Masala 3
Bemor K, 50 yosh: 10 yildan buyon shizofreniya bilan bemor.
Atrofdagilarni bemorning noadekvat hatti - qarakatlari o'ziga qaratdi: uyiga o't
qo'yishga qarakat qilishi, uksus ichishi, televizorni sindirishi. Vrach qabulida o'zini
to‘tishi tinch, o'ziga ishonchli. Uydagi hatti - qarakatlari to'qrisida so'ralganda
shunday javob berdi: «Ovozlar meni qiynab yubordi, mana 10 yildan buyon
miyamning ichida o'tirib meni boshqarmoqda. Menga doim buyruq beradi, ba'zan
o'z qornimga pichoq urishni buyuradi. Lekin men qar doim qam unga quloq
197
solmayman, agar quloq solsam qozir men sizning oldingizda o'tirmagan bo'lar
edim». Shuningdek yana «ovozlar uning hohishiga qarshi kimnidir urishni,
nimanidir sindirishini buyurishga» shikoyat qiladi. Bemor ko'pchilik holatlarda
ovozlarga bo'ysunmaydi, o'z holatiga qisman tanqidiy munosabat bilan qaraydi.
Bu holatda idrok buzilishining qanday turi kuzatiladiq
Bu misolda gallyutsiyanatsiyaning qanday turi kuzatiladiq
Gallyutsinatsiyalarning imperativ harakterda ekanligini qaysi belgilar ifodalaydiq
Javob etaloni.
1.
Gallyutsinatsiyalar.
2.
Sohta eshituv gallyutsinatsiyalari, ya'ni bemor aytadiki «ovozlar qiynab
yubordi, mana 10 yildan buyon miyamning ichida o'tirib meni boshqaradi» - deydi.
3.
Belgilari: «Ovozlar buyruq beradi, ba'zan o'z qornimga pichoq urishni,
ba'zan televizorni sindirishni, chunki ovozlarga televizorda bo'layotgan
mashinaning yurishi yoqmadi - deydi». Shuningdek, «ovozlar miyaning ichida
uning hohishiga qarshi kimnidir urishni, nimanidir sindirishni buyurishini» aytadi.
Masala. 4
Bemor L. 35 yosh. Vrach bilan suqbat choqida shunday deydi: «Men doimo
qo'rquv holatidaman o'z hayotimdan havotirdaman. Bir tomondan men aniq
bilamanki, menga hech narsa bo'lmaydi, lekin bir vaktda o'ylaymanki mening qar
qanday harakatim soqliqimga qarshi ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ko'chadan
ketayotganimda behosdan yo'l chetidagi narsalarni, uy, mashinalarni sanay
boshlayman. Agar hammasini to'qri sanasam erkin qis qilib tinchlanaman. Agar
sanashda yanglishsam qo'rquv boshlanadi va meni biror bahtsiz voqea kutmoqda
deb qisoblayman. Biror ishni bajarib ko'rgandan keyin shu ishni to'qri qildimmi -
yo'qmi degan gumon paydo bo'ladi. Men doim ikkilangan holatda yuraman, qech
ish qila olmayman, o'z soqliqimdan qo'rquvda yuraman».
1. Sindromologik diagnoz qo'yish.
2. qaysi simptomlarga asosan diagnoz qo'yildiq
198
Javob etaloni.
1. Obsessiv - fobik sindrom.
2. Ushbu bemorda bo'lgan yopishqoq moyillik, o'z soqliqidan qo'rqib yurish hissi
kuzatiladi. U o'z kechinmalarining bema'ni ekanligini biladi va undan qutilishga
harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |