4.So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan
metodikalar. So'rovnomalar turi
Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha
tanlab o lin g an savollarga yozrna og'zaki javoblarni tahlil qilishdir.
Ushbu
m etodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma, intervyu.
Sinaluvchi
s
avollarga javob berishidari tashqari, o‘zi haqida ma'lumot berishi
anketa
metodi deb aytiladi
Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi
deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo'ladi.
Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o'ziga mos javobni berishi
yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman»,
«roziman,
rozi emasman», «aytish qiyin».
Sinaluvchi mustaqil ravishda xohlagan javobni berishi ochiq savollar
deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy
tahlil
qilinadi.
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs
sifatlarini to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
yo'naltirilmagan savollar usulida bo'lishi mumkin. To‘g‘ridan
-
to‘g'ri
yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik
sifatlarning ko‘rimshlari bor yo‘qligi haqida javob beradi.
To‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar, sinaluvchidagi
o'rganilayotgan
xususiyatga to‘g'ridan
-
to‘g‘ri yo'naltirilmagan bo‘lib, ammo uning
shaxs
sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga
qaratilgan
bo‘ladi. Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanishwni diagnostika
qilish
uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik, o‘ycharilik):
Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar
haqida gapirib bersangiz».
Yopiq savol: «Siz ko‘p hollarda xavotirlanish holatida boMasizmi?
Quyidagi javoblardan birini tanlang va belgilang «ha», «yo'q»,
«ba’zan»
To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri yo'naltiri
lgan savoi: «Sizda xavotirlanish degan
shaxs sifati mavjudmi?».
To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savoi: «Sizda imtihon paytida
bezovtalik holati vujudga keladimi?».
Yozma savolnomalardan tashqari, og‘zaki savolnomalar ham mavjud,
bu intervyu deb
yuritiladi. Unda psixolog sinaluvchiga o‘zi savoi
berib,
o‘zi javoblarni yozib boradi, bu savollar oldindan aniqlanib, tayyorlab
qo‘yiladi ular xuddi yozma savollar tipidagi kabi bo‘lishi mumkin.
Psixodiagnostik metodlardan yana biri faoliyat mahsullarini analiz
qilish orqali kontent-anaiiz hisoblanadi. Kontent-anaiizning vazifasi
shundan iboratki, u kishining psixologik tavsifini aniqlash va
baholashda,
uning nima ish qilayotganligi, asosan yozma ijodi mahsuli tahlili
orqali
o‘rganishga qarat
ilgandir.
Eksperimentning psixodiagnostik metod sifatidagi muhim jihatlari
shundan iboratki, sinaiuvchining biron-bir xususiyatini baholashda
maxsus
psixodiagnostik eksperiment ishlab chiqiladi va tashkil qilinadi.
Bunday
eksperiment muolajalari bir
qancha tibbiy voqeliklarni o‘z ichiga
oladi,
ya'ni bu hodisalar sinaiuvchining o‘rganilayotgan xususiyatini
namoyon
qilish hamda bu sifatriing taraqqiyotini baholash va belgilashning
standart
metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan. Psixodiagnostik
eksperimentni
tashkil qilish va o4kazish natijasida tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan
muammolar, bo‘yicha maxsus tarzda tashkil qilingan eksperimental
tadqiqotda sinaluvchi xulq-avtorini kuzatish orqali ma'lumotlarga ega
boMadi. Masalan, tadqiqotchini shaxs sifatlaridan xavotirlanish
muammosi
qiziqtiradi. Bu holda diagnostik eksperiment quyidagi tarzda olib
boriladi.
Sinaluvchi imtihon sinovlari kabi voqelik holatiga tushiriladi
qandaydir
murakkab ishni vaqt tig‘ izligida bajarib,
qat'iy natijalar olishga
undaydi.
Sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan paytda, uning xulqida har xil
yuqori
darajali «xavotirlanish» kuzatilib va belgilab borilishi mumkin.
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim
hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bu tushuncha «testda olingan
natija
hechog‘lik to‘g‘riligini ko'rsatadi». (A.Anastazi). Har qanday
metodikaning, testning ishonchliligi o‘rganiIayotgan psixologik
xususiyatlarning ularda aks etishi nuqtai nazaridan to‘g‘ri
qoMlanishini
xarakterlaydigan ma'lumotlar majmui sifatida qaralmog‘i kerak
(LF.Burlachuk, S.M.Moroz, 1989).
Shunday qilib, maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar
psixik faoliyat ko‘rinishlarini to'liq va har tomonlama o‘rganish
imkonini
beradi.
B
olalar ustida psixologik tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi shundan
dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini
shartli
ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o'rganish metodikalariga
ajratish
mumkin. (L.I.Poperechnaya 1978; L.A.Venger, V.V.Xolmovskaya
1978;
Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986) Masalan, bola
xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin
emas,
buning uchun metodikalar majmuini qo‘liash kerak. Shu bilan bir
vaqtda,
har bir ekspe
rimental metodika o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari
(ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari)
psixikaning
boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi.
Masalan:
bolaga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga
qarab, faqat uning
xotirasi
haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga
yo'naitirilganligi, uiarning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda
qo'llaniladigan
metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va
maktab yoshidagi bolalar bilan tadqiqot o'tkazganda uiarning tez
charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot
o‘tkazganda,
tadqiqot vazifalariga bog‘liq ravishda tanlangan 5
-- 7 metodikadan
foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o‘tkaziladigan
tadqiqotlarda ko'proq metodikalardan ham foydalanish mumkin.
Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir.
Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda
bo‘lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda
quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi - psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning
yoshiga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va
tarbiya berilayotgan sharoit;
v) bolaning experimental tadqiqotga moslashishi, muioqotga
kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyat
lari.
Bolaga tanlangan eksperimental psixologik metodikalarni qiyinligi
o‘sib borish darajasida berish kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda metod va metodika,
standartlashtirilgan metodlar, testlar, ulaming turlari, so‘rovnomalar,
ularning turlari bilan tanishdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |