Arnold Lyusius Gezell
1880 yil Viskonsin shtatining kichik shaharchasida tug’ilgan. Shu shtatning universitetida bakalavr darajasini olgan. Klark univesitetida doktorlik dissertasiyasini tayyorlagan (1906). Keyinchalik ikkinchi doktorlik darajasini tibbiyot ixtisosligi bo’yicha Yel
universitetida olgan (1915). Turli AQSH universitetlarida o’qituvchi lavozimida ishlagan. Los-Anjelos pedagogika institutida faoliyat yuritgan vaqtida L.Termen bilan hamkorlik qilgan. Psixologik test o’tkazish bilan shug’ullangan va uning xulosasiga ko’ra, bolalarni rivojlanishini ilk yosh davrlarida aniqlash zarurligini ta’kidlagan. Bu tekshirishlar unga nafaqat psixologlar orasida, balki shifokorlar va pedogoglar orasida ham katta shuhrat keltirgan. U 1961 yil vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |