Psixogigiyena fanining maqsad, vazifa va asosiy tarmoqlari



Download 116,75 Kb.
bet1/3
Sana30.05.2022
Hajmi116,75 Kb.
#620968
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu

Mavzu.
Psixogigiyena fanining maqsad,


vazifa va asosiy tarmoqlari.

Reja;
1.Kirish.


2.Asosiy qism.
2.1 Psixogigiyena fani haqida tushuncha.
2.2 Psixogigiyenaning fan sifatida rivojlanishi.
2.3 Psixogigiyena fanining asosiy tarmoqlari.
3. Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar

Psixologiya eng qadimiy fanlardan bo'lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon haqidagi ta’limot sifatida vujudga kelgan. VII—V asrlarda o'tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va ruhiy hayoti to'g'risida juda ko'p xilma-xil fikrlar bayon qilinganligini ko'ramiz. Bu masalalar qadimgi Xitoy va qadimgi hind mutafakkirlarining muhokamalarida ham katta o‘rin tutadi.


Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta Aris- totel (eramizdan oldingi 384—322-yillar) ≪Jon haqida≫ degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining ≪otasi≫ hisoblanadi.
Uzoq vaqtgacha psixologiya mustaqil fan bo'lmay, falsafa tarkibiga kirib kelgan. Alohida ilmiy fan ma’nosidagi ≪psixologiya≫ termini ham yo'q edi. Bu termin XVI asr oxirida paydo bo'lib, XVIII asr o'rtalaridan boshlab hamma ishlatadigan bo'lib qoldi. Psixologiya XVIII asrning oxirida va XIX asrning boshlaridagina mustaqil fan bo'lib shakllandi
Qadimgi zamonlardan to bizning zamonimizgacha psixologiya sohasida idealizm bilan materializm o'rtasida kurash bo'lib keldi. Psixologiya- dagi bu kurash hamisha sinfiy kurashning in’ikosi bo'lib keldi. Psixika, ong nima degan masala, shu bilan birga, odam organizmida psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlar o'rtasidagi munosabat masalasi ham shu kurashda markaziy o'rinni egallab keldi.
Psixika va ong haqidagi ta’limot idealistik va vulgar materialistik qarashlar hamda nazariyalarga qarshi kurashda chiniqa bordi.
Idealistlar, odamning psixik hayotini odam tanasi bilan qandaydir noma’lum yo'l bilan qo'shilib, odamda gavdalangan, jismi yo'q moddiy bo'lmagan alohida bir narsaning, ya’ni ruh yoki jonning zohir bo'lishi deb hisoblaydilar. (So'zlashganimizda va adabiyotda ham ≪odamning joni≫ va ≪odamning ruhi≫ degan termin ishlatamiz. Ammo bu terminlarni biz moddiy bo'lmagan alohida bir narsani ifodalash uchun emas, balki ≪psixika≫ so'zini qay ma’noda ishlatsak, o'sha ma’noda ishlatamiz). Idealistik psixologiya namoyandalari psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlarning o'zaro munosabati haqidagi masalani talqin qilishda yo psixofizik paral- lelizm yoki psixofizik o'zaro ta’sir nuqtayi nazarida turadilar.
Psixofizik parallelizm tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar bir- biriga bog'liq bo'lmagan holda yonma-yon (parallel ravishda) voqe bo'ladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga ko'ra, odamning hayot faoliyati qo'shilib ketmaydigan ikki oqim — organik hayot

bilan psixik hayotning harakat- lanishidan iborat emish.Psixofizik o'zaro ta’sir tarafdorlari ta’limotiga ko'ra, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o'z tabiati e’tibori bilan har xil bo‘lsa-da, bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi: fiziologik hodisalar psixik hodisalami vujudga keltiradi, psixik hodisalar esa fiziologik hodisalarga sabab bo'la oladi. Bu qarashga ko'ra, odamning hayot faoliyati go‘yo harakatdagi zanjir boMib, unda fizik zveno bilan psixik zveno ketma-ket kelaveradi.Fanga xilof idealistik muhokamalarga qarama-qarshi o'laroq, dialektik materializm psixik hayot qandaydir alohida, moddiy bo‘lmagan bir narsa- ning zohir boMishi emas, balki materiyaning yuksak darajadagi mahsuli, ya’ni bosh miyaning xossasidir, deb ko'rsatadi. Demak, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida bir yo‘sinda aks ettirish qobiliyatidan iboratdir.Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo‘lib, faqat miyaning faoli- yatiga bog'liq holda ro‘y beradi. Lekin psixikani materiyaning mahsuli deb bilish tushunchasini vulgar materializm namoyandalari targ‘ib qilgan soxta (u ham mexanistik) tushun- chadan farq qilishi kerak. Mexanist va vulgar materialistlar tabiatdagi barcha hodisalami — kimyoviy, biologik, fiziologik hodisalami, shuningdek, psixologik hodisalami ham materiya zarrachalarining fazoda faqat mexa- nik sur’atda siljishdan iborat deb bilar edilar. Ular psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlardan iborat bir narsa deb tushunar, psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonning ikkovi bor narsa deb hisoblar edilar Masalan: vulgar materializmning namoyandalari (Byuxner, Moleshott, Faxz) ji- gardan o‘t chiqib turgani singari miyadan ham fikr chiqib turadi, deb bilar edilar. Mexanistlar nazarida, psixik hodisa fiziologik hodisaning o‘zi-yu, uni odam faqat ichki, subyektiv tomondan idrok etar emish. Dialektik materializm nuqtayi nazaridan psixika, materiyaning me- xanik harakati emas, balki harakatdagi materiyaning alohida xossasidir. Shuningdek, psixik jarayon moddiy jarayonga bog'liq, degan so'zdan psixika, ong-fiziologik jarayonlardan boshqa bir narsa emas, degan ma’no aslo chiqmaydi. Fikr, ong — voqelikning sifat jihatidan boshqacha, o'ziga xos bir hodisasidir.


Psixika, ong — faqat yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasidir.
Hayvonlar bilan odamlar organizmiga xos bo'lgan nerv sistemasi ana shunday yuksak darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati (asosi) — odamning bosh miyasidir. Odamning psixikasi, ongi — bosh miya funksiyasidir. Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo'ladi. Materiya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va xos- salar — mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va
boshqa qonuniyat va xossa- lar paydo bo'ladi va taraqqiy qiladi, organik olam taraqqiyotining eng Insonning aks ettirish jarayoni o'z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 bosqichdan iboratdir: 1) hissiy (aks ettirish) bilish bo'lib, u sezish, hissiy qabul qilish, xotira va tasawurlardan iboratdir; 2) aqliy bilish bosqichi bo'lib, u tafakkurdan iboratdir.
Hissiy bilishning boshlang'ich shakli — sezgidir. Chunki hissiy bi- lishning boshqa shakllari — hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha murakkab bo'lib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, unda predmetlaming ayrim xossalarni emas, balki predmet bir butun holda aks etadi.
Hissiy bilishning yana bir shakli tasawurdir. yuksak bosqichidagina materiyaning psixika, sezgi, ong, tafakkur deb ataladigan alohida xossalari vujudga keladi.
Olam taraqqiyoti tarixida psixika, ong bo'lmagan davr o'tgan. Psixika olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichlaridagina paydo bo'ldi.
Psixika materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so'zning ma’nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqelikni aks ettiradigan ko'pgina narsalar ma’lum, masalan, suv aks ettiradi, ko'zgu aks ettiradi va hokazo. Bu misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in’ikos)ni ko'ramiz. Psixik hodisalar haqida so'zlashganimizda esa sifat jihatdan boshqacha, o'ziga xos ravishda aks etishini nazarda tutmog'imiz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o'z ifodasini topadi Insonning aks ettirish jarayoni o'z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 bosqichdan iboratdir: 1) hissiy (aks ettirish) bilish bo'lib, u sezish, hissiy qabul qilish, xotira va tasawurlardan iboratdir; 2) aqliy bilish bosqichi bo'lib, u tafakkurdan iboratdir.
Hissiy bilishning boshlang'ich shakli — sezgidir. Chunki hissiy bi- lishning boshqa shakllari — hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha murakkab bo'lib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, unda predmetlaming ayrim xossalarni emas, balki predmet bir butun holda aks etadi.
Hissiy bilishning yana bir shakli tasawurdir. Tashqi ta’sir natijasida vujudga kelgan nerv va
miya qobig'ining ma’lum qismidagi qo'zg'alish — sezish, qabul qilish — ma’lum davigacha o'z izini qoldiradi, ya’ni tashqi ta’sir to'xtagandan so'ng qo'zg'alishning, sezish- ning izi

saqlanib qoladi. O'sha ta’sir etgan predmetga aloqador bo'lgan, unga qandaydirmunosabatda bo'lgan hodisa ta’siri natijasida izlar yana qayta tiklanishi mumkin.Miya qobig'ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlaming tiklanishi, qaytadan qo'zg'alishi tasawur, xotirani vujudga keltiradi.


Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanmaydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtimoiy mehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich — aqliy bilish, tafakkur paydo bo'ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan «materiallar»ni qayta ishlash, ularni munosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va asosiy tomonlarini nomuhim- Iaridan ajratib olish, ulaming qonuniyatlarini ochish aqliy bilish va tafakkurda amalga oshiriladi. Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o'rtasida doimo o'zaro bir- biriga ta’sir qilish jarayoni bo'lib turadi. Odam bu jarayonda dunyoni o'z psixikasi bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida ko‘zgudagi kabi passiv ravishda aks etmay, balki faol ravishda aks etadi: odam teva- rak-atrofdagi olam bilan o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta’sir etadi, uni o‘zgartiradi va uni o'z ehtiyojlariga mos- lashtiradi.
Psixologiya fani psixikani o‘iganar ekan, uni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat boMgan alohida xossasi deb biladi. Materiyaning bu xossasi materiyaning boshqa xossalaridan sifat jihatdan farq qiladi va materiya taraqqiyotining faqat muayyan bosqichida vujudga keladi
Psixik hodisani, idealistlar ta’lim bergani singari, fiziologik hodisadan ajratib qo‘yish yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar materialistlari ta’lim bergani singari, fizik hodisaga tenglashtirish ham yaramaydi. Psixik hodisa bilan fiziologik hodisa bir butun boMib bogMangandir. Buning ma’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-boshqa hodi- salardir, ammo fiziologik hodisa boMmasa, ya’ni nerv sistemasi ishlama- sa, psixologik hodisa boMishi mumkin emas; shunday qilib, psixologik hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi.
Psixik hodisalar nechogMi murakkab boMmasin, ularni moddiy nerv- fiziologik negizidan ayirib o'rganish yaramaydi. Bunday ayirish idealizm- ga olib borishi mumkin, xolos. Shu sababli psixikani o'rganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlami ilmiy asosda tushunib olish uchun psixikaning moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik jara-
yonlaming nerv-fiziologik mexanizmlarini bilib olish kerak. I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyati fiziologiyasiga doir genial asarlarida psixik hodisalar moddiy substratining faoliyatidagi asosiy qonuniyatlami va ayrim psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi Boshqa fanlarni o'rganish kabi, psixologiyani o'rganishning ham, av- valo, bilish, ma’lumot olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o'rganib, voqelikning g'oyat katta va sifat jihatdan o'ziga xos sohasi — psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan, hayvonot dunyosida psixik hayot shakllari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday rivojlangan, har bir odam tug'ilish paytidan tor- tib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi — psixo- logning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi.
Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni ko'nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o'z ehtiyojlariga moslashtirib, yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko'radi
— psixologiyani o'rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz.
Psixologiyani o'rganish odamni psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o'stirishga yordam beradi. Odam aqlini o'stirish, jumladan, yangi bilimlar va ko'nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni to'g'ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o'z fikrlarini nutqda to'g'ri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini to'g'ri tushuna bilishda ham o'z ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan shug'ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida o'rin tutadi. Odam psixologiyani o'rganar ekan, awalo o'z aql- idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga diqqat-e’tibor beradi, aql- ning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan o'z aql-idrokining ko'proq o'sishiga yordam beradi. Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlami egallash shaxs dunyo- qarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir.
Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi har xil
diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Odam psixologiyani o‘rganar ekan, o'zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo‘lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishi- larni va o‘zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Psixologiyaning bilish, ma’lumot olish ahamiyati shulardan iboratdir.
Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida — ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san'at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.Pedagogika ishida, ya’ni yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta.
Pedagog o'quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan, shu mate- rialni bolalar qanday o'zlashtirayotganini — ko'ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolavotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat-e'tibor, hissiyot qanday namoyon bo'layotganini, bolalaming yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro'y berayotganini bilish lozim. Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta’limi va mehnatni tashkil etishning har xil turlarida psixologiyadan keng foydalanilmoqda. Ishning har bir turi, har bir kasb odamdan tegishli bilim va mahorat talab qilish bilan birga maxsus psixologik sifatlarni ham talab qiladi. Shu sababli, ixtisosga qarab murakkab va mas’-uliyatli mehnat operatsivalarini bajarishga to‘g'ri keladigan kishilar maxsus psixologik tekshirishdan o'tkaziladi. Masalan, dastlabki kosmonavtlarni tanlashda talabgorlar xotirasi juda yaxshi, fahmi o'tkir, diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko’chira oladigan, aniq uyg'un harakatlarni tez bajara oladigan kishilami ajratib olish maqsadida tekshirib ko'rildi.
Korxonalar va boshqa xo'jalik, madaniy va ma’inuriy muassasalari- ning hamda tashkilotlarning rahbarlari kadrlami tanlay bilishi. ularni joy- joyiga qo'ya bilishi, ularga rahbarlik qila olishi kerak. Buning uchun esa ularning qobiliyatlari, xarakteri, mehnatga munosabati va boshqa shu ka- bilarning farqiga bora bilishi kerak. Psixologiya tibbiyot bilan qadimdan bog'lanib keladi. Kasalliklar orasida psixik kasalliklar bo'ladi. Bunday kasalliklarni ham. asosan. psixologik vositalar bilan davolashga to'g'ri keladi. Shifokor psixik kasalliklarni yaxshiroq ajrata bilmoq uchun odamning normal psixologiyasini ham bilishi kerak. Boshqa kasalliklarni, ayniqsa, nerv kasalliklarini davolashda ham shifokor bemorning ruhiy holatini bila olishi va kasallikning borishigaruhiy holatning ta’sirini nazarda tutishi lozim. Shifokor bemorga psixik ta’sir ko'rsatish vositalarini, ishontirish, maslahat berish va boshqa shu kabilarning ahamiyatini bilishi kerak.
Psixologiya sud ishida ham muhim rol o'ynaydi. Sud xodimi ayb- lanuvchining ruhiy holatini, guvohlarning so'roqda aytgan gaplarini psixologik jihatidan tahlil qila bilishi kerak. Kishilar biron ayb, jinoyat qil- ganlarida nima niyat bilan shunday qilganliklarini sud xodimi fahmlay bilishi kerak. Aybdorlarning individual xususiyatlarini ham bilib olishga to‘g‘ri keladi. Bularning hammasida ustalik bilan ish ko‘rmoq uchun odamning psixikasini bilish, psixologiyani o‘iganish kerak. Psixologiyaning san’atdagi ahamiyatini ham ko'rsatib o’tmoq kerak. Har bir san’atkor (artist, musiqachi, rassom va shunga o‘xshashlar) kishilarga — tomoshabinlarga, tinglovchilarga o‘z ijodi bilan ta’sir ko'rsatishni maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va qanday his qilishini bilmoq kerak. San’at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu obrazning biror badiiy vosita bilan gavdalanti- radi. Buning uchun san’atkor obrazni qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat psixologiyasini bilishi shart.
Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo boshqa kishilar o'rtasida boMadi, muayyan munosabatlar — tanish- bilishlik, oshna-do‘stlik va boshqa shu kabilar tufayli boshqa kishilar bilan aloqa qiladi. Har birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kay- fiyatlarini bilib olishga, kishilarning bir-birini ajratishga va ularga ta’sir ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Bu yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida psixologik bilimlarning amalda qoMlanish psixik hayot hodisalari, uni qonuniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va oy- dinlashtirish uchun ham ko‘p material beradi va shu bilan psixologiyaning nazariy sohalarini boyitadi.
Psixologiyaning ilmiy bilish va amaliy ahamiyati shundan ham ko’rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil faniar darajasiga ko‘tarildi. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi voMlar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tugladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo'lmoq uchun psixikani
tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir
pedagogkishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullami bilishi lozim.Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim:
Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog'langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisani uning nerv- fiziologik asosdan ajratib o'rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o'rganish yaramaydi va hokazo.
Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o'zgarish jarayonida ko'zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o'smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo'lmaydi.
Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonidan o'rganganda miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tishini va bir sifat holati- ning ikkinchi sifat holatiga o'tishini ko'zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o'rgana turib, bilim olish va to'plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, musho- hadakorligi sifat jihatidan o'zgarishni ko'rsatib bersa bo'ladi. Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida shakllanadi Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g'oyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya ham o'z mavzuini o'rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil qilishdan boshlashi lozim. So'ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim.
Har bir fandagi kabi psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo'llaniladi. Kuzatish va eksperimentdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa maxsus metodlari: suhbat metodi, biografiya metodi, solishtirma tarixiy metod va boshqa metodlar ham qo'llaniladi

Kuzatish metodi


Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tu- man faoliyatida qanday ko'rinishda voqe bo'lsa, o'sha ko'rinishda kuzatish metodining yordami bilan o'rganiladi.
Tashqi kuzatish
Psixik hayot hodisalarini o'rganishda awalo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi.
Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin.
Psixik jarayonlar bilan bevosita bog'langan ba’zi bir fiziologik hodisalar yuzning o'zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o'zgarishi ham tashqaridan kuzatilsa bo'ladi. Kuzatish ma’lumotlarini so'zlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki ko'rsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo'llar bilan ham qayd qilish mumkin.
0‘z-o‘zini kuzatish
Nomidan ko'rinib turibdiki, tadqiqotchi o'z-o'zini kuzatish bilan o'zidagi psixik hodisalami tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki tomoni - odamning subyektiv kechinmalari qanday ro'y bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intila- di. Psixolog o'z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning o'z-o'zini kuzatib olgan ma’lumotlariga ham asoslanadi.
Tibbiyot psixologiyasi tom ma’noda bemorning psixologiyasini o'rganuvchi fandir. Lekin bu ta ’rif uning barcha imkoniyatlarini qamrab ololmaydi, albatta. Chunki u sog‘lom kishilarda kasallik keltiribhiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillami ham o‘rganadi, ularning
Sabablarini izlaydi. Tibbiyot psixologiyasi chegara bilmas, keng qamrovli fandir. Uuzoq tarixga ega bo'lib, o'zining rivojlanish bosqichida bir nechtadavrlarni bosib o‘tgan.Tibbiyot psixologiyasi quyidagi asosiy masalalarni o‘rganadi: 1)bemor va tibbiyot xodimining shaxsi, ular orasidagi o'zaro munosabatlarni;2) psixoprofilaktika, psixogigiyena va deontologiya muammolarini;3) shifokor siri va etikasini; 4) yosh bilan bog‘liq tibbiypsixologikmuammolarni; 5) sezgi va idrok, diqqat va xotira, shaxs,xulq-atvor, temperament, stress, hissiyot, tafakkur, ong va ularningxususiyatlarini; 6)psixologik tekshirish usullarini.Shuningdek, ushbu fan psixogen va organik kasalliklarda kuzatiladiganpsixologik o‘zgarishlarning etiologiyasi, klinikasi va diagnostikasinio‘rganib, davolash choralarini ishlab chiqadi. Tibbiy psixologiyaningasosiy yo‘nalishlaridan biri bu psixosomatik sindromlarnio‘rganishdir. Tibbiyot psixologiyasini boshqa tibbiyot fanlaridan ajratib o‘rganish
xato bo‘lur edi. Har qanday kasallik asosiy davolash choralaridan tashqari, bemorga ruhiy ta’sir qilishni ham taqozo etadi. Masalan, operatsiyaga tayyorlanayotgan bemorni jarroh yaxshi so‘zlar bilan tinchlantiradi, operatsiyaning muvaffaqiyatli o‘tishigaishontiradi, keyin sog‘ayib oyoqqa turib ketishiga undaishonch uyg‘otadi. Operatsiyadan keyin ham bemor bilan suhbatlashish asosan, uning ruhini ko'tarishga, asabini tinchlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu ish bilan albatta, jarrohning o‘zi va boshqatibbiyot xodimlari shug:ullanadi. Homilador ayolning tug‘ish paytidagi ruhiy holati, ayniqsa, e’tiborni talab qiladi. Qo'rquvdan toMg‘oqning qaytib ketish hollari ham ko‘p uchraydi. Tug‘ayotgan ayoldagi qo'rquvni uni shirin so‘z bilan tinchlantirib, yo‘qotish mumkin. Yoki teri-tanosil kasalliklariniolaylik. Qattiq asabiy zo'riqishdan keyin terida paydo bo‘ladigan qichimalarni kuchli gormonal surtmalarni ishlatib ham yo‘qotish qiyin yoki mumkin emas. Lekin platseboterapiya va psixoterapiyausullarini qolab bemorni oylab, ba’zan yillab davom etayotganqichima
dardidan xalos etish mumkin. Ma’lumki, qattiq hissiy zo‘riqishdan keyin qand kasalligi, xafaqon kasalligi, miokard infarkti, insult kabi og‘ir kasalliklar rivojlanadi. Hatto oshqozon-ichak yara kasalligi, qon kasalliklari ba’zan ruhiy zo‘riqishlardan keyin paydo boladi. Odam organizmida sodir boMadigan har qanday kasalliklarda ruhiy ta ’sir albatta ishtirok etadi. Bu esa har bir vrachning psixologiyani mukammal egallashini talab qiladi. Bemorning ruhiyati sog‘lom odamnikidan farq qiladi. Har kim betoblikka turlicha munosabatda boMadi. Kimdir qattiq siqiladi va o‘z ahvolini o‘zi ogrlashtiradi, boshqa birov tuzalishdan umidini uzib, taqdirga tan beradi, uchinchisi esa sog‘ayib ketishiga umid bog‘- laydi. Bu, albatta, bemorning temperamentiga ham ko‘p jihatdan bogliq. Demak, bemorni davolashga kirishayotgan har bir vrach uning qaysi temperamentga (xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik) taalluqli ekanligiga ham e’tibor qaratishi lozim.
Psixogigiyena — bu inson salomatligini saqlashga va mustahkamlashga qaratilgan fan bo‘lib, psixoprofilaktika bilan chambarchasbog‘lanib ketgan. Psixogigiyena tibbiyotning dolzarb muammolarini hal qiluvchi umumiy gigiyenaning bir bo‘limi sifatida ham o‘rganiladi. Psixogigiyena o‘zining muammolari bilan nafaqat tibbiyotning, balki jamiyatimizning ham barcha jabhalariga kirib borgan. Psixogigiyena fani nevrologiya va psixiatriya fanlariga yaqin turuvchi, psixonevrologik muammolarni birgalikda hal qiluvchi fandir. Psixogigiyena oliy nerv faoliyatini o'rganuvchi neyrofiziologiya fani bilan ham uzluksiz bog‘langan. Chunki har qanday tashqi salbiy omillar asab tizimi funksional holatiga nojo'ya ta ’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Psixogigiyena ushbu salbiy holatlarning asab tizimiga ta ’sirini pasaytirish, asab markazlarining «immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiyena muammolari psixoprofilaktika muammolariga o‘xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigiyenik muolajalar ruhiy, asab va boshqa kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, psixogigiyena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi og‘ir kasalliklarning oldini olishgayordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy omillar ahamiyati ko'pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan. Akademik A.L.Myasnikov (1965) xafaqon kasalligini «asab markazlari nevrozi» deb atagan edi. Mashhur terapevt G.F.Lang (1943) Leningrad qamalida dushmanlar shaharni bombardimon qilishi haqidagi havo trevogasi paytida hatto 17—18 yashar yigit-qizlarda ham qon bosimi 180/100 gacha oshganini, samolyotlar qaytib ketganidan keyin esa qon bosimi yana me’yoriy raqamlarga tushganini aniqlab, xafaqon kasalligi rivojlanishida ruhiy omillarning ahamiyati naqadar katta ekanligini isbotlagan. Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asab-ruhiy kasalliklar va asab zo‘riqishidan kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu o‘z navbatida psixogigiyena faniga katta vazifalarni yuklaydi. Kuchli hissiy
hayajonlanish, og‘ir musibat, aqliy zo'riqish organizmning umumiy holatiga nojo'ya ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida gomeostazning normal faoliyati buzilib, ichki a ’zolar kasalliklari rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir. Psixogigiyena asab-ruhiy kasalliklar, shaxs o ‘zgarishlari, ichkilikka ruju qo‘yish, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiyena muammolari inson shaxsini e’tiborga olgan holda yechiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta ’sir ko‘rsatadi. Har bir vrachning psixogigiyena fanini chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashda va oldini olishda, shuningdek psixoprofilaktikadan yangi dasturlar tayyorlashga katta yordam beradi. Shunday ekan, ruhiy zo‘riqishlar ichki a ’zolar kasalliklariga sababchi bosa, o‘z vaqtida ichki a’zolar patologiyasi inson ruhining
buzilishiga olib kelishi mumkin. Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi. Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ruju qo‘yadigan, hech kimga ishonmaydigan,o‘zining sog‘ayib ketishiga ham katta gumon bilan qaraydigan bo‘lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so‘z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan odam bo‘lsa, buning yomon ta’siri oila a ’zolariga ham tezda o'tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon yetkazishi mumkin. Demak, psixogigiyenaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigiyenasidir. Bitta odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uni o‘rab turgan qarindosh-urug'lari, yoru birodarlarining ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir. Psixogigiyena muammosini va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiyena bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo'shadi, ruhiy sog‘lom bo‘lgan shaxsgina biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan sog‘lom kishigina yaxshi vrach, quruvchi, haydovchi, o ‘qituvchi yoki uchuvchi bo‘lishi mumkinXo‘sh, psixogigiyenaning asosiy vazifalari, yo‘nalishlari nimalardan iborat? Psixogigiyena quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: 1) sog‘lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish; 2) tibbiy maskanlarda gigiyena talablariga javob beradigan sharoit yaratish; 3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillarni kamaytirish va tugatish; 4) bemorlarni, yoshu qarilarni sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish; 5) har bir kishini o ‘z salomatligiga e’tibor bilan qarashga, uni saqlashga o'rgatish. Psixogigiyena shartli ravishda quyidagi turlarga bolinadi:
1) yoshga oid psixogigiyena; 2) aqliy va jismoniy mehnat psixogigiyenasi; 3) o'rganish va o'rgatish psixogigiyenasi; 4) oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi; 5) turmush psixogigiyenasi; 6) bemor odam psixogigiyenasi.
Yoshga oid psixogigiyena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug‘ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o‘yinlarga asoslangan bo‘ladi. Uning idroki yoshiga mos bo‘ladi. Bola o‘zi qiziqqan narsa bilan shug‘ullanadi. Bolaning yonida ehtiyot bo‘lib gapirish, uni to ‘g‘ri yo‘lga boshlash, kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatib boorish o‘ta muhimdir. Bolani qattiqqo‘llik bilan emas, faqat uqtirish yo‘li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha erkalatib yuborish, uning aytganini qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, u qaysar, o‘jar, ota-onani hurmat qilmaydigan bo‘lib o‘sadi. Bolani uning yoshiga mos turli o'yinlar bilan mashg‘ul qilish kerak. Bolani teatrlarga, sirkka, hayvonot bog'lariga olib borish, uni tabiat qo‘ynida tarbiyalash, bolaning sinxron rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar psixogigiyenasida kattalar xulq-atvori, awalambor otaonasining xulq-atvori o‘ta muhim ahamiyatga ega. Doimo janjal bo‘ladigan, ichkilik ichiladigan, kitob mutolaa qilinmaydigan oilada yaxshi farzand voyaga yetishi ancha murakkabdir. Bola ota-onaning yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig‘iga ham taqlid qiladi. Hali bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i funksional jihatdan to‘la shakllanmaganligi sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish imkoni past bo‘ladi. Bolani hayotga o'rgatib borish, uning tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar aytish, hayotdan misollar keltirib borish bolada hayotga qiziqish uyg‘otadi, insonlarga mehr-muhabbatli bo‘lishga undaydiAgar ota-ona bolada fanning, san’atning yoki hunaming qaysidirbir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har tomonlama yordam beribbarcha sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilaman
deb, unga keragidan ortiqcha talab qo‘yib yuborish, dars qilishga majbur qilaverish, ko'chada biroz o ‘ynagani qo‘ymaslik bolada depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab boiadi. Bunga shunday misol keltirish mumkin. Hali 8 yoshga to‘lmagan G. ismli qizchani bizga ko‘rsatishdi. Qizcha bosh og‘rig‘idan shikoyat qilar edi. Ota-onasi vrach qabulida boMib, qizchada bosh og‘rig‘i sabablarini aniqlay olishmaganligini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. Qizchani tekshirish mobaynida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, u umuman kam gapirar, bir nuqtaga qarab turaverar, doktor bergan savollarga zo‘rg‘a javob
berar edi. 0 ‘zi haqida gapirib berishni iltimos qilganda, faqat boshi og‘rishini aytgan. Qizni
tekshirayotib unda depressiya alomatlarini aniqladik. Qiz awal hech qanday kasal bo‘lmagan, miya jarohatlari olmagan, ichki a ’zolari ham sog‘lom edi. Qizchadan boshing doimo og‘riydiini, og'rimagan payti bormi desa u: «Ha, doimo og'riydi, lekin noyabr oyida og‘rimadi», debjavob beradi (bemor fevral oyida tekshirilayotgan edi)
Qizdagi bosh og‘riqning sabablari har tomonlama tekshirilib, kasallik anamnezi yaxshilab o‘rganilgandan keyin shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qizni 6 yoshligidan boshlab o‘qitish kuchaytirilgan maktabga berishgan. Bundan tashqari, qizcha maktabdan qaytganda, ingliz tili o'qituvchisi uyda u bilan mashg'ulot olib borgan, keyin esa ota-onasi qizchaning bilimini tekshirish bo‘yicha doimo savoljavoblar o'tkazgan. Qizcha 6 yoshga to ‘lganidan keyin ko‘chaga tengdoshlari bilan o‘ynagani chiqishga qo'yilmagan. Albatta, bolaga qo‘yilgan bu ortiqcha talablar uni ruhan charchatib qo‘ygan. O'qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy mas’uliyat sezgan qizchaning miyasi doimo hissiy zo‘riqishda bo'lib, bora-bora u kamgap, faqat savollargagina javob beradigan, o‘z tengdoshlari bilan o'ynamaydigan bo‘lib qoladi. So‘ngra esa qizchada doimiy bosh og'riq rivojlanadi. Noyabr oyida esa qizcha maktabdan ta’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda, tabiiyki dars qilmagan va ko‘p vaqtini toza havoda o"z tengdoshlari bilan o ‘ynab o'tkazgan. Bundan xulosa qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablarni kamaytirish, ularni qizning yoshiga moslash, ingliz tilini o‘qitishni vaqtincha to‘xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar bajarilgandan keyin qizchada depressiya alomatlari (kamgaplik, ishtaha yo‘qligi, hech narsaga qiziqmaslik va bosh og‘rig‘i) o‘tib ketdi. Bundan xulosa shuki, ko‘pchilik asab-ruhiy buzilishlarning sababi noto‘g‘ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy zo‘riqish, yoshga mos boMmagan talablarning qo‘yilishidir. Bu salbiy omillar bartaraf qilinmas ekan, dori-darmonlarning ta ’siri ko'zlangan maqsadni bermaydi. Psixogigiyenaning asosiy maqsadi ham salbiy asab-ruhiy omillarni bartaraf qilishdir. Bolalarni maxsus kuchaytirilgan maktabga berayotganda psixologga ko‘rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqtivaqti bilan psixolog nazoratida turishi kerak. Shunday ekan, maktab yoshidagi bolalar psixogigiyenasi haqida alohida to ‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Bu yerda o‘quvchilarga darsdagi ortiqcha yuk, ular orasidagi yoki o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi kelishmovchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topisli zarur. Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga to‘la boMgan davr — bu o‘smir!ik davridir. 0 ‘smirlik davrida nafaqat ruhiy o‘zgarishlar, balki aqliy va jismoniy

o‘zgarishlar ham keskin kechadi. Bu davr — o‘tish davridir. 0 ‘smir — hali kechagi bola,


lekin u hali katta kishi ham emas. 0 ‘smir o‘z oldida turgan muammolarni o‘zi yechishga ruhan hali tayyorboMmasligi mumkin. Lekin uni hali sen yoshsan deb hadeb tergayverish unda qaysarlikni yuzaga keltirishi mumkin. 0 ‘smirning mustaqilligini tan olgan holda, uning
oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug‘dira borish o‘ta muhimdir.
U yechishi kerak boMgan muammolardan qo‘rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga yengiltaklik bilan qaramasligi kerak. Bu davrda o‘smir uchun eng katta muammolardan biri seksual muammodir. Qizlarda esa hayzning kelishi ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo‘rquvlar bilan kechishi mumkin. Bunday paytlarda ota-onasining, yaqinlarining maslahati juda zarur. Bunday holatda vrach-psixologning vazifasi — o‘smirda kechayotgan jarayonlarni o‘z vaqtida hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish, mehnatning o‘ziga yoqqan turlari bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirib borish o‘smir uchun g‘oyat muhimdir. Katta yoshdagilar psixogigiyenasi, ko‘pincha, kishining egallab turgan lavozimiga, kasbiga va ish faoliyatiga bogMiq. Bu davrda oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi alohida e’tiborni talab qiladi. Bu muammoni o‘z vaqtida Zigmund Freyd chuqur o‘rgangan edi. Z.Freyd jinsiy hayotda baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini o‘rganib, jinsiy hayot nuqtai nazaridan insonlarda nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini o‘z kuzatuvlarigaasoslanib yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli hayot bo‘lmaydi, bunda nafaqat oilada, balki jamiyatda ham ular o‘z o ‘rnini topib keta olmasliklarini isbotlab bergan. Er-xotin orasidagi nafaqat yaxshi munosabat va xushmuomalalik, balki normal jinsiy munosabatlar ham mustahkam oilaning asosini tashkil qiladi. Jinsiy hayot — hayot mazmunini ifodalab beruvchi vositadir, chunki busiz avlodni davom ettirib bo'lmaydi. Jinsiy hayotdagi keskin o‘zgarishlar klimakterik davrda, involutsion davrda salbiy tomonga ketishi kishi ruhiy faoliyatiga ta ’sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham jinsiy hayot psixogigiyenasini alohida o'rganish talab qilinadi. Oila mustahkam boishi uchun nikohga katta e ’tibor qaratilmog‘i kerak. Turmush qurayotgan ikki yosh, albatta, tibbiy ko'rikdan, genetik va psixologik tekshiruvlardan o‘tib, salomatligi haqida maxsus tibbiy ma’lumotnomani olgandan keyin turmush qurish haqida xulosaga kelish mumkin. Aks holda, bu nikoh baxtsiz bo‘ladi. Qiz bersang ham, olsang ham, yetti avlodini surishtirib ish qil, deb bekorga aytmagan xalqimiz. Bitta oilaning baxtsizligi, uning qarindoshlarining, qolaversa, butun jamiyatning baxtsizligi sifatida qaralishi kerak. Haqiqatan ham shunday. Jinsiy a’zolarning anatomiyasi va fiziologiyasi haqida turmush
qurayotgan yoshlar dastlabki ilmga ega bo‘lishlari kerak. Jinsiy a’zolar haqida oddiy bilimga ham ega bomagan yoshlarga turmush qurishga faqat ularning sevgi-muhabbatiga asoslanib ruxsat beriladi. Hammaga ma’lumki, bu muhabbat, ko'pincha, tashqi ko‘rinishga asoslangan bo‘lib, turmush qurayotgan yigit yoki qizda ruhiy kasallik bormi yo‘qmi, nevropatolog yoki psixiatrlarning tibbiy xulosasi qanday? Bularga e’tibor, ko‘pincha, turmush qurishdan oldin
emas, balki buzilganidan keyin beriladi. Biz turmush qurgandan keyin turmush o‘rtog‘ining ruhiy kasalligi borligi va uning ota-onasi to ‘ydan oldin farzandining «aybini» yashirganligidan katta janjallar chiqib, butun boshli oilalar sudlashib yurganining guvohi bo'lganmiz. Qariyalar muammosi har qanday jamiyatda ko‘ndalang turgan muammodir. Chunki ular ishga yaroqsiz bo‘lib qolganlaridan keyin, ba’zan farzandlari e’tiboridan ham chekkada qolib ketishadi. Ayniqsa, doimo faol hayot kechirib kelayotgan kishi nafaqaga chiqib, ishsiz qolganda, uning ruhiyatiga katta ziyon yetishi mumkin. Shuning uchun qariyalarning salomatligini saqlash, ularni mahalla yoki o'zining awalgi mutaxassisligi bilan bog‘liq ishlarga jalb qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklashga va saqlashga yordam beradi. Psixogigiyena fani doimo takomillashib boradigan fandir. Bir necha yillardan so‘ng psixogigiyenaning maqsad va vazifalarida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishi tabiiy.
Ma’lumki, ishlab chiqarish munosabatlari asosida inson, uning sog‘lig‘i birinchi navbatda turadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham maxsus ta’kidlangan. 2005 yilning “Sihat- salomatlik” yili deb e’lon qilinishi ham bejiz emas. Inson, uning sog‘lig‘i, ish qobiliyati va ijodiy imkoniyatlari sog‘liqni saqlashning obyektigina bo‘lib qolmay, balki asosiy maqsadi hamdir. Sog‘liqqa nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash ta’lim va tarbiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, butun jamiyatning va har bir shaxsning harakatini talab qiladi. Bunday harakatlarning maqsadi aholi sog‘lig‘ini doimiy mustahkamlashdir.
- Jamiyat sog‘lom turmush tarzi uchun sharoitlarni yaratishga harakat qiladi;
- Har bir inson o‘z jamoasi a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash ishida ishtirok etishga tayyorligini namoyon qilishi zarur.
- Sog‘liq – asosiy maqsad emas, balki shaxs va jamiyat taraqqiyoti uchun vositadir.
- Inson sog‘lig‘i – mashq qilish orqali yaxshilanishi mumkin.
- Demokratik jamiyatning umumiy vazifalarini hal qilish uchun har bir individ sog‘lom, ishga qobiliyatli va quvnoq bo‘lishi zarur.
- Davlat o‘z fuqarolarining sog‘lig‘i uchun, ruhiy va jismoniy o‘zini yaxshi his qilishi uchun sharoitlarni yaratadi. Sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan tibbiy-sanitar ma’rifat dastlabki profilaktika chorasi sifatida psixik jarayonlarga, inson va muhit orasidagi dinamik aloqalarga va insonning ijtimoiy munosabatlariga qaratilishi lozim. Bu yo‘nalishda ish olib borib, sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga imkon beradigan yangicha turmush tarzi uchun kurash zarur. Sog‘liq uchun ahamiyatli bo‘lgan inson tafakkuri va xulq-atvori, ehtiyojlarni qondirish usullari va odatlar turmush tarzining tarkibiy qismlari sifatida qaralishi mumkin. Sanitar ma’rifat va tashviqot sog‘liqni saqlash, mustahkamlash va qayta tiklashda muhim rol o‘ynaydi va demokratik jamiyatning muhim vazifasi hisoblanadi.
1.2. Sog‘liq va kasallik Demokratik jamiyatning bosh insonparvarlik g‘oyasi “kasallikni da’volashdan, odini olgan yaxshi”- bo‘lib, agar shifokorning e’tibori kasallikka emas, sog‘liqqa yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu g‘oya to‘liq amalga oshirilishi mumkin. Nima uchun sog‘liq inson e’tiboridan chetda qoldi? Buning bir necha sababi bor. Ulardan birinchisi – sog‘liqning “bilinmasligi”. Kasallikka nisbatan sog‘liqni orqada qolishining boshqa sababini bozor iqtisodiyotiga o‘tgan jamiyatdan izlash zarur. Bunday jamiyatda shifokor boshqa kasb egalari kabi yashash uchun kurashishga majbur, u ko‘ziga tashlangan narsadan, ya’ni kasallikdan moddiy manfaat izlaydi. Bunday qiziqarli holat iqtisodiy sharoitlarning natijasidir. Shifokor o‘z mijozlarining sog‘lig‘i uchun qayg‘uradi, degan tasavvur paydo bo‘ladi. Lekin shifokorning moddiy qiziqishlarini hisobga olsak, u mijozlarning sog‘lig‘iga qarshi hisoblanadi. U sog‘liq uchun emas, balki uning qarama-qarshisi, kasallik uchun pul topadi. Hozirgi vaqtda bunday holat ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Vatanimizda ham mavjud. Ko‘pchilik shifokorlar o‘zlarini tadbirkorlar sifatida tutadilar. Ular xizmatga haq to‘lay oladigan “bemorlarnigina” da’volaydilar. Shunday qilib, shifokor ham oyoq kiyim tayyorlovchi yoki avtomobil chiqaruvchidek holatni egallaydi. “Sog‘liq” va “kasallik” tushunchalarining aniqmasligi, shuning uchun vujudga keldiki, tibbiyot insonni shaxs sifatida emas, balki biologik mavjudot sifatida o‘rgandi, markaziy nerv sistemasi funksiyalariga, ya’ni psixikaga yetarlicha ahamiyat berilmadi, maxsus fanlar nevrologiya va
psixiatriya bundan mustasno. “Sog‘liq” va “kasallik” tushunchalarini bir- biriga tubdan qarama-qarshi qo‘yish tibbiyot xodimlari va tibbiy xizmatdan foydalanuvchi aholi orasida tushunmovchilikka olib kelmoqda. Buni quyidagi misolda ko‘rish mumkin. Har kuni ko‘pchilik bemorlar shifokor xonasini “obyektiv tadqiqot natijalarida tasdiqlanmagan
kasallik “ tashxisi bilan tark etadilar. Bu jiddiy shikoyatlari bor, ish qobiliyatlari pasaygan bemorlarning “sog‘” ekanligini anglatadi. Aksincha, diabetga chalingan, o‘zini yaxshi his qilayotgan, jon deb ishlaydigan, sportda yutuqlarga ham erisha oladigan sportchi, kasal hisoblanadi. Insonning sog‘lig‘i haqida ma’lumot beruvchi obyektiv mezonlar mavjud emas, ularni ishlab chiqish zarur. Bunday mezonlarga, insonning ishga layoqatliligi mezonlari, yuklama mezonlari, ijtimoiy munosabatlar dinamikasi, atrof-muhitdagi turli omillar ta’sir qilganda organizmning to‘ldiruvchi va kumulyativ effektlari, ruhiy va jismoniy mashq qilish ko‘rsatkichlari kiritilishi mumkin. Insonni ko‘p yoqlama ijtimoiy munosabatlar nuqtai nazaridan baholashga imkon beradigan mezonlar ham muhim hisoblanadi. Demokratik jamiyatda yashovchi insonning sog‘lig‘ini shu jamiyat shaxsining taraqqiyoti jarayoni sifatida qarash zarur. Bu jarayon o‘quv jamoalarida, mehnat jamoalarida va turmushda kechadi.
1.3. Psixogigiyenaning predmeti Psixogigiyena – psixik sog‘liqni saqlash va mustahkkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi gigiyena sohasidir. Ba’zi mualliflar psixogigiyenaga ta’rif berishganda uni faqatgina gigiyena sohasi emas, balki psixiatriya sohasi deb hisoblashadi. Boshqa mualliflar (M.: Myager V.K., 1976) psixogigiyena vazifalariga ruhiykasalliklarning vujudga kelish va rivojlanishining oldini olish deb qarab, psixogigiyenani dastlabki psixoprofilaktikaga yaqinlashtiradilar. N.D.Lakosin va G.K.Ushakovlar (1976 ) psixogigiyenani tibbiyot fanlarining mustaqil bo‘limi sifatida ajratadilar. V.P.Petlenko va boshqalarning (1997) fikriga ko‘ra, psixogigiyena faqatgina psixiatriya bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, balki tibbiyot psixologiyasi, tibbiyot sotsiologiyasi, valeologiya fanlari bilan bog‘liq komples fan hisoblanadi. Psixogigiyenani bir necha bo‘limlarga ajratish mumkin:
1.Yosh psixogigiyenasi.
A)Bolalar psixogigiyenasi
B) O‘smirlar psixogigiyenasi
V) Kattalar va qariyalar psixogigiyenasi
2. Mehnat va ta’lim psixogigiyenasi
A) Ishlab chiqarish psixogigiyenasi
B) Aqliy mehnat psixogigiyenasi .
3. Turmush psixogigiyenasi.
4. Oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi.
5. Kasal psixogigiyenasi.
O‘rganilayotgan sohaga bog‘liq ravishda psixogigiyena u yoki bu fanlarga suyanadi. Bolalar psixogigiyenasi, pedagogika, pediatriya, bolalar va pedagogik psixologiyaga tayanadi. Psixogigiyenaning asosiy maqsadi psixik salomatlikni ruhiy muvozanatni saqlashdir. Psixogigiyenaning yo‘nalishlari orasida insonning psixik holatiga va psixik salomatligiga ta’sir etuvchi muhit omillarini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Bunday omillarga psixik kasalliklarga chalingan bemorlarga noto‘g‘ri munosabat, dori vositalarini ko‘p iste’mol qilish, ba’zi faoliyatlarda sharoitning qiyinligi, noqulay ekologik omillar va boshqalarni kiritish mumkin. Psixogigiyena insonga uning psixik sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan noqulay ta’sirdan qochishga, tabiiy kuchlardan foydalanib, qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadi.
X1 asr o‘rtalarida yozilgan Abu Ali Ibn Sinoning “Tib Qonunlari” kitobida sog‘liqni saqlash uchun 6 ta narsaga e’tibor qaratadi.
1. Yorug‘liq va havo.
2. Ovqat va suv.
3. Harakat va tinchlik.
4. Uyqu va tetiklik.
5. Moddalar almashinuvi.
6. Hissiyot.
Ibn Sino ko‘rsatgan bu narsalar hozirgi kungacha, sog‘liq uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Psixogigiyena fan sifatida 19-asr oxiri 20-asr boshlarida vujudga keldi. Rossiyada psixogigiyenaning paydo bo‘lishi 1887 yilda bo‘lib o‘tgan psixiatrlarning 1- syezdi bilan bog‘lanadi. Syezdda I.P.Merjayevskiy, S.S.Korsakov, I.A.Sikorskiy psixiatrlarga, shifokorlarga, mamlakatdagi ilg‘or kishilarga psixik va ruhiy kasallikning oldini olish
bo‘yicha dastur va g‘oyalar haqida murojaat qiladi. Horijiy adabiyotlarda psixogigiyenaning paydo bo‘lishi Biyers asos solgan harakat bilan bog‘lanadi. Bu soliq xizmatchisi 2 yil psixiatrik kasalxonada yotib chiqqanidan so‘ng, 1908 yilda butun dunyoda
qiziqish uyg‘otgan ”O‘zini topgan aql” nomli kitobini nashr qiladi. Keyinroq u psixogigiyenik jamiyatni tuzdi. 1917 yilda psixogigiyenik jamiyat Kanadada, 1918 yilda Fransiyada paydo bo‘ldi. Psixogigiyena masalalari bilan Krepelin, Forel, Bleyxer kabi mashhur psixiatrlar shug‘ullanishadi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Yevropa
va Amerikaning ko‘p mamlakatlarida psixogigiyenik tashkilotlar va jamiyatlar mavjud edi. Bunday tashkilotlarda psixik buzilishlarning vujudga kelish sabablari o‘rganildi, aholi orasida sanitar ma’rifat ishlarini amalga oshirildi. Urushdan keyingi yillarda psixik sog‘liqni saqlashning butun jahon federatsiyasi va butun jahon sog‘liq tashkiloti qoshida psixik sog‘liq
bo‘limi tashkil etildi.

Psixogigiyenaning asosiy masalasi har bir inson va butun jamiyat psixik salomatligini saqlab qolishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim vositalariga insonning yashash muhitini sog‘lomlashtirishning ijtimoiy mezonlari, shuningdek psixik kasalliklar, jumladan, shaxs shakllanish anomaliyalarini oldindan aniqlash va oldini olish kiradi. Tarbiya, ta’lim, mehnat va kishilarning bo‘sh vaqtlari uchun hayotning eng boshlang‘ich bosqichlaridan boshlab, yaxshi sharoitlar yaratish davlatning muhim masalalaridan biri bo‘lishi bilan birga psixogigiyena muammolarini muvaffaqiyatli hal etishning asosi hamdir. Psixogigiyenaning muhim masalalaridan biri psixik salomatlikning chidamliligini va psixikaning turli zararli omillar ta’siriga nisbatan qarshiligini barcha choralar yordamida oshirishdir. Shunday qilib, psixogigiyena hozirgi bosqichda psixik kasalliklarning birlamchi profilaktik choralari muhim ahamiyat kasb etuvchi ham tibbiy, ham ijitimoiy masalalarni o‘ziga maqsad qilib oladi. Psixogigiyena faniga qadimdan ilmiy asos solingan. Rim hokimi Galen psixogigiyenaning keyingi asrlardagi asosiy rivojlanish yo‘llarini oldindan aniqlab, o‘zining “Ehtiroslar gigiyenasi yohud axloqiy gigiyena- asarida muammoning psixosotsial jabhasiga bag‘ishladi. Dunyoning turli mintaqalarida bu fanning ilmiy-ixtisoslashgan xususiyatlari taraqqiy etishini kuzatish mumkin bo‘lishiga qaramay, uning psixosotsial g‘oyasi barcha zamon, mamlakat va xalqlar uchun umumiy bo‘lib qoladi. Shunisi diqqatga sazovarki, o‘tgan zamon faylasuf va hokimlarining inson salomatligi, shuningdek, yorug‘lik va havo, harakat va tinchlik, uyqu va bedorlik, oziqlanish va moddalar almashinuvi kabi bir qator omillar bilan birga psixik salomatlikning ham asosiy shart-sharoitlari tahliligabag‘ishlangan ko‘pgina asarlarida emotsional xotirjamlik, ehtiroslarni boshqarish qobiliyati, odamlar bilan munosabatdagi uyg‘unlikka erishish, emotsional va psixosotsial muvozanat o‘rnatish kabilar o‘zgarishsiz ko‘rsatilgan. Bunday ko‘rsatmalar arab hakimi Abu Ali Butlanning XI asr o‘rtalariga doir “Salomatlik jadvali”, Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Mark Tulliy Setseronning “Do‘stlik to‘g‘risida”gi traktatlari va o‘sha davr psixik salomatlik va ijtimoiy omillar orasidagi bog‘liqlik tushunchalari haqida guvohlik beruvchi boshqa manbalarda ham mavjud. Olimlarning psixosotsial muammolarga qadimdan qiziqishlariga qaramay, psixogigiyena sohasidagi mutaxassislarning ilk xalqaro birlashuvi 1910 yildagina AQSH va Kanada psixiatrlarining konferensiyasida, psixogigiyena bo‘yicha xalqaro assotsiatsiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda bo‘lib o‘tgan edi. Birinchi jahon urushi psixogigiyena mutaxassislarining birlashish jarayonini buzdi, biroq bu kuchlarning halqaro uyushish


g‘oyasi yashashda davom etdi. Germaniyada psixiatr R.Sommer 1925 yilda psixik gigiyena bo‘yicha nemis ittifoqiga asos soldi. Uning asosiy kuchi psixiatriya shifoxonalari tarkibiga doir islohatlar o‘tkazishga, shuningdek, tegishli muassasalardan chiqib ketgan shaxslar to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlikni inobatga olib, keng psixiatrik ijtimoiy ta’minotni yaratishga qaratilgan. Tibbiy intizom sifatida Rossiya psixiatrlari orasida nomi birinchi navbatda tilga olinishi lozim bo‘lgan S.S.Korsakov, N.N.Bojanov, V.A.Gilyarovskiy, T.P.Simpsonlar psixogigiyena taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Ularning bu sohadagi ishlari butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1930 yil Vashingtonda va 1937 yil Parijda psixogigiyena muammolari bo‘yicha xalqaro kongresslar tashkil etilib, ularda rus olimlari ishtirok etmadilar. 1948 yil Londonda bo‘lib o‘tgan psixogigiyena bo‘yicha xalqar
kongress Jahon psixik salomatlik federatsiyasi – JPSF ga asos solinib, uning nizomida psixogigiyenaning ijtimoiy jihatlari mohiyati belgilandi. London kongressiing dasturiy hujjati – “Psixik salomatlik va dunyo fuqarolari”da urush va odamlarni ommaviy qirg‘in qilish muammolari muhokama qilingan. Eng muhim psixogigiyenik faktlar - dunyo g‘oyasi Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) faoliyatining faollashtirilishi tufayli o‘ziga xos dolzarblikka ega bo‘ldi. JSST nizomining birinchi moddalaridayoq psixogigiyena taraqqiyotining zarurati haqida so‘z boradi va tartib orasidagi hamjihatlik hamda insoniy munosabatlar uyg‘unligiga imkon beruvchi shunday tartibning tibbiy- ijtimoiy ahamiyati belgilangan. 1949 yilda JSST doirasida butun dunyo tibbiyot xodimlari hamdo‘stligi miqiyosidagi psixogigiyena masalalarini yechish sohasida muvofiqlashtiruvchi Kengash (koordinatsion funksiyani) o‘z zimmasiga olgan 38 davlat mutaxassislarining birlashtirilgan maxsus psixogigiyena bo‘limi tuzildi. JSST va JPSF bitimiga binoan 1960 yil “Xalqaro psixik salomatlik yili - kecha, bugun, ertaga” nomli maqolasida psixogigiyenaning asosiy muammolari tanqidiy ko‘rilgan va uning kelajakdagi muhim, eng avvalo, jamiyat munosabatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan tibbiy-ijtimoiy masalalar ifodalangan. Muallif o‘z maqolasida ko‘pgina psixik kasalliklarning asosiy sabablari dunyoning turli mintaqalaridagi xalqlarni hanuzgacha larzaga solib kelayotgan ijtimoiy va iqtisodiy ofatlar – urushlar, ochlik, qashshoqlik va ishsizlik ekanligi to‘g‘risidagi fikrni qat’iy ishonch bilan himoya qilmoqda. U ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy inqiroz va ommaviy ishsizlikka xos bo‘lgan ko‘pgina kapitalistik davlatlarda psixogigiyenik
xarakterdagi chora-tabdirlar o‘tkazishda g‘oyat katta qiyinchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi: «XX asr kishisi uchun mumkin bo‘lgan sarhadlar, - deb yozadi X.Meng, - bizga ma’lum. Biz, shifokorlar, bu chegaralarni chetga surishga va individual hamda jamoa psixogigiyenasi oldida ochilgan imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilamiz» (Gext K., 1979). JPSFning 1961 yilda tasdiqlangan dasturida tibbiy-ijtimoiy va psixogigiyenik masalalar endilikda psixiatriya doirasidan chetga chiqmoqda. Bu dastur kechiktirib bo‘lmas psixogigiyenik chora-tadbirlar sifatida xaroba shahar va qishloqlarga, irqchilik, qashshoqlik va ishsizlikka barham berish, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda biologik, tibbiy, pedagogik va ijtimoiy rejalar asosida aholining psixik salomatligini mustahkamlashni talab etadi. Shuni eslatish joizki, sog‘liqni saqlash tibbiy-ijtimoiy muammolari, dunyoning 51 mamlakatidan 160 ta tashkilotni birlashtirgan PSFning doimiy nazoratida bo‘ladi va uning yillik kongreslarida ko‘rib chiqiladi. 1964 yil Bernda “Sanoatlashtirish va psixik salomatlik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan kongressda, ilm-texnika inqilobini psixik salomatlikka ta’sirining yanada dolzarb muammolari muhokama qilindi. Bunda asosiy e’tibor mehnatni tashkil etishning ish beruvchi va ijrochi xodim o‘rtasida shubhasiz vujudga keluvchi “ijtimoiy tanglik” roliga qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti davrida tadbirkorlikning iqtisodiy va mayda chuyda manfaatlari birinchi o‘ringa chiqarilsa-da, psixogigiyenik tadbirlarni tashkillashtiruvchi shifokor va psixologlar doimo psixik tanglik va nizolarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy tengsizlik, mehnatkashning bo‘sh vaqti bo‘lmaydigan, tinka quritar tizimi, yirik sanoat markazlarida aholining katta guruhlarini ilgarigi urf-odatlari, oila rishtalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ona yeridan ayirish oqibatida odamlarning individual va jamoaviy begonalashuvi kabi ijtimoiy tartibning yengib bo‘lmas qiyinchiliklariga duch keladilar. Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-siyosiy tadbirlar va sog‘liqni saqlashning yaxshi tashkil etilganligi jamiyat a’zolarining sog‘liqini saqlash va mustahkamlash uchun ishonchli asos yaratadi, biroq bunday davlatlarda psixogigiyenaning ahamiyati kamroq deb bo‘lmaydi. Bundayroitlarda xalq xo‘jaligi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va harbiy-
mudofa maqsadlariga erishish uchun mehnat sur’atlarining tushishiga imkon bermaydigan ishlab-chiqarish rejalarini amalga oshirish majburiyatini o‘z bo‘yniga olgan hamdo‘stlik mamlakatlarida nerv tizimining haddan ortiq ishlashi natijasida yuzaga kelgan nerv- psixik va yurak qon kasalliklari miqdori dalolat beradi. So‘nggi o‘n yil ichida dunyo patologik manzarasida turli jarayonlar: ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ishlab chiqarishning tez o‘sishi va fan- texnika taraqqiyotining murakkab o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan
muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bunda nerv-psixik kasalliklar katta rol o‘ynab, ularning o‘limga olib kelish hollari, uzoq davom etishga moyilligi va genofond bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra nerv psixik kasalliklarining tarqalganligi 1000 kishi hisobiga o‘rtacha ko‘rsatkichi XX asr ichida 4 barobardan ortiq o‘sdi va 1970 yilga kelib 127.8ga teng bo‘ldi. Jamiyatdagi bemorlar sonigina emas, balki buzilishlarning o‘sish sur’ati ham rivojlanmoqda: agar 1930 yildan 1940 yilgacha vaqt oralig‘ida u 38 % tashkil etgan bo‘lsa, 1941 yildan 1955 yilgacha – 57%, 1956 yildan 1957 yilgacha vaqt mobaynida u 93% ga o‘sdi. Nerv psixik buzilishlarning psixogen omillar va zamonaviy hayotning ijtimoiy sharoitlari murakkablashuvi–ishlab chiqarish konsentratsiya- sining o‘sishi, urbanizatsiya faol jarayonlari, axborot oqimining ko‘payishi individual cheklangan maqomlar, nizolar va hokazolar bilan uzviy aloqasi etiologiyasida endogen omillar ko‘proq ahamiyat kasb etuvchi psixozlar miqdorining nisbiy barqarorligida, nevroz va shaxs kasalliklarining misli ko‘rilmagan o‘sishiga olib keldi. B.D.Petrakov va G.V.Rijikovlarning “Zamonaviy dunyoda psixik kasalliklarning tarqalishi” (1976) kitobida keltirilgan jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra shaxs kasalliklari 40 %, ularga yondosh bo‘lgan nevrozlar 47%, endogen psixozlar esa 13 % ni tashkil etadi. Shunday qilib, hozirgi vaqtdashaxs anomaliyalari nerv-psixik kasalliklarining g‘oyat katta qismini tashkil etadi. JSST ekspertlari Qo‘mitasi bolalar va o‘smirlar sog‘liqini saqlash muammolari bo‘yicha ma’ruzalarida bolalar va o‘smirlar orasida sezilarli tarqalgan nerv-psixik kasalliklari belgilangan: agarda 1930 yillarda 1000 boladan 22-30 ta nevroz hollari aniqlangan bo‘lsa, 1979 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlar endilikda 63 ni tashkil qiladi. O‘smirlar nerv-psixik buzilishlari o‘sishining bilvosita, biroq tashvishli tasdig‘i sifatida so‘nggi yillarda ular orasidagi o‘z joniga qasd qilish hollarining keskin ortishi xizmat qiladi. Depressiv holatlar bilan bog‘liq bo‘lish, o‘z joniga qasd qilish, g‘arb mamlakatlaridagi o‘smirlar o‘limi sabablari orasida 2– o‘rinda turadi. G‘arbda giyohvandlar miqdori o‘smoqda. Giyohvand moddalar iste’mol qilish (boshlanishida ko‘pincha o‘smirlarning stressga javobi) keyinchalik og‘ir psixik kasalliklarining etiologik omili bo‘lib qoladi. AQSHda giyohvandlarning to‘rtdan bir qismini o‘smirlar tashkil qiladi, Germaniyadagi har ikkinchi o‘smir qandaydir giyohvand
moddani iste’mol qilib ko‘rgan. Xorijiy mamlakatlardagi yoshlar orasida jinoyatchilikning o‘sishi ham qaysidir darajada shu kabi og‘ishlarning tarqalishi bilan boo‘liq. Barcha xavotirli bu dalillarga qaramay, dunyo miqyosidagi o‘smirlar orasida nerv-psixik patologik
tahlili va tizimini epidemiologik tahlili mohiyat jihatdan hali o‘tkazilmagan. Biz bu haqda JSST, bolalar, eng avvalo, hayotning risoladagidek, ijtimoiy muhit o‘zgarishlari hamda jismoniy, intellektual va emotsional yuklamaning ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik o‘zgarishlarning o‘tish davri bosqichiga qadam qo‘yayotgan o‘smirning o‘ta muqarrarlashgan nerv-psixik salomatligi tahlili zaruriyatini ta’kidlab o‘tishni hohlardik. Ijtimoiy jarayonlar takomillashtirish bilan jamiyatga qarshi xulq-atvorni ogohlantirish va yengish mumkinligi to‘g‘risida xulosa yasashga imkon beradi. Iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, tarbiyaviy, tibbiy va huquqiy muammolar birinchi va kompleks qo‘llanilishi – bu murakkab masalani yechishning muhim shartidir.
Demokratik jamiyat uchun huquqbuzarlik va jinoyatchilik bilan kurashishning bosh yo‘nalishii bu profilaktika. Bu tamoyil huquqiy, kriminalogik ilm va amaliyotning umumiy konsepsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijalarini o‘zida ifoda etadi. Profilaktika – sog‘liqni saqlashning ham muhim tamoyilidir. JPSF ning 1966 yil Pragada bo‘lib o‘tgan XIX kongressida, dunyoning barcha, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarida psixogigiyena sohasidagi ishni kuchaytirish zaruriyati yana bir bor ta’kidlanadi va uning psixoz va
nevrozlar terapiyasi va ularni oldindan bilish, bemorlar reabilitatsiyasi va ijtimoiy yo‘qchilik va ishsizlik, bir xil tarzda hayot, uyda va ishda ijtimoiy yolg‘izlanish, ijtimoiy va siyosiy nizolar kabi musibatli holatlarga barham berish bilan birga ularni ijtimoiy hayot va gumon (insonparvarlik) mazmunidagi muammolarni o‘z ichiga qamrab olgan ham psixiatrik, ham ijtimoiy masalalarni keng ko‘lamdagi taraqqiyot istiqbollari ko‘rsatiladi. Psixogigiyenistlarning asosiy e’tibori ijtimoiy-psixologik va pedagogik nuqtai nazarga, shuningdek bolalar va o‘smirlar xulq-atvoridagi turli og‘ishlarning oldini olish choralariga qaratilgan. Psixogigiyena sohasi yuqorida keltirilgan masalalar bilan tamom bo‘lmaydi. Alkogolizm va chekish bilan suiste’mol qilish, shovqin bilan kurash, ijtimoiy aloqa sohasida muhitni da’volash, bolalar tarbiyasi va uyo‘un taraqqiyotning yanada yaxshi sharoitlarini yaratish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, mehnat va dam olish, uyqu va bedorlik, ovqatlanish rejimi, ijodiy tashabbuskorlik, sport mashg‘ulotlarining aqlga muvofiq tashki
etilishi kabi muammolar muhim bo‘lib kelmoqda. K.Gext o‘zining “Psixogigiyena” (1979)
kitobida turli tuzum sharoitlarida psixogigiyena masalalarini differensial baholaydi. U psixogigiyenani shaxs psixik xususiyatlarini to‘liq taraqqiyoti va bosh miya ishining optimal sharoitlarini yaratish, mehnat va yashash sharoitlarini
yaxshilash, ko‘p tomonlama shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish, shuningdek inson psixikasining atrof-muhitdagi zararli ta’sirlarga qarshiligin iko‘rsatish yo‘li bilan inson psixik salomatligini saqlash deb tushuniladi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati va amaliyot bu yerda bir butun ma’noni bildiradi.
Psixogigiyena jamiyat hayotining turli jabhalarida shaxs va jamoalarning shakllanishida bevosita ishtirok etadi. U idrok va xotira, axborotni qayta ishlash va ta’lim, fikrlash va emotsional jarayonlar, shuningdek inson irodasining namoyon bo‘lishi, faoliyatining to‘g‘ri kechishini ta’minlaydi. Psixogigiyena aqliy va ijobiy qobiliyatlarni tizimli mashqlantirish,
ijtimoiy sharoitni optimallashtirish, nerv tizimining haddan ortiq zo‘riqishini bartaraf qilishni o‘z ichiga qamrab oladi. Jahon psixogigiyenasining rivojlanish yo‘nalishlarini nazarda tutgan holda 1949 yilda JSST doirasida maxsus psixogigiyena bo‘limlarining
ochilishi vaqtidan boshlab, JSSTning psixologik xizmat ta’siri doirasidan salmoqli o‘sgani va ko‘pgina davlatlarda hozirga kelib o‘z ishini salomatlik “organizm - muhit” global tizimni tashkil etgan murakkab o‘zaro ta’sirlar natijasi sifatida tushunib yakka tamoyil asosida qurayotgan psixogigiyena tashkilotlari va milliy kengashlari o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarib kelayotganligini aytib o‘tish zarur. Bunday tadbirlarning profilaktik yo‘nalganligi, ularni iloji boricha inson ontogenezining ilk bosqichlarida o‘z vaqtida amalga oshirishning ilk ahamiyatini hisobga olgan holda bolalik psixogigiyenasiga asosiy e’tibor
beriladi. Bir qator davlatlarda psixogigiyenaga ixtisoslashgan bo‘limlar faoliyat yurituvchi maxsus bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘yicha institutlar ochildi. Rossiyada sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar vao‘smirlar gigiyenasi instituti shunday muassasalardan biri hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasining qiziqishlari doirasida ko‘pgina boshqa fanlar: meditsina psixologiyasi, yosh neyrofiziologiyasi, pedagogika, falsafa va shu kabi fanlar muammosi bilan uzviy bog‘liq holda har yili yanada kengayib bormoqda. Bolalik gigiyenasi uchun hozirgi kundpsixofiziologiya bilan birga kichik yoki chegaralangan deb yuritiluvchi psixiatriya dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy tadqiqot ishi vujudga keltirgan ijtimoiy qayta qurishlar nafaqat katta yoshdagi kishilarni, balki bolalar va
o‘smirlarga ham oilaviy, ham bolalar bog‘chasi, maktab, ishlab chiqarish sharoitlarida psixik yuklamani keskin orttiradi. Misli ko‘rilmagan axborot oqimi, uning hatto, sur’atini o‘stiruvchi texnik vositalardan keng foydalanish, maktab va maktabgacha ta’lim
muassasalarida ta’lim va tarbiya dasturlarini zamonaviylashtirish jamiyatning barcha yosh guruhlarida ma’naviy talablarni oshirish – bularning barchasi insonning nerv- psixik funksiyasiga, ularning vujudga kelish bosqichlarida sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda va omillarning fiziologik va eng avvalo neyrofiziologik tadqiqotlar nazorati ostida ta’sirlarning oqilona tartibini zaruratga aylantiradi. Bugungi kunda mehnat omillarining (biologik, fizik – kimyoviy va ijtimoiy) rivojlanayotgan bola organizmiga ta’sirini markaziy nerv tizimining yuqori bo‘limlari va psixik reaksiyalarni hisobga olmasdan o‘rganib bo‘lmaydi.
Zamon talablari bolalar gigiyenasidagi birinchi o‘rinda usiz ilmiy asoslangan psixogigiyenik tadbirlarni tashkil etish mumkin bo‘lmagan psixofiziologik funksiyalar taraqqiyotining yosh me’yorlarini ishlab chiqishga doir psixofiziologik tadqiqotlarning asosiy masalalarini ham aniqlaydilar. Psixofiziologik tadqiqotlarning boshqa eng muhim
masalalaridan biri organizmga u yoki bu muhit ta’sirlarini va ularning aniq neyropsixologik ko‘rsatkichlarining dinamik o‘zgarishlarini hisobga olgan holda me’yorga solinishini o‘rganishdir. Bulardan tashqari o‘sib kelayotgan avlodning individual psixofiziologik xususiyatlari: xarakter, moyilliklar, shaxs, oliy nerv faoliyati xususiyatlari, bosh miya analizatorlarning funksional imkoniyatlari, psixomotorika, nerv psixik salomatligi, u yoki bu kasbni tanlashdagi qiyinchiliklarga emotsional javob berish shakllarining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirishga katta ahamiyat berilmoqda. Kasbiy tanlov – u yoki bu kasbning foydaliligini aniqlash masalasi kasbiy yo‘nalganlikka yaqindir. Uni yechishda psixofiziologik mezonlar birinchi darajadagi ahamiyatga ega. Bu masalalar doirasidagi bolani maktabda ta’lim olishga, yana avvalgi bosqichlarida yasli va bolalar bog‘chasiga tayyorgarligini aniqlovch ipsixofiziologik testlarni kiritish mumkin. Psixogigiyena tadqiqotlar doirasi bolalar va o‘smirlarning nerv- psixik salomatligi, shuningdek uni aniqlovchi omillar tizimini o‘rganish, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini aniqlash, bu murakkab psixosotsial jarayonda irsiyat rolini belgilash bilan kengayishi mumkin va lozim. Barcha tibbiy-ijtimoiy va psixogigiyenik tadbirlar majmuasi ularning izchillik va tadrijiy ontogenetik tamoyiliga asoslanishi lozim. Genetik bog‘langan psixopatologiya profilaktikasining samarasini oshirish uchun, xususan, nikohga kirayotgan yoshlar uchun “Baxt uylari”da psixologik masalahat berish xizmatini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Ayollarga maslahat berish joylarida bola rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari va bola nerv-psixik taraqqiyotida og‘ishlarning oldini olish choralarini o‘z ichiga
olgan parvarish qilish qoidalari haqidagi tibbiyot bilimlarini targ‘ib qilish masalasini o‘z ichiga olgan ota-onalar maktablarini ochish zarur. Bu buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida bolalarning psixik salomatligi ustidan doimiy dinamik nazoratni talab etgan xavf guruhini belgilab, bolalarni 1, 3, 5 va 7 yoshda poliklinika sharoitlarida psixonevrologlar tomonidan ommaviy ko‘rikdan o‘tkazish tavsiya etiladi. Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarning salomatligi ustidan dinamik nazorat qilish, nerv psixik doiradagi og‘ishlarni o‘z vaqtida aniqlash, shaxs shakllanishining u yoki bu anomaliyalari va maktab o‘quvchilarining g‘ayri huquqiy xulq-atvor ko‘rinishlarini barataraf etish uchun maktablarda shifokor tarbiyachi va psixolog ishini birlashtirib, psixogigiyenik xizmatni tashkil etish zarur. Buning uchun maktab shifokorlarining ishini, o‘qituvchilarining ishini o‘quvchilarning psixik salomatligi ustidan doimiy nazorat qilish vazifasi bilan to‘ldirish lozim. Bolalar psixiatriyasi va psixogigiyena sohasida maktab shifokorlarining mahoratini oshirish shifokorlar malakasini oshirish institutlarining muvofiq keluvchi kafedralari bilan, kelajakda esa maktab shifokorlarining tibbiyot institutlarida bolalar psixiatriyasi, tibbiyot psixologiyasi va psixogigiyena sohalarida kengaytirilgan dastur bo‘yicha maxsus tayyorgarligini ta’minlash lozim. Tarbiyachi va maktabpsixologlarining maktabdagi psixologik xizmatga mos keluvchi tayyorlovchi maorif vazirliklari bilan ta’minlashi lozim. Psixogigiyenik xizmatga o‘xshash tashkilotlar kasbiy texnik ta’lim tizimining o‘quv muassasalarida ham ko‘zda tutilishi lozim. Bu chora tadbirlar ham sog‘liqni saqlash, ham
huquqiy profilaktik masalalarni yechishiga shubhasiz imkon beradi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilik obyektiv jarayonlar bilan boo‘liq bo‘lganligini va ularning sabablari inson tabiatidagi kamchiliklarga asoslanmaganligi uchun bu jaholatga qarshi kurash jamiyat hayoti, bolalar tarbiyasi, oilada, jamoada munosabatlarining yaxshilanishi, jamiyat jarayonlari boshqaruvini takomillashtirishdagi ma’lum kamchiliklarni bartaraf etishga asoslanishi lozim, degan xulosaga kelish mumkin. Mikro- ijtimoiy muhitni xususan bolalar va o‘smirlar hayoti va tarbiyasining oilaviy-maishiy sharoitini soo‘lomlashtirish shaxs
shakllanishiga salbiy ijtimoiy ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida narkologik xizmatning
majburiyat va vakolatlarini nafaqat surunkali alkogolizm va boshqa giyohvandlik turlariga, balki maishiy mastlik deb yuritiluvchi illatlarga ham qarshi kurashni yoygan holda kengaytirish zarur. Narkologik xizmat bu tomondan salbiy illatlarga berilgan oilalarni hisobga olishi va ularni ota-onalari bilan da’volash ham ma’rifiy ishlarni olib borishi lozim.
Bolalar va o‘smirlarning shaxs xususiyatlari to‘g‘ri va uyg‘unlashgan holda shakllanishiga oilaviy va birinchi navbatda onalik ta’sirining yaxshilanishi uchun ularning salomatligi va axloqi ustidan nazoratni o‘rnatish, turli ijtimoiy me’yorlardan og‘ishning oldini olish uchun mumkin qadar imkoniyat yaratishi, ayol-onalarga imkoni bor joylarda ishning uy
xo‘jaligiga xos shakllarini taklif etish maqsadga muvofiqdir. So‘nggi yillarda keskin oshib borayotan xarakter anomaliyalari (nevropatiya va psixopatiya) asosan bolalar va o‘smirlarning o‘tish davrida shakllanib, faqat katta yoshlilarda barqaror tuzulmali ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini unutmaslik lozim. Bundan bola organizmi rivojlanish
bosqichlarining psixofiziologik tahlili va psixik buzulishlarining patogenetik asoslangan korreksion va profilaktik choralari, shuningdeko‘sib kelayotgan avlod salomatligini saqlash mumkin bo‘lgan roli yaqqol ko‘rinib turadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, psixogigiyena psixik buzilishlar profilaktikasi va terapiyasi (korreksiyasi) o‘zaro yaqin bo‘lishi bilan birga bolalar va o‘smirlar salomatligini saqlash va mustahkamlashborasida ixtisoslashgan o‘z masalalariga ega. Psixogigiyena negizi bo‘lib birinchi navbatda teng huquqlilik, tarbiya, ta’lim, kasb tanlash erkinligi, mehnat, dam olish, da’volash va ijtimoiy ta’minotning boshqa shakllarini kafolatlovchi jamiyat hayotini obod qilishning umumdavlat tamoyillari hisoblanadi. Bular barchasi kishilarga kelajakka ishonch bilan boqish imkonini beradi, hayotning barcha sohalarida psixogigiyenaning bosh masalalarini muvaffaqiyatli yechishni ta’minlovchi emotsional qulaylikni yaratadi. Profilaktika va terapiya asosini xalq salomatligi va farovonligi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikning umumdavlat ijtimoiy tamoyillari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos tibbiy tamoyillari tashkil etadi. Ularni inson tug‘ilishidan boshlab shaxs sifatida shakllanish va rivojlanishining keyingi bosqichlarida amalga oshirish har bir inson va bir butun jamiyat farovonligi, salomatligi va uzoq umr
kechirishi garovidi


Download 116,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish