6. Psixodiagnostikaning XX asrdagi shakllanish davri
Psixodiagnostika XIX asrning oxirida vujudga kelgan va individual-psixologik tafovutlarni o’rganuvchi fan sifatida, ularni o’lchashga, baholashga talabgor, intelekt o’lchamlari haqidagi bahs-munozaralarda toblangan holda yangi asr boshiga yetib keldi. Qisqa vaqt mobaynida esa, aqliy Galton shkalalaridan Bine testlarigacha bo’lgan masofani bosib o’tdi. Ma’lumki, psixodiagnostika yuzaga kelgan vaqtidan boshlab XIX asr oxiriga qadar “intelekt”ni o’rganishdagi individual tafovutlarni o’lchashga mo’ljallangan edi. Oldinda esa, XX asr, psixodiagnostikani rivojlanishini belgilab beruvchi yangi yutuqlar, omadsizliklar, diskussiya va kashfiyotlar davri turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |