F
aoliyat deganda, odatda, bir aniq maqsad sari yo’nalgan jarayon tushuniladi. Faoliyatni diagnostikasini Reykovskiy ikkita umumiy aspektga bo’lishni taklif qilgan: instrumental (sifat, tezlik va ta’sirlar muntazamligi) va munosabat aspekti (15.2.1-rasm). Bu aspektlarda bajargan harakatlariga, atrof muhitga va o’z-o’ziga subyektning munosabati o’rganiladi. Psixologik tashxisni vazifasi faqat qanday ta’sirlar xato bilan bo’layotganini aniqlash emas, balki qanday ta’sirlarda individga oson bo’lishini aniqlashdir. Faoliyatni tizimiylashgan tavsifini olish uchun jamiyatdagi inson tomonidan bajariladigan asosiy ahamiyatga ega bo’lgan tizim
ishlatilishi taklif qilinadi.
Raykovskiyning ta’kidlashicha, klinik diagnostikada ko’p hollarda munosabat aspekti hisobga olinishi, kasbiy diagnostikada esa instrumental aspekt muhimroq ahamiyatga ega ekan. Nima uchun ta’sirlar noto’g’ri bo’layotganiga javob berish uchun, boshqaruv jarayonlarini diagnostikasini o’tkazish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |