1. Ksantoprotein reaksiyasi. Oqsillar nitrat kislota ta’sirida sarg‘ayadi, keyin unga ammiak ta’sir ettirilsa, sariq rang pushti rangga aylanadi. Bunda oqsillardagi aromatik aminokislotalarning aromatik gruppasi nitrolanadi.
2. Biuret reaksiyasi. Oqsillarga mis tuzlari va ishqorlar ta’sir ettirilganda binafsha rang paydo bo‘ladi. Bu reaksiya peptid bog‘li — NH-CO-moddalar (biuret)da sodir bo‘ladi.
3. Millon reaksiyasi. Oqsillarga simob nitratning nitrit islotadagi eritmasi ta’sir ettirilsa, qizil rang paydo bo‘ladi. Bu reaksiya oqsillarda fenol gruppa mavjudligidan dalolat beruvchi sifat reaksiya hisoblanadi.
4. Sulfgidril reaksiyasi. Oqsilga plyumbit eritmasi qo‘shib qizdirilsa, qora cho‘kma — qo‘rg‘oshin sulfid hosil bo‘ladi. Bu reaksiya oqsillar tarkibida sulfgidril gruppa (-SH) borligini ko‘rsatadi.
Oqsillarning klassifikatsiyasi. Oqsillar oddiy oqsillar —proteinlar va murakkab oqsillar — proteidlarga bo‘linadi. Proteinlar aminokislotalar qoldig‘idangina iborat va faqat gidrolizlanganida ulardan aminokislotalar hosil bo‘ladi. Proteidlar oqsillar va oqsilsiz moddalardan tuzilgan bo‘ladi. Ular
gidrolizlanganida aminokislotalardan tashqari boshqa moddalar, masalan, fosfat kislota, glukoza, geterosiklik halqali birikmalar va boshqalar hosil bo‘ladi. Proteinlar, o‘z navbatida, 6 ta kichik gruppaga bo‘linadi:
1. Albuminlar suvda yaxshi eriydigan oqsillardir, qizdirilganda erimaydigan va yumshamaydigan holatga o‘tib qoladi, eritmalariga tuzlarning to‘yingan eritmalari qo‘shilsa, cho‘kmaga tushadi. Albuminlar tuxum oqida (tuxum albumini), qon zardobida (zardob albumini), sutda (sut albumini) bo‘ladi. Albuminlarning molekular og‘irligi uncha katta bo‘lmaydi.
2. Globulinlar suvda erimaydi, tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Eritmasiga tuzlarning konsentrlangan eritmalari ta’sir ettirilganda globulinlar cho‘kadi, qizdirilganda burishib qoladi. Globulinlar molekulasi albuminlar molekulasiga qaraganda birmuncha yirik. Globulinlar sutda, qon zardo
bida bo‘ladi. Zardob globulinining molekular og‘irligi taxminan 150000 va undan oshiqroq, zardob albumininiki esa undan ikki marta kam — 70000 bo‘ladi. Globulinlar tuxumda, muskullarda va o‘simliklar urug‘ida (kanop, no‘xat urug‘ida) uchraydi.
3. Prolaminlar suvda erimaydi, 60—80 foizli spirtda eriydi, tarkibida prolin bo‘ladi. Prolaminlar o‘simlik oqsillari (bug‘doy gliadini, arpa gordeini, makkajo‘xori zeini) tarkibida bo‘ladi.
4. Protaminlar kuchli asoslar hisoblanadi. Ular tarkibida oltingugurt bo‘lmaydi, oddiy aminokislotalardan tuzilgan, molekular og‘irligi kichik. Baliqlar spermasi va ikrasida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |