Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/141
Sana27.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#585168
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141
Bog'liq
psihiatriya-qollanma-1

III. Aralash turlari
 
1. Bolalar serebral falaji (BTSF) 
2.
Atipik rezidual aqliy zaifliklar. 
3.
Giperdinamik sindrom. 
Ko„p uchraydigan sindromlar: 
Serebroastenik sindromlar 
Bu holatda bemorda jizzakilik, darmonsizlik, tez charchash, ruhiy 
jarayonlarning taranglashishi kuzatiladi. Yana ayrim bemorlarda kuchaygan 
jizzakilik hamda «affektiv uchqun» tayyorgarligi namoyon bo‗ladi. Astenik 
simtomlar ruhiyatning organik buzilishlari fonida namoyon bo‗lishi serebrastenik 


138 
holatga qator xususiyatlarni beradi. Masalan, diqqatning chalg‗ishi, fikrlashning 
charchashi ifodalangan xarakterga ega bo‗lib, uzoq vaqt ruhiy ish qobiliyatining 
susayishiga sabab bo‗ladi. Ko‗p hollarda xotiraning eslash va eslab qolish 
funksiyalari pasayishi, ayrim paytlarda, xususan, jarohatdan keyingi 
serebrasteniyada amnestik afaziyaning ma‘lum elementlari alohida so‗zlarni ham 
uno‘tish shaklida kuzatiladi.
Tipik astenik holatlarda affektiv buzilishlar yaqqol namoyon bo‗ladi:
jarohatdan keyingi serebrosteniyadan keyingi jizzakilik affektiv «portlash» 
xarakterini, eksplozivlik, kayfiyatning distimik o‗zgarishi- yig‗loqilik, o‗jarlik,
norozilik, ayrim paytda disforik tarzda keltirib chiqaradi. Bosh miya jarohatidan 
keyin rivojlanuvchi serebrastenik holatda tovush va yorug‗likka nisbatan 
giperesteziya aniqlanadi. Psixogen va somatogen buzilishardan farq qilib, sensor 
sintezning buzilishlari, tana tuzilishining qisman buzilishlari kuzatiladi.
Rezidual-organik serebrastenik holat tarkibida ifodalangan vegetativ 
regulyatsiyaning buzilishlari, serebrasteniya hamda diensefal sindromlarning birga 
kelishi kabi holatlar kuzatiladi. Bolalarda rezidual serebrastenik holatlarda
nevrologik mikrosimptomatika, nozik motorikaning nuqsonlari, harakatlarning 
assimetrikligi - bir tomonlama harakatlar aniqlanadi. Bu komponentlar bolalarda
bosh miyaning erta organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Kalla suyagining 
rentgenogramma va pnevmoentsefalogrammasida turli o‗zgarishlar aniqlanadi: 
kalla 
suyagi 
yo‗lakchalarining 
qalinlashuvi, 
chuqurchalarning 
hamda 
so‗rg‗ichsimon suyakning assimetriyasi, bosh miya qorinchalarining kengayishi.
Ba‘zi bolalarda embrion davrida bosh miyaning organik buzilishlaridan 
keyin tuzilish displaziyalari yuz assimetriyasi ko‗rinishida paydo bo‗ladi. Bu 
guruh bolalarda «bigiz simptomi» namoyon bo‗ladi (qo‗l panjasi o‗rta 
falangalarining uzunlashuvi va oxirgi falangalarning qisqarishi). Serebrasteniyada 
kunning ikkinchi yarmida kuchayib boruvchi bosh og‗rishi, vestibulyar buzilishlar 
(bosh aylanishi, ko‗ngil aynishi, transportda o‗zini yomon his qilishi) kabi holatlar 
ko‗p uchraydi. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish