NINGIDRIN REAKSIYASI. Ningidrin ta’sirida oksidlangan α— aminokislota dezaminlanadi, dekarboksillanadi. Natijada CO2, ammiak, aldegid hosil bo‘ladi. Oksidlangan ningidrin qaytarilgan ningidrinning ikkinchi molekulasi bilan ammiak ishtirokida birikib, binafsha-ko‘k rangli kondensatsiyalangan mahsulotni hosil qiladi:
Ksantoprotein reaksiyasi. Oqsil eritmasiga konsentrlangan nitrat kislota qo‘shilganda, benzol halqaning nitrolanishi natijasida sariq rang hosil bo‘ladi. Eritmaga ishqor qo‘shilganda esa, u sarg‘ish-pushti rangga o‘tadi (sariq rangli nitrobirikma hosil bo‘ladi).
Foli reaksiyasi. Tarkibida oltingugurt tutgan oqsil tarkibidagi aminokislotalardan kistein va kisten borligini aniqlash uchun ishqoriy sharoitda qo‘rg‘oshin tuzlari ta’sir qildiriladi. Qora rangli qo‘rg‘oshin sulfidning hosil bo‘lishi oltingugurt tutgan aminokislotalar borligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |