-
- Ko’pincha amneziyalar, birinchi o’rinda retrograd turi uchrab, jarohatning og’irligiga qarab faqat jarohat vaqti yoki soatlar, kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar bilan o’lchanuvchi travmagacha bo’lgan vaqt oralig’ini o’z ichiga oladi. Retrograd amneziya to’liq yoki qisman bo’lishi mumkin. Kamroq hollarda anterograd amneziya uchrab, hamma vaqt og’ir jarohatdan dalolat beradi. U bevosita hushsiz holatning tugashidan keyingi voqealarni, ong xiralashuvlari va boshqa ruhiy buzilishlarni o’z ichiga oladi. Bu amneziya retrograd amneziyadan farqlanib, qisqa vaqt oraliqlarini o’z ichiga oladi reduksiyaga kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |