Quyi alkenlarning xossalari
Uglevodorodlar
|
tkritik,0C
|
tqayn,0C
|
Pkritik, MPa
|
Havo bilan portlash xavfi bor konsentratsiya chegarasi, % (hajm.)
|
Etilen
|
9,9
|
-103,7
|
5,05
|
3,0 – 31
|
Propilen
|
91,8
|
-47,7
|
4,56
|
2,2 – 10,3
|
1-Buten
|
146,2
|
-6,3
|
3,97
|
1,6 – 9,4
|
Sis-2-buten
|
157,0
|
3,7
|
4,10
|
1,6 – 9,4
|
Trans-2-buten
|
-
|
0,9
|
-
|
1,6 – 9,4
|
Izobutilen
|
144,7
|
-7,0
|
3,95
|
1,8 – 9,6
|
Turli tuzilishga ega bo`lgan alkenlarning fizik xossalari
Uglevodorodlar
|
, kg/m3
|
terish, 0C
|
tqayn., 0C
|
Pentan
|
626,0
|
-129
|
36
|
1 - Penten
|
641,0
|
-165
|
30
|
2,3 - Dimetil - 2-buten
|
708,8
|
-75
|
73
|
1 - Geksen
|
674,0
|
-140
|
63
|
Turli tuzilishga ega bo`lgan alkenlarning xossalarini taqqoslash quyidagi xulosaga olib keladi:
Simmetrik tuzilishga ega bo`lgan tarmoqlangan alkenlar boshqa izomerlarga nisbatan (jadvalga qarang) yuqoriroq qaynash va erish haroratlariga hamda yuqoriroq zichlikka egadir.
Alkenlarning sis - izomerlari trans - izomerlariga nisbatan yuqoriroq qaynash harorati bilan xarakterlanadilar.
Alkenlarni ajratib olish
Ushbu bosqich ko`pincha avvaldan etan - etilen va propan - propilen fraksiyalari ajratib olingandan so`ng amalga oshiriladi. Atsetilen va metilatsetilenni selektiv erituvchilar yordamida absorbsiyalab ham ajratib olish mumkin. Selektiv absorbentlar sifatida metanol, atseton, - butirolakton, dimetilformamid ((CH3)2NCHO), N - metilpirrolidonlar ishlatiladi.
Piroliz mahsulotlarini ajratish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
1. Piroliz gazining kompressiyasi va undan C5 - va undan yuqori uglevodorodlarni ajratish. Ko`p bosqichli kompressorlarda gazni 3,5 - 4 MPa bosimgacha siqib va bosqichlararo piroliz gazlarini separatsiyalab asosiy massadan kondensirlanuvchi yuqori uglevodorodlarni va suvni ajratib oladilar.
2. Piroliz gazini H2S, CO2 va oltingugurt - organik birikmalardan tozalash. Piroliz gazlari H2S dan etanolaminning suvli eritmasida absorbsiyalab, tozalanadilar. Bunda ushbu jarayon quyidagi tuzning hosil bo`lishi bilan ketadi:
2HOCH2CH2NH2 + H2S (HOCH2CH2NH3)2S
monoetanolamin
Piroliz xomashyosida oltingugurt miqdori 0,1% (massaviy) dan kam bo`lsa, gazlarni H2S dan va SO2 dan tozalash jarayonini ishqorning suvli eritmasi bilan yuvish orqali amalga oshirish mumkin. Bunda COS ham qisman yo`qotiladi:
2NaOH + H2S Na2S + 2H2O
2NaOH + COS NaHCO3 + NaHS
2NaOH + CO2 Na2CO3 + Н2О
3. Piroliz gazlarini quritish. Ushbu jarayonda dietilenglikol (НОСН2СН2ОСН2СН2ОН) yordamida suv absorbsiyalanadi va so`ngra qoldiq - namlik NaA seolitida quritiladi.
4. Atsetilen va uning hosilalarini yo`qotish palladiyli yoki nikelkobalt xromli katalizator ishtirokida selektiv gidrirlash orqali amalga oshiriladi.
5. C2, C3, C4 fraksiyalarini ajratish va konsentrlangan alkenlarni olish. Piroliz gazlarini tor uglevodorod fraksiyalariga ajratish va ulardan konsentrlangan alkenlarni ajratib olish rektefikatsiya yo`li bilan amalga oshiriladi. Gaz ajratishning taxminiy sharoitlari va kalit juft komponentlarining o`rtacha nisbiy uchuvchanlik koeffitsienti o`r quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |