. Menimcha, juda ko'plab muammolar qattiqqo'l lider yo'qligidan kelib chiqadi.

8. Tezda qaror chiqarilishi lozim bo'lgan murakkab vaziyatlarda to'g'ri yo'l tutishim uchun ko'p vaqt talab etilmaydi.

9. Nimani sevishimni juda yaxshi bilaman va boshqa insonlarni boshqarishim mumkin.

10. Hech kimning oldida oxirigacha ochilishni istamayman va bu qo'limdan ham kelmaydi.

11. "Sokin go'sha” haqidagi orzular menga yoqadi.

12. Menimcha, xodim boshlig'ining har qanday buyrug'ini bajara olishi kerak.

13. Ehtimol, bu g'alati ko'rinar, biroq yaqinlaridan nimanidir so'rash to'g'ri kelib qolgan vaziyatlarda ich-ichimdan qarshilik sezaman.

14. Mendan kimdir izoh talab qiladigan vaziyatlar tez-tez ro'y berib turadi, biroq mening nazarimda, hammasi shundoq ham ravshan bo'ladi.

15. Fikrimcha, xarakterim oilamizda ustun bo'lgan otam (onam) ning xarakteriga juda o'xshash.

Har bir "Ha” javobiga 10 ball, "Bilmayman”ga 5 ball, "Yo'q”ga 0 ball belgilang.

TEST NATIJALARI:

150-100 ball: Sizning javoblaringiz nima qanday ekanligi va qanday bo'lishi kerakligini biluvchi buyuk diktator siymosini yaratmoqda. Bunday xatti-harakatingizni siz osongina oqlaysiz. Siz boshqalarni ishontirolasiz va ishni o'z muddatida bajartirish uchun ular ustidan rahbarlik qilolasiz. Biroq, dam-badam qo'l ostingizdagilarning tovushida, nigohlarida \"dam olishga fursat bering”, degan nido ko'rasiz!

95-50 ball: Muvozanat va qat'iyat, oqillik va hisob-kitob, to'g'ri va oqilona maslahat berish — mana bular sizning bosh fazilatlaringizdir. Boshqalarning fikri va istagini hisobga olib, agar muhim bo'lsa boshqarasiz, agar kerak bo'lsa yon berasiz. Biroq kerakli vositalardan foydalanib doim ham maqsadga etishayotganingiz yoki yo'qligini faqat o'zingiz bilasiz.

45-0 ball: Sizning javoblaringiz "psixologik ilon”ga xos. Garchi zaruriyati bo'lmasa-da, har qanday jerkishni osongina hazm qilasiz, hech kim talab qilmayotgan bo'lsa-da, bor-budingizni qurbon qilishga tayyor bo'lasiz. Ko'pincha o'z ojizligingizni anglagach, siz... dadil xatti-harakatlarni amalga oshirasiz. Chorasizlikdan, o'zingizda etishmayotgan harakter qirralarini boshqalardan qidira boshlaysiz va o'zingiz uchun eng yaxshi hayot umidi va ma'nosini ana shundan topasiz.

1. SEVGANINGIZ MEHRIBONMI? 

A) HA------->(10BALL)

B) UNCHALIK EMAS (5BALL) 

C) YO'Q------>(2BALL)



2.UNING UQISH VA ISHLARIDAGI AHVOL HAQIDA SURISHTIRIB TURASIZMI?

A) HA------->(4BALL) 

B) BA'ZAN----------> (2BALL) 

C) YO'Q--------->(8BALL)

3.FARZANDLIK BO'LSANGIZ FARZANDLARINGIZNI TURMUSH URTOG'INGIZGA NISBATAN KUPROQ SEVASIZMI? 

A) HA--------->(8BALL) 

B) HAMMALARINI BARAVAR SEVAMAN---------> (2BALL)

 C) YO'Q-------->(3BALL)

4.MAZALI OVQATLAR SHIRINLIKLAR KAYFIYATINGIZGA TASIR O'TKAZA OLADIMI? 

A) HA--------->(10BALL) 

B) BA'ZIDA--------> (3BALL) 

C) YO'Q---------->(4BALL)

5.DUGONALARINGIZNING SEVGAN YORINI O'ZINGIZNING SEVGAN YORINGIZDAN YAHSHIROQ DEB HISOBLAYSIZMI? 

A) HA--------->(6BALL) 

B) GOHIDA SHUNDAY O'YLAB QOLAMAN----------> (0BALL)

 C) YO'Q--------->(1BALL)

6.SEVGANINGIZNING SEVGAN MASHG'ULOTLARI JIG'INGIZGA TEGADIMI?

A) HA-------------> (8BALL) 

B) GOHIDA------------> (5BALL) 

C) YO'Q--------->(2BALL)

7.SEVGANINGIZNING YUTUQLARIDAN QUVONASIZMI?

A) HA-------->(3BALL) 

B) BA'ZAN---------> (2BALL) 

C) YO'Q---------> (10BALL)

8.OILA O'QISH VA ISHDAN MUHIMROQ DEB O'YLAYSIZMI? 

A) HA---------->(10BALL) 

B) BA'ZAN SHUNDAY DEB HISOBLAYMAN------------ --->(0BALL) 

C) YO'Q----------------> (1BALL)


NATIJALAR: 

68-VA UNDAN YUQORI BALL.

 SIZ UZINGIZNI BAHTLI DEB HISOBLAMAYSIZ VA BUNDA SEVGANINGIZNI AYBLAYSIZ. O'YLAB KO'RING, BALKI ASOSIY AYBDOR O'ZINGIZDIRSIZ?!. 

40-67 BALL.

BILASIZ DUNYODA IDEAL NIKOH YO'Q. SHUNING UCHUN HAM SEVGANINGIZDAGI KAMCHILIKLARGA KO'Z YUMASIZ. O'ZINGIZNI BAHTSIZ DEB HISOBLAYSIZ, LEKIN BILIB QO'YING. BAHTGA ERISHISH UCHUN SABR TOQAT KERAK BO'LADI. 

39-VA UNDAN KAM BALL.

HAYOTINGIZ HAVAS QILSA ARZUGULIK. SIZ YAHSHI UY BEKASISIZ. SEVGANINGIZ SIZGA O'HSHAGANINI HECH QACHON TOPA OLMAYDI.

Hayotda har kuni qandaydir qarorlar chiqarishimizga to‘g‘ri keladi. Kimdir o‘ylab o‘tirmay bir qarorga kelsa, yana kimdir "Yetti o‘lchab, bir kes” maqoliga qat’iy amal qilishga odatlangan. Siz-chi? Quyidagi test sizga bu borada ko‘mak beradi deb o‘ylaymiz.

 $IMAGE1$

 

1. Ish joyingizda yangi qoidalar o‘ylab topishdi deylik. Bu sizning xarakteringizga butkul zid. Siz bu qoidalarga tez ko‘nika olasizmi?


a) Ha (3 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



2. Yangi jamoaga tez moslashasizmi?
a) Ha (4 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



3. Boshliqlarga yoqmasligini bilsangiz ham ish joyingizda tanqidiy fikrlarni ochiq ayta olasizmi?
a) Ha (3 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



4. Agar boshqa korxona, tashkilotda ko‘proq maoshli lavozimni taklif etishsa, o‘ylab o‘tirmay o‘tib ketgan bo‘larmidingiz?
a) Ha (2 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



5. Xatoingizni yashirish uchun bahonalar qidirishga odatlanganmisiz?
a) Ha (0 ball)
b) Yo‘q (4 ball)



6. Qaysidir taklifni ochiqchasiga yumshoq gap bilan, vaziyatni tushuntirgan holda rad etasizmi?
a) Ha (2 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



7. Qizg‘in bahs bahonasiga o‘zingizning qaysidir masaladagi qarashlaringizni o‘zgartira olasizmi?
a) Ha (3 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



8. Kimningdir ijodiy ishini o‘qib chiqdingiz. Fikringizcha, buni boshqacharoq, yaxshiroq yozish mumkin edi. Muallifga tushuntirgan holda matnga o‘zgartirishlar kiritasizmi?
a) Ha (2 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



9. Do‘konda nimanidir yoqtirib qoldingiz. Lekin bu narsa unchalik zarur emasligini bilasiz. Baribir sotib olarmidingiz?
a) Ha (0 ball)
b) Yo‘q (2 ball)



10. Kimningdir maslahatlariga amal qilib har qanday qaroringizni o‘zgartira olasizmi?
a) Ha (0 ball)
b) Yo‘q (3 ball)



11. Mehnat ta’tilingizni oldinda nimalar bo‘lishi haqida o‘ylab o‘tirmay, oldindan rejalashtirasizmi?
a) Ha (1 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



12. Hamisha va’dangizga vafo qilasizmi?
a) Ha (3 ball)
b) Yo‘q (0 ball)



NATIJALAR:


0—9 ball. Siz u qadar tavakkalchi emassiz. Har bir qaror haqida uzoq vaqt o‘ylaysiz. Kimlar bilandir maslahatlashasiz. Yig‘ilishlarda jimgina o‘tirishni ma’qul ko‘rasiz.


10—18 ball. Har bir qarorni ehtiyotkorlik bilan, jiddiy muammolarga duch kelib qolmaslikni unutmagan holda chiqarasiz.


19— 28 ball. Yetarlicha tavakkalchisiz. Tajribangiz sizga doimo shunday yo‘l tutishga yordam beradi va kamdan-kam hollarda xatoga yo‘l qo‘yasiz.


29 va undan ortiq ball. Tavakkal qilmaslik siz uchun mavhum tushuncha. O‘zingizga, bir ishni boshlasangiz, muvaffaqiyatli tugata olishingizga bo‘lgan ishonch sizni hamisha tavakkal ish tutishga undab turadi. Xato qilsangiz, o‘zingizni emas, boshqalarni ayblash odatingiz ham yo‘q emas. Ko‘pincha yaqinlaringizga bu odatingiz salbiy ta’sir etib, bir qarorga kelishga uzoq muddat qiynalib ham yurishadi. Bu sizning juda katta kamchiligingiz. Ko‘zguga boqing. Balki o‘sha kamchiliklaringizni ko‘rishga muvaffaq bo‘larsiz.
Download 366,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish