4.6.3. Rahbarning jamoa ichida xodimlarga bo’lgan psixologik ta’siri
Alohida shaxsning xodimlar yoki hamkasblar ongi va e’tiqodiga bo’lgan munosabati orqali, ularni o’ziga ishontirishga urinishi ham ijtimoiy ta’sirning bir shakli hisoblanadi. Agar bu urinish samarali bo’lsa, hamda ta’sirlanish ro’y beradi. G’arb olimlari ta’sirlanishning to’rtta turini farqlaydilar:
ma’lumot berish;
tushuntirish;
isbot qilish;
e’tiroz bildirish orqali.
Har bir ta’sir ko’rsatish va ta’sirlanish ma’lum bir psixologik holatlar fonida ro’y bergani uchun ham fanda ishontirish bu munosabatlarning vositalari tafovutlanadi.
4.6.1-rasm. E’tiqodga ta’sir etish yo’llari
4.6.1-rasmda keltirilgan emosional holatlar va ularga mos tarzda ta’sir ko’rsatadigan psixologik yo’llarning mohiyatiga ko’ra, ta’sir ko’rsatishga “qasd” qilgan odam avvalo raqibining emosional holati va kayfiyatini inobatga olishi zarur. Masalan, relaksasiya, ya’ni xotirjamlik, begamlik, xursandchilik kayfiyatidagi odamga ta’sir ko’rsatish uchun, unga oddiygina maslahat berish yoki amalga oshirgan ishlarini ma’qullash orqali yangi faoliyatga chorlash mumkin bo’ladi. Bundan tashqari, mashhur “Sokrat usuli”ga ko’ra, tinglovchining ishonchini oqlash va uni ko’ndirish uchun suhbat boshida berilgan kamida uchta savolga “ha” degan ijobiy javob olinishiga erishish lozim. Ya’ni bu suhbat boshidanoq nima qilib bo’lsa ham tenglovchining“yo’q” demasligiga erishishdir.
Agar odamning kayfiyati yomon, ma’lum stress yoki tang holatda bo’lsa-chi? Bunday holatlarda raqibga aniq buyruq yoki ko’rsatmalar berish, kutishlariga nisbatan zid choralarni taklif etish, qat’iy talablar qo’yish,ta’qiqlash kabi shaxsni tormozlovchi ta’sir ko’rsatish yo’llardan foydalanish qo’l keladi.
Identifikasiya holatida esa, ta’sir ko’rsatuvchi raqibga nisbatan qattiq hurmat hissini boshdan kechirishi, maslahat berishi, boshliqlik imijini kuchaytiruvchi plasebo vositalaridan foydalanishi yoki o’zini shunga majburlashi mumkin.
Agar odam juda ko’tarinki kayfiyatda bo’lsa, unga oddiy sha’ma va hazil qilish yo’llari orqali maqsadni bildirish, xushomad qilish hamda o’z shartiga ko’ndirish mumkin bo’ladi.
Demak, odamning e’tiqodini o’zgartirish uchun albatta, uning holati, kayfiyati va his-kechinmalarini hisobga olish shart. Shundagina ijtimoiy ta’sir samarali bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, tashkilot va korxona faoliyatining samaradorligi, bevosita, rahbarning ish uslubi, uning shaxsiy sifatlariga bog’liqdir. Bu haqda esa, alohida mavzuda so’z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |