Psixologik bilish jarayonlari. Reja



Download 132,02 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi132,02 Kb.
#936422
  1   2   3
Bog'liq
Psixologik bilish jarayonlari.


Psixologik bilish jarayonlari.
Reja:
1. Psixologik bilish jarayonlari: sezgilar, idrok, diqqat, tasavvur, hayol.
2. Xotira va uning turlari.



Sezgilar
Bilish jarayonlari askarlar uchun jangovar vaziyatni va o’quv materiallarini bilishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham ofitser o’z qo’l ostidagi harbiy xizmagchilardagi bilish jarayonlarining rivojlanish darajasini bilishi lozim. Insonga uni o’rab turgan tashqi olamni va o’z-o’zini bilib olishiga imkon beruvchi psixologik jarayonlarga bilish jarayonlari deyiladi. Sezgilar, idroq da’vat, xotira, tasavvur, hayol, tafakkur va nutq bilish jarayonlari hisoblanadi.

Bilish sezgilardan boshlanadi. Sezish tashqi qo‘zg‘atuvchining tana yuzasiga, aniqrogi, u joyda joylashgan nerv tolalariga ta’sir etishi natijasida paydo bo’ladigan nerv qo’zg’alishlaridir. Keyinchalik ushbu qo’zgalish nerv to’qimasiga, u erdan esa bosh miyaga uzatiladi. Sezgi orqali narsalarning rangi, shakli, mazasi, vazni, hidi, tovushlari va hokazolarni aks ettirish mumkin.
Odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko’rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan eng sodda ruhiy jarayonga sezgi deyiladi.
Masalan, qarshimizda turgan biron-bir narsa, chunonchi, stol bilan ish ko‘rar ekanmiz, ko’rish yordamida biz uning rangini, shaklini, katta-kichikligini aniqlaymiz; tuyish orqali uning, qattiqligini, silliqligini bilamiz; qo‘lda siljitib ko‘rish bilan uning og’irligiga ishonch hosil qilamiz. Bu’larning barchasi mazkur moddiy buyumning alohida sifatlari bo’lib, ular haqidagi ma’lumotlarni bizga sezgilar beradi.
Atrof-muhit odamga beqiyos darajada turli-tuman ta’sir etib turadi. Yorug’lik hamda havo tulqinlari, issiqdik hamda ultrabinafsha nurlari va boshqa qo’zg’atuvchilar shular jumlasidandir. Ammo radioapparat qaysi to’lqinlarga moslangan bo’lsa, shu to’lqinlarni qabul qilganideq odam organizmi ham son-sanoqsiz tashqi ta’sirlar ichidan qaysi xiliga muvofiq keluvchi «radiopriyomnigi» bo’lsa, faqat shunday hilinigina tutib oladi. Jamikiy qo‘zg‘atuvchilarning barchasi go’yo tahlil qilinadi va ularni tegishli apparatlar qabul qilib oladi (ko’z yorug’likni, quloq tovushlarni qabul qilib oladi va hokazo). Bu sezgi organlari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, asab tizimining tashqiolam bilan aloqa bog’lashidan iborat. Katta yarim sharlar qo‘zg‘atuvchilarni tahlil qilish organi bo’lib, sezgilarning paydo bo’lishini ta’min etuvchi barcha fiziologik apparatga analizator deyiladi.
Analizator uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sirni qabul qiluvchi asbob yoki retseptor (ko’z to’rpardasining nerv xujayralari yorug’likni qabulqiladi va ko’rish retseptori hisoblanadi); 2) o‘tkazuvchi nerv yo’llari(markazga intiluvchi asabyo’llari) retseptorda vujudga kelgan qo’zg‘alish shu asab yo’llari orqali miyaga etkazib beriladi; 3) miya katta yarim sharlaripo’stlog‘idagi maxsus hujayralar (masalan, miya po’stlog‘ining ko’rish markazi deb ataluvchi qismidagi hujayralar ko‘rish uchun ixtisoslashgan asab hujayralaridir).
Agar analizatorlarning uchta qismidan bittasi zararlansa, sezgi vujudga kelmasligi mumkin. Masalan, agar ko‘z soqqasi tagidagi retina (maxsus modda) emirilsa, yoki miyaga boruvchi ko’z nervi, yoxud katta yarim sharlar po’stlog‘ining ensa qismidagi ko’rish markazi zararlansa, odam ko’rish qobiliyatini yo’qotadi.
Odamda paydo bo’luvchi sezgilarni uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga tanamizning tashqi tomoniga joylashgan sezgi organlari orqali vujudga keluvchi sezgilar kiradi. Bu sezgilar bizda tashqaridagi narsalarning xususiyatlarini aks ettiradi. Ko’rish, eshitish, hid bilish, maza, teri va tuyish sezgilari shunday sezgilar jumlasidandir. Retseptorlari ichki organlarga joylashgan sezgi organlari orqali vujudga keluvchi sezgilar ikkinchi guruhga kiradi. Organiq sezgilar deb ataluvchi sezgilar (ochlikni, chanqashni sezish) ikkinchi guruhga kiritilishi keraq Uchinchi guruhga harakat sezgilari kiradi, bu sezgilar harakatlar va gavdaning fazodagi holati bilan bog‘liqdir. Harakat sezgisining retseptorlari muskullarda va paylarda joylashgan bo’ladi.
Ko’rish sezgisi hayotimizda alohida ahamiyatga ega bo’lib, tashqi olam haqida oladigan ma’lumotlarimizning 78 foizi ushbu organ hissasiga to’gri keladi. Ayrim olimlarning odamni «ko’ruvchi hayvon» deb atashlari bejiz emas. Ko’rish sezgilari narsalarga urilishi tufayli qaytarilgan yorug’lik tulqinlarining ta’siri natijasida vujudga keladi. Yorug’lik tulqinlari ko’z korachigi orqali utib, ko’rit retseptori hisoblanuvchi ko’z to’r pardasiga ta’sir etadi. Odam ko’rish sezgilari orqali narsalarning rangi haqida ma’lumotlar oladi, ko’rish sezgisi harakat sezgilari bilan birga qo’shilishi natijasida esa narsalarning shakli, katta-kichikligi, olis yaqindagi, fazoviy holati va harakati to’g’risida xabarlar bo’ladi.
Eshitish sezgilari ham odamlar, ayniqsa harbiy xizmatchilar hayotida katta ahamiyatga ega. Eshitish sezgilari tufayli biz nutq va tovushlarni eshitamiz, boshqa odamlar bilan muloqot qilish hamda harbiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Tovush to’lqinlari eshitish sezgilarini hosil qiluvchi qo’zg’atuvchi hisoblanadi. Bu tovush to’lqinlari eshitish analizatoriga ta’sir ko’rsatadi, u erdan asab tolalari orqali bosh miyaga jo’natiladi, natijada odam tovushni sezadi. Bizning eshitish organimiz tovushlarning har soniyada 16 dan to 20000 martagacha tebranishdagi hillarini seza oladi.
Hid bilish sezgilari bizga xushbuy hidlardan huzurlanish, shuningdeq salomatlik uchun zararli narsalardan saqlanish imkonini beradi. Huddi moddarning zarrachalari hid bilish sezgisining qo’zg’atuvchilari hisoblanadi, ular havoga tarqalib, burun kovagidagi hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardalarga kelib uriladi.
Ta’m-maza bilish sezgisi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, odamning dimog’i hidni sezmasa, u ovqat egan paytida mazasini ta’mni yaxshi bila olmaydi.
Teri sezgilari yordamida biz tanamizga biron narsaning tekkanligini, issiqni, sovuqni va og’riqli sezamiz. Bu sezgilardan har birining maydonga kelishi uchun terida va shilliq pardalarda maxsus sezuvchi nuqtalar mavjuddir. Bu nuqtalar juda ko‘p miqdorda bo’lib, ular maxsus vazifalarni bajaradi. Masalan, 250 mingta maxsus nuqtalar yordamida odam faqatgina sovuqni sezadi, 30 mingta boshqa nuqtalar bilan esa faqat issiqni sezadi. Bu sezuvchi nuqtalar teri yuzasida bir tekis taqsimlangan emas: terining ayrim joyida bu nuqtalar ko‘p miqdorda bo’lsa, boshqa joylarda kamroq bo’ladi. Shu sababdan ham odamdagi teri sezgirligi tananing turli joylarida har xil, teri va harakat sezgilarining birga qo’shilishidan tuyish sezgilari paydo bo’ladi. Qo‘l yoki tananing boshqa qismi bilan buyumni paypaslab ko’rish orqali odamda tuyish sezgilari vujudga keladi. Tuyish sezgilarining maxsus retseptorlari yo‘q-harakat va teri sezgilarining retseptorlari tuyish sezgilarining ham retseptori bo’lib xizmat qiladi.
Ochlikni, chanqashni, to’qlikni va ko’ngil ozishini sezish organiq sezgilar jumlasiga kiradi. Bu sezgilar ichki organlar faoliyati bo’zilganligi haqida ogohlantiradi.
Harakat sezgilari esa bizga o’zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam hatto ko’zlarini yumib olgan bo’lsa ham o’z qo’li, oyog‘i, tanasining boshqa qismi qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgilarining retseptorlari paylarda, bug’inlarning ustida va asosan muskullarda joylashgan bo’ladi. Muvozanat sezgilari boshimizning, binobarin, butun gavdamizning harakati hamda fazodagi holati haqida darak beradi. Muvozanat sezgilarining retseptorlari ichki quloqqa joylashgan. Bu organlarning me’yordagi faoliyati izdan chiqqan paytda odam o’zini noxush sezadi (masalan: bosh aylanadi).
Tebranish sezgilari boshqa sezgilar orasida alohida urinni egallaydi, bu sezgilar narsalarning tebranishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va havoning tebranishlari bu sezgilarning qo‘zgatuvchilaridir. Tananing butun ustki yuzasi qo‘zgatuvchilarning ta’sirini qabul qiladi.
Har qanday predmet yoki hodisa o’ziga xos sifat va xususiyatlar bilan harakterlanadi. Masalan, jangovar sharoit yorug’liq tovush, harorat va boshqa sifatlar bilan harakterlanadi. Demaq askarning jangovar holatni qanchalik to’gri baholashi ushbu barcha sifatlarning uning ongida qanchalik to’gri aks etishiga bog’liq bo’ladi.
Sezgilar insonning atrofi va o’z-o’zini bilishida eng birlamchi, yagona manba bo’lib hisoblanadi. Lekin, bundan bilish jarayonini sezgilar yigindisidan iborat bo’lgan narsadek tasavvur qilish yaramaydi. Sezgilar faqatgina keyingi murakkab bilish jarayonlari uchun dastlabki birlamchi manba bo’lib xizmat qiladi, xalos.
Masalan, gidroakustik ma’lum bir qo‘zgalish kuchiga ega bo’lgan tovushni aniqlaydi. Lekin, u shu birgina sezgiga asoslanib suv ostida qaerda, qanday turdagi suv osti kemasi borligini, uning harakat yo’nalishni va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni topa oladi. Tabiiyki, bu erda gidroakustik sezgi organi orqali sezgan sifati asosida va uni rivojlantirish (boshqa bilish jarayonlari vositasida) natijasida boshqa ko‘plab ma’lumotlarni topa biladi.
Shubhasiz, sezgi organlarining ish faoliyati harbiy xizmat davrida katta rol o’ynaydi. Shuning uchun ham harbiy xizmatga chaqirilishi oldidan kishilar-chaqiriluvchilar maxsus tibbiy ko‘rikdan o’tadilar: ulardagi sezish qobiliyatlari tekshirib ko’riladi. Harbiy xizmat davrida esa ular mashq qildirish orqali rivojlantyriladi.
Sezgi organlarining sezuvchanligini rivojlantirish askarlarni jangovar harakatlarga psixologik tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunday tayyorgarlikni tashkilqilish uchun esa ofitser sezish jarayonining qonuniyatlarini hamda sezgi organlari ish faoliyatini bilishi lozim.
Bunday qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
• sezishning quyi va yuqori chegarasi;
• farqlash chegarasi;
• ko’nikish (adaptatsiya).
Sezishning quyi chegarasi shundan iboratki, aynan shu chegarada sezish organi tashqi ta’sirni qabul qiladi seza boshlaydi. Sezishning quyi chegarasi qanchalik past bo’lsa, sezgi organining sezuvchanligi shuncha yuqori bo’ladi yoki aksincha.
Sezgi organlarining sezuvchanligi muhit shart-sharoitlariga bog‘liq bo’ladi. Masalan, sukunatda tovush yaxshi eshitiladi, kuzatuvchi etarlicha yoritilgan buyumni yaxshi ko’radi. Shuningdeq sezuvchanlikka retseptorning holati ham ta’sir etadi – kuchli yorug’lik ta’sirida charchagan ko’z o’z sezuvchanligini yo’qotadi. Bundan tashqari sezgi organlari sezuvchanligiga bosh miya holati ham ta’sir etadi. Bunga misol qilib quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
- aqlan va jismonan qattiq charchash;
- qo’rqish;
- hayajonlanish;
- mast bo’lish;
- kontuziya holati va boshqalar.
Aksincha, sezgi analizatorlarining sezuvchanligini oshiruvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- javobgarlikni his qilish;
- ma’lum bir ustanovkaning mavjudligi;
- vazifaning mohiyatini tushunish;
- ma’lum faoliyat shasidagi mustahkam bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish;
- diqqat;
- kayfiyat.
Odam kerakli paytda fiziologik vositalarni qo’llab, o’z sezgi organlari ish faoliyatini oshirishi mumkin. Masalan, charchagan paytda sovuq suv bilan tanani artish, tez-tez hamda chuqur nafas olish, engil jismoniy ishlarni bajarish va hokazo, bundan tashqari sezgirlikni oshirishning farmakologik vositalari ham mavjud. Bu tabiiy kofe hamda kofein preparati. Bu vositalar sezuvchanlikni 1/3 martagacha oshirilishiga yordam beradi.

Download 132,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish