Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/141
Sana24.11.2022
Hajmi5,01 Kb.
#871602
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   141
Bog'liq
psihiatriya-qollanma

Reaktiv psixozlar 
Reaktiv psixoz – og‗ir ruhiy jarohat yoki ko‗ngilsiz hodisaga javoban 
vujudga keladigan patologik jarayon. Reaktiv psixozlar nevrozlarga nisbatan 
qisqaroq, alomatlari og‗irroq, kuchli psixomotor va affektiv buzilishlar, vasvasa, 
gallyutsinatsiyalar, isterik buzilishlar va ongning buzilishi bilan tavsiflanadi. 
Reaktiv psixoz holatidagi bemorlarning o‗z holatini tanqidiy baholash yo‗qoladi, 
o‗zining qilgan harkatlarini bilmay qoladi. Shu bilan birga reaktiv psixozlarga 
alomatlarning qaytaruvchanligi xos bo‗ladi.
Reaktiv psixozlarga quyidagi sabablar olib keladi: hayot uchun havfli 
bo‗lgan vaziyat, yaqin kishisidan ajralib qolish, tabiiy ofat, xizmatdagi 
kelishmovchilik va boshqalar. Bu psixozlarni rivojlanishi shaxsning konstitutsional 
tuzilishi (psixopatik shaxslarda), boshidan kechirgan kasalliklari, yoshi, aqliy 
rivojlanishi bilan bog‗liqdir. Ruhiy jarohat tugashi bilan odatda ruhiy buzilishlar 
o‗tib ketadi.
Reaktiv psixozning klinik turlaridan affektiv-shok reaksiyalari, isterik 
psixozlar, reaktiv depressiyalar va psixogen paranoidlar farqlanadi. 
Affektiv-shok reaksiyalari 
to‗satdan sodir bo‗lgan, o‗ta kuchli tabiiy 
ofatdan yuzaga keladi. Affektiv-shok reaksiyalari giper- va gipokinetik turlariga 
bo‗linadi. Giperkinetik turida bemorlar maqsad yo‗nalishini yo‗qotadi, vahima va 
qo‗rquvga tushadi. Ular bema‘ni harakatlar qiladi, turgan joylariga mo‗ljal 
yo‗qoladi. Bu turdagi qo‗zg‗alish 15-25 daqiqa davom etadi. Gipokinetik turida 
bemor stupor holatiga tushib, butunlay harakatsiz bo‗lib qoladi va gapira olmasligi 
(mutizm) mumkin. Bemor bir joyda qotib qoladi, atrofdagi hodisalarga befarq 
bo‗lib, bir nuqtaga qarab turadi. Stupor bir necha soatdan 2-3 kungacha davom 
etishi mumkin. Psixoz vaqtidagi bemor kechinmalari xotirasida saqlanmaydi. 
Isterik psixozlar 
bir mexanizm bo‗yicha vujudga keladi va klinik ko‗rinishi 
bo‗yicha turli bo‗ladi (ongning isterik sumerik buzilishi, soxta demensiya 
(psevdodemensiya), puerilizm, vasvasasimon fantaziya alomatlari, isterik stupor). 
Ongning isterik sumerik buzilishida 
bosh miya qobig‗i funksiyalari to‗liq 
to‗xtamaydi. Ongning torayishi, joyga mo‗ljalni buzilishi, jarohatlanuvchi 


87 
vaziyatni aks etuvchi ko‗rinish gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Psixoz davridagi 
hodisalar xotirada saqlanmaydi. Bemorning harakatlari namoyishkorona bo‗lib: 
kulgi, yig‗i, qo‗shiq aytish birdaniga tutqanoqlarga o‗tishi, bemorning g‗amgin 
holatda qotib qolishini qisqa vaqt davom etuvchi qo‗zg‗alishga o‗tishi kuzatiladi. 
Bu holat 1-2 haftagacha davom etishi mumkin. 
Psevdodemensiya 
– aldamchi tuyuladigan aql zaifligidir. Yolg‗on aql 
zaifligi ong torayganida paydo bo‗lib, oddiy bilimlarni yo‗qotish, savollarga 
noto‗g‗ri javob berish, noto‗g‗ri harakatlar qilish bilan tavsiflanadi. Yolg‗on aql 
zaifligi bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Ongning isterik 
sumerik buzilishi va psedodemensiya uyg‗unlashishi bilan kechadigan holat 
Ganzer sindromi 
deb yuritiladi.
Puerilizm – 
isterik reaktsiya turlaridan biri bo‗lib, ongning isterik torayishi 
bilan birga yosh bolalarga xos xulq-atvorning paydo bo‗lishi bilan tavsiflanadi. 
Bemorlarda yosh bolalar nutqi, harakati, his-tuyg‗u reaksiyalari kuzatiladi.
Vasvasasimon fantaziyali isterik sindromiga 
tizimlashmagan, turg‗unsiz 
buyuklik, boylik vasvasa g‗oyalariga xosdir. Fantaziyalar mazmuni juda 
o‗zgaruvchan bo‗lib, tashqi holatga bog‗liq bo‗ladi.
Isterik stupor 
holatida ruhiy va harakat jarayonlarining to‗xtashi, mutizm, 
ongning isterik torayishi kuzatiladi. Bemorlarda kuchli siqilish, jahldorlik, 
tushkunlik holatlari paydo bo‗ladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish