Alkilsulfatlar hosil bo’lish bosqichida olefinlarni yutilish sharoitlari:
Olefin
|
Ilk sulfat kislota konsentratsiyasi, %da
|
Bosim, at da
|
Absorbsiya temperaturasi, ºC da
|
Gidrolizdan so’ng H2SO4 konsentratsiyasi, % da
|
Etilen
Propilen
N-butilen
Izobutilen
|
98
70
75
50
|
25
8
3
3
|
60-75
75
40
30
|
45
40
40
40
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, olefinni molekulyar massasi ortishi bilan absorbsiya temperaturasi pasayadi. Temperaturani tanlash olefinni polimerizatsiya reaksiya qobiliyatiga bog’liq. Shu sababli etilen uchun absorbsiya temperaturasi 60-70ºC da yotadi.
Boshqa ahamiyatli ko’rsatkich olefinni sulfat kislotasi bilan to’yinish darajasidir. Mono- va dialkilsulfatlarni miqdori unga bog’liqdir. Olefin ortiqcha olinsa dialkilsulfat miqdori ortadi, biroq kislota sarfi pasayadi. Bu ahamiyatlidir, chunki sulfat kislota gidrolizdan so’ng suyulgan holda hosil bo’ladi va uni sarfini kamaytirish ishlab chiqarish iqtisodiyotida o’z aksini topadi. Shu bois sulfat kislota va olefin nisbati odatda 1:1,2/1,3 qilib olinadi.
Olefinlarning sulfat kislotaga absorbsiyasini tezligi bosimga bog’liq.60-70% propilen saqlovchi propan propilen fraksiyasi ishlatilganda bosim 8-10 at bo’ladi. Bosim propilenni sulfat kislotaga yutilish tezligini oshishiga yordam beradi. Absorbsiya vaqti 2,5 soat.
Spirtlarni olish jarayonining 2-bosqichi alkil (I) va dialkilsulfatlar (II)ni gidrolizidir. Gidrolizda quyidagi reaksiya ketadi:
Gidroliz jarayoni 4-5 at bosimda va 92-95ºC temperaturada olib boriladi. Efirni salmog’ni kamaytirish uchun gidrolizni imkoniyat boricha tez o’tkaziladi va hosil bo’lgan spirtni aralashmadan tezda haydaladi (uni eritmadagi konsentratsiyasi ko’p bo’lmasligi uchun). Boshqacha bajarish ham mumkin: reaksion aralashma suv bilan suyultirilib, sulfat kislota va alkilsulfatlar eritmaga o’tkaziladi, dialkilsulfat esa pastki qatlam holida ajratiladi. Spirtni salmog’i 96-97%. Oddiy efir 1-2% miqdorda hosil bo’ladi.
Sulfat kislota bilan gidratatsiya jarayonini kamchiligi sifatida jarayonda sulfat kislotaning katta hajmlari ishtirokini, uni suyulishi va bug’latish zaruratini, apparaturani korroziyasi hamda zavod qurilishida capital sarf xarajatlar bilan bog’liq bo’lgan kata hajmdagi suyuqliklarni nasos yordamida bir joydan boshqa joyga o’tkazish zaruratini taqozo qiladi.
Olefinlarni sulfat kislota yordamida gidratatsiya qilish jarayoni reaksiyani to’g’ridan to’g’ri gidratatsiyada o’rinli bo’lgan konsentrlangan olefinlar (tozalik darajasi 95-98%) bilan emas, olefinlarni o’zida 30-50% saqlagan olefin fraksiyalari bilan olib borishga imkoniyat beradi.
Kapital qurilishga ajratilgan mablag’ va mahsulotni tannarxi bo’yicha olefinlarni sulfat kislota yordamida va to’g’ridan to’g’ri gidratatsiya qilish usullari deyarli bir xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |