Proyektiv metodikalar


Konformlilik koeffitsienti



Download 44,63 Kb.
bet4/7
Sana26.03.2022
Hajmi44,63 Kb.
#511051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
proyektiv metodikalar

Konformlilik koeffitsienti CGR – Rоzеntsvеyg metodikasidagi ijtimoiy adaptatsiya mezoni bo’lib, shaxsning guruh ta’siriga beriluvchanlik darajasini ifodalaydi. CGR qanchalik yuqori bo’lsa shaxsdа shunchalik konformlilik (boshqalarga bog’lanib qolganb mustaqil emаs), qaror qabul qilish va uni bajarish usuli o’ziga xos emаs. CGR qanchalik past bo’lsa, bu shaxsning shunchalik mustaqil original va qat’iyatli ekаnligidan dalolat beradi.
Xulq-atvorning to’liq namunasi – shaxsning stressli va frustratsion vaziyatdagi xulq-atvor formulasidan iborat bo’lib, bu reaksiyalarni ifodalovchi kamayib boruvchi tartibdagi miqdoriy belgilarda aks etuvchi belgilardan iborat. Ikkita aynan bir xil inson bo’lmaganidek, ikkita aynan bir xil xulq-atvor namunasi ham mavjud emаs.
Xulq-atvor tendentsiyasi vaqt o’tishi bilan metodika ko’rsatkichlarining o’zgarish dinamikasini miqdoriy aks ettiradi. U psixologik xususiyatlarni kuchayishi yoki pasayishini foizlarda ifodalaydi.
Rozentsveyg metodikasining psixologik mazmuni stressli va frustratsion vaziyatlardagi shaxs xulq-atvorini quyidagilarni:
1) uning tiplarining ifodalanishi;
2) yo’nalganligi;
3) boshqa kishilarning ta’siri va bosimiga beriluvchanligi;
4)irodaviy o’zini-o’zi boshqarishning shakllanganligi;
5) stressli va frusratsion vaziyatlardagi kundalik muloqotga xos emоtsional holatlarning tabiati va darajasi;
6) reaktsiya qilishning mustaqilligi va adekvatlik darаjasi;
7) mazkur barcha xususiyatlarning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi orqali aniqlaydi.
Rozentsveyg metodikasi yordamida shaxs va kichik guruhlarni tadqiq etish tartibi va qoidalari
Tayyorgarlik bosqichi o’z ichiga javoblar varag’ini tayyorlash, tekshiriluvchiga yo’riqnoma berish, qo’zg’atuvchi materiallarni taqdim etishga tayyorlashni oladi. So’rovnomani o’tkazishdan avval:
1) tekshiriluvchini tadqiqot haqida ogohlantirish, maqsadini tushuntirish; 2) tadqiqotda yordam berishni iltimos qilish kerak. So’ngra tekshiriluvchilarga quyidagicha yo’riqnoma beriladi. “Sizni tadqiqotdagi ishtirokingiz tavsiya etilayotgan rasmdagi ishtirokchining o’rniga savollarga javob berishdan iborat. Javob beruvchining o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring va javoblarga jiddiy yondashing. 22 ta savolning har biriga tezda, biroq o’ylab javob bering. Siz nima qilishingiz haqida emаs, balki u odamga nima deb gapirishingiz mumkinligi haqida o’ylang. Men javoblaringiz va unga sarflangan vaqtni qayd etib boraman”.
Amaliyotning ko’rsatishicha, savollarga javob berish 30-35 daqiqa davom etadi. Tadqiqot o’tkazuvchi quyidagilarga e’tibor berishi zarur:
1) tekshiriluvchi bilan yuzma-yuz o’tirish;
2) suhbat paytida uning yoshi, jinsi, xizmat lavozimi, tajribasi, kayfiyati, xaraktar xususiyatlarini e’tiborga olinishi lozim;
3) vaziyatlarning mazmuni va tartibi, yo’riqnoma va natijalarni tahlil qilish usullari yaxshi bilishi;
4) savollarga javob berayotgandagi tekshiriluvchining reaktsiyalarini kuzata olishi kerak.

Download 44,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish