Anglikan cherkovi Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Buyuk Britaniya qiroli Genrix VIII ni cherkov boshlig‘i deb e’lon qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi. XVI asr o‘rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi. Anglikan diniy ta’limoti “Umumiy ibodatlar kitobi”da aks ettirilgan.
Anglikan cherkovida katolitsizmdagi marosimlar shundayligicha qabul qilinib, undagi Ierarxiya tuzumiga o‘xshash tartib joriy etilgan. Anglikan cherkovi tarkibiga 3 cherkov kiradi. Ular katolitsizmga yaqin turadigan oliy cherkov, puritanizmga va pietizmga yaqin quyi cherkov, xristian oqimlarining barchasini birlashtirishga intiluvchi hukmron oqim – keng cherkov. Anglikan cherkovidan rasman ajralgan cherkovlar SHotlandiya, Uels, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya kabi jami 16 mamlakatda tarqalgan. 1867 yildan Anglikan cherkovi o‘z mustaqilligini saqlagan holda Anglikan cherkovlar ittifoqiga birlashgan. Lambet konferensiyalari Anglikan cherkovida konsultativ organ hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |