Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari



Download 96,5 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2022
Hajmi96,5 Kb.
#455615
  1   2   3   4
Bog'liq
Tangirova Sarvinoz - Psixik rivojlanish qonuniyati mustaqil ish




Guliston davlat universiteti 63-19 guruh
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi talabasi Tangirova Sarvinozning Umumiy psixalogiya fanidan mustaqil ishi.

Guliston 2022 yil


Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari bo`yicha mustaqil ish

Reja:


  1. Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha.

  2. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar.

  3. Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari.



Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha

Bolaning o‘sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi? degan savolni hal qilish muhim masaladir.


O‘sish - miqdoriy jihatdan ulg‘ayish, demakdir. Taraqqiyot-sifat jihatdan o‘zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar:
Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshiliklar. YA’ni bolalarning extiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.
Bolaning eski xulq-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Masalan: yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdir. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik bo‘lmaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi orta boradi. Masalan: mustaqil yurish, ba’zi ishlarni bajarish.
3.Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi o‘rtasida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinroq vujudga keladi. Masalan: bola bog‘chaga qatnay boshlashdan oldin oiladagi hayotga o‘rganib qoladi. Bog‘chada esa yangicha hayotning boshqacha talablari va qoidalariga duch keladi.
Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot qanchalik murakkab bo‘lmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir. Bolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shartsharoitning ta’siri tufayli yuz beradi.
Bola yashaydigan muhit o‘zgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati natijasida o‘zgara boradi. Har bir inson va bolaning ongi o‘zgarib boruvchi muhit ta’siri ostida o‘sadi. Ammo muhit bolaning o‘sishi uchun qulay va noqulay bo‘lishi mumkin. Qulay muhit kishining «mudroq» qobiliyatlarini ulg‘aytiradi. Noqulay ijtimoiy muhitda tug‘ma qobiliyatlar «mudroq» bosgan holda qolaveradi. Bunday muhit, hatto tasodifan namoyon bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlarni ham nobud qiladi.
Masalan: 1920 yillarda doktor Sang Hindistonda Kalkuttaning janubi- g‘arbidan 2 qizni bo‘rilar orasidan topadi. Qizlardan biri Amola 2 yosh, 1 oydan keyin vafot etgan, ikkinchisi Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45ta so‘zni o‘rgangan.
Organizmning o‘sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog‘liqdir. Demak, inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy qiladi.
Demak, insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil tashqi ijtimoiy muhitning ta’siridir.
Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida ta’lim-tarbiyani asosiy harakatlantiruvchi kuch deb ta’kidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli ta’sir etishi ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Yosh psixologiyasida psixik taraqqiyot bilan ta’lim-tarbiya o‘rtasidagi munosabat masalasi muhim masaladir. Bu masalani olimlar turli nazariyalar bo‘yicha talqin qiladilar:
1) Birinchi nazariya tarafdorlari ijtimoiy ta’lim-tarbiya bilan bola psixik taraqqiyoti o‘rtasida hech qanday munosabat yo‘q, psixik taraqqiyot o‘z yo‘liga, ijtimoiy ta’lim-tarbiya o‘z yo‘liga bo‘ladi degan fikrni olg‘a suradi. 2) Ikkinchi xil nazariya namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ijtimoiy ta’lim-tarbiya orasida hech qanday farq yo‘q degan fikrni bildiradilar.
3) Uchinchi xil nazariya namoyondalari ta’lim-tarbiya va psixik taraqqiyot boshqa-boshqa jarayonlar bo‘lsa ham, bir-biriga mos keladigan, ya’ni bir-biriga ta’sir o‘tkazadigan jarayonlardir degan fikrni ilgari suradilar.
Psixologlar jumladan L.S.Vigotskiyning fikricha ta’lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi, ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining taraqqiy etishini o‘z orqasidan ergashtirib boradi. Unga eng yaqin istiqbol ochib beradi, deb ko‘rsatadi. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 bosqichi bo‘lib, ya’ni birinchisi, faol taraqqiyot bosqichi ( katta yoshli kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila olish;). Ikkinchisi, eng yaqin taraqqiyot zonasi bosqichi (bolalarning katta yoshli kishilar yordami bilan qiladigan xatti-harakatlari) bor. Vigotskiy bolalarning psixik rivojlanishi, ayniqsa shu taraqqiyot jarayonida tezroq rivojlanadi deb ko‘rsatadi.
Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligini, ya’ni qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga, xarakter - sifatlarga ega ekanligini va kelajakda bolaning qanday bilim, ko‘nikmalarga, xarakter sifatlarga ega bo‘la olishini hisobga olish imkonini beradi.

Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish