Qo'llanma:
1. Ushbu suratdagi 4ta nuqtaga 40sekuncha qarab turing umuman kozingizni uzmang.
2. Qarab bolganingizdan keyin esa suratning oq foniga qarang.
3. Kim korindi?
Ushbu test sizning ishbilarmonlikka qobiliyatingiz bor yoki yo’ligini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi savollarga "Ha” yoki "Yo’q” tarzida javob bering.
1. Boshlagan ishingizni har qanday to’siqlarga qaramay oxiriga yetkaza olasizmi?
2. Qabul qilgan fikringizda qat’iy turasizmi yoki sizni fikringizdan qaytarish osonmi?
3. Mas’uliyatni, rahbarlikni zimmangizga olishni xush ko’rasizmi?
4. Hamkasblaringizning hurmati va ishonchiga sazovormisiz?
5. Hech qanday rag’batlaru mufokotlarsiz ham ertadan kechgacha ishlayverasizmi?
6. Odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko’rasizmi?
7. Qilayotgan ishingizning to’g’riligiga boshqalarni ishontira olasizmi?
8. Birovlarning fikri va g’oyalarini tez ilg’ab olasizmi?
9. Boshlayotgan ishingizni yaxshi bilasizmi? Tajribangiz bormi?
10. Amaldagi soliq tizimi, hisob – kitob ishlari bilan yaxshi tanishmisiz?
11. Shahringizda, viloyatingizda, mamlakatingizda siz taklif etayotgan mahsulotga yoki xizmatga talab bormi?
12. Marketing va moliya sohasida boshlang’ich ma’lumotlaringiz bormi?
13. Mamlakatda sizga hamkasb tadbirkorlarning ishi rivojlanyaptimi?
14. Ijaraga olish uchun biror binoni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz?
15. Ish boshlaganingizdan keyin bir yil davomida o’zingizni moddiy ta’minlab turish imkoniyatingiz bormi?
16. Qarindoshlaringiz, do’stlaringizni korxonangizga moddiy yordam berishga ko’ndira olasizmi?
17. Sizga zarur xomashyoni yetkazib beradigan ta’minotchi bormi?
18. Aqlingiz yoki tajribangiz yetmagan masalalarda sizga maslahat bera oladigan mutaxassislarni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz?
"Yo’q” javobi ko’p bo’lsa
Tadbirkorlik sizga yot. Siz orzular va g’oyalarga boysiz. Ularning ko’pi olamshumul ahamiyatga ega. Ammo ish bularni amalga oshirishga kelganda…Yo’q-yo’q, sizga tinchgina hayol surib yotish qulay.
"Ha” va "Yo’q” javoblari teng bo’lsa
Siz tadbrikor bo’lishingiz mumkin – faqat birov bunga judayam-judayam undasa. O’zingizcha bunga intilmaysiz.qulay vaziyat, yetarlicha mablag’ va yaqinlaringiz da’vatigina sizni yaxshi tadbirkorga aylantiradi. Ish boshlashdan avval o’sha sohani yaxshi o’rganib chiqib, atrofingizga mutaxassislarni yeg’a olsangiz bo’ldi.
"Ha” javobi ko’p bo’lsa
Siz tadbirkorlik uchun zarur barcha xislatlarga egasiz. Maqsad yo’lidan og’ishmasligingiz, muvavvaqqiyatga ishonchingiz va g’ayratingiz har qanday g’oyani ro’yobga chiqarishga imkon berad
Siz quyidagi matnlarni mazmuni bilan tanishib chiqing va xarakteringizni aks ettiradigan bandlardan birini tanlang.So'ngra natijalar darchasidan xarakteringiz haqida ma`lumot oling.
1.Men-tabiiy pessimist, kayfiyatim doimo tushkun holda. Menga hayot mazmunsizdek tuyuladi. Doimo uning ayanchli tomoni haqida o'ylayman. Nima yahshi, nima yomonligini ajrata olmayman. O'zimni nimadandir ayibdordik his etaman. Atrofdagilar menga shubha bilan qaraydigandek tuyuladi. Men doimo g'amgin va tushkun holdaman. Hamma narsaadn norozi bo'lib yuraman. Ishlarni sekin va shoshmasdan bajaraman. Qiyinchiliklar oldida ojiz qolaman. Ertalablari o'zimni noxush, toliqqandek his etaman. Mening hayotim hech narsaga arzimaydigan, maqsadsizde
2.Mening kayfiyatim doimo yaxshi. Men atrofdagilar bilan munosabatlarda ochiq va xushmuolaman. Men boshqalarning ishiga, taqdiriga befarq emasman. Men odamlar bilan suhbatdan rohatlanaman. Odamlarga bajonidil yordam beraman. Ko'p va'dalar beraman, ammo ularni hammasini ham bajaravermayman. Sabr-toqatni talab qiladigan ishlarni yoqtirmayman. Ishlarim juda ko'p, ammo ularning hammasini ham vaqtida bajarishga ulgurmayman. Atrofdagilar meni fikrlarimni bajonidil tinglashlarini bilaman. Atrofdagilar meni bajonidil tinglashadilar va so'ngra jo'yali fikrlarimni o'z o'rnida foydalanidilar. Mening fikrlarimga qarshi chiqishlarini yoqtirmayman. Asablashsam, qo'pollashaman, do'q uraman va hammani ko'nglini qoldiraman. Mening ishtaham anchagina yaxshi. Men anchagina sho'xman. Mening mimikalarimga qarab aktiyorlik qobiliyati bor deb biladilar
3.Mening kayfiyatim tez-tez o'zgarib turadi. Uzoq vaqt davomida, o'zimni yaxshi his etaman, ishda muhokama yuritishni yoqtiraman. Uyqum joyida. Do'stlarim bilan uchrashishni yoqtiraman O'zim bilan bo'gliq noxush holatlarni osongina bartaraf etaman. Biroq o'zim tushunmagan holatlar kayfiyatimdagi buzilishlar uzoq vaqt davom etadi. Bu holat bir necha haftadan oygacha davo etishi mumkin. Natijada hammaqsiga qo'l siltab qo'yaqolaman va o'zimni taxqirlangan va azoblangandek his etaman. Hech kim bilan korishsishni xohlamayman. Bunday holatni unutish uchun yolgiz qolishni afzal hisoblayman. Kayfiyatimdagi bunday o'zgarishlar bahor va kuz faslida ko'proq uchraydi
4.Men ochiq ko'ngil, quvnoq, ammo ozgina noxushliklardan (obi-havoning o'zgarishi, noxush aytilgan so'z, noqulay qarash va boshqalar) ham ranjiydigan xarakterga egaman. Bu holat uzoq davom etmaydi. Qiziqarli yangiliklar, iliq munosabatlar meni ishlashimga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Kun davomida mening kayfiyatim har xil sabablarga ko'ra bir necha bora o'zgaradi. Nima uchun kayfiyatimni ko'tarilib tushushini o'zim ham tushunmayman. Ba'zi hollarda bolalardek bo'lib qolaman. Mening tuyg`ularimga har doim ham ishonib bo`lmaydi. SHu sabablidir ozgina ko'ngilsizliklarni qiyinchilik bilan kechiraman.
5.Men o'zimni ko'pincha horgin va toliqqandek sezaman. Kayfiyatimda dilgirlik kuzatiladi. Ba'zi kishilarni buyruq berishlarini yoqtirmasamda, ayrimlariga esa o'zim buyruq beraman. Uzoq vaqtli kuch bilan ishlash va zo`riqishlardan so`ngra o'zimni toliqqandek his etaman hamda uxlashga moyil bo'laman. Sog'lig'imdan bezovtalanaman. Qandaydir og'riqlardan azoblanaman. Ba'zan yurak o'g`rigi, ba'zan bosh o'grigidan azoblanaman. Uzoq vaqtli zuriqish va toliqishlar diqqatimni to'plashga xalaqit qiladi. Mening ishtaham anchagina yomon. Uyqumda ham halovat yo'q. Ba'zan uyqudori qabul qilishimga to'gri keladi. Qo`rqinchli tushlar ko`raman. Uyqusizlik tufayli o`zimni loxas his etaman. Ozgina ko`ngil xiraliklarda ham asabiylashib, yig`lab yuboraman. Yangi muhitga moslashishim qiyin. Menda batartiblik etishmaydi. Ishlarimda tartibsizlik hukmron.
6.Ochig`ini aytsam, men uyatchan, jur’atsiz, taassurotchan, qo`rqoq odamman. Meni maqtab gapirishganda o`zimni noqulay his etaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Odamlar orasida o`zimni noqulay sezaman. SHu bois yolg`izlikni ma’qul hisoblayman. Qorong`ulikdan qo`rqaman, kichkina sho`xliklardan ham chuchiyman. Janjallardan, bahs munozarlaradan o`zimni olib qochaman. YOki raqiblarimga yon beraman. Odamlar orasida bo`lish meni toliqtiradi. SHu bois yolg`izlikni yoqtiraman. Jonli bahs-munozalarda aralashmayman. Nizolardan qochaman. YAxshisi, ularga yon berib qo`yaqolaman. Odatda tushkun kayfiyatda bo`laman. O`zimga ishonmaganligimdan doimo azoblanaman. Ko`chli va o`ziga ishonganlarga nisbatan tobedik o`zimni his etaman. Ko`pchilik ishtirok etadigan davralarda o`zimni ojizdek his etaman, qizarib ketaman va duduqlanib qolaman. Uyqum behalovat va bezovtali. Qo`rqinchli tushlar ko`raman.
7.Qo`rqoqlik, shubhalanuvchanlik, qat’iyatsizlik mening xarakterimga xos xususiyatlardir. Qaror qabul qilishga qiynalaman. Biror narsa yuzasidan qaror qabul qilib, uni bajarishga kirishishga shubhalanaman. Menga taskin berishlarini yoqtiraman. Do`stlarning qo`llab-quvvatlashlarisiz o`zimni ojiz his etaman. Sog`lig`im va yaqinlarimning taqdiridan bezovtalanaman. Doimiy xavotir, bezovtalanish hayotimning mazmuniga aylanib qolgan. Men pedant, rasmiyatchiman. Menga e’tibor bilan qarasalar uyalib ketaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Tortinchoqligim va uyatchanligim tufayli amalga oshirishim kerak bo`lgan ishlarni bajarolmay qolaman. Hattoki, menga yaxshilik qilsalar ham qanday qilib tashakkur aytishga ham qiynalaman. Besunaqayligim va xatti-harakatlarimning dag`alligi tufayli jismoniy mehnat bilan shug`ullanishni yoqtirmayman.O`zimni tahlil etishga moyilman. Men umumiy masalalarni muhokama qilishni yoqtiraman.
8.Men odamovi va tund odamman. Tanishlarim davrasi anchagina tor. Davralarda o`z o`rnimni topa olmayman. Odamlar orasida ham o`zimni yolg`iz sezaman. Tund odam bo`lsam-da, ba’zida o`z kechinmalarimni kimlar bilandir baham ko`rishni, notanish o`zimga yoqqan kishiga dardalarimni bayon etishimni tushunmay qolaman. YAqinlarimni tashvish va quvonchlarini tushunishim qiyin. O`z navbatida ular ham meni tushunmaydilar. YAqinlarim men bilan muloqot qilish qiyinligini aytadilar. Ba’zi xatti-harakatlarimdan atrofdagilar taajjublanadilar. Mening o`z fikrlarim bo`ladi, ammo u sheriklarimnikiga mos kelmasa undan voz kechib qo`ya qolaman. Boshqalarning maslahatiga quloq solishdan ko`ra ishni o`zim bilganimdek amalga oshiraman. Ichki olamim, kechinmalarim, g`oyalarim atrofdagilar uchun tushunarsiz. Men tez-tez atrofdagilarning tabassum bilan qarashlariga beparvoman. Atrofdagilar bilan munosabatda boshqalar kam ishlatadigan so`zlardan foydalanaman.
9.Men g`oyalarni ilgari suruvchi, doimo ixtirolarimga qarshilik qiladiganlar bilan kurashuvchan, islohotlarni yoqtiradigan insonman. Insonlarni kuzatishlarim ularga nisbatan o`zimni ustunliglarimni ko`rsatishimga olib keladi. Atrofimdagi kishilar meni fikrlarim qo`llab-quvvatlaydilar. Men bilan fikrlari mos kelmagan kishilarni kechira olmayman. "Kim men bilan birga bo`lmasa, u mening raqibimdir” tamoyiliga asoslanib yashayman. O`zimni kamsitish uchun asoslar yo`q.. Kayfiyatim yaxshi va o`zimni quvnoq his etaman. Doimo tetik va faolman. Oldimga qo`ygan maqsadlarimga erishmasdan qo`ymayman. Agar nuqsonlarga yo`l qo`ysam ularni o`zim tuzatishga harakat qilaman. O`z aytganlarimga erish uchun har qanday usuldan foydalanaman. Tanishlarim ba’zan ularga jabr qilib qo`yayotganligimni aytadilar. Men esa bunga ularning o`zlari aybdor deb hisoblayman. Hayotda o`zimni haqligimni isbotlashga harakat qilaman va bunga erishaman.
10.SHaxsiy va ishdagi qiziqishlarimdan boshqa qiziqishlarim yo`q. Ko`ngilxiraliklarni uzoq vaqt unutolmayman.Men batartiblikni yoqtiraman. SHuning uchun tartib-qoidalarni bilib olishga doimo intilaman. O`rnatilgan tartiblarga sinchkovlik bilan yondashishni qo`llab-quvvatlayman. Har qanday yomon xatti-harakatlarni kechirmayman. O`zim ishga batartib va aniqlikni yoqtirganim singari boshqalardan ham shuni talab etaman. Maslahat berishni burch deb bilaman. Ammo rahbarlik qilishni xush ko`rmayman. Vaqti-vaqti bilan sababsiz tushkun kayfiyatda bo`laman. Bu vaqtda qizishib, ta’sirchan bo`lib qolaman. Meni ishlarimning batartibligi va puxtaligini boshqalarga namuna qilib ko`rsatadilar. Odamlar bilan munosabatda o`zimni o`ta kirishimli deb bilmayman, ammo hech narsaga qaramasdan ishlash noxushliklarga olib kelishini bilaman.
11.Atrofdagilarning menga beparvo munosabat o`rnatishlariga yo`l qo`ymayman. Meni namuna sifatida ko`rsatayotishlarini, boshqalarning diqqat markazida bo`lishni afzal bilaman. Atrofdagilarni taajjubga solishni va hayratlantirishni yoqtiraman. Men hikoyalarni tinglovchilarga manzur qilib bayon eta olaman.Menda artistik qobiliyat bor.Atrofdagilarning menga nisbatan befarq emasligini bilaman.Men bajonidil do`stlasha olaman. Afsuslar bo`lsinki, hali haqiqiy do`st topishga erishganim yo`q. Menga e’tiborli kishilarni qadrlayman. Tobim qochgan vaqtlarda meni yaxshi parvarishlashlarini xohlayman. Ishda meni boshqalarga namuna sifatida ko`rsatishlarini yoqtiraman. Atrofdagilarning e’tiboriga mos kiyinishga intilaman.
12.Men davralarni yoqtiradigan, yolg`izlikni yoqtirmaydigan insonman. Ko`pincha o`zimga nisbatan kuchli kishilarni o`zimga namuna sifatida qabul qilaman. Agar meni hech kim nazorat qilmasa yoki yordam bermasa boshlagan ishimni oxiriga etkaza olmayman. Men do`stlar davrasidagi kechalarni juda yoqtiraman. Xushchaqchaqlikni ma’qul hisoblayman. Menga taqiqlangan narsalar yoqadi.Uydagilar mendan dangasa, betartib, intizomsiz deb o`pkalaydilar. Ammo bu tanqidlarga nisbatan beparvoman.Xatti-harakatlarimdan hushyortortish, pushaymon bo`lish, bu ishlarda mening aybim kam ekanligi haqida o`ylayman. Mushkul holatlarda meni qo`llab-quvvatlaydigan do`st bo`lishini va bu esa meni kam xatoga yo`l qo`yishimga olib kelishi haqida o`ylayman. Hammasi yaxshi va xursandchilik vaqtlarimda kelajagim haqida kam o`ylayman.
13.Hamma qanday yashasan shunday yashash kerak, atrofdagilardan ajralib qolish kerak emas deb hisoblayman. Ortga qolib ham ketish ham, ilgarilab ketish ham kerak emas deb bilaman. O`ziga xoslikni yoqtirmayman. Atrofdagilardek yashashni ma’qul hisoblayman. Hayotda ham ularning e’tirozlariga duch kelmaslikka harakat qilaman. Kechalari va bayramlarni yoqtiraman. O`ziga bino qo`ygan kishilarni yoqtirmayman. Telivizor ko`rishni yoqtiraman. Ko`pchilikning fikrini doimo haq va unga qarshi chiqish yaxshilikka olib kelmaydi deb hisoblayman.
Natijalar:
1.melanxolik
2.gipertim
3.stikloid
4.emotsional-labillik
5.nevrasteniya
6.senzitiv
7.psixastenik
8.shizoid
9.paranoyal
10.epiliptoid
11.isterik
12.beqaror
13.konform
Xo’sh, siz qanday turmush o’rtoq ekanligingizni bilasizmi? Balki siz men hayotimdan mannunman, turmush o’rtog’im ham baxtli deyayotgandirsiz? Shunday bo`lsa-da, o`zingizni bir sinab ko`ring. Har bir ijobiy javob uchun 2 ball qo`shib boring.
Savollar:
1. Xotiningizni (Eringizning) yonida tez-tez uzoq vaqt telefonda gaplashasizmi?
2. Turmushga chiqmagan (uylanmagan ) dugona( o’rtog’ingiz)ngiznikiga mehmonga borishni yoqtirasizmi?
3. Xotiningiz (Eringiz) uning do`st (dugona)lariga boshqacha, muloyimroq muomala qilishingiz haqida e’tiroz bildiradimi?
4. Ba’zan hammaning oldida xotiningizga (eringizga) tanbeh berasizmi?
5. Narsa xarid qilish uchun do`kon-bozorga borsangiz, xotiningizni (eringizni) ham birga borishga majbur qilasizmi?
6. Xotiningizning (Eringizning) maslahatlaridan ko`ra do’st(dugona)laringizning maslahatlariga ko`proq quloq tutasizmi?
7. Xotiningizni (Eringizni) ko`p kuttirasizmi?
8. Dam olish kunlar turmush o’rtog’ingiz oldida ish bilan band bo’lasizmi?
9. Yotoqqa o`zingizga qaramay (soqol olmay )yotasizmi?
Qancha ball to`pladingiz?
0-6: Siz xotin (er)ingizning hoxish-istaklarini yaxshi biluvchi, uni noo`rin bezovta qilmaydigan, ko`ngliga yo`l topa bilgan eng yaxshi juftsiz. Sizning aqlu farosatingiz albatta yuksak baxolanishi kerak.
8-12: Turmush o`rtog`ingizga e’tiborliroq bo’ling. Uning asabiga tegmang. Ijobiy javob bergan bo`limlaringizdagi xatti-harakatlaringizni zudlik bilan qayta ko`rib chiqing.
14-16: Ishingiz chatoq – juftingiz sizdan sovub ketishii ehtimoldan holi emas. Siz "ha” deb javob bergan har bir bo’lim juftingizga juda yomon ta’sir qiladi. O`ylab ko`ring, sizga nima muhimroq, turmush o’rtog’ingiz bilan tinch-totuv hayotmi yoki odatlaringiz?
Xo'sh, sizda natijalar qanday?
Mana bayram mavsumi! Yaqinlaringizga sovg’a harid qilishga shoshilayotgan bo’lsangiz kerak? Bilasizmi, aynan siz olgan tuhfa didingizni va fe’l atvoringizni hisoblashda yordam berarkan. Keeling, buni bir sinab ko’raylikchi.
Savollar:
1. Sovg’aning kimga berilishi kerakligini bilganingizdan keyin, uni tanlash qiyin bo’lmaydi. Siz olgan sovg’angizga yana biror narsa qo’shib qo’yasizmi?
a) Albatta, u shunday bo’ladiku, buni faqat men va sevgilim ikkimiz tushunamiz. (0)
b) Bu unchalik muhikm emas, sovg’a yoqsa bo’lgani.(10)
c) Agar men sevgilimga "syurpriz”qilmoqchi bo’lsam, o’z-o’zidan shunday yo’l tutgan bo’lardim. (5)
2. Siz sovg’a tanlashdan oldin uzoq o’ylanib, ikkilanib, keyin bir qarorga kelasizmi?
a) Ha, bu men uchun uzoq davom etadigan jarayon.(5)
b) Agar pulim kamroq bo’lsa, biroz o’ylab, fantaziyalar yaratishga to’gri keladi.(0)
c) Bu mavzuda bosh og’ritishning nima keragi bor? Bu uzog’I bilan 5 daqiqani olishi mumkin.(10)
3. Siz kimningdir tug’ilgan kuniga nima sovg’a qilishni oldindan kelishib olasizmi?
a) Bu eng ma’qul yo’l. agar shunday qilsam, ayni nuqtasini topgan bo’laman.(5)
b) Ba’zan bayramlardan oldin bunga kellishib olsa bo’ladi. Lekin men kutilmagan sovg’a qilish kerak deb bilaman.(0)
c) Buning nima keragi bor? Agar nima sovg’a qilishimni bilsa, qizig’I qolmaydiku?! U mening tuhfamni qiziqish bilan ochib ko’rishini hohlayman.(10)
4. Nima deb o’ylaysiz, sovg’a birinchi o’rinda foydali bo’lishi kerakmi yoki foydali?
a) Savol o’rinsiz, sovg’a foydali bo’lishi kerak.(10)
b) Buning uncha ahamiyati yo’q, yoqsa bo’ldi.(5)
c) Eng yaxshi sovg’a – kichik bo’lsa ham odamni hayajonlantiradigan va jalb qiladigan sovg’a bo’lishi kerak.(0)
5. Ba’zi odamlar sovg’a qilayotganida uning qaytarilishiga ham ahamiyat beradi. Siz ham shunday yo’l tutasizmi?
a) Ha , shaxsan men yaxshiroq qilib qaytarilishiga e’tibor beraman. (0)
b) Munosabatlarimiz yaxshi bo’lmagan odamlargagina, nima qaytarsam ekan deb boshim qotadi. (5)
c) Yo’q, men bu mavzuda o’ylanib o’tirishni istamayman. (10)
6. Sevgilingizga sovg’a qilayotganingizda keyinchalik sizni eslab yurishini ham inobatga olasizmi?
a) Ha, faqat shuni o’ylayman.(5)
b) Men xech qachon bu haqida o’ylab ko’rmagan ekanman.(10)
c) Yo’q, bu unchalik muhim emas.(0)
7. Buyum qanchalik qimmat bo’lsa, shunchalik qadrli bo’ladi. Siz ham shunday deb o’ylaysizmi?
a) Bu aniqku!(0)
b) Har doim ham emas.(5)
c) Agar to’gri tanlansa, har qanday arzon sovg’a ham ajoyib sovg’a hisoblanadi.(10)
Natijalar:
20 – 44 ballgacha: tanlagan sovg’angizga qarab sizni doim jiddiy bo’lib yurishingizni aniqlasa bo’ladi. O’zingiz tushunib turganingizdek, bu juda ham yaxshi. Sizni sevishadi, qarindoshlaringiz ham sizni chetda qoldirishmaydi. O’quv dargoh va ishxonadagi doo’stlaringiz ham sizni hurmat qilishadi va qadrlashadi. Sizning asosiy kamchiligingiz fantaziya va ishqibozchilikdan yiroq ekanligingiz. Balki bu yil manashunday imkoniyatlar uchun ham eshik ocharsiz.
45 -55 ballgacha: tanlagan sovg’angiz beradigan odamingizga yoqishini o’ylab, bunga juda muhim qaraysiz. Siz doim boshqalardan yaxshi sovg’a olishni istaysiz, va buning uchun qancha pul ketsa ham o’z bilganingizdan qolmaysiz. Yana kimdir sizning sirlaringizdan voqif bo’lishidan cho’chib yurasiz. Bu borada siz o’zingizni tinchlantirishingiz mumkin. Ishoning, siz juda ham ajoyib va qiziqarli insonsiz. Hayotga boqing, u juda ham ajoyib, uning quvonchlaridan bahramand bo’ling. Shunda hammasi a’lo bo’ladi.
56 – 70 ballgacha: siz uchun hayotdagi eng yoqimli narsa – sevgan kishingiz, yoru do’stlaringiz va eng qadrli insonlaringizning armonli istaklarini bilish. Atrofdagilar qanchalik baxtli bo’lsa, siz o’zingizni shunchalik tetik va bardam his qilasiz. Hammaning dardini eshitishga, ko’nglini ollishga va og’ir damlarida yordam qo’lini cho’zishga tayyor insonlardan hisoblanasiz. Sovg’a berish – siz uchun xobbiga aylangan. Bilasizmi, siz kabi odamlar hayotda juda kamdan kam uchraydi.
Inson organizmining bynday faoliyati uning turli hulq-atvor shakllarida namoyon bo’ladi . Bunday hulq-atvor reaktsiyalari chap va o’ng turlardan tashkil topadi. Demak, siz bir nechta mashq bajarib o’zingizda qaysi turdagi reaktsiya ustunligini aniqlashingiz mumkin. Qo’g’oz va qalam tayyorlab, xar bir mashqdan keyingi natijani « O’ng » bo’lsa - « O’ », « Chap » bo’lsa - « Ch » deb belgilab boring.
Do'stlaringiz bilan baham: |