Психологик дарс тахлили



Download 134,91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.08.2021
Hajmi134,91 Kb.
#155507
Bog'liq
HkyR0Brmg2VHZSAcc659-XQ6dBxpMEJR



Mavzu:

Boshqaruv faoliyatining psixologik tahlili

 

 

                                       Reja 

1.  Pedagoglarni kasbiy faolligini oshirish. 

2.  Pedagoglarning malakasini oshirishni axamiyati. 

3.  Pedagoglarni  kasbiy  faolligi  va  malakasini  oshirishda  ta’lim  rahbarlarining 

vazifalari. 

Mamlakatimiz  mustaqilligining  dastlabki  kunlaridan  boshlab  o’qituvchilik 

kasbining axamiyati va nufuzini orttirish bo’yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar 

izchillik  bilan  ro’yobga  chiqarilmoqda,  pedagoglarni  moddiy  turmush  sharoitini 

yaxshilashga  yo’naltirilgan  chora  –  tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  O’zbekiston 

Prezidenti  o’zining  “O’zbekiston  kelajagi  buyuk  davlat”  asarida  “ta’lim  –  tarbiya 

masalalarini  faollikka  asoslangan  tamoyillarga  o’tkazish,  o’sib  kelayotgan  yosh 

avlodni  yangiliklarni  tez  qabul  qilishga  undash,  istiqlol  yaratgan  keng 

imkoniyatlardan  foydalanib,  faoliyatimizning  xamma  soxalarida  yuksak  natijaga 

erishishimiz  kerak”  deb  ta’kidlaydi.  Davlatimiz  pedagoglarga  yaratib  berayotgan 

sharoitlar, e’tibor va g’amxo’rlik barcha o’qituvchilarni: 

o’z ustida tinimsiz ishlashga, 



ilmiy izlanishlar olib borishga, 

o’quv jarayonini zamon talabi darajasida ilmiy tashkil etishga, 



pedagoglar  safiga  yosh  pedagoglarni  kelib  qo’shilishiga  imkoniyat 

yaratmoqda. 

 

Bu  vazifalar  esa  ta’lim  muassasasiningrahbarlari  zimmasiga  yanada  yangi 



vazifalarni yuklatmoqda. 

 

Ma’lumki, inson  har doimo o’sish va rivojlanishda bo’lganligi  uchun  uning 



kamolotiga  ta’sir  etuvchi  omillarning  ilmiy  –  nazariy  mohiyati  barcha  pedagogik 

jamoa  rahbarlari  to’g’ri  tushunib  yetishlari  lozim.  Har  bir  pedagog  o’z  pedagogik 

faoliyatini  turli  xil  sharoitlarda  insonlar  ta’sirida  amalga  oshiradi.  Pedagog 

faoliyatiga  ta’lim  muassasalaridagi  bugungi  sharoit  va  shaxs  rivojiga  va 

shakllanishiga kuchli ta’sir qiladigan odamlar guruhi bo’lgan pedagogik jamoadagi 



ruhiy  muhit  o’z  xukmini  o’tkazadi.  Jamoa  jamiyatning  bir  bo’lagi  sifatida  uning 

barcha  hususiyatlarini  qamrab  oladi.  G’oyaviy,  iqtisodiy,  ma’naviy  –  axloqiy 

jabxalar  shular  jumlasidandir.  Bugungi  kunda  har  bir  pedagogik  jamoani  ma’lum 

bir saylab qo’ygan yoki tayinlangan rahbar boshqaradi. 

 

Rahbarlik  –  hodimlarga  maqsadli  ta’sir  o’tkazishga  qaratilgan,  ularning 



xulqini  tartibga  solish  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqaruvning  tarkibiy  qismidir. 

SHunday  qilib,  “boshqaruv”  tushunchasi  “rahbarlik”  tushunchasiga  qaraganda 

ancha  keng  tushunchadir.  Rahbar  boshqaruv  faoliyatida  qator  funktsiyalarni 

bajaradi:  

pedagogik  jamoani  ilmiy  –  pedagogik  faoliyati  maqsadlarini  aniqlaydi  va 



shakllantiradi, 

rag’batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, 



uni nazorat qilishni amalga oshiradi. 

 

SHuning  uchun  xam  rahbar  yosh  pedagogni  o’z  kasbiga  mehr  qo’yishiga, 



o’qituvchilik  kasbini  sir  –  asrorlarini  mukammal  o’rganishga,  kelajakka  ishonch 

bilan qarashga o’rgatishga ko’p qirrali ta’sir qiladi. Rahbarning ijobiy faoliyatidan 

jamoaning  har  bir  a’zosi  o’ziga  xos  ta’sirlanadi.  Rahbar  boshqaruv  faoliyatida 

o’zaro ta’sirning ikki yo’nalishini, pedagogning jamoaga va jamoaning pedagogga 

ta’sirini  va bu o’zaro ta’sir  ijobiy  yoki salbiy bo’lishi  mumkinligini  hisobga olish 

zarur. 


 

Pedagogning jamoaga ta’siri: uning 

-  obro’si, 

-  bilimi, 

-  dunyoqarashi, 

-  kasbiga qiziqishi, 

-  pedagogik qobiliyati, 

-  o’z fanini chuqur bilishi, 

-  o’quvchilarga munosabati, 

-  o’z ustida ishlashi, 

-  tashkilotchilik qobiliyati, 



-  peshqadamlik  qilishi, 

-  tashabbuskorligi singari ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. 

 

Pedagog  obro’si  uning  jamoada  tan  olinishi,  sub’ektiv  sifatlarining  jamoa 



faoliyatining  ob’ektiv  talablariga  mos  kelishi  tushuniladi.  Bunda  mutaxassisning 

bilimi, ko’nikma va malakasi, tajribasi, kasb maxorati, uddaburonligi, tadbirkorligi 

va  ijodkorligi  uning  boshqalardan  ko’ra  ko’proq  ko’zga  tashlanishiga  va  obro’ 

orttirishiga  sabab  bo’ladi.  Obro’ga  eng  mutaxassis  shaxslararo  munosabatlarda 

yuqori  mavqega  ega  bo’ladi,  jamoada  uning  fikriga  quloq  soladilar,  undan 

maslaxat  so’raydilar,  uning  nuqtai  nazari  bilan  xasoblashadilar.obro’  orttirishda 

mutaxassis xaqida jamoatchilik fikri xam sabab bo’ladi. Pedagog jamoatchilik fikri 

bilan  hisoblashmay  iloji  yo’q,  bu  esa  jamoaning  pedagogga  bo’lgan  ta’siridir. 

Ya’ni  jamoa  pedagogning  ayrim  sa’i  –  harakatini  rad  etishi,  qabul  qilmasligi 

mumkin.  Demak,  jamoa  bilan  pedagogning  o’zaro  ta’siri  ikki  xil  ya’ni  va  salbiy 

bo’lishi  mumkin,  bunda  rahbarning  roli  yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Yosh  pedagog 

jamoaga  kelganda  ishlayotgan  pedagoglarni  faoliyatini,  ularni  o’z  vazifasiga 

bo’lgan  munosabatini  to’la  o’rganguncha  turlicha  tasavvurga  ega  bo’ladi.  “Qush 

inida  ko’rganini  qiladi”  degan  maqoldek  yosh  mutaxassis  ilg’or  o’qituvchilardan 

o’rgansa va ularga ergashsa faol pedagogik faoliyat olib borishga o’rganadi. 

 

Tajriba  shuni  ko’rsatmoqda-ki,  ko’pgina  yosh  pedagoglar  pedagogik 



jamoada  moslashishga  qiynalibayrim  xollarda  kasbidan  voz  kechib  boshqa 

nopedagogik faoliyati bilan shug’ullanmoqdalar. Buning sabablari yosh pedagogga 

jamoada  e’tibor  bermaslikda  namoyon  bo’ladi.  Yosh  pedagogni  yutuqlarini 

maqtash  o’rniga  yig’ilishlarda  arzimas  narsani  ro’kach  qilib,  uni  uyaltirish  va  uni 

obro’sini  tushirish  uchun  qilingan  harakatlar  ta’limdan  bezib  ketishiga  sabab 

bo’lmoqda.  Uni  tajribasizligi  unga  uslubiy  yordam  berish,  bilmaganini  o’rgatish 

o’rniga  tez  –  tez  beriladigan  tanbexlar  yosh  pedagogni  ko’nglini  sovitib 

yubormoqda.  Bugungi  kunda  ta’lim  muassasalaridagi  pedagoglarni  saloxiyati  shu 

muassasa  rahbarlarining  reytingini  belgilovchi  eng  asosiy  mezonlardan  biri 

hisoblanadi. SHunday ekan, bilimli, yetarli tajriba va ko’nikmaga ega bo’lgan, o’z 

fanini  yaxshi biladigan,  ijodkor  va tashkilotchi pedagoglarni qo’llab – quvvatlash, 



ularga  yetarli  sharoitlar  yaratib  berish,  ilmiy  –  pedagogik  faoliyat  bilan 

shug’ullanisha  uchun  yaqindan  yordam  berish,  yosh  pedagoglarni  tajribali 

ustozlarga  biriktirib  qo’yish,  faoliyatni  “Ustoz  –  shogird”  tamoyillari  asosida 

tashkil etish talab etiladi. 

 

Maktab  ta’limini  rivojlantirish  Davlat  umumilliy  dasturning  asosiy 



tamoyillari  va  maqsadli  vazifalaridan    biri  –  umumiy  ta’lim  maktablari,  birinchi 

navbatda  qishloq  joyidagi  maktablarni  malakali  pedagog  kadrlar  bilan  ta’minlash, 

ular  tarkibi  sifatini  oshirish,  o’qituvchilar  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va 

malakasini  oshirishning  samarali  tizimini  yaratish,  o’qituvchilarni  mehnatini 

rag’batlantirishni kuchaytirishdan iborat. Bu o’quv muassasa rahbarlari uchun juda 

katta mas’uliyat, talablar, vazifalar va ishonch mavjudligini ko’rsatadi. Pedagoglar 

malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash,  ularda  ishga  bo’lgan  tashabbuskorlik  – 

ijodiy  munosabatni  shakllantirish,  moddiy  rag’batlantirish  tizimini  yaratishga 

ta’lim rahbarlarining tizimli yondashuvi zarurligini ko’ramiz. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  25  noyabrdagi  “Xalq 



ta’limi  hodimlari  mehnatiga  xaq  to’lash  tizimini  takomillashtirish  va  uni  moddiy 

rag’batlantirishni  kuchaytirish  chora  –  tadbirlari  to’g’risida”gi  qarori 

o’qituvchilarning  mehnati  va  ularga  g’amxo’rlik  ko’rsatish  xamisha  davlatning 

diqqat  markazida  turishini  yana  bir  bor  isbotlab  berdi.  CHunki,  o’qituvchilarni 

moddiy  va  ijtimoiy  –  psixologik  rag’batlantirishda,  malakasini  oshirishga  xamda 

pedagogik faoliyatini takomillashtirishga rahbarlar tomonidan talablar qo’yilishida 

ma’lum bir mezonlar qo’yilishi zarur. 

 

Bugungi  kunda  xalq  ta’limi  bo’limi  uslubchilari  o’z  faoliyatlarida  pedagog 



hodimlarni  qachon  va  qaysi  institutda  o’qib  kelgani  bilan  chegaralanadilar,  ya’ni 

malaka oshirish tushunchasiga bir tomonlama yondoshmoqdalar. Bu o’z navbatida 

pedagoglarni  yangiliklardan  orqada  qolishiga  va  pedagogik  jamoada  raqobat 

muhitini  vujudga  kelishiga  qarshilik  ko’rsatmoqda.  Pedagoglarni  moddiy 

rag’batlantirishga, faoliyatini takomillashtirishga muxim omil bo’lib xizmat qilishi 

mumkin  bo’lgan  bilimi,  ko’nikmasi  va  malakasi,  kasbiy  maxoratini  o’stiruvchi 

malaka oshirish va qayta tayyorlashni murakkab pedagogik tizim sifatida hisoblab, 



unga  tizimli  yondashuvni  joriy  etish  zarur.  CHunki,  har  qanday  tizim  o’zining 

tashkil  etuvchilariga  ya’ni  komponentlariga  ega  bo’ladi.  Murakkab  tizim 

hisoblangan malaka oshirishning asosiy komponentlari quyidagilar: 

-  o’quv yurtlaridagi o’quv semenarlari; 

-  semenar – treninglar, 

-  ochiq darslar, 

-  o’zaro dars kuzatishlar, 

-  fan kechalari, 

-  ilmiy – amaliy konferentsiyalar, 

-  ilg’or pedagogik texnologiyalarni ommalashtirish, 

-  pedagoglar tayyorlagan uslubiy mahsulotlar,  

bu  dastlabki  malaka  oshirish  bosqichi  hisoblansa,  ikkinchi  bosqichi  malaka 

oshirish  institutlarda  ishdan  ajralgan  xolda  o’quv  mashg’ulotlarda  qatnashish 

xamda masofadan o’qitish kiradi. 



  

Download 134,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish