Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiya moddiy olamning yalpi xususiyati - in’ikos etish xususiyatiga, ya’ni ta’sirotga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Noorganik tabiatdagi harakatning oddiy misollariga e’tibor qiling: dengizdagi qoya suvning ta’siriga muayyan qarshilik ko’rsatadi - to’lqinlar qoyaga urilib qaytadi, lekin qoyaning o’zi ham sekin - asta yemirila boshlaydi; quyosh nuri suv yuzasiga kelib urilgach, sinib qaytadi; elektr razryadlari natijasida ozon molekulalari hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |