Retseptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv tizimining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a’zolari va nerv tizimining rivojlanish darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaqlini belgilab beradi. Rivojlanishning quyi bosqichida (masalan, kovakichaqlilarda) nerv tizimi butun organizm bo’ylab tarqalgan va o’zaro chatishib ketgan to’rsimon nerv hujayralaridan tarkib topgan bo’ladi. Bu to’rsimon nerv tizimidir. Rivojlanishning keyingi bosqichida nerv tizimi sifat jihatidan bir qator o’zgarishlarga uchraydi. Nerv hujayralari faqat to’rlar emas, balki tugunlar (gangliylar) ham hosil qiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv tizimi eng ko’p miqdordagi qo’zg’atuvchilar ta’sirini qabul qilish va qayta ishlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |