4.4. Zamonaviy psixodiagnostika metodlariga qo’yiladigan jarayonlashtirish va verifikasiya talablari hamda ularning qo’llanilishi darajasi
So’ngi yillarda psixodiagnostikaning zamonaviy metodlari yaratilib, ulardan inson omili predmeti sanalgan fanlarning amaliyot jarayonida samarali foydalanib kelinmoqda. Psixodiagnostik usullarning tadbiqiy o’rganilishi, yangi ilmiy tushunchalar va ularga xos xususiyatlarning yaratilishi, izohlanishi, tan olinishi hamda tajribada qo’llanilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda. Psixologiyada faoliyatning yuksalib borilishi XX asr boshlarida tadqiqot metodlari va yo’riqnomalariga aloqador shakllangan zamonaviy fanlarga taqdim etiladigan, rasmiy tan olingan va qabul qilingan talablarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunday talablar asosida jarayonlashtirish va verifikasiya tashkil etadi.
Jarayonlashtirish deganda kiritilayotgan yangi ilmiy tushunchalarning fanda ifoda etilishi hamda mavjudligini namoyon bo’lishiga maslahat va metodlarni ko’rsatilishi jarayonlashtirish deyiladi. Shuningdek, u har bir tadqiqotchining mazkur tushunchani o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga ishon hosil qilish uchun, ayrim amaliy harakatlar va jarayonlarni bajarilishini tizimiylashtirishini ham ifoda etadi.
Har qanday yangi tushunchaning ilmiylik mavqyeiga ega bo’lishi uchun tekshirilishdan o’tishi vetifikasiya, deb ataladi. Shu bois, “verifikasiya” lo’g’aviy so’zining ma’nosi ham aynan “tekshirish“ mazmunga egadir.
Tushunchalarning mazmundorligi aniqlash uchun o’tkaziladigan bunday tekshirish, ularga mos keluvchi psixodiagnostik jarayonlar yordamida amalga oshiriladi.
Agar, biz “motiv” atamasini ilmiy tushuncha sifatida fanga kiritadigan bo’lsak, unda ushbu ifodaning aniq izohini boshqa ma’lum so’zlar yordamida yoki uni o’z ichiga qamrab oladigan ayrim holatlarning tashxis qilnishi (jarayonlashtirish) orqali amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Masalan; “Motiv – shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan moyillik va hozirlikni tushuntirib beruvchi sababdir”. Bu tushunchani jarayonlashtirish uchun uning keyingi bosqichida psixodiagnostik metodikani qo’llashi kerak bo’ladi. Natijada uning mazkur tushuncha yuzasidan aniqlovchi qismida nimanidir tasdiqlanayotganligi hamda uning haqiqatdan ham mavjud ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Yakunlovchi bosqichda esa “motiv” ko’rinishlarining mavjudligini amaliy jihatdan tekshiruvni amalga oshirish talab qilinadi. Aynan mana shu verifikasiya, deb ataladi.
Shunday qilib, jarayonlashtirish va verifikasiya tushunchalari psixodiagnostika sohasiga dalxdor bo’lib, unda jarayonlashtirish nazariy ahamiyat kasb etsa, verifikasiya – uning amaliy jihatdan namoyon bo’lishini anglatadi.
Hozirgacha yaratilgan va qo’llanilib kelinayotgan psixodiagnostik metodikalarning asosiy qismini – blankali metodikalar tashkil qiladi. Ya’ni kishilarga bir qator hukmlar to’plami taqdim etilib, uning javoblarini yozma yoki og’zaki ravishda bayon etishlari kerak bo’ladi. Sinaluvchi javoblariga asoslanib ularning psixologiyasi haqida xulosa chiqariladi. Blankali metodikalarni keng tarqalganligi hamda amaliy qiziqishni yuqoriligi, ularni ish jarayonida qo’llash, saralash va tahlil qilishning juda oddiyligi bilan izohlanadi.
Qo’llanilish jihatdan metodikalar orasida ikkinchi o’rinni so’rovnomalar egallaydi. Ish jarayonida sinaluvchilarga psixolog qator og’zaki savollarni taklif etib, ularni qayd qilib boradi va javoblarni tahlil qiladi. Bu metodikalar maxsus blankalarning tuzilmasligi va qo’llanilishining yengilligi bilan ijobiy xususiyat kasb etadi. Ularning kamchiligi esa, savolni tuzish va unga javob berish jarayonini subyektiv tarzda amalga oshirilishidir. Standartlashtirishning murakkabligi pirovard va olingan natijalarni solishtirish va ishonchlilik darajasini anmqlashni qiyinlashuviga olib keladi.
Qo’llanilishiga ko’ra, uchinchi o’rinni egallaydigan metodikalar qatoriga-rasmli psixodiagnostik metodlarni kiritish mumkin. Bunda kishilarning xulq-atvorini psixologik jihatdan yanada yaxshiroq o’rganish maqsadida har xil xarakterligi rasmlar to’plamidan foydalaniladi. Ayrim hollarda esa tayyor standart hisoblangan tasvirlar interpritasiyasi ham qo’llanilishi mumkin. Ushbu tasvirlarning mohiyati yechish talab etiladigan masalalar to’plamidan iborat bo’ladi (Raven testi va boshqalar).
Psixodiagnostik metodikalarning birinchi hamda uchinchi tiplari ikki xil, qo’l bola va kompyuterli variantga ega bo’lishi mumkin. Qo’l bola variantda tadqiqot materialini qayta ishlash va tahlil qilish elektron-hisoblash texnika usullarisiz amalga oshiriladi.
Psixodiagnostik metodikalar ichida proyektivlarining ham ahamiyati cheksizdir. Ular blankali, so’rovnomali va rasm ko’rinishida bo’lishi mumkin. Mazkur metodikaning amaliy jihatdan qo’llanilishi yildan-yilga ortib bormokda. Chunki ular boshqalarga nisbatan validli va informativliliroqdir.
Navbatdagi metodik guruhlar sirasiga obyektiv-manipulyasion turlar kiradi.
Unda yechiladigan masalalar sinaluvchilar hukmiga haqiqiy predmetlar shaklida taqdim etiladi. Sinaluvchilar esa, ulardan biror narsa yasashlari kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |